Passiv iste’molchilarning ulanish sxemalarini analizi



Yüklə 52,78 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2022
ölçüsü52,78 Kb.
#71284
  1   2
5-ma\'ruza


5- mavzu. Elektr sxemalarni Kirxgof qonunlari asosida hisoblash
Reja:

  1. Kirxgorfning birinchi qonuni.

  2. Kirxgrofning ikkinchi qonuni.
  3. Passiv iste’molchilarning ulanish sxemalarini analizi




Kirxgorfning birinchi qonuni.
Elektr zanjirning uchta va undan ortiq qismlari bir-biriga ulanadigan nuqtasi tugun deyiladi. Tugunga qarab yo‘nalgan toklar yig‘indisi undan chiqayotgan toklar yig‘indisiga teng (Kirxgofning birinchi qonunini, 5.1 - rasm).
I1= I2+ I3+ I4 (5.1)
Yoki tenglamaning bir tomoniga o‘tkazilsa,
I1- I2- I3- I4 =0



5.1-rasm. Kirxgofning birinchi qonuni

Umumiy ko‘rinishda:


ΣI=0, (5.8)
YA’ni tugundagi toklarning algebraik yig‘indisi nolga teng.
Tugun toklar tenglamasini yozish uchun tugunga qarab yo‘nalgan toklar musbat, tugundan chiqayotgan toklar esa manfiy ishora bilan olinadi.


Kirxgrofning ikkinchi qonuni.

Umuman, elektr zanjir bir necha EYK manbalaridan va rezistorlardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Masalan, 5.4 - rasmda YE1 va YE2 manbalar generator rejimida ishlaydi, ya’ni ulardagi EYK Lar va o‘tayotgan toklar bir xil yo‘nalgandir. Bunda V va A nuqtalar orasidagi kuchlanishni quyidagicha aniqlash mumkin:


UВА=E1-I1·R1,


UВА=E2-I1·
Ёки
E1-I, R=E2-I2·R2
Bundan:
E1- E2= I· R1- I2· R2
Umumiy ko‘rinishda:
ΣE= Σ (I· R)
5.4 - rasm. Ikki tugunli murakkab zanjir.
So‘nggi tenglama Kirxgrofning ikkinchi qonuni nomi Bilan mashhur: har qanday yopiq konturda barcha EYKlarning algebraik yig‘indisi o‘sha konturdagi qarshiliklarda yuzaga kelgan barcha kuchlanishlar tushishlarining algebraik yig‘indisiga teng.
Elektr yurituvchi kuchlarning va kuchlanishlar tushishlarining ishorasini aniqlash uchun konturni aylanib chiqishda ixtiyoriy yo‘nalish tanlab olinadi.
Agar EYK ning yoki qarshilikdan o‘tayotgan tokning yo‘nalishi konturni aylanib chiqish yo‘nalishi Bilan bir xil bo‘lsa, u holda EYK va kuchlanishning tushishi I·R “+” ishorasi bilan, agar EYK yoki tokning yo‘nalishi konturni aylanib chiqish yo‘nalishiga qarama-qarshi bo‘lsa, “-” ishora bilan olinadi.

Yüklə 52,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin