Farg’ona Politexnika instituti Qurilish
fakulteti 12-20 MKQ guruh talabasi
Yo’ldashev Jamoliddinning Falsafa fanidan
“Islomda vatanparvarlik g’oyalari
targ’iboti” mavzusida
TAQDIMOTI
Tayyorladi:
J.Yo’ldashev
Qabul qildi:
G’.Abduraxmonov
•
Islomda vatanga muhabbat bu – tug‘ilib o‘sgan
yurtiga nisbatan e'zozdan iboratdir! Demak,
musulmon kishi vatanini sevadi! Uning iqboli
uchun harakat qiladi, uni himoya qiladi, xursand
bo‘lsa – xursand, xafalik yetsa – qayg‘uradi.
Inson “Vatan menga nima berdi?” deb emas,
balki “men Vatanimga nima qildim?” degan oliy
tuyg‘u bilan yashamog‘i lozim.
•
Shuning uchun ham kishi o‘z yurtidan
uzoqlashganda, uni qumsaydi va sog‘inadi. Bu
qumsash biz ummatga Payg‘ambarimiz sallallohu
alayhi vasallamdan merosdir. Chunki islom
tarixidan ma'lumki, Rasululloh sallallohu alayhi
vasallam O‘z vatanlari Makkai mukarramada 53
yoshlarigacha yashadilar. Bu davr mobaynida
Makka mushriklari tomonidan U Zotga bir qancha
zulm, dushmanchilik va kamsitishlar bo‘ldi.
Shunday bo‘lsa-da vatanlarini tark qilib boshqa
joyga ketmadilar. Ammo Makka mushriklarining
zulmlari haddan oshib, Rasulullohning jonlariga
qasd qilish darajasiga borganlaridan keyin
Allohning buyrug‘iga binoan Makkadan chiqib
ketdilar.
•
Chiqish vaqti kelganida ko‘zga yosh oldilar,
ko‘ngillari bo‘shab, Makkaga qarab shunday
dedilar: sendan ko‘ra menga sevimliroq
va suyukliroq shahar yo‘q! Agar qavmim
meni sendan chiqarmaganida, aslo
sendan boshqa joyni makon
tutmasdim” (Imom Termiziy rivoyati).
Insonning o‘z Vatani oldida bir necha
vazifalari bo‘lib, ularning eng muhimlari
uchtadir:
•
1. Vatanning haqqiga duo qilish.
•
2. Vatan obodligi uchun moddiy va ma'naviy
hissa qo‘shish.
•
3. Vatanda fasod va buzg‘unchilik ishlari bilan
mashg‘ul bo‘lmaslik.
•
Islomda Vatan tushunchasi keng qamrovli
bo‘lib, avvalo u istiqomat maskani, ya’ni uy-joy
ma’nosida ishlatiladi. Islom dini ta’limotida
inson o‘zi yashab turgan Vatanini, dinini, oila
ahlini himoya qilishi eng ulug‘ amallardan
ekanligi ta’kidlangan. Vatan himoyasi uchun
harbiylar safida turish ham dinimizda ulkan
savobli amal sanaladi. Payg‘ambarimiz
sallallohu alayhi vasallam: «Bir kecha kunduz
«ribot», (ya’ni dushman qarshisida turish) bir oy
tutilgan nafl ro‘za va o‘qilgan tungi namozdan
yaxshidir», – deb marhamat qilganlar (Imom
Muslim rivoyati).
Foydalanilgan adabiyotlar
•
https://sammuslim.uz/
•
https://religions.uz/
E’tiboringiz uchun rahmat.
Dostları ilə paylaş: |