Qorin topografik anatomiyasi



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix28.06.2020
ölçüsü0,67 Mb.

Қорин олд-ён девори. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.

 

 



QORIN TOPOGRAFIK ANATOMIYASI 

Qorin  –  odam  tanasining  ko‘krak  va  tos  orasida  joylashgan  qismi.  Qorin 

(abdomen)da devorlari (paries abdominis) va qorin bo‘shlig‘i (cavitas abdominis

farqlanadi. 

 

QORIN DEVORLARI 

Qorin old-yon devori 

Chegaralari

yuqorida – processus xiphoideus va arcus costalis

tashqarida  –  XI  qovurg‘a  oxirini  yonbosh  suyagi  cheti  bilan  tutashtiruvchi  chiziq 

(Lesgaft chizig‘i); 

pastda – cristae iliacaeplicae inguinalessymphisis pubica

 

Sohalarga bo‘linishi

Ikkita  gorizontal  chiziqlar  –  linea  bicostarum  va  linea  bispinarum  orqali 

uchta qavatga – qorin usti (epigastrium), o‘rta qorin (mesogastrium) va qorin osti 

(hypogastrium) qavatlariga bo‘linadi. 

Linea bicostarum qovurg‘a ravoqlarining eng pastki nuqtalarini tutashtiradi 

va IIIbel umurtqasi sathiga tshg‘ri keladi. 



Linea bispinarum yuqori oldingi yonbosh o‘siqlarini (spina iliaca anterior 

superior) birlashtiradi va II dumg‘aza umurtqasi sathiga to‘g‘ri keladi. 

Qorinning  to‘g‘ri  muskullari  tashqi  chetlari  bo‘ylab  o‘tkazilgan  ikkita 

vertikal chiziqlar yuqoridagi har bir qavatni uchta sohaga ajratadi: 

Qorin usti (epigastrium)

  regio hypohondriaca dextra



  regio epigastrica propria

  regio hypohondriaca sinistra



O‘rta qorin (mesogastrium)

  regio lateralis dextra



  regio umbilicalis

  regio lateralis sinistra



Qorin osti (hypogastrium)

  regio inguinalis dextra



  regio pubica

  regio inguinalis sinistra



 

Qorin old-yon devorining qavatma-qavat tuzilishi

1. Teri (cutis) ingichka, harakatchan, kindik doirasida pastdagi to‘qimalarga 

yopishgan va shu sababli kam harakatchan. 



2. Teri osti kletchatkasi (panniculus adiposus) turlicha ifodalangan. 

3.  Yuza  fassiya  (fascia  supetficialis)  –  ingichka,  pastda  son  sohasiga  o‘tib 

ketadi.  Qorin  osti  sohasida  ikkita  plastinkadan  –  yuza  va  chuqur  plastinkalaridan 

iborat. Yuza fassiyaning chuqur plastinkasi (lamina profunda fasciae superficialis

anchagina zich bo‘lib, chov boylamiga yopishadi. 



Қорин олд-ён девори. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.

 

 



Teri osti kletchatkasida va yuza fassiya tagida qorin old-yon devorining yuza 

qon tomir (son arteriyasi tarmoqlari) va nervlari joylashadi: 

  a. intercostalis ning oldingi va yon shoxlari, 



  a. epigastrica supetficialis, kindik tomon yo‘naladi, 

  a.  circumflexa  ilium  supetficialis,  yuqori  oldingi  yonbosh  o‘sig‘i  tomon 



yo‘naladi, 

  aa. pudendae externae, chov sohasini qon bilan ta’minlaydi. 



Ushbu  arteriyalar  shu  nomdagi  venalar  bilan  birga  joylashadi  va  son 

venasiga  qo‘shiladi.  Qorin  old-yon  devorining  yuqorigi  qismidagi  yuza  venalar 

yaxshi  rivojlangan:  vv.  thoracoepigastrici  –  kindikdan  yuqoriga  yo‘naladi  va  v. 

axillaris  ga  quyiladi,  bu  venalar  kindik  sohasida  v.  epigastrica  supetficialis,  vv. 

epigastricae  inferior  et  superior  lar  bilan  qo‘shiladi  va  kava-kaval  anastomoz 

hosil  bo‘lishida  ishtirok  etadi.  Shuningdek  vv.  raraumbilicales  lar  bilan  qo‘shilib 



porto-kaval  anastomoz  shakllanishida  qatanashadi.  Lateral  teri  nervlari  – 

qovurg‘alararo nervlar tarmoqlari. 

 

 

 



Қорин олд-ён девори. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.

 

 



4.  Qorin  tashqi  qiyshiq  muskuli  xususiy  fassiyasi  (fascia  propria  m. 

obliqui abdominis externi). 

5. Mushak qavati

  m.  obliquus  abdominis  externus  pastki  oltita  qovurg‘alardan  boshlanadi, 



yonbosh  suyagiga  birikadi  va  chov  boylamini  (lig.  inguinale),  qorin  to‘g‘ri 

muskuli qinining oldingi devorini (lamina anterior vaginae m. recti abdominis), 

oq chiziqni (linea alba) hosil qiladi; 

  mushaklararo  fassial  qavat  (stratum  fasciale  intermusculare),  ingichka  g‘ovak 



kletchatka; 

  m.  obliquus  abdominis  internus  bel-ko‘krak  fassiyasi  (fascia  thoracolumbar



yuza  plastinkasi,  crista  iliaca  dan  boshlanib,  qorin  to‘g‘ri  muskuli  tashqi  cheti 

yaqinida  aponevrozga  aylanadi,  aponevroz  ikkita  plastinkaga  ajralib  qorin 

to‘g‘ri  muskuli  fassial  qinining  ikkala  devorini  va  qorin  oq  chizig‘ini  hoisl 

qilishda ishtirok etadi; 

  mushaklararo fassial qavat (stratum fasciale intermusculare); 



  m.  transversus  abdominis  pastki  oltita  qovurg‘alarning  ichki  yuzasidan,  bel-

ko‘krak  fassiyasining  chuqur  plastinkasidan,  yonbosh  suyagidan  boshlanib, 

qorin  to‘g‘ri  muskuli  cheti  yaqinida  yarimoysimon  (spigel)  chizig‘i  (linea 



semilunaris)  hosil  qilgan  holda  aponevrozga  o‘tadi,  aponevroz  qorin  to‘g‘ri 

muskuli  fassial  qinining  orqa  devorini  shakllantirishda  va  qorin  oq  chizig‘ini 

hosil qilishda ishtirok etadi. 

  m.  rectus  abdominis  qovurg‘a  tog‘aylarining  oldingi  yuzasidan  va  processus 



xiphoideus dan boshlanib qov suyagining yuqori shoxiga (ramus superior ossis 

pubis)  birkadi.  Qorin  to‘g‘ri  muskuli  qorin  qiyshiq  va  ko‘nadalang 

muskullarining  aponevrozlari  hisobiga  hosil  bo‘lgan  qin  (vagina  m.  recti 



abdominis)  ichida  joylashgan.  Xususiy  qorin  usti  va  kindik  sohalarida  qorin 

to‘g‘ri muskuli qini oldingi va orqa plastinkalardan (lamina anterior et posterior 



vagina  m.  recti  abdominis)  iborat,  bunda  qorin  tashqi  qiyshiq  muskuli 

aponevrozi  va  qorin  ichki  qiyshiq  muskuli  aponevrozining  oldingi  plastinkasi 

qinning  oldingi  devorini,  qorin  ichki  qiyshiq  muskuli  aponevrozining  orqa 

plastinkasi va qorin ko‘ndalang muskuli aponevrozi qinning orqa devorini hosil 

etadi. Kindik va qov sohalari chegarasida qorin to‘g‘ri muskuli qini orqa devori 

ravoqsimon  chiziq  (linea  arcuata)  hosil  qilib  tugaydi,  sababi  qov  sohasida 

muskullar  aponevrozlari  qorin  to‘g‘ri  muskulining  oldidan  o‘tadi  va  muskul 

qinining faqat oldingi devorini shakllantiradi. 

 


Қорин олд-ён девори. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.

 

 



 

 

6.  Ko‘ndalang  fassiya  (fascia  transversalis),  qorin  ichki  fassiyasining 

(fascia  endoabdominalis)  bir  qismi  hisoblanadi  va  qorin  old-yon  devori 

muskullarini ichkaridan qoplaydi. 



7. Qorinparda oldi kletchatkasi (tela subserosa). Bu erda a. iliaca externa 

tarmoqlari  –  a.  epigastrica  inferior  (kindik  tomon  yo‘naladi,  tashqi  kindik 

burmasini  (plica  inguinalis  lateralis)  hosil  qiladi;  a.  circumflexa  ilium  profunda 

(yonbosh suyagining yuqorigi oldingi o‘sig‘i tomon yo‘naladi). Arteriyalar yonida 

shu nomdagi venalar joylashadi, ular v. iliaca externa ga quyiladi. Qorinparda oldi 

kletchatkasi  ko‘ndalang  fassiyani  qorinpardaning  parietal  varag‘idan  ajratadi, 

pastda  pufak  oldi  kletchatkasi  bilan  bog‘lanadi,  orqada  qorinparda  orti 

kletchatkasiga davom etadi. 



8. Qorinpardaning parietal varag‘i (peritoneum parietale). 

 

 



Qorin oq chizig‘i

O‘rta  chiziq  bo‘ylab  qorinning  qiyshiq  va  ko‘ndalang  muskullari 

aponevrozalari qo‘shilib qorin oq chizig‘ini (linea alba) hosil etadi. 


Қорин олд-ён девори. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.

 

 



 

Kindik

Yangi  to‘g‘ilgan  chaqaloqlarning  qorin  oq  chizig‘ida  nuqson  –  kindik 

halqfasi  (anulus  umbilicalis)  mavjud,  halqaning  pastki  qismida  birlamchi  siydik 

yo‘li (urachus) va kindik arteriyalari (aa. umbilicales), halqaning yuqori qismida 

kindik venasi  (v. umbilicalis) o‘tadi.  Vaqt  o‘tib kindik halqasi faqat uchta –   teri, 

kindik  fassiyasi  va  qorinpardadan  iborat  oson  cho‘ziladigan  chandiqli  qavat  bilan 

berkiladi, shuning  uchun bolalarda kindik  churralari  tez-tez  uchrab  turadi.  Kindik 

chuqurchasi sohasida teri osti kletchatkasi bo‘lmaydi. 

 

 

Qorin old-yon devori juft sohalarida (regg. hypochondrica, lateralis, 



inguinalis) qorin devorining qavatma-qavat tuzilishi

1.  Teri (cutis). 

2.  Teri osti kletchatkasi (panniculus adiposus). 

3.  Yuza fassiya (fascia superficialis). 

4.  Yuza  fassiyaning  chuqur  varag‘i  (plastinkasi)  (lamina  profunda  fascia 

superficialis) (chov sohasida uchraydi). 

5.  Qorin  tashqi  qiyshiq  muskuli  xususiy  fassiyasi  (fascia  propria  m.  obliqui 



abdominis extemi). 

6.  Qorin tashqi qiyshiq muskuli (m. obliquus abdominis externus) (chov sohasida 

muskulning aponevrozi mavjud xolos). 

7.  Mushaklararo fassial qavat (kletchatka) (stratum fascials intermusculare). 

8.  Qorin ichki qiyshiq muskuli (m. obliquus abdominis internus). 

9.  Mushaklararo fassial qavat (kletchatka) (stratum fasciale intermusculare). 

10. Qorin ko‘ndalang muskuli (m. transversus abdominis). 

11. Ko‘ndalang fassiya (fascia transversalis). 

12. Qorinparda oldi kletchatkasi (tela subserosa). 

13. Qorinpardaning parietal varag‘i (peritoneum parietale). 

 

Qorin old-yon devori toq sohalarida  (regg. epigastrica, umbilicalis, pubica) 

qorin devorining qavatma-qavat tuzilishi. 

1.  Teri (cutis). 

2.  Teri osti kletchatkasi (panniculus adiposus). 

3.  Yuza fassiya (fascia superficialis). 

4.  Yuza  fassiyaning  chuqur  plastinkasi  (varag‘i)  (lamina  profunda  fascia 

superficialis) (qov sohasida). 

5.  Qorin  tashqi  qiyshiq  muskuli  xususiy  fassiyasi  (fascia  propria  m.  obliqui 



abdominis externi). 

6.  Qorin to‘g‘ri muskuli qinining oldingi devori (lamina anterior vagina m. recti 



abdominis). 

7.  Qorin to‘g‘ri muskuli (m. rectus abdominis). 



Қорин олд-ён девори. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.

 

 



8.  Qorin  to‘g‘ri  muskuli  qinining  orqa  devori  (lamina  posterior  vagina  m.  recti 

abdominis).  Ravoqsimon  chiziqdan  (linea  arcuata)  pastda  ushbu  devor 

bo‘lmaydi. 

9.  Ko‘ndalang fassiya (fascia transversalis). 

10. Qorinparda oldi kletchatkasi (tela subserosa). 

11. Qorinparda parietal varag‘i (peritoneum parietale). 

 

Qorin oq chizig‘ida qorin old devori qavatlari 

1.  Teri (cutis). 

2.  Teri osti kletchatkasi (panniculus adiposus). 

3.  Yuza fassiya (fascia superficialis

4.  Qorin  tashqi  qiyshiq  muskuli  xususiy  fassiyasi  (fascia  propria  m.  obliqui 



abdominis extemi). 

5.  Qorin oq chizig‘i (linea alba abdominis). 

6.  Ko‘ndalang fassiya (fascia transversalis). 

7.  Qorinparda oldi kletchatkasi (tela subserosa). 

8.  Qorinparda parietal varag‘i (peritoneum parietale). 

 

Kindik doirasida qorin oldingi devorining qavatma-qavat tuzilishi. 

1.  Teri (cutis). 

2.  Kindik fassiyasi (fascia umbilicalis). 

3.  Qorinparda oldi kletchatkasi (peritoneum parietale). 

 

Qorin old-yon devorining qon bilan ta’minlanishi. 

1. Yuqorigi  qorin  usti  arteriyasi  (a.  epigastrica  superior)  ko‘krak  ichki 

arteriyasidan chiqadi, qorin to‘g‘ri muskuli ortida joylashib kindik sohasiga etib 

keladi va pastki qorin usti arteriyasi bilan anastomozlashadi. 

2. Pastki qorin usti arteriyasi (a. epigastrica inferior) tashqi yonbosh arteriyasidan 

hosil  bo‘ladi,  tashqi  kindik  burmasida  (plica  umbilicalis  lateralis)  joylashib, 

qorin to‘g‘ri muskuli ortida kindik tomon yo‘naladi. 

3. Yuza  pastki  qorin  usti  arteriyasi  (a.  epigastrica  inferior  superficialis)  son 

arteriyasining tarmog‘i, yuza fassiyasi ostida joylashib kindik tomon yo‘naladi. 

4. Pastki  oltita  qovurg‘alararo  arteriyalar  (aa.  intercostales)  va  to‘rtta  bel 

arteriyalari (aa. lumbales). 

 

Qorin old-yon devori innervatsiyasi. 

Pastki  oltita  qovurg‘alararo  nervlarning  (nn.  intercostales)  oldingi  shoxlari 

qorin  ichki  qiyshiq  va  ko‘ndalang  muskullari  orasidaan  o‘tadi  va  quyidagi 

shoxlarini beradi: 

  mushak  shoxlari  –  qorin  ko‘ndalang,  ichki  va  tashqi  qiyshiq  muskullarni, 



shuningdek qorin to‘g‘ri muskulini innervatsiya qiladi; 

  qorinparda shoxlari – qorinpardaning parietal varag‘ini innervatsiyalaydi; 



Қорин олд-ён девори. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.

 

 



  lateral  teri  nervlar  –  oldingi  qo‘ltiq  osti  chizig‘i  bo‘ylab  qorin  ichki  va  tashqi 

qiyshiq muskullarini teshib o‘tib, oldingi va orqa shoxlariga ajraladi, qorin old-

yon devorining lateral yuzasi terisini innervatsiyalaydi; 

  oldingi  teri  nervlar  –  qovurg‘alararo  nervlarning  oxirgi  shoxlari,  Qorin  to‘g‘ri 



muskuli qinini teshib o‘tib qorin old-yon devorining qorin usti va kindik sohalari 

terisini innervatsiya etadi. 

N.  iliohypogactricus  –  qorinning  ko‘ndalang  va  ichki  qiyshiq  muskullariga 

muskul  tolalarini  beradi,  keyin  qorin  tashqi  qiyshiq  muskuli  aponevrozini  teshib 

o‘tib chov sohasi va qov sohasining yuqori qismi terisini innervatsiyalaydi. 

N.  ilioinguinalis  –  qorinning  ko‘ndalang  va  ichki  qiyshiq  muskullariga 

muskul  tolalarini  beradi,  keyin  urug‘  tizimchasining  oldingi-ichki  yuzasi  bo‘ylab 

joylashib  chov  kanalidan  o‘tadi  hamda  chov  kanalining  tashqi  teshigidan  chiqib 

qov  sohasining  pastki  qismini  innervatsiyalaydi.  Shuningdek  oldingi  yorg‘oq 

(jinsiy lab) tarmoqlarini [nn. scrotales (labiales) anteriores] hosil qiladi. 

 

Qorin old-yon devorining limfatik tizimi. 

Qorin  devorining  yuqori  qismidan  limfa  suyuqligi  qo‘ltiq  osti  limfa 

tugunlariga (nodi lymphatici axillares), pastki qismidan chov limfatik tugunlariga 

(nodi lymphatici inguinales) yo‘naladi. 



 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə