Qarori o‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida



Yüklə 20,12 Kb.
səhifə1/6
tarix20.02.2022
ölçüsü20,12 Kb.
#52857
  1   2   3   4   5   6
akademik tatil



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIGA AKADEMIK TA’TIL BERISH TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda respublika oliy ta’lim muassasalarining ijtimoiy muhofazaga muhtoj talabalarini himoya qilish, ularga uzluksiz mustaqil ta’lim olish uchun imkoniyat yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoniga muvofiq, akademik ta’til berishning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangicha tartibi o‘rnatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

akademik ta’til olishni istagan talabalar o‘z ixtiyoriga ko‘ra akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi va masofaviy shakliga o‘tkazilib (agar oliy ta’lim muassasasida bunday ta’limning shakllari mavjud bo‘lsa), ularga uzluksiz mustaqil ta’lim olish imkoniyati yaratiladi;

oilasining betob a’zosini parvarish qilish sababli an’anaviy shakldagi ta’limni davom ettirish imkoniyati bo‘lmagan talabalarga ham akademik ta’tilni olish huquqi beriladi;

talabalarga o‘qish davomida akademik ta’til berilishi bo‘yicha miqdoriy cheklovlar bekor qilinadi;

akademik ta’tildan qaytgan talabalarni ilgari o‘zlashtirilgan fanlar bo‘yicha qaytadan o‘qitish amaliyoti bekor qilinadi.

2. Oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish, akademik ta’til muddatlari hamda akademik ta’tildan so‘ng o‘qishni davom ettirish tartibini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilansinki:

akademik ta’til berish talabani oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirish hisoblanmaydi;

talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati bir haftalik muddatda ko‘rib chiqiladi hamda oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi;

akademik ta’til beriladigan talabalar arizasiga (ixtiyoriga) ko‘ra oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘iga muvofiq, uning o‘qishi akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi yoki masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilishi mumkin;

talaba akademik ta’tildan belgilangan muddat tamom bo‘lgandan so‘ng o‘qishga qaytish bo‘yicha oliy ta’lim muassasasining rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilgan taqdirda uning arizasini asossiz ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

4. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida nizomga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov hamda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev zimmasiga yuklansin.




Yüklə 20,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin