Qadimgi Xorazm musiqa madaniyati



Yüklə 61,89 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü61,89 Kb.
#212175
  1   2   3   4   5
Qadimgi Xorazm musiqa madaniyati


  1. Qadimgi Xorazm musiqa madaniyati

Yana bir hudud. Xorazm vohasining bu davrga oid tarixi esa juda noaniq. Ammo bu davrda Xorazm shohlarining tangalari o‘rnini kushonliklar tangasi egallashiga qaraganda Xorazm Kushon imperiyasi tarkibiga kirgan, deb faraz qilish mumkin. Eramizning III asrlarida Xorazmda mahalliy shohlarning tangalari zarb qilinishi va kushon tangalarining siqib chiqarilishi Xorazmning ilgarigiday mustaqillikka erishganligini ko‘rsatadi.
Kushon imperiyasi davrida din, meomorchilik va sanoat sohasida ro‘y bergan o‘zgarishlar Xorazm madaniyatiga ham taosir etdi. Shuningdek, qadimgi Baqtriya (Ayritom yodgorligi), Tohariston (Surxondaryo viloyatining Angor tumanidagi Bolaliktepa yodgorligi) madaniyati ham gandhar sanoati anoanalarining bevosita taosiri ostida taraqqiy qilgan. Natijada Xorazmda uchraydigan kushon davri haykalchalarining ko‘rinishi ancha o‘zgaradi. Endilikda haykalchalardagi kiyim va bezaklar kangyuy davrinikiday serxasham bo‘lmay, unda , gandhar sanoatining taosiri sezilib turadi. Yangi turdagi haykalchalar hind kiyimlaridagiday ancha yeri ochiq bo‘lib, bu hol uning budda obrazlari bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.
Xorazmning kushon davriga oid maonaviy-madaniy yodgorliklari juda boy va ajoyibdir. Jumladan, 1945-1950 yillar mobaynida olib borilgan eramizning III-IV asriga oid Tuproqqaloa saroyining qazish ishlari vaqtida juda ko‘p sonli devoriy yozuvlar topilgan bo‘lib, ular orasida uchta musiqiy cholg‘uning tasviri ham aniqlangan. Bular: oltita torli kichik arfa, ikkita torli kichik udsimon cholg‘u va qumsoat shaklidagi ikkiyoqlama zarbli cholg‘u. Va ushbu uchta cholg‘uga monand uchta musiqachi ayollar tasviri.
Sozandalardan biri bo‘lgan, arfa chalayotgan ayol tasviri juda mashhur bo‘lsa, qolgan ikkitasi esa deyarli hech qaerda chop etilmagan. Sopol idishlarga tushirilgan tasvirlarda sakkizta cholg‘u ushlab turgan sozandaning qiyofasi va sopol xumdon devorining bir tomoniga bir reloefli tasvirlar ishlangan. Barcha haykalcha va reloeflar turli davrlarga mansub bo‘lib, meloddan avvalgi IV-III asrlardan eramizning I asrigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Har bir haykalchaga bittadan musiqiy cholg‘u tasviri to‘g‘ri kelib, reloeflarga ham shunchadan tasvirlar tushirilgan. Shunday qilib, jami 9 ta cholg‘u asbobi mavjud ekanligi aniqlanadi. Ularning barchasi turli cholg‘ular guruhiga mansub. Torli guruhlarda to‘qqiz torli, burchakli arfa, besh torli kifara, to‘rt torli udsimon cholg‘u va oltita, ikkitorli dutorni eslatuvchi, rezonator shakli bo‘yicha ikki kichik guruhga bo‘linuvchi sozlar mavjud.
Ikkita haykalcha va reloefdan tashqari bu sopol idishlardagi tasvirlar chop etilmagan. 1909 yili Xorazm atrofidan topilgan Anikov kumush idishini esa bir qator tadqiqotchilar qadimiy Xorazm torevtikasi asarlariga oid deb hisoblashadi. Mazkur idishda o‘limga mahkum etilganlar qaloasi, ossuariyadan olib chiqilayotgan muqaddas Siyovush hoki tasvirlaigan. Bu marosim esa roga (shohsimon soz) sadolari ostida kechayotgani ham maolum bo‘ladi. Sozandalar yetti kishidan iborat bo‘lib, ularning uchtasi bir tomonda, to‘rttasi ikknnchi tomonda joylashgan. Ular chalayotgan damli asboblarning barchasi chaqiruvchi (signal) tur bo‘lib, ularning hajmi, tuzilishi, ijro etish uslublari ham bir xil. Shunday qilib, qadimiy Xorazm musiqiy cholg‘ularining jami turi 19 tani tashkil etadi: 11 ta torli, 7 ta damli va 1 ta zarbli sozlardir.
Birinchi guruh cholg‘ulari keng va turlicha namoyon etilgan. Bu guruhga kiruvchi musiqiy cholg‘ular tarixan ikkita aniq tabaqaga ajraladi. Ular, o‘zining kelib chiqishi bilan janubiy yerli, dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi tumanlarga tegishli turi va adirli ko‘chmanchi qabilalarning musiqiy turmush sharoitiga oid cholg‘ular turidir.
Birinchi tabaqa cholg‘ulardan eng zotibor tortgani – bu katta va kichik burchakli arfalar bo‘lib, qadimda ular Markaziy Osiyo hududida keng tarqalgan, ammo keyinchalik muomaladan chiqqan.
Antik davrda Xorazmning burchakli arfasi ikki toifaga bo‘lingan: katta burchakli va kichik burchakli. Markaziy Osiyo (burchakli) arfalarining mashhur bo‘lgan barcha turlari, jumladan, Ayritom peshtoqidagi arfa (meloddan avvalgi II asrdan eramizning I asrigacha davr oid) va Tuproqqaloa arfasi (eramizning III asriga mansub) kichik burchakli arfalar toifasiga kiradi. qo‘yqirilganqaloadagi katta burchakli arfa tasviri (eramizdan avvalgi IV-III asrlar) – Markaziy Osiyoda hozirgi kungacha topilgan yagona namunadir. Bundan tashqari, mazkur tasvirlar umuman Markaziy Osiyo arfasining eng qadimiysi hisoblanadi. Taokidlash kerakki, har ikki holatda ham Xorazmning yuksak musiqiy madaniyatga ega bo‘lgan mamlakat ekanligi birinchi o‘rinda turadi.
Katta va kichik arfalarning tuzilishi (konstruksiyasi) bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Bu erdagi farq, cholg‘uning hajmi, ijro etish uslubi, akustik sifatlari va aniq bir vaziyatda u yoki bu arfaning qo‘llanilishidir.
Markaziy Osiyo arfalari, xususan, katta va kichik, burchakli (arfa)larning musiqiy sozi haqida aniq bir dalilni ko‘rsatish qiyin. Ammo bu sozni aniqlashning yagona imkoniyati bu A.V.Machinskiyning qadimgi Misr arfalari bo‘yicha o‘tkazgan ishonarli dalillar asosidagi tadqnqotidir.1 Yaoni, bu olimning ishlariga tayangan holda muayyan aniqliklar kiritish mumkin; jumladan, katta va kichik, burchakli Xorazm arfalarining korpusi ikki qismdan iborat edi: rezonator va torlar mahkamlanadigan maxsus joy bo‘lib, ular bir-biri bilan bir tekisda bir burchak ostida birlashgandir. Cholg‘ular faqatgina yog‘ochdan yasalgan. Rezonator – 4ta uzun, silliq tayoqchadan iborat bo‘lib, o‘z navbatida bu tayoqchalar qiyshiq, uzun qovurg‘alar bilan shunday qo‘shilganki, natijada to‘rtburchakli korpus xosil bo‘lib, uning pastki, ingichka qismiga sim(tor)larni ushlagich mahkamlangan. qarama-qarshi tomonlari esa rezonatorning ichki dekasiga biriktirilgan. Rezonator va tor ushlagichning qo‘shilish uslubi xaqida bir narsa deyish qiyin.
Bu cholg‘ular sim(tor)larining umumiy soni 9 ta va 6 ta bo‘lgan: qo‘yqirilganqaloadan topilgan arfa tasvirida ular 9 ta bo‘lsa, Tuproqqaloa arfasida 6 tani tashkil etadi. Ayritom arfasidagi 9ta tor yaxshi tasvirlarda berilgan; Shopurning (Eramizning III asri mansub) katta, burchakli arfasida torlar soni 6 tadan iborat.
Torlar ichakdan va jilkadan tayyorlangan. Arfalar jarangi (tembri) bir xil bo‘lmagan: kattalari - qattiq va past (registr), kichiklari - jarangdor va yuqori (registr) tovushli. Arfalar o‘tirgan, tik turgan va yurgan holatlarda ijro etilgan. Hamma vaziyatda ham cholg‘uni ushlash holati bir xil bo‘lgan. Yaoni, arfa rezonatorining enli tomoni doimo yuqoriga qaratilgan holda ijro etilgan. Tik turgan holdagi ijro vaqtida arfani oldinda, burchagini belga tiragan holda yoki o‘ng qo‘l bilan ushlab, chap yonga qistirgan holatda ijro etilgan. Arfaning o‘tirgan holda ijro etish usuli biroz boshqacharoq: yaoni, cholg‘u odatda ijrochining chap yoniga qo‘yiladi va chap qo‘l bilan ushlab ijro etiladi. Cholg‘u korpusi chap yonga va chap yelkaga tirab turiladi. Kichik arfani odatda chap tomondan yuqoriga ko‘targan holda (bunda cholg‘u chap qo‘l bilagi bilan chap yonboshga tiralgan holatda) ijro etiladi. Maolumki, musiqiy cholg‘ular o‘zlarining juda ham bejirim tashqi ko‘rinishlari bilan ajralib turgan. Hattoki, agarda cholg‘u juda kamtar ko‘rinishda bo‘lsa, u holda sozni turli bo‘yoqlar bilan bezatishgan. Bu uslub cholg‘uning nafaqat tomoshabinga estetik zavq berishi uchun, balki o‘zgacha maqsadlarni ko‘zlab ham qo‘llanilgan. Masalan, avvalambor cholg‘uning akustik sifati yaxshilangan; ikkinchidan cholg‘u materiali (yog‘och) tez urilmagan (charchamagan) va bundan cholg‘uning umrini uzaytirish kabi muammo yechimi topilgan deyish mumkin.
Tuproqqaloaning kichik, burchakli arfasi qizg‘ish-jigarrangga bo‘yalgan. Xuddi shunday tarzda Panjikent arfalari ham bo‘yalgan. Dalil tariqasida muayyan manbalarni keltirish mumkin. Jumladan, Tan davrida yashagan Xitoy shoiri Bo Szyuyi o‘zining «Chjechji raqqosasi» («Chjechji» - Markaziy Osiyo, aniqrog‘i toshkentcha raqs bo‘lib, u Xitoyga keltirilgan) nomli she’rida aynan turli bo‘yoqlarga bo‘yalgan cholg‘u xaqida maolumot beradi.

Yüklə 61,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin