Pedagogika va psxologiya



Yüklə 14,61 Kb.
tarix28.04.2023
ölçüsü14,61 Kb.
#103912
feruza taqriz


Jizzax Davlat Pedagogika Universititeti “Pedagogika va psxologiya” fakulteti Maxsus pedagogika (surdopedagogika) yo‘nalishi II bosqich talabasi Oʻktamjonova Feruzaning “Maxsus ona tilini o‘qitish texnologiyasi” nomli Kurs ishiga
TAQRIZ
Oʻktamjonova Feruza tayyorlagan kurs ishi Maxsus pedagogika (surdopedagogika) yo‘nalishlari uchun o‘tiladigan Maxsus ona tilini o‘qitish texnologiyasi fanidan tayyorlangan bo‘lib, ushbu ishda Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarni daktil nutqiga o'rgatish uslubiyati mavzusi to‘liq yoritib berilgan. Talaba mavzuni yoritib berish uchun Maktabgacha surdopedagogika hamda Ayupova Z. N. Mamarajabovalarning darslik hamda bir qator adabiyotlarni o‘rganib, tahlil qilib va ulardagi mavzu yuzasidan berilgan ma’lumotlarni qiyoslashga erishgan. Mavzuga oid aniq reja tuzilgan. Ish shu reja asosida yoritilgan.
Kurs ishi kirish, asosiy qismida Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalarni daktil nutqga о‘rgatish uslubiyatidan iborat bo‘lib, ular bir-birini mantiqan to‘ldiradi, aniqlaydi va izohlaydi.
Kirish qismida Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalarni daktil nutqga о‘rgatish uslubiyatilari haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Asosiy qismda esa mavzu to‘liq yoritib beriladi. Ayniqsa, talaba Kurs ishining I- bobida Daktil nutqini og‘zaki va yozma nutq shakllari bilan munosabati, shu bilan bir qatorda Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning og‘zaki nutqini shakllantirishda daktil nutqining о‘rni haqida alohida malumotlar keltirgan.
Kurs ishining II-bobida talaba Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar daktil nutqini о‘qitish mazmuni mavzusini yoritishda, Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar daktil nutqini о‘qitish mazmuni maqsad va vazifalari haqida ma’lumotlar keltirgan bo‘lib hamda "Daktil nutqi - bu nima uchun kerak" mavzuni ham qisqacha yoritib o‘tgan. Talaba o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishgan va mavzuga oid hulosalar bergan.
Oʻktamjonova Feruza tomonidan tayyorlangan kurs ishi barcha talablariga javob beradi va uni himoyaga tavsiya qilaman.
Taqrizchi _______________
Yüklə 14,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin