Prokuratura organlari faoliyatining huquqiy asoslari



Yüklə 104,63 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü104,63 Kb.
#185159
2-mavzu bo`yicha taqidmot


Termiz davlat unveristeti yuridik fakulteti
  • Mamanarov.X “Jinoyat huquqi va fuqarolik prosessi” kafedrasi o‘qituvchisi

Prokuratura organlari faoliyatining huquqiy asoslari

0‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonunining (yangi tahriri) esa prokuratura organlarining davlat organlari tizimidagi tutgan o‘rni va roli, prokuror nazorati xususiyati, prokuratura organlari funksiyalarining aniq belgilanishi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘z ichiga qamrab oldi.

Islom tarixi guvohlik berishicha, VII asrdayoq inson huquq- larini himoyalashga asoslangan tizim vujudga kelgan. Xalifa Umar (r.a.) tomonidan shikoyatlarni ko‘rib chiqish va nizolarni hal qilish uchun muhtasib mansabining tashkil etilishi fikrimiz dalilidir1.

«Muhtasib» so‘zi arab tilidagi asli «hasaba» fe’li o‘zagi- dan yasalgan. Uning ism shakli «hisba» - hisob-kitob, ajr, evaz, mukofot, o‘lchov va og‘irlik o‘lchovlarini nazorat qiluvchi mansab ma’nosini anglatadi. Muhtasibning harakat nomi shakli «ihtisob» so‘zi hisob, hisoblash, mamnunlik, itoatkorlik ma’nolarini bildirsa, Muhtasib o‘lcham va og‘irlik o‘lchovlarini nazorat qiluvchi mansabdor, inspektor ma’nosida foydalaniladi.

  • «Muhtasib» so‘zi arab tilidagi asli «hasaba» fe’li o‘zagi- dan yasalgan. Uning ism shakli «hisba» - hisob-kitob, ajr, evaz, mukofot, o‘lchov va og‘irlik o‘lchovlarini nazorat qiluvchi mansab ma’nosini anglatadi. Muhtasibning harakat nomi shakli «ihtisob» so‘zi hisob, hisoblash, mamnunlik, itoatkorlik ma’nolarini bildirsa, Muhtasib o‘lcham va og‘irlik o‘lchovlarini nazorat qiluvchi mansabdor, inspektor ma’nosida foydalaniladi.

G‘azzoliy o‘zining «Ihyo ulum ad-din» asarida hisba tizimining to‘rtta asosiy elementlarini keltirgan.

  • G‘azzoliy o‘zining «Ihyo ulum ad-din» asarida hisba tizimining to‘rtta asosiy elementlarini keltirgan.
  • Muhtasib tavsifi.
  • Hisba jarayoni tartibi.
  • Muhtasib vakolatlari.
  • Hisba jazo chorasi bosqichlari.
  • Bizning fikrimizcha, muhtasib, shuningdek to‘rt mazhab bo‘yicha taqiqlangan ishlarni, narsalarni bilishi va o‘z mustaqil fikrini shariatga zid boMmagan holda bayon eta olishi kerak bo‘lgan.
  • Ibn Taymiya fikricha, muhtasib bajaradigan vazifalar uchun shariatda muayyan cheklashlar belgilangan emas, balki hayot sharoiti bir shahardan boshqa bir shaharga nisbatan farqli bo‘lganligi uchun u bajaradigan vazifalar urf-odat asosida belgilangan1.
  • Muhtasib o‘z vazifasini bajarmasa gunohkor bo‘ladi. Takrorlangan holatda shikoyatga e’tibor bermasa, o‘z vakolatini qo'ldan berib muruwat va odilligi yo‘qoladi va e’tiborsiz bo‘lib qolgani uchun qonunan muhtasib hisoblanmaydi1 2. Bizning fikri­mizcha, ushbu qoida O‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonuni talablariga mosdir.
  • Movardiyning kitobida keltirilishicha, muhtasibning ishdan bo‘shatilishiga, shuningdek, xizmat vazifasiga xiyonat qilishi, ishni adolatsizlik bilan bajarganligi, insonlar o'rtasida muhtasiblik mavqeyini yo‘qotishi, hisba vazifasini bajarishga ma’nan va jismonan ojiz bo‘lib qolishi yoki boshqa qobi- liyatliroq muhtasibning paydo boMishi sabab bo‘lishi mumkin3. Bizning fikrimizcha, ushbu asoslar 0‘zbekiston Respublikasida prokuratura organlari xodimlarini ishdan bo‘shatishning qonuniy asoslariga to‘g‘ri keladi.
  • Bu borada olimlar o‘rtasida turli xil qarashlar mavjud bo‘lib, ular prokuratura organlarining tarixiy rivojlanish bosqichlari, ular faoliyatining samaradorligini ta’minlash maqsadida hamda ular faoliyatining u yoki bu sohadagi qonunlarini aniq va bir xilda ijro etilishi yuzasidan kelib chiqqan deb ta’kidlashadi. Bu yuzasidan Chuvelev, Suxareva, Baskovlar fikr bildirib o‘tgan. Bizning fikrimizcha, ularning fikrlari majmuasi prokuratura organlarini tashkil etish va faoliyatining prinsiplari tushunchasini kengroq yoritib beradi.

Yüklə 104,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin