Quyosh_sistemasining tuzilishi
Quyosh va Quyosh atrofida aylanuvchi jismlar sistemasi, Quyosh sistemasini tashkil qiladi. Quyosh sistemasida sistemaning dinamik markazi - Quyosh, 9-ta sayyora, ularning 32 ta yo’ldoshi, bir necha ming kichik sayyoralar yoki asteroidlar ko’p kometalar (500 tasi ko’ringan) va juda ko’p meteroit jismlar kiradi.
Mukammal o’rganishlar natijasida bu jismlarning koinotdagi harakati uchun informasiyalar berilgan bo’lib, hozirgi paytda Quyosh sistemasining aniq plani va tuzilishi ma’lumdir.
Ekliptika qutbidan qaraganda deyarli barcha sayyoralar Quyosh atrofida soat strelkasi yunalishi bo’yicha aylanadi. Ularning g’alayonlanmagan harakat orbitalari ekssentrisiteti kichik ellipslardan iboratdir. Deyarli barcha sayyoralar o’z o’qi atrofida Quyosh atrofida aylanish yo’nalishi bo’yicha aylanadi. Sayyoralarning orbitalari yotgan tekisliklar ekliptika tekisligiga ozgina og’madir. Uran va Veneragina o’z o’qi atrofida teskari yo’nalish bo’yicha aylanadi.
Sayyoralarning Quyoshdan masofasi ma’lum qonuniyatga bo’ysinadi. Sayyoralar Quyoshdan uzoqlashgan sari orbitalari orasidagi masofa oshib boradi.
Quyoshdan eng uzoqdagi sayyora 39,4 a.b. masofada turadi. Agar Quyosh sistemasini o’lchamini 39,4 a.b. ga teng desak, u holda bu masofa eng yaqin yulduz Proksima Sentavrgacha bo’lgan masofadan 7000 marotiba kichik masofadir.
Sayyoralarning yo’ldoshlari xuddi sayyoralarni Quyosh atrofida aylanishidek aylanadi. Ko’pchilik yo’ldoshlar to’g’ri yo’nalish bo’ylab aylanadi. Faqatgina 11 yo’ldosh teskari yo’nalish bo’yicha harakat kiladi, shulardan 5 tasi Uranniki. Demak Uran yo’ldoshlari Uran atrofida Uranning Quyosh atrofida harakatidek aylanar ekan.
Kometalar Quyosh atrofida turlicha aylanadi. Ko’p kometalarni orbitasi cho’zilgan ellipsdir. Kometalar Quyoshdan 50000-100000 a.b. masofada turadi, aylanish davri bir necha million yilni tashkil qiladi. Asteroidlarning orbitalarining ekssentrisiteti o’rtacha hisobda katta bo’lib, orbitalarining qiyaligi ham kattadir. Ko’pchilik asteroidlarning orbitalari, Mars va Yupiter orbitalarining orasida joylashgandir. Ba’zilari masalan Ikarniki Merkuriy orbitasi orasigacha kiradi va Saturn orbitasigacha uzoqlashadi. Ba’zi asteroidlarning o’z o’qi atrofida aylanishi ham aniqlangan, ba’zi hollarda bu harakat teskari harakatdir.
Kometalarni harakati esa turlicha bo’lib, ko’p hollarda ularning orbitasi birga yaqin ekssentrisitetli cho’zilgan ellips shaklidadir. Ba’zida sayyoradan chekinishi natijasida kometa giperbola (e>1) bilan harakat qiladi, ba’zida o’sha chekintiruvchi ta’sir kometani ellips bo’yicha harakat qilishga majbur qiladi.
Kuzatiladigan osmon hodisalarini to’g’ri tushunish asrlar oma vijudaga keldi. Biz astranomiya fani qadimgi Misr, Xitoy, Vavilon kabi davlatlarda rivojlanganligi to’g’risidagi ma’lumotlarga egamiz. Milloddan aval IV asrda mashur yunon olimi Arestotel tomondan yerning shar shaklida ekanligiga isbotlagan, kishilar ongiga koinotning markazida qattiq yer shari joylashib, uning atrofida yulduzlar va osmon joylashadi va aylanadi degan fikrlar hukumron bo’lgan.Eramizning II asrida qadimgi grek olimi Klavdiy Ptolomey ishlab chiqqan olamning geisentrik sistemasi: U olamning markazi atrofida hamma yoritkichlar aylanadigan sharsimon, qo’zg’almas Yerni “joylashtirdi”. XVI asrda buyuk polyak olimi Nikolay Kopernik yerni oddiy planetalar qatoriga qo’yib, uning Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi o’ringa turishini fazoda boshqa planetalardek Quyosh atrofida aylanishini ko’rsatib berdi. Kapernik geliosentrik nazariyaning asoschisi. Bu nazariyani italyan olimi Galeley.G Teleskopni birinchi marta osmonga qaratgan astranom isbotladi. Masalan u Venerani kashf etdi, u Oyda dog’lar borligini va Yupiterning to’rtta yo’ldoshi borligini kashf etdi. Galeley quyosh atrofidagi dog’larni topgan, bu dog’larning siljitishiga qarab Quyosh o’z atrofida aylanishini isbotladi.
Olam tuzilishining geliosentrik nazariyasi mashur italiyan olimi faylasuf Sherdano Bruno (1548-1600) tomondan rivojlantrildi.
O’rta Osiyolik buyuk olimlar ham o’z zamonasining buyuk munajimlari dab tan olingan va hozirgi kunda bu nazariyani astranomik kuzatishlar asosida isbot qilindi.
Muhamad Muso al-Xorazmiy (787-850) uning eng yirik asari astranomik “Zij” kitobidir, Abu Rayhon bu asarni sharhlashda uchta asrni bag’ishladi.
Ahmad al-Farg’oniy (797-865) ning hozirgi kunda 8 ta asari ma’lum bo’lib ularning hammasi astranomiya sohasida bag’ishlangan “Samoviy harakatlar va umumiy ilmu hujum kitobi” “Oyning Yer ostida va Yer ustida bo’lish vaqtlarini aniqlash haqidagi risola” “Quyosh soatini yasash haqidagi kitob” kabi asarlarida osmon jismlarining harakat qonunini asosladi. Abu Rayhon Beruniy (973-1048) u geliosentrik nazariyani quvatladi, teleskopsiz elastikaning og’masini va Yer aylanishining 40000 km ga tengligini aniqladi.
Ulug’bek Umar Xayom kabi olimlari osmon jismlari harakatini o’rganib Quyosh yili kalendarini tuzdilar. (Vaqt va kalendar mavzusida to’liq ma’lumot berilgan). Quyosh atrofida 9 ta planeta yo’ldoshlari bilan, shuningdek Mars va Yupiter orbitalari orasida ko’plab mayda osmon jismlari (kometalar, metior, ostreoidlar) harakat qiladi. Quyoshning diametri Yerning diametridan 109 marta, massasidan 333000 marta ortadi. Hamma planetalarning massasi Quyosh massasining 0,1% ni tashkil qiladi. Shuning uchun Quyosh atrofidan uning a’zolari harakat qiladi.
2. Planetalar: Yer va Quyosh bir-birlariga nisbatan o’ziga xos joylashuvi planetalarning konfigurasiyasi deb ataladi. Planetalar ichki va tashqi planetalarga bo’linishi mumkin. Ichki planeta yer bilan quyosh oralig’ida yoki Quyoshning orqasida bo’lishi mumkin. Agar Merkuri va Venera Yer bilan Quyosh oralig’idan o’tayotganda ularning proeksiyalari quyosh gardishiga tushgsa, u holda ular Quyosh gardishida kichkina qora doira bo’lib ko’rinadi.Bu hodisa 7-8 yida sodir bo’ldi Agar planeta bilan quyosh orasida yerning turishi ro’para turish deyiladi. Planetalarning quyosh atrofida yulduzlarga nisbatan aylanish davri yulduz yoki sederik davr deyiladi.
Planetalarning ikkita ketma-ket sodir bo’ladigan bir xil konfiguratsiyalari, masalan ketma-ket ikkita qo’shilmasi orasida o’tadigan vaqt aniqlanadi. Bundan davrni aylanishning sinadio davri deyiladi.
Yerning burchak tezligi
Marsning burchak tezligi :T- 1 yilda sutkalar soni T-yulduzlar davri
yoki
ichki planetalar uchun qo’yidagicha yozamiz.
Formuladan foydalanib Veneraning sinodik davri 584 sutka.
Marsning sinodik davri 780 sutka ekanligini topish mumkin.
Planetalarning harakat qonunini kashf etgan atoqli nemis olimi Kaplerning (1571-1630) xizmati katta. U planetalar harakatini 3-ta qonunini yaratdi.
1- qonun: Har bir planeta elips shaklida aylanadi va elipsning fokuslaridan birida Quyosh turadi planetalarning quyoshga eng yaqin nuqtasi A peregiley, eng uzoq nuqtasi D esa afeley deyiladi. b=o bo’lsa planeta aylana bo’ylab harakat qiladi.
2 -qonun: Planetalarning radius vektori teng vaqtlar ichida teng yuzalar chizadi.
3- qonun: Planetalarning Quyosh atrofida yulduzlarga nisbatan aylanish davri kvadratlarning nisbati orbitalari katta yarim o’qlarning kublari nisbatiga teng.
Yer orbitasining katta yarim o’qi masofalarning astranomik birligi sifatida qabul qilingan.
.
Mustahkamlash.
a) Ptolemey nazariyasi bo’yicha Quysh sistemasining tuzilishi to’g’risida ma’lumot bering?
- Ptolemey tasavvuricha olam tuzilishining geotsentrik sistemasi markazda qo’zg’almas Yerni joylashtirdi atrofida planetalar, Quyosh va yulduzlar joylashgan deb tushintirdi.
2. Kopernikning geliotsentrik nazariyasi to’g’risida ma’lumot bering.
- Polyak olimi N. Kopernik geyliotsetrik nazariya asoschisi hisoblanadi. Bu nazariyaga asosan markazda Quyosh uning atrofida planetalar va shuningdek Quyoshning o’z o’qi atrofida aylanishini aytdi. Kopernikning nazariyasini Galiley isbotladi.
3. Quyosh sistemasida harakat qiladigan planetalarni bir boshdan sanang.
- Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturin, Uran, Neptun, Pluton.
4. Quyosh sistemasi otrofidan yana qanday osmon jismlari harakat qiladi.
- Quyosh sistemasi atrofidan, ya’ni Mars va Yupiter orbitasi oralig’ida mayda osmon jismlari kometalar, meteor, astroitlar harakat qiladi.
6. Planetalarning konfiguratsiyasi deb nimaga aytiladi?
- Planetalar, Yer va Quyoshning bir-birlariga nisbatan o’ziga xos joylashishlari planetalarning konfiguratsiyalari deb ataladi.
7. Planetalar aylanishining sinodik va sideyrik davrlari deb nimaga aytiladi?
- Planetalarning Quyosh atrofida yulduzlarga nisbatan aylanish davri yulduz yoki siderik davr deyiladi.
- Ketma-ket ikkita ro’para turish orasida o’tadigan vaqt sinodik davr deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |