Konfutsiylik
Konfutsiylik yoki konfutsiychilik -
Xitoydagi axloqiy-siyosiy taʼlimot;
keyinchalik eng taʼsirli 3 asosiy falsafiy-
diniy oqimdan biri (daosizm va buddizm
bilan birga). Konfutsiy asos solgan.
Konfutsiyning ilk davomchilari — Men-szi
(Mek Ke — miloddan avvalgi 371—289),
Ven-szi (miloddan avvalgi 6-asr), Xan
Fey-szi (miloddan avvalgi 233 yil v.e.),
keyingi davrda Fan Chjen (6-asr), Xan Yuy
(768—824) va boshqa
Konfutsiy taʼlimotida insonparvarlik (jen),
odob qoidalari (li), fazilat (de)
tushunchasi muhim oʻrin egallaydi.
Insonparvarlik tushunchasiga koʻra,
odamlar axloqiy va ijtimoiy
munosabatlarda yoshi ulugʻ, mavqei
baland kishilarni xurmat qilishlari,
podshohga sadoqatli boʻlishlari kerak.
Odob kridalari tushunchasiga koʻra, u
tufayli yuksak fazilatlar shakllanadi,
jamiyat rivoj topadi, adolat tantana qiladi.
Burchni ado etish tufayli in-son
kamolotga erishadi. Uning negi-zida "sen
oʻzing nimaga erishishni istasang, unga
boshqalarning erishishiga koʻmaqlash",
"sen nimani orzu qilmasang, uni
boshqalarga ravo koʻrma" kabi hayotiy
tamoyillar yotadi. "Buyuk taʼlimot" va
"Oʻrtalik haqida taʼlimot" degan asarlarni
Konfutsiy yozgan deb taxmin qilinadi. Bu
kitoblarga koʻra, odamlarning birgalikda
oqilona yashashi tartibining muhim
shartini 5 ta oddiy va buyuk fazilat tashqil
etadi: donolik; insonparvarlik; sadoqat;
kattalarni hurmat qilish; jasorat. Bu
fazilatlar oʻziga va boshqalarga xalollikni
va chuqur hurmatni anglatadi. Faqat
mumtoz va komil insonlargina bunday
fazilatga ega boʻladi.
Konfutsiyda taʼkidlanishicha, qonun inson
manfaatlariga xizmat qilmogʻi lozim.
Qonun oʻzgarishi bilan manfaatdorlik va
manfaatsizlik tushunchalari ham
boshqacha maʼno kasb etadi, inson
faoliyatida tub oʻzgarish roʻy beradi.
Oʻtmishda oʻrnatilgan tartibga sajda qilish
yangi qonunlar ruhiga ziddir. K.da
jamiyatni boshqarishga katta eʼtibor
berilib, unga koʻra, jamiyatni keragidan
ortik, oddiy qonunlar bilan toʻldirib
yubormaslik zarur. Xitoyda asrlar
mobaynida K.ning turli maktablari yuzaga
kelgan. Ular oʻrtasida keskin kurash
borgan.
Konfutsiy milodiy 1 -a.da davlat
taʼlimotiga aylandi, 9-asrda buddizm, 11-
asrda daosizm ustidan toʻla gʻalaba
qozondi. Bunga, ayniqsa, Sun davri (960—
1279)da neokonfutsiychilik rivojlanganligi
tufayli erishildi.
Rasul Iosirov.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar
Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentabr 2022, 10:36 da
tahrir qilingan.
•
Matndan
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Konfutsiylik&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Konfutsiylik&oldid=2845398"
dan olindi
Dostları ilə paylaş: |