Qiziqchilar nutqini tahlil qilish.So'z ustalarining so'zlardan mahoratini yoritish.
O'zbekning mashhur qiziqchisi Hojiboy Tojiboyev nutqidan:
Bahor ta'sir qipti diydi-yu-u. Ayniqsa yigitlarimiz o'zgarib-b, qo'lidan taroq tushmaydigan bo'pqoladi. Oynani oldiga o'tirvolib, sochini taro'-o'-o'radi, taro'-o'-o'radi. Buyag'dan orqaga qarab, orqadan oldinga qarab tarab qoladi. Mamnaqasiga ko'ndalangiga tarab qoladi. Prochoskani buzib, sochni orasidan minde-e-e qara-a-ab turib, basharani qara-a . Bunaqa xuni-i-i bashara bilan toq o'tib ketsam kerak.
Nutqiy parchada so'zlashuv uslubining o'ziga xos xususiyatlaridan biri, ya'ni qo'shimchalar qo'shilishi natijasida so'z asosining qisqarishi sodir bo'lgan:
Qilibdi-qipti.
Bo'lib qoladi-bo'pqoladi.
O'tirib olib - o'tivolib.
,,Taro'radi'' so'zi takror qo'llanib, epifora (takrorlanuvchi birliklarning gap oxirida qo'llanishi) ni yuzaga keltirilgan.
Fonostilistik vositalardan unlilarni cho'zish orqali ma'no kuchaytirilgan.
Taro-o'-o'radi, minde-e-e, qara-a-ab, xuni-i-i.
Ushbu nutqiy parchada ,,mana'' va ,,bunaqa'' olmoshlari birgalikda qo'llanib, ko'rsatish yanada kuchaytirilgan, ta'kidni bo'rttirgan.
Salbiy bo'yoqdor so'zlardan foydalangan.
,,Bashara''-bu so'z orqali nutq tasirchanligi oshirilgan.
O'zi be-e-emalol, yure-e-edi ke-e-eng qilib, sovuqqonli-i-i bilan ip yigiryapti. Gilam to'qish kerak. Haligi zo'rg'a yuradigan bola-cha qizib turgan pechkaga boryapti. Pechkani usheman dip. Bu ko'rib turibdi o'shani. Jonini achishmedi-de-e.
- Borma-a-a kuyasan. Ho-o-oy kuyasan. Borma-a-a kuyasan. Ana kuyde-e-eng.
Qarabam qo'ymedi:
- Qo'ling yopishib qoldimi. Shishnasa qimedi.
Bu nutqiy parchada unlilarni cho'zish orqali ma'no kuchaytirilgan.
Be-e-emalol, yure-e-edi,ke-e-eng, sovuqqonli-i-i.
Quyidagi so'zlarda unlilarni cho'zish orqali chaqirish, e'tiborni jalb qilish ko'zda tutilgan:
Borma-a-a, ho-o-oy,borma-a-a, kuyde-e-eng.
,,Hechnarsa'' so'zini ,,Shishnasa'' tarzida talaffuz qilish orqali grafon hodisasi, ya'ni so'zni buzib talaffuz qilish hodisasi ro'y bergan. Ushbu so'z nutqni kulgili tarda ifodalinishini ta'millagan
Qishlog'dachi ?
-Qiziz uydami?
-Nimeydi-i-i ?
-Man birga o'qiganman. Haliyam birga o'qiyapman. Mani bir gapim boridi.
-Mani qizimda gapin bomi....
-Ha gapim boridi.
-Saniya-a.....
-Ha, mani gapim boridi...
-Bo'ldi...Bo'ldi...vsyo...hozi, hozi chaqirib beraman. Mashitta turib turin. Ho'pmi. Ketib qomen faqat. Adashmadizmi mobodo-o. Bo'ldi. Hozi. Ketib qolish yo'g'a.
Shunda kiradi. Miltiqti olib.....
Ushbu nutq parchasida assimetrik ifodalar mavjud. Assimetrik ifoda- shakl va mazmun mos emasligi.
Nimeydi-i-i? Mani qizimda gaoin bomi-i-i? Saniya-a-a?
Ushbu gaplarda shaklan so'roq gap ishlatilgan, ohangiga ko'ra piching, ta'na ma'noda qo'llangan.
Dostları ilə paylaş: |