111
www.
kokanduni.uz
MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALARNING RIVOJLANISHI ORQALI BANKLARNING
TRANSFORMATSION SALOHIYATIGA TA’SIRI
Tolibjonov Xurshidjon
Qo
‘
qon univers
iteti Moliya yo‘nalishi
4-bosqich talabasi,
Ruziev Shohruzbek Ravshan o‘g‘li
Qo
‘
qon universiteti Ilmiy ishlar va
Innova
tsiyalar bo‘yicha prorektor
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Moliyaviy texnologiyalaring paydo bo‘lishi va rivojlanishi
bilan an’anaviy b
an
klarga ularning xizmat ko’rsatish sohasiga kiritayotgan o‘zgarishlari va
ta’siri o‘
rganildi, muhokama qilindi. Tadqiqotning asosiy dizayni sifat tadqiqotdan iborat
bo’lib, ikkilamchi ma’lumotlar manbalari asosida tahlil o‘tkazildi shu bilan birga
tadqiqotc
hining shaxsiy bilim va ko’nik
malari asosida tayyorlandi. Tadqiqotni asosiy maqsadi
Fintech kompaniyalari va startaplari banklarning xizmat ko’rsatish sohasiga ko’rsatayotgan
ta’siri, shu bilan bir qatotda banklarning so‘ngi yillardagi transformatsion sa
loyihatini
o‘zgarish bosqichlarini aniqlash va tahlil qilish. To‘plangan va tahlil qilingan ma‘lumotlari
maqola davomida grafik, jadvallar va belgi qatorlarda ko’rishingiz mumkin. Maqola yakunida
tadqiqotchining xulosalari va bu sohada tadqiqot olib boruvchilar uchun tavsiyalari berib
o’
tildi.
Kalit so‘zlar:
Moliyaviy texnologiyalar, bank xizmatlari, bank sanoati, raqamli ekotizim,
katta ma'lumotlar, bankomat, online bank, blokcheyn texnologiyasi, moliya bozori, raqamli
transformatsiya, innovatsiya.
Zamonaviy
iqtisodiyot o‘sishining asosi
y omillaridan biri moliyaviy bozorda raqamli
texnologiyalarning rivojlanishi hisoblanadi. Raqamlashtirish alohida va murakkab
tarmoqlarni qamrab oladi, natijada inson resurslari va ular bilan bog‘liq barcha xarajatlar
sezilarli darajada tejaladi, bu esa raqobatni yaxshilaydi. Hozirgi kunda umuman moliya tizimi,
xususan, bank sektori raqamli iqtisodiyotning zamonaviy talablari asosida rivojlanmoqda.
Raqamli transformatsiya tufayli biznes modellari va bank sektorini rivojlantirish
konsepsiyalari takomillashtirilmoqda.
Bank sohasi axborot texnologiyalari (IT) a
sosida bank xizmatlarini ko‘rsatish,
raqamlashtirish va texnologik taraqqiyoti tufayli katta o‘zgarishlarga duch kelmoqda.
Moliyaviy ekotizimga “FinTech” atamasi asosida b
u sohasida faoliyat yurituvchi startaplar
kabi yangi o‘yinchilar qo‘shildi. Aksariyat
ekspertlar moliyaviy texnologiyalarning o‘sishi
2008 yilgi jahon moliyaviy inqirozi va banklarga ishonch yo‘qligi, kredit olish keskin
murakkablashganidan keyin boshlanganligida tasdiqlashadi. Bu davr FinTechning oltin davri
deb ataladi. Biroq, tartibga s
oluvchilar, sanoat ishtirokchilari va iste’molchilarning unga va
moliyaviy texnologiyalar sektoriga qiziqishi 2014 yildan keyin paydo bo'ldi.
Garchi turli xil mijozlar va bozorlarga turli xil kanallar orqali turli xil bank mahsulotlari
va xizmatlari taklif qilinsa-da, innovatsion xizmatlarni taqdim etishda qattiq tartibga
solinadigan,
ko‘pincha moslashuvchan va konservativ organlar tufayli banklar texnologik
o‘zgarishlarga
moslasha olmadi. Tadqiqotchilarning fikricha, FinTech kompaniyalari bu
112
Dostları ilə paylaş: |