Pedagogika (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Ped. institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham P. deb yuritiladi. P. fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy P. bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviymaʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublika-sida P. ga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi.
Shaxsni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirish P.ning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Shaxsni tarbiyalash P.dagi asosiy tushuncha sanalib, oila va jamiyatning barkamol shaxsni shakllantirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini anglatadi. Tarbiya yordamida inson shaxsining maʼnaviy jihatlarini qaror toptirish koʻzda tutiladi. Dunyoqarash, eʼtiqod, ezgulik, goʻzallik, yaxshilik, adolatga doyr qarash va koʻnikmalarning shaxs sifa-tiga aylantirilishi tarbiya yordamidagina amalga oshiriladi. Insonlar ora-sida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar yigʻindi-sini oʻzlashtirishga qaratilgan faoliyat oʻqitish tushunchasini ifoda etadi. Oʻqitish natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan taʼminlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus maʼlumotni olish imkoniga ega boʻladi. Tarbiyalash va oʻqitish natijasida odamda muayyan shaxs sifatlari shakllantiriladi. Shaxe tarbiyalash va oʻqitish orqali oʻzida oldin boʻlmagan maʼnaviy-intellektual sifatlarga ega boʻladi. Bu hol shaxsning umri mobaynida uzluksiz davom etadi va uning rivojlanishiga omil boʻladi.