QADRIYATLAR
FALSAFASI
2023-2024 yil
Qadriyat kategoriyasi, uning asosiy
shakllari.
Qadriyatlar tug’risidagi fan — Aksiologiya (aksio
— qadriyat, logos fan, ta`limot ma`nosini anglatadi)
falsafaning shu masalani o’rganadigan va u bilan
shug’ullanadigan sohasi hisoblanadi. Sobiq Ittifoq
davrida bu tug’rida nihoyatda kam ma`lumotlar bor
edi.
Istiqlol
tufayli
qadriyatlar
tug’risidagi
qarashlarimiz
shitob
bilan
o’zgardi. Sobiq
Ittifoqning ilgari ulug’langan partiyaviy-sinfiy
qadriyatlari sarobga aylandi, zamon realliklari
talablariga javob bera olmay, o’tgan o’n yilliklardan
iborat tarix sahifalari bilan birga yopilib ketdi.
O’zbekistonda qadriyatlarga e`tibor kuchaydi, uning
turli qirralari olim va mutahassislar tomonidan tahlil
etilmoqda. Qadriyatlar falsafasi — Aksiologiyaning
ko’pdan-ko’p mavzulari mutahassislarimizning
ilmiy izlanishlarida o’ziga xos o’rin tutmoqda.
Avlod va ajdodlarimiz yaratgan qadrlash mezonlarining
tarixi eng qadimgi naqllar, rivoyatlar, afsona, hikoyat,
dostonlarga, ya`ni halq og’zaki ijodi namunalariga borib
taqaladi. Spitamen, Muqanna va Jaloliddin Manguberdi
tug’risidagi asarlarda, Alpomish, To’maris va Shiroq
tug’risidagi afsona va dostonlarda vatanparvarlik, halq va
yurt ozodligi uchun fidoyilik kabi ko’plab umuminsoniy
qadriyatlar tasvirlangan. Ma`naviy merosimizning yorqin
namunasi – «Avesto» zardo’shtiylikning muqaddas kitobi
bo’lganligidan, unda bu dinning qadriyatlar tizimi,
qadrlash mezonlari, o’sha davrdagi milliy G’oyalar yorqin
ifodalangan.
Qadriyatlar mavzusining tarixi,
ildizlari va insoniyatga hos qadrlash
tamoyillari shakllanishi uzoq
o’tmishga ega. G’arb olimlari bu
borada, asosan, Yevropa madaniy
merosi va g’oyalariga tayanadilar,
ko’plab allomalarning nomlarini tilga
oladilar. G’arbda qadriyatlar bilan
shug’ullanadigan falsafiy soha
Aksiologiya (aksio -qadriyat, logos -
ta`limot) fanining shakllangani ham
ularning bunday qarashlari uchun
muayyan asos bo’ladi. Biz Suqrot va
Aflotun, Arastu va Hegellar katta
e`tibor bergan bu mavzuning G’arb
falsafasida o’z tarixiga ega ekanligiga
shubha qilmaymiz.
Avlod va ajdodlarimiz yaratgan qadrlash
mezonlarining tarixi eng qadimgi naqllar,
rivoyatlar, afsona, hikoyat, dostonlarga,
ya`ni halq og’zaki ijodi namunalariga
borib taqaladi. Spitamen, Muqanna va
Jaloliddin
Manguberdi
tug’risidagi
asarlarda, Alpomish, To’maris va Shiroq
tug’risidagi afsona va dostonlarda
vatanparvarlik, halq va yurt ozodligi
uchun
fidoyilik
kabi
ko’plab
umuminsoniy qadriyatlar tasvirlangan.
Ma`naviy
merosimizning
yorqin
namunasi – «Avesto» zardo’shtiylikning
muqaddas kitobi bo’lganligidan, unda bu
dinning qadriyatlar tizimi, qadrlash
mezonlari,
o’sha
davrdagi
milliy
G’oyalar yorqin ifodalangan.
Sivilizatsiyamiz qadriyatlari va halqimizga
hos qadrlash me`yorlari musulmon Sharqi
va arablar dunyosi madaniyatining rivojiga
ham nihoyatda katta aks ta`sir ko’rsatgan.
Tarihda nomlari saqlangan allomalarimiz
o’z navbatida butun jahon, Sharq
madaniyatiga G’oyat katta hissa
qo’shganlar. Bunday fikrni Abu Hanifa, al-
Buhoriy, at-Termiziy, Kubro, Ahmad
Yassaviy, Naqshband kabi ilohiyot ilmining
zabardast allomalari tug’risida ham aytish
joiz. Ularning har biri o’z zamonasida
islomni civilizaciyamizning yuksak
madaniyati nuqtai nazaridan tarQib va
tashviq etdilar, islom falsafasini
yuksaklikka ko’tardilar, mazkur dinning
butun jahonda katta mavqega ega bo’lishida
muhim faoliyat ko’rsatdilar.
Afsuski,
sivilizatsiyamizga
xos
eng
yuksak
qadrlash mezonlarini yaratgan o’rta asrlardagi
ko’tarilish davri temuriylar saltanatidan so’ng asta-
sekin tanazzulga yuz tutdi, markazlashgan davlat
parchalanib ketdi. Avval Hiva xonligi va Buxoro
amirligi, so’ngra Qo’qon xonligi vujudga keldi.
Uch yuz yildan ortiqroq davrni o’z ichiga olgan bu
jarayon xonlik, amirlik, turli sulolalar, uruqlar
o’rtasidagi urushlar, tinimsiz ziddiyatlar orqali
kechdi, yahlit sivilizatsiyamizning hamjixatligini
ta`minlaydigan umumiy qadriyatlar tizimi darz
ketdi, qadrlash mezonlari ham bir qadar o’zgara
boshladi.
Dunyoning oltidan bir qismini egallab turgan mamlakatda qadrlashning
umuminsoniy tamoyillarini barqaror qilish u yoqda tursin, haqiqiy
qadriyatshunoslik nuqtai nazaridan tadqiqotlar olib borishga ham izn berilmas
edi. Faqat asrimizning 60-yillariga kelib, qadriyatlar muammosi ba`zi
mutahassislar tomonidan tahlil qilina boshlagan bo’lsa-da, 90-yillargacha
falsafa darsliklarida alohida mavzu sifatida o’z o’rniga ega bo’lmadi. Hukmron
mafkuraning tarkibiy qismiga kirmaganligi, mavzularining juda kam tadqiq
qilinganligi va nihoyatda oz ahamiyat berilganligidan mahsus falsafiy
tadqiqotlar sohasiga aylana olmadi. Aksiologiya nomi bilan sobiq Ittifoqda
birorta ham darslik yoki o’quv qo’llanmasi chop etilmagan, hatto
universitetlarning faylasuf, jamiyatshunos, tarihchi va boshqa ijtimoiy
mutahassislar tayyorlaydigan gumanitar bo’limlarida ham bu sohaga oid
mahsus bilimlar berilmas edi.
Qadriyatlar tug’risidagi Qarbda keng tarqalgan
aksiologiya fani rivojlangan mamlakatlarda inson qadri va haq-huquqlariga
doir ko’pgina tamoyillarning amaliyoti uchun nazariy asoslardan biri bo’lgan
ilmiy sohalar qatoriga kiradi.
XIX asrning o’rtalariga kelib, amirlik va honliklarga
bo’linganligiga qaramasdan, mustaqil yashagan Turkiston chor
Rossiyasi tomonidan bosib olindi, yurtimiz imperiyaning
mustamlakasi bo’lib qoldi. Mustamlakachilarning qadriyatlari
va qadrlash mezonlari halqimiz orasiga zo’rlik bilan singdirila
boshlandi. XIX asrning ohirlari va XX asr boshlarida
yurtimizda «jadidlar» oqimi vujudga keldi. M. Behbudiy,
So’fizoda, Avloniy, Cho’lpon, Fitrat va boshqa jadidlar
merosiga diqqat qilinsa, o’sha davrda yurtimizda ma`naviy
tushunchalarning ko’lami qanchalik keng bo’lganligini, falsafiy
tilning naqadar boyligini, uning adabiyot bilan qanchalik
uyg’unligini yaqqol ko’rish mumkin. Ularning asarlarida gohida
biz allaqachon esimizdan, tilimizdan va balki dilimizdan ham
chiqarib yuborgan qadriyatlar, tushunchalarga duch kelamiz.
Jadidlarning merosi halqimiz madaniyatiga yanada kattaroq
ta`sir ko’rsatishi mumkin edi. Afsuski, bolsheviklar boshlagan
siyosiy jarayonlar bu avlodning boy merosini o’z domiga tortdi,
uning taqdiri ayanchli kechdi, ta`qiqlab qo’yildi.
Mustaqillik va qadriyatlar mavzusi. Istiqlol
yillarida O’zbekistonda bu mavzuga
umuminsoniy tamoyillar asosida yondashish
shakllandi. Bunday qarashning vujudga
kelishi, qadriyatlarning ijtimoiy va ma`naviy
yangilanishi, jamiyat a`zolarining kamoloti
hamda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati
masalalariga davlat miqyosida yuksak
e`tibor ko’rsatilayotganligi mazkur soha
rivojining bosh yo’nalishidir. Qadriyatlarni
mustaqillikni mustahkamlashning ma`naviy
omillaridan biri sifatida qadrlanishi
borasidagi ijobiy jarayonlar tadqiqotlarni
ko’paytirish, ularga nisbatan mas`uliyatni
yanada oshirishni taqozo qilmoqda.
Istiqlol asrlar davomida shakllangan o’ziga hos sharqona va o’zbekona
qadrlash masalalari va me`yorlarini qayta tiklash hamda zamonaviy
talablar darajasida takomillashtirishni kun tartibiga qo’ydi. Mustaqillik
istiqlol davrining eng asosiy qadriyatidir. Zero, mustaqil bo’lmagan
mamlakatning qadriyatlar tizimi hech qachon to’kis bo’lmaydi.
Mustamlaka mamlakatning ma`naviy hayotida mustamlakachilarning
qadriyatlari ustuvor bo’lishi aniq. Faqat mustaqillikkina ushbu holatni
tubdan o’zgartiradi, mamlakatning qadriyatlar majmuasini jahon
tizimining teng huquqli va haqiqiy qismiga aylantiradi. Shu sababdan
ham istiqlol yangi qadriyatlar tizimini shakllantirishni taqozo qildi. Bu
zaruriyat esa qadriyatlarni qayta baholash, yurtimizda sharqona, azaliy
va umuminsoniy qadrlash mezonlari ustuvor bo’lgan hayot tarzini
shakllantirish jarayoni bilan uyQunlashib ketdi. Qadriyatlar sohasidagi
o’zgarishlarga e`tibor va bu boradagi yangi tamoyillardan ta`lim-
tarbiyada foydalanish ehtiyoji oshayotganligining sababi ham ana
shunda.
Qadriyatning mazmuni va ahamiyati «baho»
tushunchasida to’la-to’kis aks etmasligi, turlicha
ifodalanishi ham mumkin. Qadriyatning haqiqiy
qadrini, mazmuni va ahamiyatini bahosiga qarab
aniqlash qiyin bo’ladigan hollar ham uchraydi.
Aslida qadriyatning qadrini bilish, uning
ahamiyatini anglab olish va baholash bir-biri
bilan uzviy bog’liq jihatlarni tashkil qiladi.
Qadriyatning ahamiyati anglab olinmasa, qadri
tug’ri tushunilmasa, unga tug’ri baho berib
bo’lmaydi. Aynan shu ma`noda qadriyatni
baholash unga bo’lgan munosabatni ham
ifodalaydi, bu esa o’z navbatida kishilarning
talablari,
ehtiyojlari
va
maqsadlari
bilan
bog’liqdir. Qadriyatni baholashda qancha hilma-
hil maqsad va ehtiyojga ega bo’lgan kishilar
ishtirok etsa, uning haqiqiy bahosini aniqlash
ham shuncha qiyinlashib boraveradi.
Qadriyatning ob`ekti va sub`ekti. Qadriyatshunoslikda
qadriyat tushunchasi bilan bu tushuncha boQlangan ob`ekt
o’rtasida farq bor, deb qaraladi. Agar qadriyat berilgan
qadrni ifodalaydigan falsafiy tushuncha sifatida qaralmasa,
unga ta`riflarning son-sanoqsiz bo’lishi aniq. Negaki,
dunyoda qadrlanadigan narsalar, hodisalar, voqealar,
jarayonlar, joylar va sifatlar, ideal va maqsadlar nihoyatda
ko’p. Qadriyat tushunchasi esa ularning birortasi uchun
tug’ridan-tug’ri ism, atama yoki bevosita nom bo’la
olmaydi, balki ularning qadrini anglatadigan tushuncha
sifatida namoyon bo’ladi.
Qadriyatlar va ijtimoiy jarayonlar. Odamlar bitta
jamiyatda, bir davrda va o’xshash sharoitlarda
yashayotganliklariga qaramasdan, u yoki bu
narsaning qadri turlicha anglab olinadi,
tushuniladi va talqin qilinadi. Ijtimoiy jarayonlar
ta`sirida kishilarning qadriyatlar tug’risidagi
tasavvuri, qarashlari o’zgaradi, bu esa taraqqiyot
jarayonida odamlarning turmush sharoitlari,
hayoti va ma`naviy qiyofasidagi o’zgarishlar
bilan bog’liqdir.
Ana shunga ko’ra, hammada ham qadrlash tuyg’usi doimo bir hil
bo’lavermaydi, ijobiy va salbiy qarashlar, turli hil jihatlar har qanday
qadriyatning qarama-qarshi tomonlarini tashkil qiladi. Ijobiyligi va
salbiyligi, baholanishi va ahamiyatiga ko’ra bir-biriga mutlaqo ziddek
bo’lib ko’rinadigan yahshilik va yomonlik, haqiqat va haqsizlik, baht-
saodat va Qam-kulfat, taraqqiyot va tanazzul kabi tushunchalar
hayotning bir-biriga zid va chambarchas bog’langan tomonlarini
ifodalaydi.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, qadriyatlar jamiyatning rivoji va
kishilar hayotining turli davrlarida turlicha ahamiyat kasb etadi, tarixiy
zaruriyatga mos ravishda goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning
eng oldingi pog’onasiga chiqib oladi, boshqalarini hiralashtirganday
bo’lib tuyuladi. Natijada ijtimoiy rivojlanish va taraqqiyot
qonuniyatlariga mos ravishda, oldinga chiqib olgan qadriyatni barqaror
qilishga intilish nisbatan kuchayadi. Masalan, yurtni yov bosganida –
ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida -istiqlol, urush davrida -
tinchlik, tutqunlikda - erkinlik, kasal va bemorlik onlarida -
salomatlikning qadri oshib ketadi, ularga intilish kuchayadi.
Qadriyatlar tizimi. Har qanday jamiyat, ijtimoiy-tarixiy birliklar
(urug’, qabila, elat, halq, millat), ijtimoiy sub`ektlar va boshqalar
o’ziga hos qadriyatlar tizimiga ega bo’ladi. Bu qadriyatlar
tizimida asosiy bo’lmagan qadriyatlar muayyan qatorni tashkil
qiladi, turli holatlarda namoyon bo’ladi. Jamiyat rivojining
muayyan davri yoki biror davlatda ham ana shunday qadriyatlar
tizimi mavjud bo’ladiki, u o’sha davr, jamiyat va davlat kishilari,
ularning faoliyati uchun umumiy mezon vazifasini o’taydi. Har
bir ijtimoiy tarixiy birlik, sinf va partiyalar ham ana shunday
qadriyatlar tizimi asosida faoliyat ko’rsatadilar, ulardan
foydalanadilar yoki ularga erishishning turli usullarini
qo’llaydilar.
U yoki bu qadriyatning ahamiyatini aniqlashda ana
shunday tizimlar mavjud ekanligini unutmaslik,
uning biror davr, ijtimoiy birlik, soha, jarayon va
boshqalar uchun qanday mavqega ega ekanligini
nazardan qochirmaslik lozim
Dostları ilə paylaş: |