3-ish: Panchenkov metodi bilan eritrositlarning cho’kish tezligini aniqlash
Nazariy tushuncha.
Ivib qolishdan saqlangan qon probirkaga quyib qo’yilsa, qonning yuqori qismi
rangsiz tiniq plazma, pastki qismi rangli qizil-shaklli elementlar qatlamlariga
ajraladi. SOEni aniqlash uchun odatda Panchenkov asbobidan foydalaniladi. Bu
asbob shtativ va unga o’rnatilgan kapillyar shisha pipetkalardan iborat. Pipetkalar 0
dan 100 gacha darajalarga bo‗lingan.
Bundan tashqari, ularga ―K‖ (krov`) va ―R‖ (reaktiv) belgilari qo‗yilgan.
Ishdan maqsad:
odam qonidagi eritrositlarning cho’kish tezligini aniqlash.
Ish uchun kerakli jihozlar:
Panchenkov asbobi, soat oynasi, skarifikator, natriy
sitratning 5% li eritmasi, spirt, efir, paxta tamponlar.
Ishni bajarish tartibi
. Eritrositlarning cho‗kish tezligini aniqlash uchun
Panchenkov asbobining bitta pipetkasi natriy sitratning 5% li eritmasi bilan
chayiladi va chayilgan pipetkaning ―R‖ belgisigacha natriy sitrat eritmasidan
so‗rib olib soat oynasiga tushiriladi. So‗ng IV barmoq uchi skarifikator yoki lanset
nina bilan teshilib pipetkaning ―K‖ belgisigacha ikki marta qon olinadi va soat
oynasidagi eritma bilan aralashtiriladi. Keyin qon olingan pipetka hosil qilingan
aralashmadan ―K‖ belgisigacha to‗latib Panchenkov priborining shtativiga tik
o‗rnatib qo‗yiladi. Bir soat o’tkazib eritrositlar necha mm cho’kkani aniqlanadi.
Normada E.SN.T erkaklarda 1–10 mm/soat, ayollarda 2-15 mm/soat. Qoni
tekshirilgan talabatning E.SN.Tsi necha mm/soat ekanini daftarga yozib normadagi
ko‗rsatkich bilan qiyoslang va xulosa chiqaring. (18-rasm) 30 18-rasm; Panchenko
asbobi.
Topshiriq:
Savollarga javob bering.
1. ECHT nima u qanday birliklar bilan ifodalanadi ?
2. ECHT qanday aniqlanadi ? 3. ECHTni belgilaydigan faktorlarni aytib bering ?
Dostları ilə paylaş: |