Python dasturlash tilida for sikl operatori



Yüklə 305,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix15.04.2023
ölçüsü305,2 Kb.
#98462
  1   2
python-dasturlash-tilida-for-sikl-operatori



Python dasturlash tilida for sikl operatori 
 
Rayhon Abdug’afforovna Alimova 
Ilmiy rahbar: Chori Begaliyevich Normurodov 
Termiz davlat universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada for sikl operatori, uning imkoniyatlari va python 
dasturlash tilida qo’llanilishi haqida bayon etildi. Mavzuga oid bir nechta misollarning 
tahlili qilindi va dasturlari tuzildi.
Kalit so’zlar: For, python, while, sikl, sikl tanasi, break, continue, range(), 
xrange() 
The for loop operator in the Python programming language 
Rayhon Abdugafforovna Alimova 
Scientific supervisor: Chori Begalievich Normurodov 
Termiz State University 
Abstract: This article describes the for loop operator, its capabilities, and its use 
in the Python programming language. Several examples of the topic were analyzed and 
programs were compiled. 
Keywords: For, python, while, loop, loop body, break, continue, range(), 
xrange() 
Python dasturlash tilida for operatori C va Paskal dasturlash tillarida 
qo’llanishidan farq qiladi. Pythonda for operatori biroz murakkabroq, lekin while 
sikliga qaraganda ancha tezroq bajariladi. For…in operatori obyektlar ketma-ketligida 
iteratsiyani amalga oshiradi, ya’ni bu sikl har qanday iteratsiya qilinadigan obyekt 
bo’ylab o’tadi (satr yoki ro’yxat bo’ylab) va har bir o’tish vaqtida sikl tanasini bajaradi. 
Bir xil hisoblash jarayonlarini bir necha bor takrorlanishi sikl deyiladi. Sikl 
takrorlanishi davomida bajarilishi lozim bo’lgan operatorlar majmuasi sikl tanasi 
deyiladi. Sikl tanasi sifatida bir yoki bir nechta operatordan foydalanish mumkin. Agar 
sikl tanasida bir nechta operatordan foydalanmoqchi bo’lsak bu operatorlarni blok {} 
orasiga olishimiz kerak. Break - funksiyasini har qanday sikl operatoriga qo’llash 
mumkin. Ya’ni boshqarilishini sikl operatoridan keyingi operatorga uzatadi. Break 
kalit so’zi bilan siklni to’xtatamiz, hattoki sikl to’xtamagan bo’lsa ham. Masalan, 
“universitet” so’zining harflarini birma - bir ekranga chiqarish siklini ishga tushuramiz 
va “s” harfiga yetganda siklni to’xtatamiz:
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
600


Endi e’tiborimizni bir narsaga qaratsak. Yuqoridagi kodda print buyrug’i break 
buyrug’idan oldinroq qo’ygan edik. Shu sababli avval “s” harfi ekranga chiqib, so’ng 
sikl to’xtadi. Endi print buyrug’ini pastroqqa qo’yamiz. Bunda “s” harfi ekranga 
chiqmay qoladi, chunki sikl undan avvalroq to’xtaydi.
Continue - funksiyasini har qanday sikl operatoriga qo’llash mumkin. Bu funksiya 
sikl parametrining keyingi qiymatini qabul qilishni ta’minlaydi. Boshqacha so’z bilan 
aytganda sikl tanasi tugatiladi. Bunda esa siklning o’zi tugatilmaydi. Continue kalit 
so’zi siklning ayrim joylaridan sakrab o’tadi. Aniqroq qilib aytganda sikl davomida 
ayrim nuqtalarga kelganda ko’rsatilgan amalni bajarmay ketadi. Masalan, “python” 
so’zidagi harflarni ekranga chiqaramiz va shunda “h” harfini tashlab ketamiz:
Range() funksiyasi biror amalni belgilangan marta bajarish yoki biror oraliqdagi 
sonlarga murojaat qilish uchun qo’llaniladi. Bunda range() ichiga kerakli son qo’yiladi 
va sanoq avtomatik tarzda 0 dan boshlanib ko’rsatilgan songacha davom etadi. Ammo 
uning o’zi hisobga kirmaydi. Masalan, 0 dan 5 gacha (5 soni hisobga kirmaydi) bo’lgan 
sonlarni ekranga chiqaramiz:
Biz range() funksiyasida sanoq avtomatik 0 dan boshlanishini aytib o’tdik. Biz 
uni o’zimiz istagan sondan boshlashimiz ham mumkin. Masalan 3 dan 8 gacha bo’lgan 
sonlarni ekranga chiqaramiz. Bunda sanoq 3 dan boshlanishi uchun 3 sonini ham 
kiritamiz. Demak, biz 3 dan 9 gacha bo’lgan oraliqni kiritamiz:
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
601


Range() funksiyasida sonlar avtomatik bittaga ortib boradi. Ammo bu holatni ham 
o’zgartirish mumkin. Bunda oraliqni ko’rsatgandan so’ng sanoq nechtaga ortishini 
ham kiritamiz. Shunda funksiya ichidagi dastlabki ikkita son oraliqni, uchinchi son esa 
sanoq nechtaga ortishini ko’rsatadi. Masalan, 1 dan 10 gacha bo’lgan faqat juft sonlarni 
ekranga chiqarmoqchimiz. Bunda oraliqni 2 dan 11 gacha deb belgilaymiz. Shunda 
sanoq 2 dan boshlanadi va 10 gacha davom etadi. Har safar sanoq ikkitaga ortishi uchun 
uchinchi bo’lib 2 soni kiritamiz: 
Katta diapazondagi raqamlardan foydalanilganda range() funksiyasi o’zini 
oqlamaydi yoki xotira yetishmaydi. Shuning uchun uning o’rniga pythonda xrange() 
funksiyasidan foydalaniladi.
For operatoriga misollar: 
1 - misol. a va b butun sonlari berilgan. (b soni a sonidan katta) a va b sonlari 
orasidagi barcha butun sonlarni (a va b ni ham) chiqaruvchi va chiqarilgan sonlar sonini 
chiqaruvchi programma tuzilsin.
Dasturi quyidagicha tuziladi:
Natija oynasi:
2 - misol. Bir kilogram konfetning narxi berilgan (haqiqiy son). 1, 3, 5, … , 15 kg 
konfetning narxini hisoblovchi dastur tuzilsin.
Dasturi quyidagicha tuziladi: 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
602


Natija oynasi: 
3 - misol. n butun soni berilgan (n>0). 1 dan n gacha bo’lgan sonlar ko’paytmasini 
hisoblovchi programma tuzilsin. 1 dan n gacha bo’lgan sonlar ko’paytmasi n faktorial 
(
𝑛! = 1 ∗ 2 ∗ … ∗ 𝑛) deyiladi.
Quyida dasturi va natija oynasini keltiramiz:
Xulosa qiladigan bo’lsam, python dasturlash tilini o’rganish va unda turli 
masalalarning yechimi topish, dasturlarini tuzish juda ham qulay. Maqolada keltirilgan 
ma’lumotlar esa pythonni o’rganuvchi va dasturlashga qiziquvchi har qanday shaxs 
uchun juda muhim hisoblanadi, deb ishonaman.

Yüklə 305,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin