Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimining



Yüklə 139,47 Kb.
səhifə1/2
tarix02.01.2022
ölçüsü139,47 Kb.
#46582
  1   2
X-98 02 19.02.2013




Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimining

Qarori

Tumanda 2013-yilda transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida

 LexUZ sharhi

Mazkur qaror Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimining 2014-yil 1-fevraldagi X-93/02-sonli “Tumanda 2014-yilda transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomni ijrosini ta’minlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga asoslanib qaror qilaman:

1. Tuman hududida joylashgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan transport vositalari majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilsin.

2. Majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha tuman komissiyasining tarkibi 1-ilovaga*, texnik ko‘rikdan o‘tkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

*1-ilova berilmaydi.

3. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik ko‘rikdan o‘tkazilsin:

tijorat asosida yo‘lovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va o‘tiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq bo‘lgan, odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, og‘ir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;

ishlab chiqarilganligiga besh yildan ko‘p bo‘lmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;

ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq bo‘lgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;

tirkamalar ko‘rikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda;

4. Qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan transport vositalarning texnik ko‘rigi:

birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;

ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda o‘tkaziladi.

Yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan transport vositalarining texnik ko‘rigi 1-mart — 30-iyunda o‘tkaziladi.

Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan transport vositalarining texnik ko‘rigi 1-yanvar — 31-avgustda o‘tkazilsin.

5. Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish shahar komissiyasi rahbariga:

transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;

transport vositalarining texnik holati va uskunalari yo‘l harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash yuklatilsin.

6. Tumandagi barcha transport vositalari egalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalarini texnik pasporti bilan birgalikda texnik ko‘rikdan o‘tkazilishini, ularning texnik jihatdan sozligini va o‘z vaqtida reja jadval asosida ko‘rikdan o‘tkazish majburiyati yuklatilsin.

7. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori 3-bandiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining ichki va soqchilik qo‘shinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy bo‘linmalari transport vositalari ko‘rsatib o‘tilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi inobatga olinsin.

8. Transport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi uchun Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq yig‘im undirilsin.

9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o‘rinbosari I. Xamrayevning zimmasiga yuklatilsin.

10. Qaror rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 LexUZ sharhi

Ushbu qaror “Yakkabog’” gazetasining 2013-yil 20-fevraldagi 5 (7505)-sonida e’lon qilingan.

Xokim A. JO‘RAYEV

Yakkabog‘ t.,

2013-yil 19-fevral,

X-98/02-son

Tuman hokimining 2013-yil 19-fevraldagi X-98/02-sonli qaroriga


2-ILOVA

Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish jadvali




Yüklə 139,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin