1. AB kesmani C va D nuqtalar ketma-ket kelgan AC, CD va DB qismlarga
ajratadi. Agar AC kesma uzunligi 34 mm, CD kesma AC kesmadan 12 mm
qisqa, DB kesma esa AD dan 25 mm qisqa bo‘lsa, AB kesma uzunligini toping.
2. ABC uchburchakning AB tomoni BC tomonidan 4 sm qisqa va AC
tomonidan esa 3 sm uzun. Agar AC = 17 sm ekanligi ma’lum bo‘lsa, ABC
uchburchakning perimetrini hisoblang.
3.Yig‘indini qulay usulda hisoblang:
a) 11 + 12 +13 + 14 + 15 + 16 + 17 + 18 + 19 + 20;
b) 23 + 25 + 27 + 29 + 31 + 33 + 35 + 37;
4.Sonlar nurida C(18) nuqtani belgilang va undan 9 birlik chapda D va 5 birlik
o‘ngda joylashgan E nuqtani belgilang. D va E nuqtalarning sonlar nuridagi
koordinatasini toping.
5.Harfli ifodaning qiymatini toping:
a) (128 – 12b) + (14b – 18), bunda b = 3;
b)(30y – 25) – (20y + 10), bunda y = 4.
6. To‘g‘ri to‘rtburchakning tomonlari 18 dm va 22 dm. Perimetri to‘g‘ri
to‘rtburchak perimetriga teng bo‘lgan kvadrat yuzini toping.
7. Rangli qog‘ozning o‘lchamlari 12 sm va 8 sm. Bu qog‘oz eni 3 sm, bo‘yi 4 sm
va balandligi 5 sm bo‘lgan parallelepipedni yelimlab qoplash uchun yetarli
bo‘ladimi?
8. Atirsovunning o‘lchamlari 8 sm, 4 sm va 2 sm. Sovun ishlatilganda har kuni
uning hajmi 4 sm3 ga kamayib boradi. Sovundan necha kun foydalanish
mumkin?
9.Temirdan qirrasi 20 sm bo‘lgan kub shaklidagi detal tayyorlandi. 10 sm3
hajmdagi temir parchasining massasi 78 g bo‘lsa, detalning massasini
toping.
10. To‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi, bo‘yi 21 m, eni 13 m va chuqurligi 3 m bo‘lgan o‘ra qazish kerak. Buning uchun qancha hajmdagi tuproqni qazib chiqarish kerak bo‘ladi?
Dostları ilə paylaş: |