Eratosfen
(miloddan avvalgi taxminan 276,
Kirena, hozirgi Liviya
— 194, Aleksandriya,
Misr)
— qadimiy yunon olimi.
Aleksandriya
(Iskandariya) va
Afina shahrilarida tahsil
koʻrgan. Iskandariya kutubxonasining
boshligʻi boʻlgan. Mat. fanida
tub sonlarni
topish usulini taklif etgan. Matematik
geografiyaga asos solgan,
jumladan, yer
yuzining obod qismi (eykumena) ning
xaritasini tuzgan.
Birinchi boʻlib
yer meridiani
yoyi uzunligini hisoblagan. Fanga
"geografiya", "kenglik", "uzunlik"
tushunchalarini kiritgan. E. xronologiya,
astronomiya,
tilshunoslik,
falsafa va musiqa
bilan ham shugʻullangan. E. asarlarining
ayrim qismlarigina bizgacha yetib kelgan.
Eratosfen elagi
(Eratosfen gʻalviri) — butun
son
gacha boʻlgan
barcha
tub
sonlarni
topish
algoritmi
boʻlib, qadimiy grek
matematigi
Eratosfen Kireniyga
bagʻishlab
nomlangan. Eratosfen elagi algoritmi
kichik
(odatda, 10 milliondan kichik boʻlgan)
tub
sonlar
topishning eng tez uslub hisoblanadi.