Baliqlarning yuqumli kasalliklariVirusli, bakteriyali, mikozli (zamburug1) va



Yüklə 119,67 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix20.12.2022
ölçüsü119,67 Kb.
#76734
atmisaniya



Baliqlarning yuqumli kasalliklariVirusli, bakteriyali, mikozli (zamburug1) va 
algologik (mikroskopik suvo'tlari) qo‘zg‘atuvchilarning tabiati orqali turli xil 
yuqumli kasalliklar paydo bo‘ladi.Bakteriya-virusli kasalliklar. Karp krasnuxasi 
(tanani qizilcha bosish) eng ko'p tarqalgan yuqumli kasallik bo‘lib, baliqchilik 
xo'jaligi iqtisodiyotiga katta zarar yetkazadi. Bu kasallikning tarqatuvchisi yoki 
qo‘zg‘atuvchisi aniqlanmagan, ammo hovuz baliqchiligi xo'jaligida keng tarqalgan. 
Xususan sadoq usulida boqilganda, karp orasida ko‘p uchraydi (Nurek suv ombori, 
1980, muallif guvox bo‘lgan). Asosiy sabab sadoqqa tig‘iz o‘tkazishdir.Krasnuxa 
yoki qizilchaga beriluvchan baliqlar bu karp va zagoradir. Nisbatan kamroq 
yo‘liqadigan baliqlar karas, oq amur hisoblanadi. Barcha yosh baliqlar qizilchaga 
beriluvchandir. Lekin eng ko‘p yo‘liqish yoshi bu ikki va uch yoshdagi zotlardir. 
Qizilchaning inkubatsion davri bizning sharoitda 3-8 kun. Kasallik o‘tkir va 
surunkali tus olishi mumkin. Belgilari: baliqning butun tanasini qip-qizil 
yarachalar bosadi. Baliqlar kam harakat bo'lib, suzmaydi, ularni bemalol qo‘lga 
olasiz, qochmaydi. Qoiga olgandan keyin qo‘l bilan qorin tomoni bosilganda anal 
teshigidan shilimshiq modda chiqadi.O'tkir kasallik formasi, ko'pincha bahor (aprel) 
va yoz boshlanishida baliqning (iyun) tana va suzgich qanotlari qizaradi. Tanada 
shishlarpaydo boiadi va tangachalar tushadi, ko‘z puchaklashadi. Baliq ichi 
suyuqlik bilan to‘lgandan keyin baliq ichida suvli astsit-istisko rivojlanadi. 
Kasallik qizgin va tez tarqaladi (taxminan 2 hafta). Bu muddat ichida 80—95 % 
baliq nobud bo‘ladi.Qizilchaning xronik (surunkali) yallig'lanishi ko'pincha 
yozning o‘rtalarida kuzatiladi. Kasai boigan baliq tanasida qoramtir-qizg'ish 
aylanma pufaklar paydo boiib, to 2 % gacha bitmaydigan yaraga aylanadi. Agarda 
yaralar bitib ketsa ularning o‘rnida chandiq qoladi. Chandiqli qizilchada 
baliqlarning 10—20 % nobud bo‘ladi.0 ‘tkir surunkali qizilchada vodyanka 
(istisqo)da baliqda tangachalarning to'kilishi kuzatiladi. Ko'z puchaklashishi va 
yara bosish kabilar bir vaqtning o'zida namoyon boiadi. Bu davrda baliqlarning 
oiim i keskin o'sadi. Kasallik paytida jigar shishadi, taloq, o't pufagi kengayadi. 
Jigar rangi yashil boiib, ichakka qo‘yilayotgan o‘t moddasi qorin bo'shlii a’zolariga 
quyiladi. Natijada, to'qimalarning rangi sarg‘ayadisariq-yashil tusda boiadi va 
ichak trakti yalligianadi. Ichak bo'shlig'ida shilimshiq modda va yiring to‘planadi. 
Tabobat ta’sirida sog'aygan karplarda immunitet paydo boiadi. Ikkinchi marotaba 
kasal boiganda, bu karplar kasallikni yengil oikazadi. Epizootiya davrida 
kasallikka yoiiqmaydi. Qizilchaga ancha chidamli boiadi. Bunday immunitet hosil 
qilgan baliqlardan qizilchaga chidamli nasi olishda nasldor zot sifatida seleksiyada 


foydalaniladi.Agarda baliqlarda qizilchaga xos belgilar aniqlansa darhol o'sha baliq 
izolatsiya qilinadi va qoni analiz qilinadi. Analiz virusologiya, bakteriologiya va 
boshqa belgilarga asoslangan boiadi.Profilaktika maqsadida kasalliklarni 
xo'jaliklarda kirib kelmasligi uchun ixotaga olinadi. Yangi baliqchilik kompleksini 
shakllantirish uchun boshqa xo'jaliklardan sogiom baliqlar olib kelinadi va sogiom 
baliqlar vaqtinchalik karantinda saqlanadi. Karantin hovuzlarida baliqlar 20—30 
kun saqlanadi. Xo‘jaliklarda eng asosan kasal boiib sog‘aygan baliqlardan nasldor 
ota-onalar saqlanadi. Kuchli immunlashgan to'da tayyorlanadi. Xo‘jalik 
hovuzlarini va baliqlarini profilaktika uchun metil ko‘ki (зелёнка) va antibiotiklar 
bilan ishlov beriladi (vannalarda yoki ozuqa bilan). Bunday ishlov berishlar 
zelyonka orqali ham amalga oshiriladi, 0,5 % zelyonka eritmasida baliqlar 
yuviladi.Kasallik paydo boiishi bilan umumiy sanitariya-gigiyena choratadbirlari 
(karantin, hovuzlar dezinfeksiyasi-so‘ndirilmagan ohak bilan yoki ohakli xlor) 
amalga oshiriladi. Suv muhiti (pH) to 8,5 gacha yetkaziladi. Hovuzlarni 
insolyatsiyalash usulidan foydalaniladi (letovanie).Bu usul har 4—5 yilda bir marta 
amalga oshiriladi. Ov anjomlarni (to'rlar, qayiqlar) dezinfeksiyalash kabi chora-
tadbirlar amalga oshiriladi. Bu maqsad uchun (xuddi profilaktika singari) antibiotik 
va antiseptik (biomitsin va sintomitsin va boshqa antibiotiklar)dan foydalaniladi. 
Bu antibiotiklar yordamida baliqlarga maxsus vannalarda ishlov beriladi yoki 
antibiotiklar qorin bo'shlig'iga yuboriladi. Yana bir boshqacha usul, preparatlarni 
baliq ozuqasiga qo'shib berish usuli qo‘llaniladi. Baliqlarni levomitsinli vannada 5 
soat saqlanadi. Bunday profilaktik ishlarni bailor paytida, baliqlarni boshqa 
hovuzlarga o'tkazishda qo'Ilaniladi. Agarda uzoq masofada baliq tashiladigan 
bo'lsa (150—200 km) yo‘lda bu eritmaning konsentratsiyasi to 150 mg/1 gacha 
kamayadi. Shutting uchun ham antibiotiklarni vannaga nisbatan baliqni qorniga 
yuborish yaxshi natija beradi. Bulling uchun nasldor va remont uchun ajratilgan 
baliqlarni har bir kg og'irligiga qarib ikki marotaba 20—30 mg levomitsin qorin 
bo‘shlig‘iga yuboriladi.Qizilchaga qarshi profilaktik va davolash chorasi sifatida 
metil kuki ishlatiladi. Metil kuki vannaga solinadi va eritma tayyorlanib baliq 
qo'yib yuboriladi (2-4 soatli ishlov berilganda 200 mg\l , 12-16 soatli ishlov 
berilganda — 50 mg\l eritma tayyorlanadi). Bu islilar baliqni transportirovka qilish 
paytida amalga oshiriladi. Agarda metil ko'ki kombikormga qo'shib bermoqchi 
bo'lsa, segoletkalar uchun norma 1—2 mg/ sutka, ikki yashar baliqlar uchun 3,5 
mg / sutka hisoblanadi.

Yüklə 119,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin