IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
5 IYUN / 2022 YIL / 19 – SON
401
O‘ZBEKISTONDA TA‘LIM OLISHNING TARTIB – TAMOYILLARI
Alinazarov Jahongir Zuhriddin o'g'li
Toshkent Davlat Yuridik Universiteti magistratura talabasi
Annotatsiya:
Maqolada O‗zbekiston Respublikasida ta‘lim olishni Konistitutsiyaviy
asoslari, mustaqilligidan keying yillarda ta‘lim olishning huquqiy normalar bilan
mustaxkamlanishi, "Ta‘lim to‗g‗risida"gi qonunni qabul qilinishi va uni qayta takomillashgan
holatda yangittan qabul qilinishi, mohiyati yoritib o‘tilgan.Shuningdek Respublikamizda ta‘lim
olish bosqichlari va ta‘limning turlari atroflicha yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Ta'lim olish huquqi, "Ta‘lim to‗g‗risida"gi qonunn, Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi, ta‘lim turlari va shakillari.
O‗zbekiston Respublikasida ta‘lim tizimi davlat tomonidan huquqiy tartibga solingan va
davlat nazoratidadir. O‘zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasining 41-moddasida bilim olish
huquqi va maktab faoliyati davlatning bosh qonuni bilan huququiy asoslangan. Davlat o‘z
xalqiga bepul talimni har qanday sharoitda kafolatlab beradi. Ta‘lim tizimiga oid
qonunchilikka nazar solsak, mustaqillikdan keyin, 1997-yilda Kadrlar tayyorlash milliy
dasturining qabul qilinishi yangi ta‘lim tizimining huquqiy asoslarini yaratishni taqozo etdi.
1997-yil 29-avgustda O‗zbekiston Respublikasining "Ta‘lim to‗g‗risida"gi qonuni qabul qilindi.
Ushbu qonun ham ta‘limni rivojlantirishga asos bo‘lib hizmat qildi. Mamlakatning milliy-
intellektual salohiyatini rivojlantiradigan ta‘lim va tarbiya jarayoni mazkur qonun bilan tartibga
solindi. Vaqt o‘tishi bilan jadal rivojlanayotgan jamiyatda qator islohotlar amalga oshirildi.
Rivojlanauotgan jamiyat, axborot komunikatsiyalari, ilm-fan taraqiyoti, dunyo standarti va horij
tajribasi bugungi kunda talim tizimini tubdan isloh qilish va yangi qonun, konsepsiyalarni
qabul qilish zarurligini yaqqol namoyon qildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta‘lim tizimini isloh qilish bo‘yicha qator
dasturlar ishlab chiqildi. 2020-yil 23-sentabr kuni yangi tahrirdagi ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi
qonunni imzoladi. Yangi tahrirdagi qonun bugungi ta‘lim tizimini barcha jabhalarini qamrab
oldi.
Qonunning 7-moddasiga muvofiq, O‗zbekistondagi ta‘lim turlari quyidagilardan iborat
etib belgilandi:
-maktabgacha ta‘lim va tarbiya;
-umumiy o‗rta va o‗rta maxsus ta‘lim;
-professional ta‘lim;
-oliy ta‘lim;
-oliy ta‘limdan keyingi ta‘lim;
-kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
-maktabdan tashqari ta‘lim
123
.
123
O‟zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi “Ta‟lim to„g„risida”gi qonunni, 7-moddasi
Dostları ilə paylaş: |