18-ma’ruza. Yirik bloklardan qurilgan binolar.
Og‘iriligi 3 tonnagacha bo‘lgan katta o‘lchamdagi su'niy yoki tabiiy toshlardan
ko‘riladigan binolar yirik blokli deb ataladi.
Bunday binolarda devorning hamma elementlari shu jumladan yopmalar, ichki
tusuvchi devorlar, zinalar xam yirik o‘lchamli elementlardan tashkil topgan.
Yirik bloklarni tayerlash uchun asosan yengil betonlar (u = 1800 kg/m
3
bo‘lgan) shlakobeton, keramzitbeton, g‘ovakli beton va x.k.lar ishlatiladi.
Rakushechnik va
tuf toshlariga boy hududlarda, arralab olingan tabiiy bloklar
ishlatiladi.
Yirik bloklarniing qalinligi g‘isht devorlar qalinligiga teng qilib olinadi. Tashqi
devorlar uchun 400, 500. 600) mm ular asosan tug‘ri to‘rt burchakli parallelipeped
shaklidadir.
Binoning burchaklarining peshtoqi (karniz), panjarasi (parapet), sokol, balkon
zinalari uchun maxsus bloklar ishltiladi.
Bunday devorlar asosan tashqi va ichki yuk ko‘taruvchi devorli, konstruktiv
sxema asosida - quriladi. G‘isht devorlariga nisbatan afzalliklari quyidagicha:
mustaxkamligi yuqoriga ko‘ra chidamlilik ko‘rsatkichi katta;
tezkor ravishda
bunyod etiladi; texnika-iktisodi ko‘rsatkichlari yuqori; xamma elementlari
industrial ravishda tayyorlanadi; (peremыchka)... va balkon bloklaridan tashqari
boshqa bloklar tarkibida armatura bo‘lmaydi.
Kamchiliklari; maxsus xillarning
ko‘pligi, burchak, kirish, balkon, peshtoq va panjaralarni o‘rnatishning
murakkabligi, ayrim bloklarning nisbatan yengilligi yuk ko‘taruvchi kranlarning
foydali ish koeffitsientini kamaytirib yuboradi.
Tashqi yirik bokli devorlar asosan 2 xil ko‘rinishda teriladi (18.1-rasm):
1. 2 qatorli
2. 4 qatorli
18.1-rasm. Tashqi devorlarni bloklarga ajratish:
a- ikki qatorli, b - to‘rt qatorli.
Bloklarning turlari o‘lchamlari va shakllari maxsus kataloglarda nashr
qilinadi.
Tashqi devor bloklarining sirti pardozlangan bo‘ladi. Yirik bloklar o‘zaro
semet+qum qorishmasi bilan biriktiriladi. Choklarga
maxsus zichlashtiruvchi va
namlik
o‘tkazmaydigan materiallar (mastikalar) paroizol, chernit va x.k. qo‘yiladi.
Yirik blokli devorlarning fazoviy mustaxkamligi, yopmalar bilan devorlarda
qoldirilgan temir elementlarini o‘zaro payvandlash
va choklarni beton yoki
qorishma bilan to‘ldirish hisobiga ta'minlanadi. Seysmik mustaxkamliligi yopmalar
tagida va devor burchaklarida ko‘zda tutiladigan vertikal va gorizontal antiseysmik
kamarlar va ustunlar yordamida amalga oshiriladi.
Bloklar tashqi tomonidan pardoz qatlamiga ega bo‘ladi. Bloklarni terganda
ular orasidagi vertikal choklarning o‘zaro bog‘lanishiga katta e'tibor berish kerak.
Yirik bloklardan qilinadigan devorlarning gorizontal choklariga sement-qum
qorishmasi yotqiziladi. Bloklar orasidagi vertikal choklar esa ichki devorlarda
sement-qum qorishmasi bilan, tashqi devorlarda yengil beton qorishmalari bilan
to‘ldiriladi. Vertikal choklar
yopiq va
ochiq bo‘lishi mumkin (18.2-rasm).
Tashqi devor bloklarining tashqi sirti atmosfera ta'siriga chidamli beton yoki
turli dekorativ (rangli
shisha maydalari, keramik plitkachalar kabi) qoplamalar
bilan pardozlanadi.
Ichki devorlarning bloklarga bo‘linish sistemalarini tashqi devorlarniki bilan
bir xil qabul qilish lozim (18.3-rasm).Ko‘p qavatli binolardagidan farqli o‘laroq,
bir qavatli binolarda uch qatorli va to‘rt qatorli bloklarga bo‘linish sistemalaridan
foydalanish mumkin. Ichki devorlarda ham oraliq devor bloklari, eshiklar o‘rnini
yopish uchun tutashtirgich bloklar va yaxlit devor qismida poyas bloklar hamda
ventilyasiya bloklari qo‘llaniladi.
18.2-rasm. Yirik blok devorlarining vertikal choklari:
a – oraliq devor va deraza osti bloklari tutashgan (yopiq) chok; b – ikkita oraliq devor
bloklari tutashgan (ochiq) chok; v – ichki devor bloklari tutashgan (yopiq) choklar; 1 –
yengil
beton; 2 – sement-qum qorishmasi.
18.3-rasm. Bir qavatli turar-joy binosi devorlarining bloklarga bo‘linish
sistemalari.
a – g – tashqi devorlar; d – i – ichki devorlar; a, d – ikki qatorli bo‘linish sistemalari; b, ye
– uch qatorli bo‘linish sistemalari; v, j – uch qatorli lentasimon bo‘linish sistemalari; g, i – to‘rt
qatorli bo‘linish sistemalari; 1 – oddiy poyas bloki; 2 – tashqi tutashtirgich bloki; 3 – poyas
burchak bloki; 4 – oddiy oraliq devor bloki; 5 – tashqi devor burchak bloki; 6 – deraza osti bloki;
7 –
ostki poyas bloki; 8 – ichki tutashtirgich bloki; 9 – qo‘shimcha oraliq devor bloki; 10 –
yopma; 11 – tashqi devor; 12 – sokol; 13 – karniz; 14 – eshik o‘rni.
Ichki devor bloklarining enini binoning konstruktiv qadami va eshik
o‘rinlarining o‘lchamlari bilan muvofiqlashtirish kerak.
Eshik va derazalar ustiga
o‘rnatiladigan tutashtirgich bloklar, santexnik bloklar va shunga o‘xshash
bloklardan tashqari yirik bloklarni armatura bilan jixozlash shart emas. Ularda
faqat montaj ilgaklari qo‘yilishi kerak.