Operatsion kuchaytirgichlarning inverslamaydigan ulanishi, katta ichki qarshilikka ega signal manbayini kirish qarshiligi kichik bo‘lgan signalni qayta ishlovchi qurilma bilan muvofiqlashtirish talab etilganda qo‘llaniladi. Bunda signal fazasi saqlanadi.
Bunday kuchaytirgich kuchlanish qaytargichi deyiladi. Kuchlanish qaytargich sxemasi 30.1-rasmda keltirilgan. Qaytargichda maksimal kirish va minimal chiqish qarshiligi ta’minlandi. OK asosidagi qaytargich, boshqa (emitter va istok) qaytargichlar, muvofiqlashtiruvchi kaskad sifatida qoilaniladi.
Inverslaydigan jamlovchi qurilma. Jamlash qurilmasi bir nechta kuchaytirilgan kirish signallarining algebraik yig‘indisiga teng bo‘ladigan kuchlanishni shakllantirish uchun xizmat qiladi, ya’ni matematik qo‘shish amalini bajaradi. Bunda kirish signali inverslanadi. Misol tariqasida, 30.2.-rasmda uchta kirishga ega bo‘lgan inverslaydigan jamlash qurilmasi sxemasi keltirilgan.
OK ideal deb hisoblab (IKIR=0 , U’=U’’) inverslaydigan kirish uchun Kirxgofning birinchi qonuniga binoan yozish mumkin.
Inverslamaydigan jamlovchi qurilma. Uchta kirishga ega bo‘lgan mazkur qurilma sxemasi 30.3.-rasmda keltirilgan. Kirish signallari inverslamaydigan kirishga, manfiy ТА signali esa RTA orqali inverslaydigan , chunki ideal OK da IKIR.=0.
Ayiruvchi — kuchaytirgich. Chiqishida ikkita kirishdagi signallaming farqiga teng kuchlanish olish imkonini beruvchi qurilma sxemasi 30.4-rasmda keltirilgan.
Pretsizion attenyuator. Attenyuator (so‘ndirgich) kuchlanishni talab qilingan marta susaytirish uchun xizmat qiladi. Asosan yuqori chastota o’lchov apparatlarida, masalan, standart signallar generatorlari va komparatorlarda qo‘llaniladi. Pretsizion (o‘ta aniq) attenyuator sxemasi 30.5-rasmda keltirilgan.