2
ANNOTATSIYA
Qisqa davrda O‗zbekiston iqtisodiyoti tarmog‗larini rivojlanishining
innovatsion yo‗liga o‗tkazishga qodir bo‗lgan samarali boshqaruv tizimini
shakllantirishga nisbatan tizimli yondashuv zarur. Bunday tizim mexanizmlarini
shakllantirish metodologiyasi turli iqtisodiy ta‘limotlar, shu jumladan institutsional
nazariya, evolyusion iqtisodiyot va sinergetikaning nazariy qoidalariga asoslangan
bo‗lishi kerak. Milliy iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi o‗rni va
ahamiyati beqiyosligi, uning evolyusiyasida mavjud bo‗lgan ko‗plab turli
murakkab bosqichlar, tamoyillar, yo‗nalishlar, qonuniyatlarning o‗ziga xosligi
to‗g‗risida ushbu yo‗nalishda tadqiqot olib boruvchilarga nisbatan qat‘iy talablarni
belgilaydi.
5230100– Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‗yicha) yo‗nalishi bo‗yicha
ikkinchi va undan keyingi ta‘limga kiruvchilarning bilim darajasini sinash
maqsadida tuzilgan savollar ushbu yo‗nalishda ishlab chiqilgan nazariy asoslar,
tamoyillar, yo‗nalishlarni o‗z ichiga oladi.
Mazkur savollar O‗zbekiston Respublikasi Davlat ta‘lim standartiga
asoslangan holda, ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi Qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi‖ talablariga mos ravishda, amaldagi na‘munaviy dasturlar asosida tuzildi.
Tuzuvchilar: i.f.n., dots. I.Soliyev
i.f.n., dots. K.Sirojiddinov
Taqrizchi: i.f.d., dots. O.Aripov
Dastur NamDU Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot kafedrasining 2022 yil
―___‖ sentabrdagi -sonli yig‗ilishida muhokama qilingan va ma‘qullangan.
3
KIRISH
Keyingi yillarda dunyoda yuz berayotgan global o‗zgarishlar oziq-ovqat
xavfsizligiga yondoshuvlarni tubdan o‗zgartirmoqda. FAO tadqiqotlariga ko‗ra yer
sharida 820 milliondan ortiq kishi to‗yib ovqatlanmaslikdan qiynalmoqda va bu
ko‗rsatkich 2050 yilga borib 2 milliardga yetishi mumkin. BMT prognozlariga
ko‗ra 2050 yilga borib dunyo aholisi 10 milliard kishiga yetishi mumkin va bu
ko‗rsatkich qishloq xo‗jaligiga yaroqli yerlarning degradatsiyaga uchrashi
kuchayayotgan (52 %), qurg‗oqchilik va cho‗llashuv jarayonlari natijasida har yili
12 million gektar yer (har minutda 23 gektar) foydalanishdan chiqib ketayotgan,
ekinlar hosilini yig‗ishtirib olish, tashish, saqlash va iste‘molchilarga yetkazib
berishdagi nuqsonlar tufayli har yili 1,3 milliard tonna oziq-ovqat mahsulotlari
nobud bo‗layotgan bir sharoitda dunyo aholisini yetarli miqdorda va sifatdagi oziq-
ovqatlar bilan ta‘minlash vazifasini murakkablashtiradi.
Ko‗pchilik olimlar va soha mutaxassislarining fikricha, bunday murakkab
vaziyatda global oziq-ovqat ta‘minoti va xavfsizligini ta‘minlash masalasini
qishloq xo‗jaligi va unga tutash oziq-ovqat sanoati tarmoqlarni barqaror
rivojlantirish orqaligina hal etish mumkin.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015 yilning
sentabrida Barqaror rivojlanish bo‗yicha o‗tkazilgan sammitida qabul qilingan 70-
son rezolyutsiyasiga muvofiq shuningdek, 2030 yilgacha bo‗lgan davrda BMT
Global kun tartibining ―Barqaror rivojlanish maqsadlari‖ni izchil amalga oshirish
bo‗yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2018 yil 20 oktabrdagi 841-sonli ―2030 yilgacha bo‗lgan davrda
barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida‖gi Qarori asosida 2030 yilgacha bo‗lgan davrda barqaror
rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar hamda ularni amalga oshirish
bo‗yicha «Yo‗l xaritasi» tasdiqlangan. BMT ―Barqaror rivojlanish maqsadlari‖ 17
ta punktdan iborat bo‗lib, uning 2-maqsadi ―Oziq-ovqat xavfsizligini
mustahkamlash, ovqatlanish ratsionini yaxshilash hamda qishloq xo‗jaligining
barqaror rivojlanishiga ko‗maklashish‖ga bag‗ishlangan.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PQ- 5308-
sonli Qarori bilan tasdiqlangan ―2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasining
3.4 - ―Qishloq xo‗jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish‖ bo‗limi,
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi PF-5853-sonli
―O‗zbekiston Respublikasi qishloq xo‗jaligini rivojlantirishning 2020-2030
yillarga mo‗ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi Farmoni, O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 sentabrdagi ―Respublika oziq-ovqat
4
sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan
to‗laqonli ta‘minlashga doir chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi PQ-4821-sonli
Qarorlarida qishloq xo‗jaligini barqaror rivojlantirish bo‗yicha o‗rta va uzoq
muddatli strategiyalar belgilangan.
Iqtisodiy rivojlanishning qaysi modelini tanlanmasin mamlakat iqtisodiyotining
jahon xo‗jaligidagi mavqei va o‗rni uning raqobatbardoshlik darajasi bilan
belgilanadi. Bu o‗rinda qishloq xo‗jaligini rivojlantirish muammolarini ilmiy
asosda hal eta oladigan ilmiy pedagogik kadrlarning o‗rni va ishtiroki muhimdir.
Mamlakatimizda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‗yicha O‗zbekiston
Respublikasining ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi Qonuniga asoslanib mutaxassislarning
kasbiy maxoratini ko‗tarish va malakali iqtisodchi kadrlarni xalqaro andozalar
darajasida tayyorlashni takozo etadi.
Dasturda qo‗yilgan mavzu va masalalar 08.00.04-―Qishlok xo‗jaligi
iqtisodiyoti‖ ixtisosligi bo‗yicha talabgorlarning faqatgina shu sohadagi umumiy
bilim darajasini aniqlash bilan cheklanmasdan, balki shu sohadagi muammolar va
ularning yechimlarini topish bo‗yicha bilimga ega ekanligini namoyish eta olishini
talab etadi.
Dostları ilə paylaş: |