Pedagogika


O‘z jamoasini boshqarishning psixologik asoslari



Yüklə 49,63 Kb.
səhifə8/10
tarix23.06.2022
ölçüsü49,63 Kb.
#62170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kur ishi FARANGIZ

O‘z jamoasini boshqarishning psixologik asoslari
Zamonaviy konsultatnlik kasbi - axloqiy xarakterga ega bo‘lgan insonparvar kasblardan biri bo‘lib, o‘quvchilarga insoniy munosabatda bo‘lish zamonaviy konsultatn faoliyatining asosiy tamoyili hisoblanadi. Bu zamonaviy konsultatndan bolalarni sevish, ularni qadr-qimmatini hurmat qilish, sho‘xliklariga bardoshli bo‘lish, ularni jismoniy va axloqiy majruh etuvchi narsalarga murosasiz bo‘lishni talab etadi. Muallimning odob-axloqi, insonparvarligi – bolalarning kelajagi uchun g‘amxo‘rlik qilish, ularni hayotga ijtimoiy va mehnat faoliyatiga tayyorlashga intilishida namoyon bo‘ladi. Xushyorlik, pedagogik muomala, diqqat-e’tiborli bo‘lish, bolalarni sevish, ularga yaxshilik qilish, zamonaviy konsultatnlik burchini anglash, mas’uliyatli, talabchan va adolatli bo‘lish, bilimdonlik, halollik, rostgo‘ylik kabilar zamonaviy konsultatnga xos kasbiy axloqiy fazilatlardir.
Shuning uchun ham zamonaviy konsultatnlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari oldida muhim vazifa - insonparvarlik tamoyilini ro‘yobga chiqaruvchi, yuksak ma’naviy-axloqiy talablarga javob beruvchi, pedagog odobi fazilatlarini egallab olgan bo‘lajak zamonaviy konsultatnlarni tarbiyalash vazifasi turadi. Bo‘lajak zamonaviy konsultatnlarning kasbiy-axloqiy sifatlari har tomonlama o‘sishiga erishish uchun talabalar shaxsini rivojlantirishning barcha jihatlari, sohalariga e’tibor qaratish zarur. Axloqiy tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish sohalari: Vatanga munosabat, tug‘ilgan joyi, atrofdagi tabiatga, mehnatga, ishlab chiqarish va turmushda odamlarga; pedagogik jarayon ishtirokchilari: o‘quvchilar, ota-onalari, kasbdoshlariga, o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabati sohalaridan tashkil topadi.
Tarbiyaviy jarayonni samarali tashkil etish, uni oldindan va u bilan bog‘liq, ilmiy-tashkiliy, tadqiqot ma’lumotlari bilan ta’minlashni talab etadi. Tarbiya axloqiy-tarbiyaviy maqsadga yo‘naltirilganlik tavsifiga ega bo‘ladi, ko‘plab talabalar tarbiyasiga individual yondoshish mumkinligini o‘zida mujassamlantiradi. SHu bilan birga pedagogik amaliyot oldidan ilmiy-tadqiqot o‘tkazish tarbiyachi-pedagoglardan bunday ishni bajara olish malakasiga ega bo‘lishni talab etadi, ularda bunday ko‘nikma va malakalarni maxsus o‘stirish va takomillashtirish maqsadga muvofiq.
Bo‘lajak zamonaviy konsultatnlar o‘quv faoliyati (amaliyot, o‘quv jarayoni) davomida quyidagilarni amalga oshirmog‘i maqsadga muvofiqdir:
1) zamonaviy konsultatn insoniyatning bugungi avlodi uchinchi ming yillikda xalqlarning mustaqillik, demokratiya, erkinlik, tinchlik, barqarorlik kabi umuminsoniy qadriyatlar ustivor bo‘lgan jamiyat qurish uchun jahon ahamiyatiga molik turmush tarzini yuzaga keltirish ehtiyoji kuchayishini o‘z o‘quvchilariga, tarbiyalanuvchilariga tushuntirishlari lozim.
2) hozirgi davrda kechayotgan jarayonlar kishilarning qadriyatlarga bo‘lgan munosabati, ishonchini o‘zgartirmokda. Ular bilan bog‘liq ehtiyojlar, talablar, qiziqishlarning ham o‘zgarib borishiga sabab bo‘lmokda. Bunday sharoitda fanlarni o‘qitishda umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatli bo‘lishini amaliy jihatdan o‘quvchilarga etkazish asosiy vazifalardan biriga aylanishi zarur.
3) umuminsoniy qadriyatlarga oid mavzularni targ‘ibot qilishda yurtimiz sivilizatsiyasi taraqqiyoti va madaniyati rivojining asosiy davrlari hamda yutuqlariga, Al Xorazmiy, Al Farobiy, Al Beruniy, Ibn Sino, Al Buxoriy, At Termiziy, YAssaviy va Naqshbandiy, Jomiy, Ulug‘bek, Navoiy, Bobur va Mashrablarning buyuk meroslariga aoslanmoq lozim. Bular O‘zbekistonda umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishida eng asosiy tarixiy manbalar bo‘lishi shubhasiz.
Biror kasbning xaqiqiy ustasi bo‘lish uchun tabiiy qobiliyat, ma’lum jismoniy va ruhiy hislatlar jonli bo‘lishi kerak. Pedagoglik faoliyatida Yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash ishini samarali bajarish, ota-onalar va talabalarning izzat - hurmatiga sazovar bo‘lishi uchun kishida bu ishga layoqat, qobiliyat, mahorat, qiziqish bo‘lmog‘i lozim.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir zamonaviy konsultatn pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib katta natijaga erishadi. Ijodkorlik uning hamisha hamkori bo‘ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat bo‘lishi mumkin. YUksak mahoratli pedagog eng avvalo qobiliyatli, malakali va uddaburon bo‘lishi kerak. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o‘qish natijasi hisoblansa, qobiliyatning rivojlanishida iste’dodning o‘rni beqiyosdir. Ana shundagina qobiliyat deb ataluvchi ruhiy xususiyati taraqqiy etadi. Pedagogik faoliyatning samarali bo‘lishi uchun pedagogda qobiliyatning qo‘yidagi turlari mavjud bo‘lishi lozim. Bilim qobiliyati, tushuntira olish qobiliyati, kuzatuvchanlik qobiliyati, nutq qobiliyati, tashkilotchilik qobiliyati, obro‘ orttira olish qobiliyati, kelajakni ko‘ra bilish qobiliyati, diqqatni taqsimlay olish qobiliyati va h.k. Mahoratli pedagog talabalar ruhiyatini, bilim va darajasini hisobga oladi. Ba’zi pedagoglarga o‘quv materiali tushunarli va qandaydir alohida izohni talab etmaydigandek tuyuladi. Bunday pedagoglar talabalarni emas, balki o‘zlarini nazarda tutadilar. Qobiliyatli, tajribali pedagog o‘zini talabaning o‘rniga qo‘ya oladi. U fanning ilmiy-nazariy asoslarini talabalarga tushuntirish maqsadida ish tutadi. Shuning uchun u bayon etishning xarakter va shaklini alohida o‘ylab chiqadi. Mahoratli pedagog dars materialini bayon etish jarayonida talabalarning qanday o‘zlashtirayotganlarini talabalarni kuzatish asosida payqab oladi va zarur hollarda bayon qilish usulini o‘zgartiradi. Shuningdek, pedagog talabalarni savodli o‘zlashtirishlari uchun zamin tayyorlab, ularni dam olishdan ishga o‘tishlari, bo‘shashini, lanjlik, charchashlariga barham berish uchun minimal darajada foydalanish uchun vaqt ajratish zarurligini hisobga oladi. U tegishli vaziyat yuzaga kelgunga qadar ish boshlamaydi.
Pedagogning odobi, madaniyati yuksak bo‘lsagina, odamlarga nisbatan mehribon, sahovatli bo‘la oladi, uni hamma hurmat qiladi. Pedagog umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy o‘rganib, ta’lim tarbiya jarayoniga tatbiq etishi lozim. SHu bilan birga milliy o‘ziga xosligimizni, asrlar sinovidan o‘tgan an’analarimizni, hamisha iymon-e’tiqod bilan yashash kabi hayotiy tamoyillarimizni ham saqlab, ham yuksaltirib borishi va ularni talabalar qalbiga singdirish zarur. Pedagog faoliyati o‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy xarakteriga ega.
Pedagogik ijodkorlarning asosiy mohiyati faoliyatining maqsadi va xarakteri bilan bog‘lik. Pedagogik faoliyat kishi shaxsini, uning dunyoqarashi, e’tiqodi, ongi, xulq-atvorini shakllantirishdek umumiy maqsadga bo‘ysungan son-sanoqsiz pedagogik masalalarni echish jarayonidir. Pedagog faoliyatidagi ijodkorlik ana shu masalalarni echish usullarida, ularni hal qila olish yo‘llarini qidirib topa olishida ifodalanadi. Pedagogik ijodkorlik manbai - bu pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba - muammoli vaziyatlarga juda boydir. Ilg‘or pedagogik tajriba deganda, biz pedagogning o‘z pedagogik vazifasiga ijodiy yondoshishini talabalarning ta’lim-tarbiyasiga yangi, samarali yo‘l va vositalarni qidirib topishini tushunamiz. Ijodiy ishlaydigan pedagog faqat talabalarni muvaffaqiyatli o‘qitish va tarbiya berish, ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish bilangina cheklanib qolmasdan tadqiqodchilik ko‘nikma va malakalariga ham ega bo‘lish zarur. Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti pedagogning ijodkor bo‘lishini, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita bilish, fan yutuqlarini talabalarga etkaza olishi, tadqiqot ishlariga o‘rgata olishini talab qiladi. Tarbiya jarayonida pedagogik ta’sir ko‘rsatish talabaga u yoki bu yuksak axlokiy sifatlarining mohiyatini anglatish jarayonida qo‘llaniladigan pedagogning ish usullaridan biridir.
Har bir shaxsga ta’sir etishi tarbiyachining pedagogik mahorati va obro‘siga bog‘liqdir. Bunda:
Kishilik jamoasi paydo bo‘lgan davrdan boshlab inson hech qachon yolg‘iz yashay olmagan. Jamoalarni tashkil qilish va uning tarbiyaviy ta’sirini nazariy va amaliy asoslari mutafakkir va olimlar tomonidan o‘rganilib, ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Tarbiyachining navbatdagi vazifasi talaba-Yoshlar jamoasini tashkil qilish, tarbiyalash va jipslashtirish borasidagi nazariy bilimlarni o‘zlashtirib, ilg‘or tajribalarga suyanib, ularni tarbiyaviy jarayonida o‘rtoklik, do‘stlik, o‘zaro hamkorlik, hamjihatlik, o‘z-o‘zini tarbiyalash va boshqarish kabi jamoatchilik sifatlarini shakllantirish mahoratini o‘zlashtirishdan iborat. Ular:
- Har bir talaba shaxsida o‘zaro munosabat aloqalarini yaratish;
- talabalar kundalik faoliyatlarining hamma qirralarini jamoada
jipslashtirish;
- shaxsiy manfaatdan jamoa manfaatini yuqori qo‘yishga o‘rgatish; jamoada
bir-biriga mehr-oqibatli, muruvvat va saxiylik do‘stona hamkorlik mavjud bo‘lsa, u katta tarbiyaviy kuchga aylanadi.
Kasb-hunar ta’limi kolleji talabalar jamoalarini tashkil qilishda pedagogdan turli-tuman usul va vositalardan mahorat bilan foydalanish talab qilinadi:
1. Pedagog jamoa a’zolarini yangi sharoitga moslashtirish jarayonida ularga ishonch, hurmat, xushmuomalalik, talablarni to‘g‘ri qo‘ya bilish, shu bilan birga talabani tushunish va eshita bilish mahoratiga ega bo‘lishi kerak.
2. Talabalar jamoasidagi etakchi kuch-tayanch o‘zagini tanlash.
3. Jamoa a’zolarining har birining kuchiga, kobiliyatiga karab
topshiriqlar berish.
4. Jamoada yangi an’ana, qonun-qoidalarning dastlabki kurtagini yaratish va unga amal qilish.
5. Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash talab
qilinadi.
Har bir pedagog pedagogik faoliyat yuritar ekan, berayotgan ta’lim-tarbiyasining yanada samarali bo‘lishi uchun o‘z ustida muttasil ishlashi, bilimini, mahoratini o‘stirishi, talabalar bilan bo‘ladigan munosabatlarni puxta o‘ylab, ularning ko‘ngliga ozor etkazmasdan ish olib borishi lozim. Muomala madaniyati, o‘zini tuta bilishini nazorat qilishi kerak. Har bir tarbiyachining dunyoqarashi uning muomalasida namoyon bo‘ladi. Muomalaning asosiy vositasi - tildir. SHunday ekan, tarbiyachi muomala jarayonida juda ehtiyotkor bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 49,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə