1
2
Modul kodi
GIIMF
O‘quv yili
2021-2022
Semestr
1-2
Kreditlar
2
Modul turi
Majburiy
Ta’lim tili
O‘zbek
Haftadagi dars
soatlari
1/1
1.
Modul nomi
Auditoriya
mashg‘ulotlar
(soat)
Mustaqil ta’lim
(soat)
Jami
yuklama
(soat)
Falsafa
36
36
72
2.
I. Modulning mazmuni
Modulning maqsadi – talabalarni zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan
falsafiy bilimlar bilan qurollantirish hamda ularda o‘z-o‘zini anglash va to‘g‘ri
fikrlash mahorati, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.
Modulning vazifasi – tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga
oid falsafiy bilimlar, qonunlar va kategoriyalar mazmun-mohiyatini bilish, ularga
nisbatan shaxsiy munosabatni shakllantirish orqali insonning hayotdagi o‘rni va
ahamiyatini ochib berish; falsafa rivojlanishining asosiy bosqichlari va
yunalishlari, tabiat va jamiyat borlig‘i to‘g‘risida tasavvurlarini shakllantirish;
jamiyat hayotidagi ijtimoiy jarayonlarga falsafiy tafakkur va shaxsiy-tahliliy
tanqid nuqtai nazaridan yondashish, o‘z-o‘zini ma’naviy-axloqiy tarbiyalash
tuyg‘ularini hosil qilish; yoshlarda jamiyatni demokratlashtirish va
modernizatsiyalash jarayonida faol ishtirok etish hissini tarbiyalash.
II. Asosiy nazariy qism
II.I. Modul tarkubiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli.
Falsafa tushunchasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining asosiy
bosqichlari. Dunyoqarashning tuzilishi. Dunyoqarashning tarixiy shakllari: mif -
dastlabki dunyoqarash shakli. Mifologik va diniy dunyoqarashning o‘zaro
aloqasi va farqi. Diniy dunyoqarashning shakllanishi. Dunyoni idrok etishda
falsafiy dunyoqarashning o‘ziga xos roli. Fan ilmiy dunyoqarash shakli.
Fanning funksiyalari va taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Falsafa va fanning
o‘zaro mutanosibligi, farqi. Falsafa fanining predmeti, funksiyalari. Hozirgi
davrda milliy falsafani rivojlantirish.
Dostları ilə paylaş: |