Pedagogika va psixologiya



Yüklə 100,88 Kb.
səhifə1/11
tarix25.01.2023
ölçüsü100,88 Kb.
#80659
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Pedagogika va psixologiya-fayllar.org


Pedagogika va psixologiya

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS


TA`LIM VAZIRLIGI 

AL-XORAZMIY NOMLI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI 

PEDAGOGIKA FAKUL`TETI 

“ PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA” KAFEDRASI 


SALAEVA NAVBAHOR 

“PSIXOLOGIYA TARIXI” 

MA`RUZA MATNLARI 

URGANCH 2013Y. 



Mazkur ma`ruza matnlari to`plami “Pedagogika va psixologiya”


ta`lim yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan psixologiya tarixi
fanini o`rganish psixologiya fanining ilmi va amaliy ahamiyatga ega
bo`lgan shaxs va shaxsga xos bo`lgan psixik jarayonlar, xususiyatlar
va empirik yo`nalishdagi ma`lumotlarni tahlil qilishga qaratilgan.

Tuzuvchi: N. Salaeva -Psixologiya fanlari


nomzodi katta o`qituvchi. 

Muharir:


Sh.Ismoilova - p.f.n.dost.

Taqrizchi:
A.Xudayberganov . Ur DU dotsent.




1-Mavzu . Psixologiya tarixi fanining predmeti, maqsad va vazifalari. 
Reja: 

1.Psixologiya tarixi fanining predmeti.


2.Psixologiya fanini tarixini o`rganish metodlari.
3.Psixologiya tarixi fanining vazifalari.
4.Psixologiya fanini paydo bo`lish tarixi. 

Har bir fan o`zining tarixiga egadir. O`rgatilayotgan har bir nazariy


qarashlarni o`ziga xos bo`lgan tarixini o`rganish zarur.


Fanning tarixini bilish hozirda oldinga qo`yilgan maqsadini to`la yechishga
imkon beradi va katta ahamiyatni kasb etadi. Faylasuf Arastu “eksperimental
va nazariy psixologiyani talqin qilish uchun, shunday qiyoslash o`tkazish
zarurki, bu yerda hozirgi kun muammolarini ko`raylik va tarix bilan muloqatga
kirishaylik” deb takidlaydi. Tarixga nazar solib yangilik yaratish psixologiya
fanini yangi qirralarini ochib beradi. Psixik xususiyatlar va jarayonlar
to`g`risida barcha ilmiy qarashlarni o`rganishda empirik ma’lumotlarni shartli
ravishda yo`nalishlarga ajratish lozim.
Psixologiya tarixi shaxsning o`ziga xos bo`lgan psixik xususiyatlari, 

g`oyalari, dunyoqarashi, rivojlanishi va takomillashish qonuniyatlarining psixik


mexanizmlarini o`rganadi. ma’naviy va ilmiy ahamiyatga ega bo`lib buyuk
allomalar, faylasuflar, olimlar va shaxslarning hayoti, qarashlari, ilmiy
yo`nalishlarni, g`oyalari o`rganiladi.
Psixologiya tarixi fanini o`rganishda psixik haqiyqiylik emas, balki 

tasavvurlar o`rganilgan har bir davrda o`ziga mos bo`lgan.


Fanini ruvojlanish jarayonida bu tasavvurlar juda qadimdan mavjud ekanligi 

aniqlangan va ular 319 yo`nalishga ajratilgan. Birinchi, halb haqida fan


ekanligi, ikkichisi-ong haqidagi fan, uchinchisi faoliyat haqidagi fandir
Psixologiya to`g`risida ta’limotlarni haqiqiylik darajasini belgilaydigan

mezon ilmiy qarashlarni bir-biridan farqlari bo`lib, ular ba’zida umuman tan


olinmas edi. Psixologiya fani rivojlanishida ahamiyati kasb etadigan yutuq va
kamchiliklari yangi haqqoniy psixologiya qarashlarni keltirib chiqarar va shu
davrga mos ravishda tahlil qilingan. 
Psixologiya tarixini o`rganishda empirik ma’lumotlar katta ahamiyat
kasb etadi. 
Barcha qo`llaniladigan tarixi fanini o`rganishda qo`llaniladigan arxiv
materiallari, intervyu, suhbatlar, biografik, avtobiografik uslublar keng
qo`llaniladi. Har bir uslubning o`ziga xos tomonlari tahlil qilinganida har bir
darslik o`ziga xos xususiyatlari inobatga olinadi va tarixan baho berish
shartlariga buy sunadi.


Psixologiya tarixi faning vazifalari. Psixologiya fanini paydo bo`lishida


hozirgi kungacha barcha ilmiy qarashlar, bilimlar nazariy qarashlar, faylasuflar 
va psixologlar asarlari asosiy manbaa hisoblanadi .
Psixologiya rivojlanishda- tibbiyot, ta’lim, tarbiya, yuridik amalyot, amalyot
katta o`rin egallaydi. Psixologiya fani rivojlanishida boshqa fanlarning
ahamiyati katta bo`lib ular bir -biriga bog`liqdir. Psixologiya tarixi boshqa
fanlar tarixi singari, va ma’zmundor bilimlar sohasidan iborat.
Psixologiya tarixi - u avvalo insoniyat tomonidan hayvonlarga va

insonlaga hos bo`lgan psixik hayot xodisalari haqidagi bilimlarni asta -sekin


to`planib borish tarixidir. 
Insonning o`z-o`zi haqidagi bilimlarni to`plab hamda chuqurlashtirib
borishidir.
Biz psixologiya tarixi bilan tanishar ekanmiz, inson va hayvonlar psixik
hayotini o`rganishga bo`lgan intilish kishilar hayotining har -xil tarixiy
bosqichlarida, ularning qanday nazariy va amaliy e’htiyojlar bilan taqazo
qilganligini, ba’zi bir ma’lumotlar , ya’ni psixik hodisalar qay tarzda kashf
qilingan, qaror topgan va aniqlanganligini, ular qanday tushuntirilganligini,
ularning ba’zi qonuniyatlari qanday tushuntirilganligini, ularning ba’zi
qonuniyatlari qanday ochilganligini bilib olamiz. Bunda tashqari psixologiya
tarixi tarixiy hayotning har xil bosqichlarida, fan va madaniyatning umumiy
taraqqiyoti munosabati bilan psixologik bilimlar sohasi qanday kengayib
borganligi hamda dastlab yakkayu-yagona bo`lgan psixologiya qay tarzda
taraqiy etib, butun bir psixologiya fanlari sistemasi darajasiga ko`tarilganligi
haqida kam ma’lumot 
beradi.
Psixologiya tarixida psixikani yanada chuqur va aniq bilish
imkoniyatini beradigan , psixologiya fani taraqqiyotiga ko`maklashadigan
foydali ilmiy tekshirish metodlarining izlanilishi va yaratilishi katta o`rin
tutadi.
Psixologiya hech qachon ajralgan fan bo`lmagan : u hamisha boshqa

bilim sohalari bilan bog`liq holda taraqqiy etib borgan. Umum fan taraqqiyoti


tarixida u bog`lanishlar kengaydi va chuqurlashdi. Boshqa fanlarning yutuqlari
psixologiya taraqqiyotiga qanday ta’sir ko`rsatganligini bilim sohalarining
taraqqiyotida psixologiyaning roli qay darajada bo`lganligini, psixologiyaning
ilmiy yutuqlari praktikada qanday tadbiq qilinganligini kuzatib borish juda
qiziqarlidir.
Psixologiyaning butun tarixi ( shuningdek, filosofiya tarixi ) davomida
idializm bilan materializm o`rtasida kurash ketgan. Bu kurash psixologiyaning
mohiyatini turlicha tushunishda hamda psixologiya predmetini tushinishda
ifodalangan. Shuning uchun, psixologiya fani sistemasini o`zi ham, uning
metodlari, ma’zmuni va vazifalari ham turlicha talqin qilingan.
Albatta, psixologiya tarixida turlicha qarashlar va yo`nalishlar bo`lishiga

qaramasdan, bu fanining predmeti, ya’ni hayvon va insonlarga xos bo`lgan




psixika, psixik hayot birdamligicha qolaveradi. Tarixiy jihatdan


psixologiyaning o`rganish predmeti emas, balki shu predmetni tununish, psixik
hayot mohiyatiini tushunish o`zgarib keldi.
Psixologiya predmetini tushunishdagi muhim o`zgarishlar, yangi

psixologik tekshirish metodlarining yaratilishi hamda ularning keng tadbiq


qilinishi, ilmiy falsafiy tafakkurining umumiy yo`nalishi psixologiya fanining
tarixiy taraqqiyotidagi xususiyatlarini belgilab berdi.



Yüklə 100,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə