Pediatriya



Yüklə 124,62 Kb.
səhifə1/6
tarix29.07.2022
ölçüsü124,62 Kb.
#62934
  1   2   3   4   5   6
krupoz zotiljam


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI

PEDIATRIYA VA GENETIKA KAFEDRASI


PEDIATRIYA ”
FANIDAN

MUSTAQIL ISHI



Topshirdi: Pediatriya ishi fakulteti III bosqich 308-guruh talabasi Karimov Doston
Tekshirdi: Sulaymonova Saodat

SAMARQAND-2022



Mavzu: Krupoz zotiljam

Reja:

  • Kattalar va bolalardagi pnevmoniya belgilari va alomatlari

  • Bolalarda o’pka yallig’lanishi yoxud zotiljam (pnevmoniya) belgilari

  • Pnevmoniya tasnifi

  • Kasallik sababchisiga ko’ra pnevmoniyani tasniflash


PNEVMONIYA (ZOTILJAM) — BOLALARDA VA KATTALARDA, BELGILARI VA ALOMATLARI, DAVOLASH, TURLARI


Pnevmoniya yoki zotiljam — o’pkaning yallig’lanishi, o’tkir infektsion kasalliklar toifasiga kiradi. Pnevmoniyani qo’zg’atuvchisi viruslar, bakteriyalar va zamburug’lar bo’lishi mumkin. Shuningdek aspiratsion pnevmoniya va o’pka to’qimalarida saraton o’simtasining markazi atrofida rivojlanib boruvchi parokankreatik pnevmoniya kabi turlari ham mavjud. Pnevmoniyani dastlabki belgilari namoyon bo’lishi bilan tezda shifokorga murojaat qilish kerak.

O’pkaning yallig’lanish jarayoni — sog’liqqa salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan jiddiy kasallikdir. Antibiotiklar kashf etilishidan oldin pnevmoniya tufayli o’lim holatlari 80% ga yetardi. Hozirgi vaqtda turli hududlarda pnevmoniyaning rivojlanishi tufayli o’lim ko’rsatkichi 5-40% gacha yetadi, asosan og’ir asoratlar qariyalarda uchraydi.
Pnevmoniya vaqtida aniqlansa va kerakli davolash choralari qo’llansa, kasallik 10-14 kun davomida shifo topadi va asoratlar qoldirmaydi. Zamonaviy dorilar jiddiy asoratlarni oldini olish va pnevmoniyaning deyarli har qanday shaklini asoratlarsiz davolashga yordam beradi. Shu bilan birga, esda tutingki, samarali davolash va asoratlarni muvaffaqiyatli oldini olish uchun ushbu kasallikni davolash mutaxassis tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Pnevmoniya — o’pka to’qimalaridagi yallig’lanish jarayonidir. Ko’p holatlarda kasallikni qo’zg’atuvchi vosita infektsiyalardir. Infektsiyanining tanaga kirish yo’llari turli xil: ko’pincha havo-tomchi orqali, kam hollarda — qon orqali.
Pnevmoniya rivojlanishi uchun mas’ul bo’lgan mikroorganizmlarning bir qismi inson tanasida doimo mavjud. Immunitetning muhofaza qilish darajasi me’yorda bo’lganda u bunday infektsiyalar bilan muvaffaqiyatli kurashadi, himoya kuchlari darajasining pasayishi (gipotermiya [sovqotish], birlamchi kasalliklar) bilan o’pkada yallig’lanish jarayoni rivojlanadi.
Ko’pincha pnevmoniyaning etiologiyasida yuqori nafas yo’llarining kasalliklari mavjud. Shamollash, traxeit, o’tkir yoki surunkali bronxit kabi respirator kasalliklar fonida o’pkada yallig’lanish jarayoni rivojlanishi mumkin. Kasallikning kelib chiqishi sababi boshqa organlar va tizimlarning o’tkir kasalliklari, jarrohlikdan keyingi asorat va immunitetga salbiy ta’sir ko’rsatadigan boshqa omillar ham bo’lishi mumkin.

Yüklə 124,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin