BOSHLANG'ICH TA’LIM DIDAKTIKASI.
R ej a :
1. Didaktika – ta’lim nazariyasi sifatida.
2. Didaktikaning paydo bo‘ishi va rivojlanishi.
3. Hozirgi davrda boshlang‘ich ta’limning dolzarb muammolari.
4.Ta’limning rivojlanish yo‘nalishlari: uzluksiz ta’lim konsepsiyasi, texnologiya ta’lim
paradigmalari.
Asosiy tushunchalar: didaktika, ta’lim, ijtimoiy tajriba, jarayon.
Kishilik jamiyati tomonidan to‘plangan tajribalarni yosh avlodga o‘rgatish jamiyatda
yashashining zarur shartidir.
Kishilik jamiyatining dastlabki davrlarida hali insonlar endigina tabiat qiyinchiliklari bilan
kurasha boshlagan davrda ham o‘zlarining uncha ko‘p bo‘lmagan tajribalarini yosh avlodga
o‘rgatganlar. Masalan: gulxanni yoqish, yovvoyi hayvonlarini ovlash uchun qurollar tayyorlash
yo‘llari va shu kabilarni o‘rgatganlar. Bu davrda Bolalarga hayot uchun zarur bo‘lgan bilim,
ko‘nikmalarni o‘rgatish stixiyali holda amalga oshirilib, uni alohida faoliyat turi deb sanalmagan.
Lekin bu biz hozir ta’lim deb atayotgan faoliyatning o‘zi bo‘lgan. Shuning uchun ham yosh avlodga
insoniyat to‘plagan tajribalarni o‘rgatish orqali ularning jamiyat hayotiga qatnashtirish hamma vaqt
hamma xalqlarning asosiy ijtimoiy funksiyasi bo‘lgan. Kishilik jamiyati yashar ekan ta‘lim hamma
vaqt zarur bo‘lib qolaveradi.
Tarixiy taraqqiyot davomida ijtimoiy tajribalar ko‘paya borgan sari, ta‘lim jarayonida
beriladigan bilimlar mazmunining xarakteri va doirasi ham o‘zgaradi. Shunday qilib, ma‘lum
dasturga asoslangan, ma‘lum maqsadga qaratilgan maxsus ijtimoiy dorilfunun-maktab paydo
bo‘ladi. Endi esa maktabdagi faoliyat turi, uni amalga oshirish usuli va vositalarini asoslab berish
zaruriyati paydo bo‘lgan.
Shunday qilib didaktika fani yuzaga keladi. Didaktika (grekcha didasko – o‘qitaman) ta‘lim
va ma‘lumot haqidagi fandir.Insonning tarbiyasi rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishida ta‘lim
va ma‘lumot muhim ahaiyatga ega.
Ma‘lumot-bu egallagan, tizimlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalar, hosil qilingan
dunyoqarashlar majmui.
Ta‘lim-o‘qituvchi rahbarligida o‘tkaziladigan, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar
bilan qurollantirilgan, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stiradigan va dunyoqarashini tarkib
toptiradigan jarayondir. Ta‘lim va ma‘lumot bir-biri bilan mustahkam bog‘liq. Ma‘lumot bu
ta‘limning natijasi, ta‘lim esa ma‘lumot olishning asosiy yo‘lidir.
Didaktika fani ta‘lim va ma‘lumotning muhim muammolarini o‘rganish bilan birga «kimni
o‘qitish kerak», «nimaga o‘rgatish kerak», «qanday o‘qitish kerak» kabi savollarga ham javob
bo‘ladi.
Didaktika sohasida birinchi asar yaratgan olim XVII asrning chex pedagogi Yan Amos
Komenskiy (1592-1670). O‘zining mashhur asari «Buyuk didaktika» (1632y yozilgan, 1975y
o‘zbek tilga tarjima qilingan) sida o‘qitish va tarbiya jarayonlari, o‘qitishning yo‘llari va didaktik
printsiplar maktabda ta‘lim-tarbiya ishlarini tashkil qilish kabi masalalarni ishlab chiqdi.
Markaziy Osiyo allomalari merosida ham didaktika sohasida yaratilgan bir qancha asarlarda
ta‘lim qoidalari, ta‘limni tashkil etish, unda o‘qituvchining roli kabi masalalar bayon etilgan Abu
Ali ibn Sinoning (980-1037) «Tadbiri manozil», Abu Nasr Farobiyning «Ilmlarning kelib chiqishi
to‘g‘risida», «Sharxlar», «Evklid kitobining muqaddimasiga sharxlar», «Hikmat asoslari» kabi bir
qator asarlarida, Burhoniddin Marg‘iloniynng (1150-1187) «Ilmga kirishuvchi uchun birinchi asos»
kabi asarlari shular jumlasidan.
Didaktika quyidagi masalalar bilan: ta‘lim jarayonining mohiyati, ta‘limni muvaffaqiyatli
olib borish shartlari, ta‘limning vazifasi va mazmuni, ta‘limni tashkil etish shakli va metodlari,
o‘quvchilarning bilimini tekshirish va baholash kabi masalalar bilan «Ta‘lim to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunida «Ta‘lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti
sohasida ustivor» deb e‘lon qilinganligi ta‘kidlanadi. Hozirgi davrda didaktlar vatanimiz va chet
ellar pedagogikasi va psixologiyasi yutuqlariga tayanib o‘quvchilarning faolligini va mustaqilligini
oshirish, o‘quvchilarni bilimlarni mustaqil egallashga o‘rgatish, ularning bilish faoliyatlarini
faollashtirish, darsni takomillashtirish, ta‘lim printsiplari va ta‘limning izchilligi va shu kabi
muammolarda tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.
Didaktika ikkiga bo‘linadi:umumiy didaktika va xususiy didaktika.
Umumiy didaktika maktablarda o‘rganiladigan barcha predmetlarga xos bo‘lgan uquv
jarayonining umumiy qonuniyatlari tekshiriladi va belgilanadi.
Xususiy didaktikada esa u yoki bu predmetni o‘rgatishga xos bo‘lgan didaktik qonuniyatlar
tekshiriladi va belgilanadi.
Didaktika pedagogika fanlari sirasiga kirgani uchun ham ta‘lim sohasini tadqiq etishda
pedagogik ilmiy-tekshirish metodlaridan foydalaniladi.
1.Kuzatish.
2.Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish va umumlashtirish.
3.Didaktik eksprement.
4.Hujjat va arxiv materiallarini tekshirish (dars planlari, sinf jurnallari va h.) va o‘quvchilar
ishlari (insho, kontrol, grafik ishlar, o‘quv ustaxonasida bajarilgan ishlar).
5.Suhbat va anketa.
Mustaqil O‘zbekistonda didaktika rivojlanishining hozirgi etapi «Kadrlar tayyorlash milliy
Dasturi» ta‘lim oldiga qo‘ygan muammolar bilan bog‘liq.
Hozirgi davrda ham didaktikaning muhim vazifasi ta‘limning mazmunini bir asosiy masalaa
barkamol shaxsni tarbiyalash masalasiga qaratish bo‘lib qoldi. Shuning bilan birga hozirgi va
kelgusi didaktika faqatgina shu masalani bajarish bilangina cheklanib qolmaydi.
Hozirgi kunda «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» va «Ta‘lim to‘g‘risida»dagi Qonun
ta‘lim oldiga qo‘gan muhm vazifalarni yechish hozirgi zamon didaktikasi zimmasiga tushadi.
Bular:
1) boshlang‘ich ta‘lim didaktikasi oldiga o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish yangi
pedagogik texnologiya joriy etishning ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqish zarur;
2) boshlang‘ich ta‘lim standartlarini ishlab chiqishda fan bilan Bolaning bilim imkoniyatlari
o‘rtasidagi birlikni o‘rganish sohasida keng tadqiqotlar olib borish;
3) o‘quvchilarning bilish qobiliyatlarini o‘stirish, ilmiy dunyoqarash va erkin fikrlashga
o‘rgatish, mustaqil bilim olish va mustaqillikka o‘rgatish bugungi kun vazifasi. Chunki
boshlang‘ich ta‘limdayoq bo‘larga e‘tibor berilmasa o‘quvchining mustaqil, erkin va ijodiy
fikrlashga o‘rgatib bo‘lmaydi.
4) boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini «Kadrlar tayyorlash Milliy modeli» talablari asosida
tayyorlash. Ularni yuqori professional qobiliyatga ega, bilimdon, pedagogik mahoratli bo‘lishlariga
erishish.
Insonning faoliyatida o‘qitish har doim juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ta’lim tasodifiy,
intuitiv xususiyatga ega bo‘lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid
qilishdan iborat bo‘lganda ham shunday bo‘lgan; keyinchalik ham, ta’lim maqsadga muvofiq
muntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo‘lganida ham shunday
bo‘lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ta’limni nazariy tahlil qilish va o‘rganish ishlari olib borilmadi,
shuning uchun o‘z nazariyasiga ega bo‘lmadi. Faqatgina XVII asr bu sohada muhim o‘zgarishlar
olib keldi: aynan o‘sha paytda ta’lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning
ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi.
Didaktika so‘zi yunoncha didaktikos “o‘rgatuvchi”, didasko esa – “o‘rganuvchi” ma’nosini
bildiradi.
Bu so‘z 1613 yili Germaniyada nemis pedagogi Volfgang Ratke (1571-1635 yillar) tomonidan
kiritildi.
Bu tushunchani shunga o‘xshash usulda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-
1670 yillar) “Buyuk didaktika” nomli mashhur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy “didaktika bu
faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham”, deb ta’kidlaydi. Mazkur asarda olim ta’lim
nazariyasining muhim masalalari: ta’lim mazmuni, ta’limning ko‘rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi
tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so‘z yuritadi.
2. Didaktikaning predmeti, funksiyalari va vazifasi. Pedagogik fan o‘qitish va
tarbiyalashni ularning yaxlitligi va birligida o‘rganadi. Ikki faoliyatning har birining mohiyatini aniq
bayon etish uchun ta’lim nazariyasi (didaktika) va tarbiya nazariyasini ajratib ko‘rsatadilar.
Hozirgi davrda didaktika o‘qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab
beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi.
Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo‘yicha ta’lim
metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud.
Ularning mazmuni ta’limning ma’lum bosqichlarida u yoki bu fanlarni o‘rganish va ta’lim
berishning nazariy asoslarini belgilaydi.
Didaktika – bu pedagogik fan bo‘lib, u ta’limning nazariy jihatlarini o‘rganadi. Har bir
o‘qituvchi didaktika asoslarini bilishi zarur.
Didaktika predmetini aniqlash bo‘yicha turli qarashlar ilgari surilgan. qarashlarning turlicha
bo‘lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq ajratilmaganligi bilan bog‘liq.
Ko‘pchilik olimlar ta’lim obyekt deb o‘qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari,
metodlari va tamoyillarini ko‘rsatadilar.
Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e’tirof etadi. Ta’lim yordamida
yoshlarni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Ta’limiy faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchi -
o‘quvchi, o‘quvchi – o‘quv materiali, o‘quvchi - boshqa o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar
yuzaga keladi.
Pedagogik adabiyotlarda ulardan qaysi biri didaktika uchun asosiy hisoblanishi kerakligi
borasida ham turli fikrlar keltiriladi hamda o‘quvchining o‘quv materialiga bo‘lgan munosabati,
ya’ni, bilimlarni o‘rganish munosabatini asosiy deb e’tirof etuvchi qarashlar soni nisbatan ko‘p.
Darhaqiqat, o‘qish, o‘rganishi ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ta’limga psixologiya
nuqtai nazaridan yondashilsa, ushbu munosabatning ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta’limga
pedagogik, ya’ni, ijtimoiy tajribani berish, o‘rgatish nuqtai nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy
sanaluvchi munosabat – ikki shaxs (o‘quvchi va o‘qituvchi) o‘rtasidagi munosabatlar yetakchi o‘rin
egallashi lozim ekanligi anglanadi.
Didaktika predmetini mohiyatini ochishga xizmat qiluvchi yana bir qarash ta’lim-tarbiya
jarayonini yaxlit o‘rganish zarurligini ilgari suradi. Ta’limning tarbiyaviy vazifalari o‘quvchining
bilimni o‘zlashtirishlarini ta’minlabgina qolmay, shaxs xususiyati, uning rivojlanishi, ma’lum
ma’naviy-axloqiy sifatlarni o‘zlashtirishi, fe’l-atvori, xulqini tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitni
yaratishdan iborat.
Didaktikaga ta’limning mazmunli va protsessual jihatlarini birgalikda o‘rganish xosdir.
Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda tutgan holda didaktika
ta’limni faqatgina o‘rganish obyekti sifatidagina emas, balki ilmiy asoslangan loyihalashtirish
obyekti sifatida qaraydi.
Umumiy didaktikaning predmeti dars o‘tish (o‘qituvchi faoliyati) va bilim olish (o‘quvchining
o‘rganish faoliyati)ning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi hisoblanadi.
Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat:
- ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshiri shartlarini ta’riflash va tushuntirish;
- ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya’ni, ta’lim tizimlari va texnologiyalarini
ishlab chiqish;
- ta’lim jarayoni uchun xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tahlil qilish va
ta’riflash.
Didaktika nazariy va bir vaqtning o‘zida meyoriy-amaliy fan. Didaktikaning ilmiy-nazariy
vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini o‘rganish, uning turli jihatlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar,
ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir.
O‘zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo‘naltirish, ta’limini jamiyat tomonidan
qo‘yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta’lim mazmunini
anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va vositalarini qo‘llash meyorlarini aniqlash asosida
didaktika amaliy-meyoriy hamda konstruktiv-texnologiya vazifani bajaradi.
3. Didaktikaning tushunchaviy tizimi va asosiy kategoriyalari. Muayyan fanga xos bo‘lgan
tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to‘plangan bilimlar aks etadi.
Mavjud ilmiy tushunchalar ikki asosiy guruhga ajratiladi:
falsafiy tushunchalar;
xususiy ilmiy, ya’ni, muayyan fangagina xos bo‘lgan tushunchalar.
Didaktika uchun “umumiy va alohida”, “mohiyati va hodisa”, “qarama-qarshilik”, “bog‘liqligi”
kabi va boshqa falsafiy tushunchalar ham muhim ahamiyatga ega. Didaktika tomonidan
foydalaniladigan umumfan tushunchalari orasida “tizim”, “struktura”, “vazifa”, “element” kabilar
aloshida o‘rin tutadi. Pedagogikaga xos didaktik tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi: “ta’lim”,
“dars berish”, “bilim olish”, “ta’lim jarayoni”, “o‘quv fani”, “ta’lim mazmuni” va boshqalar.
Didaktikada turdosh fanlarga xos bo‘lgan tushunchalar ham qo‘llaniladi: “idrok etish”,
“o‘zlashtirishi”, “mahorat”, “rivojlanish” va boshqalar (psixologiya) hamda “boshqarish”, “qayta
aloqa” (kibernetika).
Didaktikaning tushunchali-terminologik tizimi muntazam yangilanib va to‘ldirilib borilmoqda.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: dars o‘tish, bilim olish, ta’lim, bilim,
ko‘nikma, malaka, ta’lim maqsadi, mazmuni, ta’lim jarayoni, ta’lim jarayonini tashkil etish, ta’lim
turlari, shakllari, metodlari va vositalari, ta’lim natijasi.
So‘nggi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta’limning didaktik tizimi va ta’lim
texnologiyasi kabi tushunchalarni ham kiritish taklifi ilgari surilmoqda.
Bilim olish – idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va egallangan tajriba asosida xulq va
faoliyatda yangi shakllarning yuzaga kelishi, mavjud bilimarining o‘zgarab, takomillashib, boyib
borish jarayoni.
Ta’lim - qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va o‘quvchining maqsadli
o‘zaro harakatlari. Ularning birgalikdagi faoliyati ikki tomonlama aloqani tashkil etish jarayonidir.
Ta’lim berish asosida bolani umumiy rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Ta’lim - o‘qitish
jarayonida o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma, malaka, fikrlash tizimi.
Bilim – tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui bo‘lib, ular o‘quvchining ongida borliq
tushunchalari, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etadi.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Maqsad (o‘qish, bilim olish maqsadi) – ta’limning nimaga intilayotgani, uning urinishlari
yo‘naltirilgan.
Mazmun (ta’lim, bilim olishning mazmuni) – ta’lim jarayonida o‘quvchi egallab olishi zarur
bo‘lgan ilmiy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalar, faoliyat hamda fikrlash usullarining tizimi.
Tashkil etish – didaktik jarayonni aniq mezonlar asosida tartibga solish, qo‘yilgan maqsadni
amalga oshirish uchun unga zarur shaklni berish.
Shakl (yunoncha, forma - tashqi ko‘rinishi, qobig‘i) – o‘quv jarayonining mavjudligini
ta’minlovchi usul, uning ichki mantig‘i, mohiyati va mazmuni uchun qobig‘idir. Shakl sinfdagi
o‘quvchilarning soni, ta’lim o‘rni hamda vaqti, uni amalga oshirish tartibi va shu kabilarga bog‘liq
bo‘ladi.
Metod (yunoncha metodos – yo‘li, usuli)- ta’lim maqsadi va vazifasiga erishish (uni amalga
amalga oshirish) yo‘li.
Vosita - o‘quv jarayonini predmetli ta’minlash (pedagogning nutqi, darslik, o‘quv
qo‘llanmalari, ko‘rsatmali qurollar, sinfdagi jihozlar, texnik vositalar, o‘quv qurollari va boshqalar
vosita hisoblanadi).
Natija (ta’lim mahsuli) – ta’lim nimaga erishishini qayd etuvchi tushuncha, o‘quv jarayonining
oqibati, belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi.
4. Didaktik nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari. Ta’lim jarayoni psixologik-
pedagogik konsepsiyalar (ular aksariyat hollarda didaktik tizimlar ham deb ataladi) asosida tashkil
etiladi.
Didaktik tizim (yunoncha systema – yaxlit, qismlarda tashkil topgan, birlashtirish) – ma’lum
mezonlari bo‘yicha yaxlit holatni belgilash, ajratib ko‘rsatish demakdir. U ta’limning maqsadi,
tamoyillari, mazmuni, shakli, metod va vositalarining birligi asosida tashkil etilgan tuzilmalarning
ichki yaxlitligini ifodalaydi. Tadqiqotchilar mavjud didaktik konsepsiya (tizim)larni umumlashtirib
quyidagi guruhlarga ajratadilar:
an’anaviy;
progressiv;
zamonaviy.
Ta’lim nazariyasida Y.A.Komenskiy, I.Pestallotsi va I.Gerbartlarning didaktik konsepsiyalari
muhim ahamiyatga ega.
An’anaviy didaktik tizimning yaratilishi nemis faylasufi, psixolog va pedagog I.F.Gerbart
(1776-1841 yillar) nomi bilan bog‘liq. U Y.A.Komenskiyning sinf-dars an’anaviy tizimini tanqidiy
nuqati nazardan qayta asoslab, etika va psixologiyaning nazariy yutuqlariga tayangan holda ta’lim
tizimini yaratdi.
I.F.Gerbart ta’lim tizimining asosiy belgisi quyidagilardan iborat. o‘quvchilarning intellektual
rivojlanishini ta’minlash maktabning asosiy vazifasi; bolani tarbiyalash esa oilaning vazifasidir.
Progressiv (pedotsentrik) tizim bolaning bilim olishida faoliyatining asosiy rol o‘ynashini
e’tirof etadi. Mazkur tizim asosini D.Dyui tizimi, G.Kershteynning mehnat maktabi, V.Lay
nazariyalari tashkil etadi.
Zamonaviy didaktik tizim. XX asrning 50-yillarida psixolog va pedagog B.Skinner qismlarga
bo‘lingan axborotlarni yetkazish, bu jarayonni muntazam nazorat qilish asosida materialni
o‘zlashtirishda samaradorlikka erishish g‘oyasini ilgari suradi. Mazkur g‘oya keyinchalik dasturiy
ta’lim deb ataladi. Keyinchalik N.Krauder nazorat natijalariga qarab o‘quvchiga mustaqil ishlash
uchun turli materiallarni taklif etadigan tarmoqlashtirilgan dasturlarni yaratdi.
D.Dyuining nazariy g‘oyalari muammoli ta’limning asosi bo‘lib qoldi. Bugungi kunda
muammoli ta’lim deb nomlanuvchi, ushbu g‘oya o‘qituvchi rahbarligi ostida muammoli vaziyatni
yaratish va ularni hal etishda o‘quvchilarning faollik va mustaqilliklarini ta’minlashga erishishni
nazarda tutadi. Muammoli ta’limning vazifasi faol o‘rganish jarayonini rag‘batlashtirish,
o‘quvchilarda fikrlash, tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
L.V.Zankovning (1901-1977 yillar) rivojlantiruvchi ta’lim konsepsiyasi XX asrning 50-
yillarida keng tarqaldi. Uning g‘oyalarini amalga oshirish ta’lim jarayoniga insonparvarlik
g‘oyasini singdirish, shaxsni barkamol rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon
beradi.
Psixolog L.S.Vigotskiy (1896-1934 yillar) tomonidan 30-yillarda ilgari surilgan “Yaqin
rivojlanish zonasi” g‘oyasi ham muhim ahamiyatga ega. Unga ko‘ra bola kattalar yordamida bilim
olib, o‘zi mustaqil bajara olmagan ishlarni bajara boshlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida ta’lim va tarbiyani
insonparvarlik, demokratik g‘oyalarga muvofiq tashkil etilishi e’tirof etilgan.
Ta’limni insonparvarlashtirish ta’lim jarayonida o‘quvchi shaxsini hurmat qilish, uning sha’ni,
obro‘si, qadr-qimmatini poymol etmaslik, mavjud iste’dodini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Demokratlashtirish esa pedagogik jarayonda rasmiyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik, ta’lim dasturlarini
tanlashda o‘quvchilarning fikrlarini inobatga olishni ifodalaydi.
Respublika uzluksiz ta’lim tizimi ijtimoiy buyurtmani bajarishga xizmat qiladi, barkamol shaxs
va yetuk mutaxassisni tarbiyalash vazifasini bajaradi.
Zamonaviy pedagogikada ta’lim paradigma (modeli) lari. Pedagogik paradigma (yunoncha
paradeigma - misol, namuna) – pedagogika fani rivojining har bir bosqichida ta’limiy va tarbiyaviy
muammolarni hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik hamjamiyat
tomonidan e’tirof etilgan nazariy hamda metodologik ko‘rsatmalar to‘plami bo‘lib, u ta’limning
konseptual modeli sifatida qo‘llaniladi. Bugungi kunda ta’limning quyidagi paradigmalari keng
tarqalgan:
An’anaviy – konservativ (bilim paradigmasi)
Ratsionalistik (bixevioristik)
Fenomenologik (gumanistik) paradigma.
Texnokratik.
Ezoterik.
Ayni vaqtda ta’lim paradigmalarini belgilashga nisbatan ikki xil yondashuv mavjud:
1. Qadriyatli (aksiologik) yondashuv - madaniyat inson hayotining mazmuni sifatida
tushuniladi.
2. Faoliyatli yondashuvga asosan madaniyat moddiy va ma’naviy boyliklarini yaratishga
yo‘naltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida talqin etiladi.
3. Shaxsiy yondashuv - madaniyat muayyan shaxs timsolida namoyon bo‘ladi.
Madaniyatga nisbatan turlicha yondashuvlarning mavjudligi turlicha paradigmalarning
yaratilishiga zamin yaratadi.
Har bir paradigma bir qator ta’limiy muammolarni hal etishga yo‘naltiriladi. Xususan:
- ijtimoiy institut sifatida o‘quv muassasalarining vazifalari;
- ta’limning samarali tizimi;
- o‘quv yurtlari oldida turgan eng muhim, ustuvor masala;
- ta’limning ijtimoiy ahamiyatli maqsadlari;
- muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarning qimmatli hisoblanishi.
Ayni vaqtda quyidagi paradigmalar mavjud:
1. Bilim olishning an’anaviy paradigmasi (modeli) (J.Majo, L.Kro, J.Kapel va boshqalar)
Unga ko‘ra ta’limning asosiy maqsadi - “Bilim, qanchalik qiyin bo‘lmasin bilim olish”.
An’anaviy paradigma maktabning maqsadi yosh avlodga individual rivojlanishi hamda ijtimoiy
tartibni saqlab qolishga yordam beruvchi madaniy meroslarning muhim elementlari – bilim,
ko‘nikma va malakalar, ilg‘or g‘oyalar va qadriyatlarni saqlab qolish hamda ularni yoshlarga
yetkazish muhim ekanligini yoritadi. Bilim olish paradigmasining asosiy maqsadi: ta’lim olish,
taraqqiyot va madaniyatning eng muhim elementlarini avloddan-avlodga yetkazish.
2. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma (P.Blum, R.Ganye, B.Skinner va boshqalar).
Ratsionalistik paradigma diqqat markazida ta’lim mazmuni emas, balki o‘quvchilar tomonidan turli
bilimlarni o‘zlashtirilishini ta’minlovchi samarali usullari yotadi. Ta’limning ratsionalistik modeli
asosini B.Skinerning ijtimoiy injeneriya bixevioristik (inglizcha behavior - xulqi) konsepsiyasi
tashkil qiladi.
Maktabning maqsadi – o‘quvchilarda g‘arb madaniyati ijtimoiy qoidalari, talablari va
ko‘zlagan maqsadlariga mos keladigan moslashtiruvchi “xulqiy repertuar”ni shakllantirishdir. Shu
bilan bir vaqtda, “xulqi” atamasi bilan “insonga xos hamma ta’sirlanishlar – uning fikrlari, sezgi va
harakatlari” ifodalanadi (R.Tayler).
Bunda ta’limning asosiy metodlari, o‘rgatish, trening, test sinovlari, individual ta’lim,
tuzatishlari bo‘lib qoladi. Buning oqibatida, ta’limninggina emas, balki dars berishning ham ijodiy
xarakterini aniqlash muammosi muhokama qilinmaydi.
P.Blum barcha o‘quvchilar faqat o‘zlashtiribgina qolmay, balki muvaffaqiyatli o‘qishlari
mumkin deb hisoblaydi. O‘quvchining optimal qobiliyatlari ma’lum sharoitlarda, o‘quvchiga ta’lim
berish natijasi uning sur’ati bilan aniqlanadi. Olimning firicha, o‘quvchilarning 95 % i ta’lim
muddatlariga bo‘lgan cheklashlar olib tashlanganda o‘quv kursining butun muzmunini o‘zlashtirib
olishga qodirlar. Ana shu nuqtai nazardan o‘quvchilar tomonidan bilimlarning muvaffaqiyatli
o‘zlashtirishini ta’minlovchi metodika ishlab chiqiladi, uning mohiyati quyidagichadir:
Butun sinf yoki kurs uchun to‘la o‘zlashtirish etaloni, mezonnini aniq belgilab olish asosida
o‘qituvchi ta’lim yakunida erishilishi kerak bo‘lgan aniq natijalarning ro‘yxati va unga muvofiq
keluvchi testlarni tuzadi.
O‘quv birliklari, ya’ni, o‘quv materiallarining yaxlit bo‘limlari ko‘rsatiladi, ularni o‘zlashtirish
natijalari aniqlanadi, yakuniy bahoga ta’sir ko‘rsatmaydigan navbatdagi testlar tuziladi. Bu
testlarning vazifalari – tuzatish, korreksiyalashdan iborat.
To‘la o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan har bir o‘quv kurs materiallarini o‘zlashtirish darajasini
baholash uchun test sinovlarini o‘tkazish. Bu o‘rinda har bir o‘quvchiga baho va ta’lim
maqsadlarining ahamiyatini tushuntirish muhim.
Predmetlarni bo‘sh va o‘rtacha o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning qobiliyatlarini jadal
rivojlantirish P.Blum konsepsiyasining asosiy mazmunini tashkil etadi.
Turli mamlakatlarning (Avstriya, Belgiya, AqSH va boshqalar) ta’lim tizimlari tajribasi
ratsionalistik (bixevioristik) paradigma g‘oyalariga muvofiq ish ko‘rilganda 70 % o‘quvchilar
yuqori natijalarni qayd etganliklarini ko‘rsatadi.
Yuqorida qayd etilgan ta’lim yo‘nalishlari o‘zida insonparvarlik g‘oyalarini ifoda etmagan,
ular bola dunyoqarashining rivojlanishi, shaxsning rivojlanishida shaxslararo munosabatlarning
muhim o‘rin tutishini nazarda tutmaydi.
3.
Gumanistik
(fenomenologik)
paradigmada
(A.Maslou,
A.Kombs,
K.Rodjers,
L.S.Vo‘godskiy va boshqalar) o‘quvchini erkin shaxs, ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida
e’tirof etib, uning o‘ziga xos rivojlanish talablariga egaligini ta’kidlaydi. . Ular bolani rivojlantirish
maqsadida uni shaxslararo munosabatlar jarayoniga yo‘naltiradi. Ta’limning fenomenologik
(fenomen – yunoncha phainomenon – hisoblangan, ya’ni, mashhur, alohida nodir odam) modeli
o‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olib, ularning talab va qiziqishlariga
hurmat bilan munosabatda bo‘lishni ko‘zda tutadi. Uning vakillari o‘quvchini nodir shaxs deb
hisoblaydilar. Gumanistik paradigma doirasida faoliyat olib boruvchi har bir ta’lim tizimi ijodiy
rivojlanadi va o‘quvchi hamda o‘qituvchining erkinligi va ijodkorligini yoqlaydi.
Gumanistik paradigma g‘oyalari 1991 yildan keyin respublika uzluksiz ta’lim tizimiga joriy
etila boshlandi. Paradigmaning diqqat markazida o‘quvchining barkamol rivojlanishi, uning
intellektual ehtiyojlari, “erkin fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash” masalasining ijobiy hal etilishi
yotadi. Ayni vaqtda respublika ta’lim muassasalarida qo‘yidagi g‘oyalarga amal qilinmoqda:
“Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar
bolalar erkin fikrlashga o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. ... Mustaqil
fikrlash – ham katta boylikdir”1.
Ezoterik paradigma (yunoncha esoterikos – ichki, sirli, yashirin, faqatgina biluvchilar uchun
mo‘ljallangan insonning dunyo bilan o‘zaro aloqalari yuksak darajalarini aks ettiradi). Modelning
mohiyati haqiqatga abadiy va o‘zgarmas, doimiy sifatida munosabatda bo‘lishdan iboratdir.
Paradigma tarafdorlari haqiqatni bilib bo‘lmaydi deb ta’kidlaydilar. Unga faqatgina fahmlash
asosida erishish mumkin. Pedagogik faoliyatning oliy maqsadi koinot bilan muloqot, o‘quvchining
tabiiy kuchlarini ozod etish va rivojlantirishdan iborat. Shu bilan birga, o‘qituvchining himoyalash
vazifasi muhimdir, u o‘quvchining mavjud imkoniyatlarini uni ma’naviy, jismoniy, psixik jihatdan
rivojlantirishga yo‘naltiradi.
Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning asosiy maqsadi amaliyotni takomillashtirish asosida
o‘quvchilarga “aniq” ilmiy bilimlarni berish va ularning o‘zlashtirishlarini ta’minlash. “Bilim -
kuchdir”, shuning uchun insonning qimmati uning o‘rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan
belgilanadi. Odam o‘z-o‘zidan qimmatli emas, u faqatgina ma’lum (o‘rtacha, standartlashtirilgan)
bilim yoki xulq egasi sifatida qimmatga ega g‘oyalari mazkur paradigmaning asosini tashkil etadi.
So‘nggi yillarda noinstitutsional paradigma rivojlana boshladi. U ta’limni ijtimoiy institutlar,
ya’ni, maktab va oliy o‘quv yurtlardan tashqarida tashkil etish g‘oyasini ilgari suradi. Bu ta’lim
“tabiatda” - Internet, “ochiq maktablar” – kompyuterlar vositasida ta’lim dasturlariga (masofadan
o‘qitish) muvofiq o‘qitish samarali deya hisoblaydi.
Dostları ilə paylaş: |