O’zbekistonda davlat moliya tizimidagi islohotlar va
rivojlantirish istiqbollari
Inomjon Turaevich Jumaniyazov
inomjomscience@gmail.com
Murodjon Bahrom o’g’li Abdurasulov
Toshkent moliya instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada davlat moliyasini boshqarish, O‘zbekistonda
davlat moliyasini samarali boshqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar va
davlat moliya tizimini takomillashtirish bo‘yicha strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari
tadqiq etilgan.
Kalit so’zlar: moliya, davlat moliyasi, davlat moliyasini boshqarish,taraqqiyot
strategiyasi, davlat moliya tizimini takomillashtirish strategiyasi.
Prospects for reform and development of the public financial
system in Uzbekistan
Inomjon T. Jumaniyazov
inomjomscience@gmail.com
Murodjon B. Abdurasulov
Tashkent Institute of Finance
Abstract: This article examines the priorities of public finance management,
reforms in effective public finance management in Uzbekistan and the strategy for
improving the public financial system.
Keywords: finance, public finance, public finance management, development
strategy, public finance system improvement strategy.
Bugungi kunda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan
rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon tsivilizatsiyasi еtakchilari
qatoriga kirish yo‘lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan davlat moliyasini
boshqarishni takomillashtirishga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizda davlat moliyasining
barqarorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Bu borada muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltirib
o‘tish joizdir, “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy
o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1637
mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini
ta’minlash - eng muhim ustuvor vazifamizdir.”[2]
2018 yilda PEFA metodologiyasi bo‘yicha amaldagi byudjet tizimining tanqidiy
tahlili, davlat moliyasini boshqarish samaradorligini baholash natijalari hamda Xalqaro
valyuta jamg‘armasining shaffoflik Kodeksi asosida soliq-byudjet siyosati ochiqligi
yuzasidan o‘tkazilgan diagnostik baholashlardan kelib chiqib so‘ngi ikki yilda davlat
moliyasi boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha bir qator tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti (keyingi o‘rinlarda Davlat
byudjeti deb yuritiladi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiqligi va shaffofligini hamda
fuqarolarni byudjet jarayonidagi ishtirokini ta’minlash maqsadida:
2018 yildan boshlab “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashri ishlab
chiqilmoqda;
Davlat byudjeti to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar joylashtirilib kelinayotgan
“Openbudget.uz” axborot portali 2019 yilning yanvar oyidan boshlab ishga tushirildi;
Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat moliyaviy statistikasi
(GFS) standartlariga muvofiq shaklda Xalqaro valyuta jamg‘armasining saytida
joylashtirib borilmoqda;
2019 yildan boshlab tuman va shahar byudjetlarida hosil bo‘ladigan qo‘shimcha
manbalarining kamida 10 foizi fuqarolar tomonidan bildirilgan tadbirlarga asosan
yo‘naltirish mexanizmi joriy etildi;
Byudjet mablag‘larini tasarruf etuvchilar hamda mahalliy davlat hokimiyati
organlari tomonidan byudjet mablag‘laridan foydalanish jarayonini to‘liq o‘z rasmiy
saytlarida e’lon qilib borishlarini tartibga soluvchi qonun va qonunosti hujjatlariga
tegishli normalar kiritildi.
Shuningdek, 2020 yildan boshlab ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda
Davlat byudjeti loyihasi ilk bora Qonun shaklida qabul qilindi hamda vazirlik va
idoralarning vakolat va mas’uliyatini oshirish maqsadida byudjet xarajatlari
avvalgidek sohalar bo‘yicha emas, balki vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlandi. Shu
bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti xarajatlari O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlis palatalari tomonidan, mahalliy byudjetlar esa tegishli xalq
deputatlari kengashlari tomonidan tasdiqlash amaliyoti joriy etildi.
2018-2019 yillar davomida mamlakatda soliq islohotlari amalga oshirilib,
iqtisodiyotga soliq yuki kamaytirishga erishildi, shuningdek soliq turlari
maqbullashtirilib, qo‘shilgan qiymat soliq to‘lovchilar sonini oshirish hisobiga
qo‘shimcha qiymat solig‘i zanjirini hosil qilishga erishildi.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida soliqlarni ortiqcha undirganlik uchun davlat
soliq xizmati organlarining javobgarligi kuchaytirildi, zamonaviy usullarni qo‘llagan
holda xorijiy amaliyotda sinalgan soliq nazorati shakllari joriy etildi, shuningdek,
soliqlarni hisoblash va to‘lash tartiblari soddalashtirildi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1638
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil natijalari davlat moliyasini boshqarish tizimida
mamlakatning o‘rta va uzoq muddatli byudjet loyihalarini rejalashtirish bo‘yicha
qo‘yilgan maqsadlarga erishish borasida qilinadigan ishlar ko‘pligini ko‘rsatdi.
Xususan, byudjet tashkilotlari va muassasalari hamda davlat ulushi mavjud
bo‘lgan korxonalarning hisobi alohida yuritilishi, shuningdek vazirlik va idoralarning
byudjetdan tashqari mablag‘lari konsolidatsiyalashgan byudjetda aks ettirilmasligi
Davlat byudjeti mablag‘larining shaffofligini to‘liq ta’minlashga to‘sqinlik qilmoqda.
Mahalliy byudjetlarni mustaqil ravishda belgilab olish imkonini beradigan
byudjetlararo
transfertlarni
hisoblashning
shaffof
metodologiyasini
ishlab
chiqilmagan.
Davlat xaridlari va investitsiyalarini boshqarish samaradorligini oshirish, davlat
qarzini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish, davlat aktivlari va majburiyatlarini
boshqarish uchun tavakkalchiliklarni baholashning samarali tizimini joriy etish taqozo
etilmoqda.
Ko‘rsatib o‘tilgan kamchilik va muammolar amalga oshirilayotgan byudjet
siyosatini ob’ektiv va ishonchli baholash imkonini bermaydi hamda byudjet
xarajatlarini o‘rta muddatga mo‘ljallangan davlat dasturlari bilan samarali tahlil
qilishga to‘sqinlik qilmoqda.
Shu munosabat bilan, bugungi kunda davlat moliyasini sog‘lomlashtirishga
qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari olib borish zarur hisoblanadi.
Mamlakatning uzoq muddatli rivojlantirish kontseptsiyalari hamda ustuvor davlat
dasturlari, xususan, 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Taraqqiyot strategiyasi [1], O‘zbekison
Respublikasi Prezidentining har yilgi Oliy Majlis palatalariga murojaatnomasi, 2030
yilgacha Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish kontseptsiyasi hamda boshqa shu
kabi davlat dasturlari Strategiyani ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
Strategiyaning asosiy maqsadi har tomonlama puxta o‘ylangan byudjet siyosatini
olib borishni, mamlakatni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan
byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirishni, ularning shaffofligi va
ochiqligini ta’minlashga qaratilgan davlat moliyasini boshqarishning samarali tizimini
yaratishdan iborat.
Strategiyaning maqsadlariga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalarni amalga
oshirish zarur:
− strategik maqsadlarga yo‘naltirilgan hamda o‘rta muddatga mo‘ljallangan
soliq-byudjet siyosatini yuritish;
− fiskal nazoratni kuchaytirish, birinchi darajali byudjet mablag‘larini
taqsimlovchilari uchun ajratiladigan byudjet mablag‘larining chegaralangan
miqdorlarini
Oliy
Majlis
tomonidan
belgilash
orqali
byudjet
jarayoni
ishtirokchilarining mas’uliyatini va hisobdorligini oshirish;
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1639
− uzoq muddatga davlat moliyaviy barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan
soliq-byudjet siyosatini joriy etish;
− byudjet jarayonining shaffofligi va byudjet ma’lumotlarining ochiqligini
oshirib borish;
− byudjetlararo munosabatlarni tubdan isloh qilish, mahalliy byudjetlarning
mustaqilligini va javobgarligini oshirish hamda byudjetlararo transfertlar taqdim
etishning shaffof mexanizmini joriy etish.
Strategiyani ishlab chiqishda nafaqat iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar, balki
moliyaviy-iqtisodiy jihatdan tuzilishi bo‘yicha o‘xshash mamlakatlar tajribasi ham
o‘rganib chiqilgan.
Strategiyani amalga oshirish davri 2024 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagi
oltita muhim maqsadlarni o‘z ichiga oladi:
1-rasm. Strategiyani amalga oshirishdagi muhim maqsadlar [3]
Mazkur Strategiyani amalga oshirish uchun Moliya vazirligi tomonidan
Strategiyada belgilangan maqsadlarga bosqichma-bosqich erishishni nazarda tutuvchi
Harakatlar rejasi ishlab chiqilgan.
Endi yuqorida belgilangan har bir maqsadga erish uchun belgilangan ustuvor
vazifalar bilan tanishib chiqsak.
Birinchi maqsaddan kelib chiqib, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini
samaraliroq
boshqarish
imkonini
yaratish
maqsadida
byudjet
jarayoni
ishtirokchilarining o‘rni va byudjet vakolatlarini qayta taqsimlash zarur.
Davlat byudjetining barqarorligi va daromadlarni prognoz qilish imkoniyatini
oshirish, shuningdek samarali davlat siyosatini yuritish, ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish uchun belgilangan maqsadlarga erishish uchun byudjet jarayonining
1-2
•бюджет
маблағларини
тақсимловчилар
ва
маҳаллий
давлат
ҳокимияти
органларининг бюджет соҳасидаги ваколатларини ва ҳисобдорлигини ошириш
ҳамда уларнинг масъулиятини кучайтириш;
•бюджет маълумотларининг очиқлиги, тўлиқлиги ва халқаро стандартларга
мослигини таъминлаш;
3-4
•солиқ-бюджет сиёсатига стратегик ёндашувни татбиқ этиш мақсадида ўрта
муддатли
бюджет
асосларини
ишлаб
чиқиш
ҳамда
йиллик
бюджетни
шакллантиришнинг янги “натижага йўналтирилган бюджет” тизимини жорий этиш;
•фискал таваккалчиликларни баҳолаш, молиявий активлар ва мажбуриятлар
ҳисобини юритиш ҳамда уларни самарали бошқариш тизимини жорий этиш;
5-6
•бюджет ҳисоби стандартларини унификация қилиш, ички назорат ва аудит
тизимини такомиллаштириш орқали молиявий интизомни мустаҳкамлаш ҳамда
бюджет жараёни устидан парламент ва жамоатчилик назоратини кучайтириш;
•институционал ва қонунчилик базасини мустаҳкамлаш.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1640
barcha bosqichlarida vazirlik va idoralar faoliyatining o‘zaro muvofiqligi va
hamkorligini ta’minlash yuzasidan zarur tadbirlarni amalga oshirish.
Davlat faoliyatining sezilarli qismi Davlat byudjeti jarayoni doirasidan
tashqarida, ya’ni vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-
tadbirlarning bir qismi ularning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan, shuningdek
davlat ishtirokidagi korxonalar hisobidan amalga oshirilmoqda.
Uzoq yillar davomida byudjetlarning darajalari o‘rtasida daromadlar va
xarajatlarni o‘tkazish vakolatlari aniq mustahkamlanmaganligi sababli mahalliy
hokimiyat organlarida byudjet mablag‘larining samaradorligi va natijadorligini
oshirish uchun etarli rag‘batlantiruvchi omillar bo‘lmagan.
Bundan tashqari, ayrim davlat korxonalari faoliyatining samaradorligi pastligiga
qaramasdan iqtisodiyotda davlatning sezilarli ishtiroki saqlanib qolmoqda. Shu
munosabat bilan davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirishga yo‘naltirilgan
davlat korxonalari faoliyatida tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish lozim.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda taklif etiladigan islohotlar byudjet
ustuvorligini ta’minlash va Davlat byudjeti darajalari o‘rtasida majburiyatlarni ajratish
hisoblanadi.
Davlat byudjetining to‘liqligi, ishonchliligi va Davlat byudjetining strategik
yo‘naltirilganligini oshirish maqsadida barcha davlat maqsadli jamg‘armalari hamda
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi
mablag‘larni Davlat byudjetiga qo‘shish choralarini ko‘rish, shuningdek, byudjet
hisobotida
Davlat
byudjeti
va
davlat
maqsadli
jamg‘armalarining
konsolidatsiyalashgan jami moliyaviy ko‘rsatkichlarini yagona shaklda taqdim etish
zarur.
Davlat moliyasini boshqarishning yanada samarali va oqilona tizimini ta’minlash
maqsadida byudjet tizimining byudjetlari o‘rtasida xarajatlar bo‘yicha majburiyatlarni
aniq ajratishni va daromad olish manbalarini mustahkamlashni nazarda tutuvchi
respublika va mahalliy byudjetlar o‘rtasidagi byudjetlararo munosabatlarni
takomillashtirish zarur.[4]
Ikkinchidan, byudjet ma’lumotlarining ochiqligi, to‘liqligi va xalqaro
standartlarga mosligini ta’minlash maqsadi, davlat resurslariga oid oshkora, ishonchli
va keng qamrovli ma’lumotlarni mavjudligi Davlat moliyasini boshqarish sohasida
olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga xizmat qiladi.
Davlat moliyasi ma’lumotlarining keng qamrovliligi, qiyoslanuvchanligi hamda
yaxlitliligi
soliq-byudjet
siyosatini
shakllantirishga
strategik
yondashuvni
muvaffaqiyatli joriy qilishda, keyinchalik byudjetdan ajratiladigan mablag‘larning
samaradorligi va natijadorligini baholashga o‘tishda to‘liq, o‘z vaqtida va ishonchli
axborot bazasini yaratishni ta’minlaydi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1641
Amaldagi byudjet qonunchiligiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining
konsolidatsiyalashgan byudjetini tuzishda byudjet tizimi byudjetlari va O‘zbekiston
Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larining barcha daromadlari
va xarajatlari hisobga olinadi, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari
jamg‘armalari mablag‘lari, shuningdek ayrim davlat maqsadli jamg‘armalari bundan
mustasno.
Bundan tashqari, davlat boshqaruvi sektori faoliyatining asosiy qismi byudjet
tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari orqali amalga oshiriladi. Natijada,
davlat sektorining ayrim xarajatlari, shuningdek, alohida pul oqimlar, shu jumladan
davlat korxonalari faoliyati, davlat aktivlari va ayrim davlat majburiyatlari
to‘g‘risidagi ma’lumotlar byudjet hisobotida aks ettirilmaydi.
Shundan kelib chiqqan holda taklif etilayotgan islohotlar quyidagilardan iborat:
− Soliq-byudjet hisobotlarining keng qamrovliligini, solishtiriluvchanligini va
yaxlitligini yaxshilash;
− Davlat soliq-byudjet siyosati mo‘ljallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
kengaytirish lozim.
Uchinchi maqsad bo‘yicha davlat siyosatining o‘rta va uzoq muddatli
maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash va unga erishish talablariga javob beradigan samarali
davlat moliyasini boshqarish tizimini yaratish maqsadida moliya yili davomida
moliyaviy resurslarning etarliligini baholash tizimi bo‘yicha qabul qilingan siyosiy
qarorlarning oqibatlari hamda ajratilgan byudjet mablag‘laridan foydalanish
natijalarini baholashga o‘tishni nazarda tutuvchi hamda soliq-byudjet siyosatiga
strategik yondashuvni joriy etish yuzasidan choralar ko‘rish lozim.
Davlat byudjeti kelgusi moliya yili uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
prognozlarini baholashni hamda kelgusi ikki yil uchun maqsadli ko‘rsatkichlarni o‘z
ichiga oladi, lekin ularni ishlab chiqishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘zda
tutilmagan vaziyatlarni o‘z ichiga olmaydi. Bu esa makroiqtisodiy statistikaning sifati
bilan
bog‘liq
muammolar
prognozlarining
ishonchliligini
baholashni
qiyinlashtiradi.[5]
Byudjetni rejalashtirishning amaldagi tizimida strategik yondashuvning yo‘qligi
fiskal siyosatning ustuvor yo‘nalishlari va Davlat byudjetining moliyaviy
imkoniyatlari asosida byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni taqsimlashni cheklaydi, bu
esa byudjet majburiyatlarining mantiqsiz o‘sishiga va ajratilgan byudjet
mablag‘laridan samarali foydalanishni nazorat qilinmasligiga olib keladi.
Shulardan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan islohotlar
quyilagilardan iborat:
1. Byudjet jarayonini takomillashtirish
2. O‘rta muddatli byudjet asoslarini ishlab chiqish (MTBF)
3. Byudjetni samaradorlik va natijadorlikka qarab yo‘naltirilganligini oshirish
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1642
4. Davlat investitsiyalarining samaradorligini oshirish
To‘rtinchi maqsad bo‘yicha, davlat moliyasini uzoq muddatli barqarorligi va
oldindan prognoz qilish imkoniyatini baholash uchun fiskal tavakkalchiliklar tahlilini
va ularning oshkor etish jarayonini yaxshilash choralarini ko‘rish lozim. Fiskal
tavakkalchiliklarni tahlil qilish va ularni boshqarish davlat sektorida soliq-byudjet
siyosatiga oid qarorlarni qabul qilish jarayonini samarali muvofiqlashtirishni
ta’minlaydi.
Bu bo‘yicha taklif etilayotgan islohotlar quyidagilardan iborat:[6]
1. Tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini joriy etish
2. Aktivlar va majburiyatlarni boshqarish tizimini mustahkamlash
3. Davlat qarzini boshqarish tizimini takomillashtirish
Beshinchi maqsad bo‘yicha, byudjet jarayoni ishtirokchilarining o‘rni va
vazifalarini qayta ko‘rib chiqish, vazirlik va idoralar - byudjet mablag‘larini
taqsimlovchi
(oluvchi)larning
mustaqilligini
va
byudjetdan
ajratiladigan
mablag‘lardan samarali foydalanish va natijadorlik bo‘yicha javobgarliklarini
oshirishni nazarda tutgan holda davlat sektorida hisob yuritishning amaldagi tizimini
qayta ko‘rib chiqish va byudjet mablag‘larini taqsimlovchi (oluvchi)larning soliq-
byudjet sohasida javobgarligini va hisobdorligini kuchaytirishni talab qiladi.
Hozirgi vaqtda buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarini davlat sektoriga
joriy etish bo‘yicha choralar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, davlat sektorida
buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga to‘laqonli o‘tish, qadrlar tayyorlash va
tegishli dasturiy ta’minotlarni takomillashtirish zarurati tufayli uzoq vaqt talab etishi
mumkin.
Bundan tashqari, alohida vazirlik va idoralarda ichki nazorat va audit xizmati
ta’sis etilgan. Biroq, ichki audit xizmati faoliyatining huquqiy va metodolik asoslari
mavjud emasligi, ularninig faoliyati faqat byudjet mablag‘laridan maqsadsiz va
samarasiz foydalanish bilan bog‘liq tartib buzilish holatlarini aniqlashga qaratilganligi
tufayli ushbu xizmatlar faoliyatining samaradorligi chegaralanib qolgan.
Bu sohada taklif etilayotgan islohotlar quyidagilardan iborat:
1. Davlat sektorida byudjet hisobi standartlarini unifikatsiyalash;
2. Ichki nazorat va ichki audit tizimini takomillashtirish;
3. Davlat moliyasi ustidan tashqi nazoratni kuchaytirish;
4. Byudjet jarayonida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash.
Oltinchi maqsad bo‘yicha, davlat moliyasini boshqarish tizimida islohotlarni
amalga oshirish va ularning natijalarini mustahkamlash uchun davlat organlarida
institutsional salohiyatni oshirish-strategiyaning muhim yo‘nalishlaridan biri
hisoblanadi.
O‘rta muddatli byudjetni rejalashtirishga to‘liq muvaffaqiyatli o‘tish uchun
mas’ul bo‘lgan moliya organlarining makro-fiskal faoliyati cheklangan va jahon
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1643
amaliyotiga mos kelmaydi. Jumladan, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining
makroiqtisodiy prognozlarni tayyorlash uchun mas’ul ekanligi buning isbotidir.
Moliya vazirligi Davlat byudjeti daromadlarini prognozlash va tahlil qilish
funktsiyasini bajaradi, ammo o‘rta muddatda davlat moliyasi va fiskal
tavakkalchiliklarning barqarorligini baholash funktsiyasi mavjud emas.
Shundan kelib chiqib taklif etilayotgan islohotlar quyidagilardan iborat:[7]
1. Davlat moliyasini boshqarish sohasida qonunchilik bazasini mustahkamlash;
2. Makro - fiskal tahlil funktsiyalarini mustahkamlash;
3. Moliya vazirligi tarkibiy tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish;
4. Davlat xaridlari tizimini mustahkamlash;
Xulosa
Tadqiqotimiz oldiga qo‘yilgan maqsad va unga samarali yo‘llar bilan erishish
uchun rejalashtirilgan vazifalarni maxsus adabiyotlar hamda me’yoriy xujjatlar,
shuningdek xorijiy tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish va tadqiq etish jarayonida qator
ilmiy asoslangan xulosalarni chiqarishga muvafaq bo‘lindi. Shulardan asosiylari bo‘lib
quyidagilar hisoblanadi. Xususan:
1. Byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati
organlarining byudjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda
ularning mas’uliyatini kuchaytirish.
2. Byudjet ma’lumotlarining ochiqligi, to‘liqligi va xalqaro standartlarga
mosligini ta’minlash.
3. Soliq-byudjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida o‘rta
muddatli byudjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik byudjetni shakllantirishning
yangi “natijaga yo‘naltirilgan byudjet” tizimini joriy etish.
4. Fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar
hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish.
5. Byudjet hisobi standartlarini unifikatsiya qilish, ichki nazorat va audit tizimini
takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda byudjet jarayoni
ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;
6. Institutsional va qonunchilik bazasini mustahkamlash.
Dostları ilə paylaş: |