Qashqadaryo viloyati Nishon tumani 38-umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Yusupova Nargiza Normurodovna Mavzu: Abdulla Oripov hayoti va ijodi



Yüklə 1,31 Mb.
tarix10.05.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#57446
9 sinf A.Oripov hayoti

Qashqadaryo viloyati Nishon tumani 38-umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Yusupova Nargiza Normurodovna

Mavzu: Abdulla Oripov hayoti va ijodi.


Reja:

Shoir hayoti va yoshlik davri

Shoir faoliyati va ijodi haqida

Abdulla Oripov she’riyati haqida

Lirik qahramon tasviri



Abdulla Oripov O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasinining muallifidir.

Abdulla Oripov 1941-yilning 21-mart kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko’z qishlog’ida tug’ilgan.Ana shunday go’zal maskanda tug’ilib o’sgan bo’lajak shoirning otasi Orifboy Ubadulla o’g’li ishbilarmon dehqonlardan bo’lib,jamoa xo’jaligi raisi edi. Onasi Turdixol momo ko’pchilik o’zbek ayollari singari mehnatkash,mehribon va ezgulikka tashna ayol bo’lgan.Oilada to’rt o’g’il,to’rt qiz bo’lib, Abdulla o’g’illarning kenjasi edi.

Bolaligi qishloqdagi boshqa tengdoshlari qatori o’tdi: qo’y boqdi, suv tashidi, pichan o’rdi,yantoq chopdi,somon to’pladi.Abdulla hali maktabga bormay turib,qandaydir so’zlarni bir-biriga uyqash qilib aytib yurishni xush ko’rar,so’zning mazmunidan ko’ra ohangi uni qattiq bezovta qilardi. Buni shoir shunday eslaydi:”…birinchi she’rlar yoza boshlaganimda nima turtki bo’lganini aniq bilmayman. Har holda so’zlarni qofiyalashga ishqiboz bo’lib qolganim esimda. Balki zerikkanimdan,balki zavqim toshib nimadir yozgim kelaverardi.Fikr esa yo’q.Yozmaslikning ham iloji yo’q.

1963-yilda Toshkentdagi “Yosh gvardiya” nashriyotida muharrir bo’lib ishlaydi. 1967-1974-yillarda G’ofur G’ulom nomidagi nashriyotda dastlab muharrir,so’ng katta muharrir bo’lib ishlaydi. 1974-1976-yillarda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi bo’lib ishlaydi. 1982-1983-yillarda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyat bo’limida mas’ul kotib bo’lib ishlaydi. 1983-yilda shoir “Gulxan” jurnalining bosh muharriri bo’lib ishlaydi. 1988-yilda O’zbekiston Respublikasi Mualliflik huquqini himoya qilish qo’mitasi raisi bo’lib ishlaydi. 1996-yildan 2009-yilga qadar O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi bo’lib ishlaydi.

Tilla baliqcha Tuxumdan chiqdi-yu keltirib uni Shu loyqa hovuz tomon otdilar. Tashlandiq ushoq yeb o’tadi kuni, Хоru xavas,xazonlar ustin yopdilar. Дunyoda ko’rgani shu tor hovuzcha Va mudroq tollarning achchiq xazoni. Меnga alam qilar tilla baliqch Bir kulmak xovuz deb bilar dunyoni…


Umr Qalbimda goh g’urur, gohida farax, Shu uchqur dunyoni turfa ko’ribman. Yurtma-yurt,elma-el farsax-bafarsax Umrim devorlarin o’lchab yuribman.

Umr-ku ,o’tadi gulduros chalib, Uning o’tganini kim ham ko’ribdi? Vo ajab, qay bir zod, o’z umri qolib, Мening qadamimni o’lchab yuribdi…

Abdulla Oripov O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasining muallifidir.

“Mitti yulduz” ilk she’rlar to’plami

“Ko’zlarim yo’lingda”

“Onajon”, “Ruhim”

“Ozbekiston”

“Qasida”, “Xotirot”

“Yurtim shamoli”

“Jannatga yo’l”, “Hayrat”

“Hakim va ajal”

“Najot qal’asi”

“Yillar armoni”, “Haj daftari”

“Saylanma”, “Sohibqiron”

“Tanlangan asarlar” to’rt jildlik

Munojotni tinglab

Qani ayt,nimadir maqsading sening, Nega tilkalaysan bag’rimni ohang. Nechun kerak bo’ldi ko’z yoshim, Nechun kerak,rubob,senga shuncha g’am!



Inson qalbi

Inson qalbi bilan hazillashmang siz, Unda millat yashar,unda til yashar. Unda ajdod faxri yashaydi so’zsiz, Unda istiqomat qiladi bashar.


Uyga vazifa: “Sohibqiron” dramasini o’qib kelish


Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin