5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo‘nalishlari va asosiy muammolari



Yüklə 272,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix07.01.2024
ölçüsü272,33 Kb.
#205589
  1   2   3   4   5   6   7
1)Маъруза матни 5-мавзу



5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo‘nalishlari va asosiy muammolari
 
Insonning o‗zini qurshagan dunyoga bo‗lgan munosabatlaridan biri - 
bilishdir. Inson o‗z hayoti davomida faqat tashqi dunyoni, yani tabiat va 
jamiyatnigina bilib qolmasdan, balki o‗zini, o‗zining ruhiy-manaviy dunyosini ham 
bilib boradi. 
Insonning dunyoni bilishini falsafa ham, boshqa hamma aniq fanlar ham 
o‗rganadi. Bunda aniq fanlar dunyoning turli tomonlarini, ularning qonuniyatlarini 
va xususiyatlarini o‗rgansa, falsafa esa inson bilishining eng umumiy tomonlarini, 
qonuniyatlarini va xususiyatlarini o‗rganadi va ochib beradi. Aristotel 
ko‗rsatishicha, alohida fanlar borliqning ayrim tomonlarini o‗rgansa, falsafiy bilish 
borliqning eng umumiy tomonlarini o‗z ichiga oladi. Falsafa keng ko‗lamdagi 
kategoriyalar, tushunchalar vositasi bilan butun g‗oyalarni sintezlashtiradi. 
Bilish nazariyasi, borliq va bilish rivojlanishining umumiy qonunlari 
haqidagi talimot. Bilishning falsafiy nazariyasiga ko‗ra, bilish moddiy va manaviy 
borliqning inson miyasidagi muayyan maqsadga qaratilgan faol aks etishidir. Inson 
bilishining manbai esa ayni shu moddiy va manaviy borliq, ularni tashkil qilgan 
predmetlar, hodisalar va jarayonlardir. Bu predmetlar, hodisalar va jarayonlar 
insonga tasir qilib, uning miyasida aks etadi. Ular moddiy va manaviy borliqning 
inson miyasidagi subektiv obrazlari, ramzlari va belgilaridir. Bu jihatdan inson 
bilishi, avvalo, moddiy va manaviy borliqning xususiyatlariga va shu bilan birga, 
ularni faol inikos ettiruvchi inson miya mexanizmining rivojlangan darajasiga 
bog‗liqdir.
Bilish insonning tabiat, jamiyat va o‗zi to‗g‗risida bilimlar hosil qilishga 
qaratilgan aqliy, manaviy faoliyat turidir. Inson o‗zini qurshab turgan atrof-muhit 
to‗g‗risida bilim va tasavvurga ega bo‗lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan 
muvaffaqiyatli shug‗ullana olmaydi. Bilishning mahsuli, natijasi ilm bo‗lib, har 
qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro‗y beradi. SHuningdek, bilish 
insongagina xos bo‗lgan manaviy ehtiyoj, hayotiy zaruriyatdir. 

Yüklə 272,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin