Qdpi chet tillar fakulteti



Yüklə 10,7 Kb.
tarix22.12.2023
ölçüsü10,7 Kb.
#189927
HISOBOT


QDPI Chet tillar fakulteti Ingliz tili va adabiyot yo‘nalishi 402 guruh talabasi Z.Ahmadaliyevaning Qo’qon shahar 35-davlat umumta’lim maktabida 2018-2019 o’quv yilining 05.09.2018-10.11.2018 oralig’ida o’tagan pedagogik amaliyoti davomida bajargan ishlari to’grisida


HISOBOTI

Qo‘qonDPI Chet tillar fakulteti Ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishida 2018-yil 5-sentabr kunida 214-xonada yig'ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda fakultet dekani M. Rasulova, o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari V.Karimova va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari D Aliyeva, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri E.Yusufaliyev o’qituvchilardan M.Ahmedov Z.Isaqova, Z.Jo'rayeva, H.Ismoilova va kafedranining boshqa o’qituvchilari, pedagog M Xushnazarova, psixolog M.Umarovalar ham ishtirok etishdi. Yig’ilish amaliyot oldidan talabalarni maktablarga taqsimlash yuzasidan bo’ldi. Men va boshqa guruhdagi talabalar Qo’qon shahar 35-DUMda amaliyotni o’tash uchun yuborildik. Bizga M.Soliyeva uslubchi-o’qituvchi sifatida biriktirildi. Konferensiyadan so’ng soat 10:00 da maktab tomon yo’l oldik. U yerda bizni maktab direktori N.Yo’ldasheva iliq kutib oldi va maktab jamoasi bilan tanishtirdi. Maktab Qo’qon shaharida joylashgan bo’lib, 1 ta 2 qavatli va 2ta 1 qavatdan tashkil topgan. Jami 25 tao‘quvxonalari bor. Umuman olganda, o’quvchilarning bilim olishlari uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Turli tadbirlar o’tkazish uchun faollar zali, sport mashg’ulotlarini tashkil qilish uchun sport zali, labaratoriya xonalari mavjud.


Maktabda 7 nafar ingliz tili o‘qituvchilari bo’lib,M.Sultonova G. Qo’ziyevava ,G Bo' ronboyeva, B Muhammadrahimova, Z Sulaymonova, F Rahimova lardan tashkil topgan. Men ingliz tili fani o‘qituvchisi M.Sultonovavaga biriktirildim.
Amaliyotning birinchi 1- haftasida men malakali o‘qituvchilarning darslarini muntazam kuzatib bordim. Ushbu jarayonga jiddiy yondashib,ingliz tili o'qituvchilarning darslarini kuzatib ilmiy tahlil qildim. Har bir darsdan so’ng muhokamalar asosida tahlil bilan o‘qituvchilarni tanishtirib bordim. Ularga o’zimni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildim. Ular menga kerakli tavsiya va maslahatlarni berishdi. Shuningdek, boshqa fanlardan o‘tilgan darslarni ham kuzatib, metodik tahlil qildim . Men ulardan darsni qismlarga bo‘lib tashkil etishni, darslarda foydalaniladigan samarali metod va usullarini o‘rgandim. Amaliyot davomida ingliz tili fani o‘qituvchisi G.Qo’ziyeva menga o’qituvchilik kasbiga oid juda qimmatli ma’lumotlar berdi.
Men 2”B” sinfiga biriktirildim.Sinfda 33 ta o’quvchi bo‘lib, ulardan 13 ta qiz, 20 nafarini o’g’il bolalar tashkil etadi. Sinf jamoasini o’rganish, ular bilan ishlash davomida biriktirilgan pedagog M.Meliboyeva menga yaqindan yordam berdi, men muntazam ravishda u kishi bilan suhbatlashib, turli tavsiya va ko‘rsatmalar olib, ularga amal qilishga harakat qildim. Men sinf jamoasini o’rganish uchun ularning darslarni kuzatdim va ularga ingliz tilidan dars o‘tdim. Darslar davomida sinfdan tashqari faoliyatlarida sinf o’quvchilarining psixologiyasi va o’zlashtirishini o’rgandim. Sinf o‘quvchilarining bir-biriga bo‘lgan samimiy munosabati menda katta tassurot qoldirdi. Qolaversa, bu sinfning ta’lim olishga bo‘lgan qizishishi, maktabning ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida faolligi alohida e’tiborga loyiq. Ular o‘qituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishga odatlanishgan. Sinf o‘quvchilari darsdan keyin bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish maqsadida maktabda tashkil etilgan fan to‘garaklariga kirishadi hamda Qo’qon shaharidagi bolalar va o‘smirlar sport maktablaridagi sport mashg‘ulotlariga qatnashishadi. Sinf faollari sinfni boshqarishda sinf rahbari yaqindan yordam berib, o’z vazifalarini mas’uliyat bilan bajaradilar. Ushbu sinf maktabning eng faol va namunali sinf ekanliging guvohi bo’ldim.
Amaliyotning 2-haftasidan dars o’tishni boshladim. Har bir dars uchun oldindan dars ishlanmalar tayyorlab, ularni biriktirilgan uslubchi M.Soliyevaga ko’rsatdim. Ular menga dars ishlanmalar yuzasidan turli fikr va mulohazalar berib bordi. Darslarni zamonaviy axborot texnologiyalari, ko’rgazmali qurollar, oldindan tayyorlagan dars ishlanmalaridan foydalanib o’tdim. Proyektrdan foydalanib, o’quvchilarga yangi mavzu so‘zlarini taqdim qildim va kompyuterdan unumli foydalandim. Mavzularga tegishli qo‘shimcha ma’lumotlar, tarqatma materiallar tayyorladim,o‘yinlar o‘tkazdim. Darsni yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o‘tishga harakat qildim. Darslarni qiziqarli tashkil etish maqsadida o‘quvchilarni guruhlarga, jufliklarga bo‘lib oldim va sinf jamoasini faollikka undadim. Bu metodlarni qo‘llashdan maqsad o‘quvchilarning faolligini raqobat orqali rivojlantirish bo‘ldi. Chunki bolalar psixologiyasi o‘yin va bellashishga monand bo‘ladi Darslar yuzasidan yangi so’zlarni tarjimasi, ta’rifi va rasmi bilan tushuntirdim. Proyektor orqali turli xil darsga oid lavhalarni ko‘rsatib beruvchi video roliklarni qo’yib berdim. Har bir o’quvchidan ko’rgan videodan olgan xulosalarini so’rab oldim. Bu orqali o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirdim deb o’ylayman.
Amaliyot davomida bizga biriktirilgan uslubchi M Sultonovaova, pedagog, psixolog va boshqalar maktabga kelib, biz bilan suhbatlar tashkil etishdi. Biz o‘zimizni qiziqtirgan savollar yuzasidan ulardan kerakli tavsiya va takliflarni olishga erishdik. Ular biz bilan muntazam ravishda aloqada bo‘lib, amaliyot jarayonida yuritiladigan hujjatlar, biz amalga oshirishimiz kerak bo‘lgan vazifa va topshiriqlar, egallashimiz ko‘zda tutilgan bilim, ko‘nikma va malakalar haqida bizga to‘g‘ri ko‘rsatmalar va tavsiyalar berib borishdi.

Amaliyot davomida amaliyotchi talabalar bilan birgalikda o‘z ustimizda ishlash uchun kutubxona, muzey hamda internet kafelarga bir necha bor tashrif buyurdik va o‘zimiz rejalashtirgan ishlarni amalga oshirdik.


Xulosa qilib aytganda, o‘qituvchi kasbi naqadar mashaqqatli shuningdek sharafli kasb ekanligini tushunib yetdim. Pedagogik amaliyot har bir talaba uchun yetarlicha saboq olish, pedagogik ko‘nikmalarni egallash uchun berilgan keng imkoniyatdir.
Qo’qon shaharidagi 35- davlat umumta’lim maktabida o‘tagan pedagogik amaliyotim mobaynida men malakali kadr bo‘lib yetishib chiqishda muhim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ldim. Kelajakda pedagogik faoliyatim davomida ushbu o‘rgangan bilimlarimni, malaka va ko‘nikmalarni amalda qo‘llab, Vatanimiz ravnaqiga, xususan, ta’lim tizimini yuksaltirishga o‘z hissamni qo‘shaman.
Yüklə 10,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin