MAVZU : Pedagogika tarixi fan sifatida. Ibtidoiy jamoada tarbiya.
Reja:
1.“Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari.
2.Pedagogika tarixi g’oyalarining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan aloqadorligi.
3.O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti I.A.Karimov ta’lim –tarbiya jarayonida milliy meros pedagogik qadriyatlardan samarali foydalanishning ahamiyati haqida.
4.Ta’lim-tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish muammolari.
5. Ibtidoiy jamoada tarbiya.
“Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari
“Pedagogika tarixi” faning maqsadi – eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida o’rganishdan iborat.
Maktab va pedagogika ko’p asrlik tarixiy yo’lni bosib o’tgan. Mazkur davrda pedagogika fani ko’plab g’oyalar va kontseptsiyalar bilan boyib bordi. “Pedagogika tarixi” faning predmeti - eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayoni.
“Pedagogika tarixi” fanining vazifalari:
milliy o’z-o’zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog’liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakllantirish;
pedagogik fikrlar rivojini tahlil etish va tizimlashtirish;
pedagogik g’oyalarni tahlil etish asosida ularni o’quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish.
Dostları ilə paylaş: |