Qadimgi turkiy til leksikasi



Yüklə 4,28 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü4,28 Kb.
#35050
Qadimgi turkiy til leksikasi-fayllar.org (1)


Qadimgi turkiy til leksikasi

Termiz davlat universiteti O’zbek filologiyasi fakulteti o’zbek tili ta’lim yo’nalishi 3-kurs 304-guruh talabalari Roziqova Bibixonim va Ko’chkinova Dilafruzning O’zbek tili tarixi fanidan tayyorlagan Taqdimoti

QADIMGI TURKIY TIL LEKSIKASI

Reja: 1. Qadimgi turkiy til leksikasining o`rganilishi. 2. Qadimgi turkiy tilning etimologik qatlamlari. 3. Qadimgi turkiy til leksikasining mavzu guruhlari.

Adabiyotlar: 1. Abdurahmonov g`., Rustamov A. qadimgi turkiy til. T., 1982. 2. Abdurahmonov N. qadimgi turkiy til. – T., 1989. 3. Kononov A.N. Grammatika yazo`ka tyurkskix runicheskix pamyatnikov VII-IX vv..-L., 1980. 4. Насилов В.M. Язык орхоно енисейских памятников. – M., 1960. 5. Насилов В.M. Древнотюркской язык. – M., 1963. 6. Малов С.E. Памятники древнотюркской писменности Moнголии и Kиргизии. M.-Л., 1959.

Qadimgi turkiy tilning leksik xususiyatlari haqida ilmiy ma`lumotlar etarli emas. Bu borada Malov S.E., Batmanov A.N.,Mutallibov S, Ne`matov H., Dadaboev H. kabi bir qator olimlarning xizmatlarini ta`kidlash joiz.

Mahmud Qoshg`ariy lug`atida keltirilgan so`zlar izohi, etimologiyaga oid sharhlar qadimgi turkiy til davrining leksik xususiyatlarini o`rganishdagi ilk tadqiqotlar hisoblanadi. qadimgi turkiy til bitiglarida qo`llangan turli sohaga oid so`zlar, jumladan xarbiy atamalar, ijtimoiy, siyosiy, iktisodiy atamalarga alohida tadqiqotlar bag`ishlangan.

Turkolog — leksikolog va o`zbek tili leksikasi bilan shug`ullangan olimlar turli davrlar yozma yodgorliklari tili so`zlarini leksik qatlamlarga bo`lib o`rganganlar. Ilmiy adabiyotlarda bu davr leksikasi o`z va o`zlashgan qatlamga bo`lib tadqiq etilgan. Ammo qadimgi turkiy til leksikasini faqat o`z katlam asosida kuzatish mumkin.

Qadimgi turkiy tilning o`zlashgan qatlam leksikasini A.Gaben quyidagicha bo`ladi. 1.Mo`g`ulcha so`zlar. 2.Xitoycha so`zlar. 3.qadimgi forscha so`zlar. 4.qadimgi hindcha so`zlar.

N.Abduraxmonov qadimgi turkiy tilning lug`aviy qatlamini mavzuiy jihatidan un ikki guruhga ajratib talqin etadi. Tadqiqotlarda berilgan ma`lumotlarni umumlashtirilgan holda, qadimgi turkiy til taraqqiyotining asosiy bosqichlarida keng iste`molda bo`lgan so`zlarni quyidagi mavzuviy guruhlarga ajratish mumkin:

1.Joy nomlari. 2.Etnik nomlar (uruqg` va qabila nomlari). 3.Kishi ismlari. 4.Gidrotoponimlar (daryo va ko`l nomlari). b.Zoonimlar (hayvon va parranda nomlari): a) uy hayvonlari. va yovvoyi hayvonlar; b) parranda nomlari v) quruqlik va suv hayvonlar nomlari.

Qadimgi bitiglar lug`at tarkibida turli sohalarga oid, shuningdek, jins, qarindoshlik atamalari faol ishlatilgan. Bunday so`zlar hozirgi turkiy leksiqaning qadimgi shakllaridir: qan (xon), og (ona), singil, opa (bobo), ini, choluq, ar, qatun, aka, ingun (karindosh), yigun (jiyan), achi (amaki), og`ul (o`g`il), eran kabi. Qadimgi turkiy xalqlar turmush tarzining barcha sohalariga oid so`zlar asosan turkiy qatlamga xos bo`lgan.

Qadimgi turkiy til lug`at tarkibida mavjud so`zlar o`sha davrda yashagan urug` va qabilalarning barchasiga tegishlidir. Ular turkiy xalqlarining yashash tarzi, mashg`uloti, harbiy — jug`rofiy sharoiti, madaniyati qabilarnin aks ettiruvchi so`z va atamalardir.

  O’rxun- enasoy va uyg`ur yozuvi bitiglarida o`sha davrda shakllangan quyidagi turkiy va turkiy bo`lmagan urug` hamda qabilalar nomi uchraydi: arg`u, basmil, turk, tatar, shuningdek, tazik (tojik), tatabi, tashug, izgil, so`g`d, qitani, avar, tabg`ach va boshqalar. Ba`zi urug` va qabila nomlari bir qator bitiglarda joylanish o`rni jihatidan turlicha bo`lsa ham, manbalarda takror qo`llangan. Masalan, nayman, qarluq, qipchaq kabi.

Turkiy qabilalardan ba`zilari o`zlarini yashab turgan hududlari nomi bilan atagan bo`lishsa (Az), ma`lum qismi bayroqdagi tamg`a nomi bilan yuritilgan (Tamg`ali, Tuyak,li).



http://fayllar.org
Yüklə 4,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin