R ah im ov a sh od iy a shu xr at q I zi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix28.07.2020
ölçüsü0,56 Mb.
#32331
  1   2   3   4   5   6
ingliz va ozbek till arid a bahuvrining qollanilishi


/ДО' 

y'f,

 

l



v

 

1 



’ 

f.f.n., prof, Jumaniyazov 

 

 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS 



TA’LIM VAZIRLIGI 

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI СНЕ Г TILLARI FAKULTETI 

R AH IM OV A  SH OD IY A  SHU XR AT Q I ZI 

INGLIZ VA OZBEK TILL ARID A BAHUVRINING 

QO'LLANILISHI 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI 

5120112-Filologiya vatillami o’qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr 

darajasini olish uchun

 

 

 



 

 

 



 

 

 



Ilmiy rahbar  

 

 



 

 

 



 

 

 



URGANCH- 2015

                                        MUNDARIJA 

 

KIRISH……………………………………………………………………………3 

 

BIRINCHI  BOB:  O‘ZBEK TILIDA QO‘SHMA SO‘ZLAR VA ULARNING 

O‘RGANILISHI. ....................................................................................................7 

1.1. O‘zbek tilida qo‘shma so‘zlarning  o‘rganilishi ................................................7 

1.2. Ingliz tilida qo‘shma so‘zlarning o‘rganilishi .................................................16 

1.3.  Ingliz  va  o‘zbek  tillarida  qo‘shma  so‘zlarning  yasalishida  o‘xshash  va  farqli 

tomonlar ..................................................................................................................21 

Bob bo‘yicha xulosa…………………………………………................................29 



IKKINCHI 

BOB: 

INGLIZ 

VA 

O‘ZBEK 

TILLARIDA  

BAHUVRIHILAR….............................................................................................30 

2.1. “Bahuvrihi” va uni boshqa qo‘shma so‘zlardan farqlanish xususiyatlari.......30 

2.2.  O‘zbek  tilida      “bahuvrihi”lar  va  ularning  morfologik,  semantik 

xususiyatlari.............................................................................................................34 

2.2.1. 

Inson 


xarakterining 

nozik 


qirralarini 

ochib 


beruvchi 

bahuvrihilar..............................................................................................................45 

2.2.2.  Insonning  tashqi    ko‘rinishini  va  ichki  hislarini    tasvirlovchi    tarkibida  tana 

a’zolarini bildiruvchi so‘zlar qatnashgan bahuvrihilar............................................47 

2.2.3. Insonning tevarak atrofdagilarga bo‘lgan munosabati va kayfiyatini 

anglatuvchi bahuvrihilar………………………………………………………….50 

2.3. Ingliz tilida “bahuvrihi”lar va ularnig morfologik, semantik xususiyatlari….53 

Bob bo‘yicha xulosa………………………………………………………………56 



UMUMIY XULOSA……………………………………………………………..57 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………….62 

 

 



 

 

 



 



KIRISH 

Til   millatning    ulkan   boyligi   va   bebaho     mulkidir.  Shuning   uchun   

ona    tilini   sevish,    puxta   o‘rganish,    uni     billurdek     musaffo   saqlash,   

kamol        toptirish        milliy  tilimiz,      ona      xalqimiz,        jonajon        vatanimizga    

bo‘lgan          beqiyos        muhabbatimiz        ramzidir.  Dunyoga        yangi      kelgan   

chaqaloq    ham        ona       tilida      alla     eshitib      orom        oladi,      har     erta     tongda   

televideniye,      radio          to‘lqinlaridan      taraladigan        davlat        madhiyasini    ona    

tilimizda      eshitib,      undan        faxrlanamiz.  Xalqimiz        doim      mustaqil      bo‘lish,   

erkin     yashash     yo‘lida        kurashib      keldi      va    Cho‘lpon,    Fitrat,    A.Qodiriy,   

A.Avloniy,      G‘.G‘ulom,        Oybek,      H.  Olimjon,      A.  Qahhor      kabi      siymolar  

adabiy   tilimizning   ravnaqi    yo‘lida     tinmay  ijod  qildilar. 

Buyuk  ma’rifatparvar      bobomiz  Abdulla  Avloniy  ta’kidlaganlaridek,  “Har 

bir  millatning      dunyoda  borlig‘ini    ko‘rsatadurgan  oynayi  hayoti  til  va 

adabiyotidur.  Milliy  tilni      yo‘qotmak    millatning  ruxini  yo‘qotmakdur. 

“  Darhaqiqat,  bir  qancha  murosasiz  bahs  va  munozaralardan  so‘ng,  biz  ona 

tilimizni  saqlab  qola  oldik.  So‘zimizning  yaqqol  dalili  sifatida  1995-yil        21- 

dekabrda    O‘zbekiston   Respublikasining   “Davlat    tili   haqida”gi    Qonunning     

yangi   tahriri   ishlab   chiqildi   va   amalda   qo‘llash   uchun   joriy    etildi.Yangi     

tahrirdagi   Qonun  24 bobdan   iborat     bo‘lib,   unga   mustaqillik     ruhi    bilan   

sug‘orilgan      bir    qancha      o‘zgarishlar          kiritildi.“  Davlat      tili      haqida”gi    

Qonunni   amalga   oshirish   sohasida  o‘tgan   o‘n    yildan   ortiq    davrda    katta   

ishlar   qilindi. 

Til     faqat    insonga   va    insoniyatga   xos    tabiat      tomonidan   ato    

qilingan        buyuk        ehsondir.      Ana        shu        buyuk      ehson        kishilik      

jamiyatining     eng   muhim   aloqa   vositasi     bo‘lib,    jamiyat   uchun   xizmat   

qiladi.Til      faqat      jamiyatda,      odamlar  jamoasi      orasidagina      mavjud,      chunki    

til   orqali    insonlar o‘z fikrlarini bildiradilar,   fikr   almashadilar,   gaplashadilar.  

Til  doimiy to‘xtovsiz   ravishda   o‘zgarib    turuvchi,   taraqqiy   etib   boruvchi    

hodisadir. Tilning    taqdiri    jamiyat   taqdiri    bilan    chambarchas     bog‘liqdir.    



 

 

 



 

Jamiyat        yo‘q      ekan,      til      ham    bo‘lmaydi        va      aksincha        til      bo‘lmasa,  



jamiyatda        rivojlanish     ham   yo‘q.     Insoniyat   uchun      fikr    almashish   

doimiy   va         hayotiy   zaruratdir.   Til   jamiyatning     asrlar    davomidagi     

butun       tarixi      jarayonida  shu      jamiyatda        yashovchi      minglarcha       avlodlar    

tomonidan     yaratilgan  bo‘lib,   jamiyat    va   uning   a’zolari    uchun   baravar    

xizmat      qiladi.    Tilning      adabiyot,          san’at,        umuman,        madaniyat        kabi    

ijtimoiy        hodisalardan        farqi        shundaki,            ular        ma’lum      bir      sinfning     

manfaatini  ko‘zlaydi,        uning        mafkurasini        targ‘ib        qiladi,          til        esa    

jamiyatdagi   barcha   kishilar   uchun    bir   xil    xizmat   qiladi. 

Har      bir        tilning  fonetik        tuzilishi,    lug‘at       tarkibi        va          grammatik     

qurilishi          ma’lum      qonun-qoidalar            asosida        bir-  biri        bilan      bog‘lanib,   

ularning     har   qaysisi      alohida   tizimni   tashkil   etadi. Misol uchun,  qaysi bir 

tilda  paydo  bo‘lgan  yangi  so‘z  yoki  atama,  boshqa  bir  til  uchun  ham  xos  bo‘lishi 

mumkin.  Muhtaram  prezidentimiz  I.A.Karimov 

ta’kidlaganlaridek,  “Biz 



ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan  bebaho boylikning vorislari sifatida ona 

tilimizni asrab-avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada   oshirish ustida doimiy 

ishlashimiz  zarur.”  (1;87)Shu    ma’noda  biz  ham  tilimizning  boyishiga,  uning 

jahon  tillari  darajasidagi  nufuzining  ortishi,  qolaversa  kelajak  avlodlarimizga 

bekami  ko‘st  yetkazishga  xissa  qo‘shish  maqsadida,    Yevropa  tilshunosligida 

o‘ziga  xos  o‘rin  egallagan  “bahuvrihi”  atamasining  tilimiz  uchun  yangilik 

ekanligini  hisobga  olgan  holda,  Sanskrit  tilining  mahsuli  bo‘lmish  bu  atamani 

lug‘atimiz  tarkibiga  kiritish  tarafdorimiz  va  ushbu  bitiruv    malakaviy  ishimizda 

“bahuvrihi” atamasi ostida nima yashirinligi, uning tabiati, morfologik va semantik 

xususiyatlari,  qo‘llanilish  o‘rni  va  tilimizda  bu  kabi  so‘zlar  mavjud  yoki  yo‘qligi 

imkon qadar tahlilga tortilgan. 

Bitiruv  malakaviy  ishning  dolzarbligi  shundaki,  unda  milliy  tilimiz  va 

uning  ifoda  qudratini  ta’minlovchi  mavzulardan  biri  aniqlovchili  qo‘shma  so‘zlar 

keng  o‘rganiladi.  Chunonchi  tilimizda  kam  o‘rganilgan  aniqlovchili  qo‘shma 

so‘zlar  tahlil  qilinadi,  yasalishlari  va  ma’no  jihatlari  tomonidan  izohlaniladi. 



 

 

 



 

Aniqlovchili  qo‘shma  so‘zlarning  tildagi  mohiyati,  ular  orqali  nomlanilayotgan 



narsa  va  hodisalarning  rang-barangligi  talqin  qilinadi  va  keng  qiziquvchilar 

ommasiga tavsiya qilinadi. 



Bitiruv malakaviy ishning obyekti va predmeti: Mavzu  doirasidan   kelib  

chiqqan    holda      bitiruv  malakaviy  ishning  obyekti      deb  attributiv  qo‘shma 

so‘z(bahuvrihi)lar,   ularning   qo‘llanish  o‘rni   va morfologik ,semantik jihatlari, 

tilining  izohli  lug‘ati  va o‘z ichiga bahuvrihilarni qamrab olgan   nasriy   va   

nazmiy   ijod  namunalari   misol  keltirishimiz  mumkin. Bu nafaqat bahuvrihining 

tabiati  masalasiga,  balki  uning  tilimiz  uchun  hali  yangilik  kasb  etishiga  ham 

bevosita  aloqador  ish  hisoblanadi.  Shu      boisdan      ishning      qimmati      yana      bir   

bor ancha   yuqori   ekanligini   ta’kidlab o‘tishning hojati yo‘q,   deb o‘ylayman. 



Bitiruv malakaviy ishning maqsadi quyidagilardan iborat: 

1. 


Milliy 

tilimizdan 

aniqlovchili 

(attributiv) 

qo‘shma 

so‘zlar- 

bahuvrihilar izlab topish; 

2. 


Yig‘ilgan  bahuvrihilarni  son  va  sifat  (  kvantitativ  va  kvalitativ 

jihatdan tahlil qilish, ularni morfologik va semantik izohlash); 

3. 

Yig‘ilgan  bahuvrihilar  lug‘atini  tuzish  va  ilmiy-  uslubiy  qo‘llanma 



yaratish. 

Bitiruv  malakaviy ish  oldiga qo‘yilgan vazifalar bo‘yicha quyidagi ishlar 

qilindi: 

1. 

Bahuvrihi  leksikologik  vositasi  borasida  ilmiy-  amaliy  ma’lumot 



yig‘ish, o‘zbek va bu boradagi  chet (Yevropa) tilshunoslari fikrlarini o‘rganish; 

2. 


Milliy  tilimizda  –  o‘zbek  tili  izohli  lug‘atida    qayd  qilingan 

bahuvrihilarni o‘rganish; 

3. 

Milliy  tilimizdagi  qo‘shma  so‘zlar  va  so‘z  birikmalarini  farqlab 



o‘rganish, ular haqidagi fikr- mulohazalarga ijodiy-tanqidiy yondashish. 

Bitiruv  malakaviy  ishning  metodologik  asosi:  ushbu  bitiruv  malakaviy 

ishda  induktiv,  statistik  va  tahlil  metodlaridan  foydalanildi.  O‘zbek  tili  izohli 

lug‘atlarining  ikki  jildlik  (1980)  va  besh  jildlik  (2006)  nashrlaridagi  bahuvrihilar 


 

 

 



 

va  ular  qatnashgan  misollar  to‘plab,  ular  morfologik  va  semantik  jaihatdan  tahlil 



qilindi. 

Bitiruv  malakaviy  ishning  yangiligi  deb  mazkur  ishda  o‘zbek  tilidagi 

qo‘shma  so‘zlarning  o‘rganilishini  yanada  konkretlashtirib,  muayyan  guruhlarga 

ajratib,  tadqiqot  jarayonida  nisbatan  yangi  atamalar,  aniqlovchili  (attributiv) 

qo‘shma so‘zlar atamasini  va bahuvrihi terminini  birinchilardan bo‘lib qo‘llash  va 

ularni  tasniflashni  aytish  mumkin.  Zero  bu  atama  va  terminlar  chet  tillari 

fakultetlari  talabalariga  o‘zlari  o‘rganayotgan  tillar(  nemis,  ingliz,  fransuz,  rus) 

orqali  ma’lum  bo‘lsada,  o‘zbek  tili  ixtisosligi  talabalari  uchun  nisbatan  notanish 

edi.  Bitiruv  malakaviy  ishi  va  chop  qilingan  ilmiy-uslubiy  risolada  yuqorida  zikr 

qilingan  leksikologik  vosita-  bahuvrihi  haqida  yetarli  va  yangi  ma’lumotlar 

berilgan. 



Bitiruv  malakaviy  ishning  tarkibi:  Ushbu    bitiruv    malakaviy    ishining 

umumiy   tarkibi  kirish,  asosiy  qism   ikki  bob,  olti fasl,  boblar  bo‘yicha kirish 

va  xulosalar,      umumiy    xulosa      va      foydalanilgan        adabiyotlar      ro‘yxatidan   

tarkib  topdi. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 



BIRINCHI BOB:O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA 



QO‘SHMA SO‘ZLAR VA ULARNING O‘RGANILISHI 

Qo‘shma  so‘zlar  va  ularning  o‘rganilishi  tarixi  mavzusi  bo‘yicha  biz 

tanishgan  adabiyotlardan  ma’lum  bo‘ldiki,  qo‘shma  so‘zlar  o‘zbek  va  ingliz 

tillarida  tilshunoslar  tomonidan  keng  o‘rganilgan.  O‘z  o‘rnida  aytish  joizki, 

qo‘shma  so‘zlar  ikkala  tilda  ham  keng  o‘rganilgan,  ayniqsa  ingliz  tili 

mutaxassislari qo‘shma so‘zlarni klassifikatsiyasi  va differensatsiyasi,  ya’ni  ularni 

guruhlarga  bo‘linish  imkonlari  va  o‘zaro  farqli  tomonlarini  ajratib  o‘rganilishiga 

jiddiy  e’tibor  qaratishgan.  Bu  borada    nemis  va  rus  tilshunoslarining  ahamiyatga 

loyiq  ishlarini  ham  ta’kidlab  o‘tish  lozim.  Endi  qo‘shma  so‘zlarning  o‘zbek  tilida 

o‘rganilishiga  kelsak,  qo‘shma  so‘zlar  haqida  bildirilgan  fikr-  mulohazalarning 

ayrimlari  e’tirozli,  hatto  qusurlar  ham  bor.  Bu  kamchiliklar  ayniqsa  biz  bitiruv 

malakaviy  ishimizda  o‘rganayotgan  aniqlovchili(attributiv)  qo‘shma  so‘zlar  bilan 

yaqindan bog‘liq. Nainki, haligacha o‘zbek tilishunosligida ayrim so‘z birikmalari 

bilan  qo‘shma  so‘zlarning  farqli  tomonlari  yaqqol  ochib  berilmagan.  Ayniqsa, 

ularning  imlosida(qo‘shib  va  ajratib  yozishda)  ,  morfologiyasida(qurilishida  va 

semantikasida(ma’no-mazmunlarida)  farq  borligi  va  ularni  farqlanib  o‘rganilishi 

lozimligi  ko‘rsatilmagan.  Chunonchi  o‘zbek  tili  izohli  lug‘atlarining  ikki  jildli  va 

besh  jildli  nashrlarida,  “Hozirgi  o‘zbek  adabiy  tili”,  Sh.  Shoabdurahmonov,  M. 

Asqarova,  A.  Hojiyev,  I.  Rasulov,  X.  Doniyorov;  I  qism,  Toshkent 

“ O‘qituvchi”,1989; adabiyotlarida  ham ayrim til birliklari ( so‘zboshi, og‘iroyoq, 

cho‘rtkesar  va  boshqalar)  ning  qaysi  orfografik  to‘g‘ri  yozilgan  va  qaysining 

ma’nosi  qanday  tushunilishi  kerakligi  farqlab  berilmagan.  Shu  ma’noda  bitiruv 

malakaviy  ishimizning  bob  va  fasllarida  ayrim  shaxsiy  fikr  mulohazalarni 

bildiramiz. 



1.1. O‘zbek tilida qo‘shma so‘zlarning o‘rganilishi 

Ma’lumki  har  qanday  milliy  tilning  lug‘at  tizimining  boyishida  so‘z  yasash 

asosiy  omillardan  biridir.  Bunda  asosan  til    tarkibida  azaldan  mavjud  so‘zlar 


 

 

 



 

asosida yangi so‘zlar  yasalishi tushuniladi. Shu  ma’noda quyida o‘zbek tilida so‘z 



yasash usullarini qisqacha bayon qilib o‘tamiz.(22;201) 

So‘z yasalishi qanday usul  bilan bo‘lsa ham, yangi so‘z hosil qilish ekanini 

bilamiz. O‘zbek tilida so‘z yasalishining bir necha usuli bor: 

1) semantik usul; 

2) fonetik usul; 

3) sintak-leksik usul; 

4) affiksatsiya usuli; 

5) kompozitsiya usuli. 



Semantik  usul  bilan  so‘z  yasalishida  tilda  bor  bo‘lgan  so‘z  (so‘z 

formasi)ning ma’nosi o‘zgarishi natijasida yangi so‘z hosil bo‘ladi: kun (sutkaning 

yorug‘  qismi)  –  kun  (quyosh,  planeta),  boshda  (o‘rni  kelishigidagi  otdan  yuzaga 

kelgan ravish), kechasi (egalik formasidagi otdan yuzaga kelgan ravish) va b. 

O‘zbek  tilida  fonetik  o‘zgarish  (tovush  o‘zgarishi)  natijasida  hosil  bo‘lgan 

so‘zlar ham anchagina: ko‘r – ko‘z, bo‘r – bo‘z kabi. Bunday yo‘l bilan so‘z hosil 

bo‘lishi fonetik usul bilan so‘z yasalishi deyiladi. 

Sintaktik-leksik  usul  bilan  so‘z  yasalishi  deganda  so‘z  birikmasining 

so‘zga aylanishi tushuniladi. Vaqtlar  o‘tishi bilan ma’lum tipdagi so‘z birikmalari 

bir  so‘zga  aylanishi  mumkin.  Bunda  so‘z  birikmasi  bir  ma’no  –  leksik  ma’no 

ifodalaydigan  bo‘lib  yo‘qoladi.  Natijada  aslida  so‘z  birikmasi  bo‘lgan  birlik 

qo‘shma so‘zga aylanadi. Masalan, tokqaychi, qashqargul, mingboshi, jo‘xoripoya, 

yengiltabiat,  kaltafahm  kabi    qo‘shma  so‘zlar  huddi  shunday  yo‘l  bilan  hosil 

bo‘lgan. 

So‘zga  affiks  qo‘shish  bilan  yangi  so‘z  hosil  qilish  affiksatsiya  usuli  bilan 

so‘z  yasalishi  deyiladi:  ishchi,  betonchi,  sportchi,  paxtakor,  ochiq,  yopiq,  ishla, 



egovla, o‘yla kabi. 

Kompozitsiya yo‘li bilan so‘z yasash birdan ortiq yasovchi asosni ma’no va 

mazmun  jihatdan  biriktirib  yangi  leksik  birlik  –  qo‘shma  so‘z  hosil  qilishdir. 

Qo‘shma  so‘zning  sodda  so‘zdan  farqi  shundaki,  sodda  so‘zda  mustaqil  ma’noli 


 

 

 



 

qism  bitta,  qo‘shma  so‘zda  esa  bittadan  ortiq  bo‘ladi.  So‘z  yasashning  bu  turi 



o‘zbek  tilidagi  eng  faol  usullardan  biri  sanaladi.  Qo‘shma  so‘z  bir  butun  leksik 

ma’no-  bir  murakkab  tushuncha  va  yaxlit  shakllanish-  grammatik  tushunchaning 

ham yaxlitligi, fonetik butunlik bilan xarakterlanadi. Demak u  bir so‘zdir. 

Qo‘shma  so‘zlar  tarixan    so‘z  birikmalaridan  o‘sib  chiqqan.  Til  taraqqiyoti 

jarayonida  so‘z  birikmasi  qismlarining  ma’no  va  grammatik  jihatdan  yaxlit  bir 

holga kelishi, uning qismlari orasidagi  sintaktik munosabatning yo‘qolishi hamda 

ularning  bir  ma’no  markaziga  birlashishi  natijasida  qo‘shma  so‘zga  aylanadi.  Bu 

vaqtda  birikmaning  har  ikkala  qismi  ham  o‘zining  alohida  so‘zlik  xususiyatini 

yo‘qotadi,  har  ikkalasi  birgalikda  yangi  tushunchani  anglatadi.  Masalan  ,  osh    va  

qozon    so‘zlarining  qo‘shilib  ketishi  natijasida  shu  so‘zlarning  yakka  holatda 

anglatgan   ma’nolaridan  farq qilgan yangi  ma’noli so‘z – oshqozon  hosil bo‘ladi. 

Demak so‘z birikmasi qo‘shma so‘zga aylanganda, birikma tarkibidagi so‘zlarning 

aniqlovchilik  aloqasi  yo‘qoladi,  ularning  biri  ikkinchisini  aniqlab  kelmaydi,  balki 

har  ikki  qism  birgalikda  bir  so‘z  holatiga  keladi  ,  bitta  tushunchani  anglatadi: 

tomorqa, gulg‘uncha, otto‘rva, oqqush, muzyorar , Oltinqo‘l   kabi.(13;63) 

Qo‘shma  so‘z  bilan  so‘z  birikmasining  shaklan  o‘xshash  tomonlari  bor, 

ammo ular orasida ham farq bor. Ular quyidagilar: 

a) 


qo‘shma  so‘zning  qismlari  morfema,  so‘z  birikmasining  qismlari  esa 

so‘z bo‘ladi; 

b) 

qo‘shma  so‘zning  qismlari  yaxlitligicha  bir  leksik  ma’no  ifodalaydi, 



so‘z birikmasining qismlari alohida-alohida leksik ma’no ifodalaydi; 

c) 


qo‘shma  so‘zning  qismlari  orasida  sintaktik  aloqa  bo‘lmaydi,  so‘z 

birikmasining  qismlari  orasida  sintaktik  aloqa  bo‘ladi    tuyaqush,  oybolta,  xushfe’l 



qo‘ziqorin    qo‘shma  so‘z,    qush  qanoti,  oy  yorug‘i,  asalari  uyasi  ,qora 

portfelli(yigit) so‘z birikmasidir; 

d) 


qo‘shma  so‘z  qismlari  o‘z  mustaqillligini  qisman  yoki  to‘laligicha 

yo‘qotadi, so‘z birikmasining qismlari esa o‘z mustaqilligini saqlaydi; 



 

 

 



 

10 


e) 

qo‘shma so‘z qismlari yaxlit bir savolga javob bo‘ladi, so‘z birikmasi 

qismlari esa alohida savolga javob bo‘ladi va bir gap bo‘lgi vazifasida keladi. 

Qo‘shma  so‘zning  ma’nosi  bir  holatda  uning  qismlari  ma’nosi  bilan 

bog‘langan  bo‘ladi,  shu  ma’nolardan  rivojlanib  chiqadi:  asalari,  otto‘rva, 

tokqaychi, anjirshaftoli, oqqush   kabi. 

Kompositsiya usuli bilan  qo‘shma so‘zlar yasalishini ko‘rdik. Qo‘shma so‘z 

birdan  ortiq  mustaqil  ma’noli  morfemadan  tashkil  topgan  bir  so‘zdir.  U  shu 

xususiyati bilan sodda so‘z va so‘z  birikmasidan farqlanadi. 

Qo‘shma  so‘zning  sodda  so‘zdan  farqi  shundaki,  sodda    so‘zda    mustaqil 

ma’noli    morfema  bitta,  qo‘shma  so‘zda  esa  birdan  ortiq  bo‘ladi:  terimchi, 



ko‘kalamzorlashtir,  eslatma,  tortinchoq-  sodda  so‘z;    erksevar,  belbog‘,  tomorqa, 

boshpana, asalari- qo‘shma so‘z. 

Agar    ikki  yoki  undan  ortiq  mustaqil  ma’noli  morfemadan  tashkil  topgan 

qo‘shma  so‘zning  biror  komponenti  (  morfemasi)  hozirgi  o‘zbek  tilida  mustaqil 

ma’nosini  yo‘qotgan  bo‘lsa,  bu  qo‘shma  so‘z  ham  qo‘shma  so‘zlik  xususiyatini 

yo‘qotadi, 

sodda  so‘zga  aylanadi.  Bu  hodisani    kechqurun  so‘zidan  ko‘rish  mumkin. 

Aslida qo‘shma so‘z bo‘lgan kechqurun hozirgi til nuqtai nazaridan  morfemalarga 

bo‘linmaydi ( sodda so‘z hisoblanadi) . 

Boshqa  tillardan  sodda  so‘zlar  qatori  qo‘shma  so‘zlar  ham  (  zararkunanda, 

odamshavanda, dardisar, astoydil, santimetr, aeroport kabi) o‘zlashtiriladi.  Lekin 

bunday  so‘zlar  hozirgi  o‘zbek  tili    nuqtai  nazaridan  ham  birdan  ortiq  mustaqil 

morfemali  deb  qaralsa,  qo‘shma  so‘z,  aks  holda  sodda  so‘z  hisoblanadi.  Shu 

jihatdan qaraganda , yuqorida keltirilgan so‘zlar sodda so‘zlardir. 

Qo‘shma  so‘zning  so‘z  birikmasidan  farqi  shundaki,  qo‘shma  so‘zning 

komponentlari  morfema,  so‘z  birikmasining  komponentlari  esa  so‘z  bo‘ladi. 

Shu  sababli  qo‘shma  so‘zning  komponentlari  yaxlitligicha  bir  leksik  ma’no 

ifodalaydi  va  komponentlari  o‘rtasida  sintaktik  aloqa  bo‘lmaydi:  tuyaqush, 



oybolta,  qo‘ziqorin,  xushfe’l,  olib  kelmoq  kabi.  So‘z  birikmasini  hosil  qiluvchi 

 

 

 



 

11 


komponentlar  (  so‘zlar)  leksik  mustaqilligini    saqlaydi  va  ular  o‘rtasida  

sintaktik aloqa ham bo‘ladi: qora portfelli ( yigit), atlas ko‘ylakli (qiz), o‘n besh 



qavatli( bino) kabi. 

Qo‘shma  so‘z  tarkibida  hozirgi  tilda  mustaqil  ma’no  ifodalaydigan  birdan 

ortiq  morfemaning bo‘lishi shart. Mustaqil  ma’noli so‘z bilan  yordamchi so‘zning 

birikishidan  qoshma  so‘z  hosil  bo‘lmaydi.  Shunga  ko‘ra  yetakchi  va  ko‘makchi 

fe’ldan  tashkil  topuvchi  o‘qib  bermoq,  yoza  boshlamoq,  uxlab  qolmoq  kabi 

birikuvlar qo‘shma so‘z( qo‘shma fe’l) bo‘la olmaydi. Chunki bularda birinchi fe’l 

o‘z  ma’nosini  saqlagan  holda,  keyingisi  unga  qo‘shimcha  ma’no  beradi.  Demak, 

bunda  birdan  ortiq  fe’lning  o‘zaro  birikishidan  yangi  fe’l  (  yangi  so‘z)  hosil 

bo‘lmaydi. 

O‘zbek  tilida  ,  ba’zi  so‘zlar  affiks  funksiyasini  bajarib,  ergash  morfemaga 

yaqinlasha boshlagan bo‘lsa ham,  hali affiksga aylanib  ulgurmagan bo‘ladi. Bular  

a f f  i  k s o i d l a r  deb ham yuritiladi: qabulxona, choyxona, darsxona, ishxona, 



ruxsatnoma,  talabnoma,  tabriknoma.Masalan  ,  bu  uyda  to‘rt  xona  bor-    biz 

ishxonada  uchrashdik.  Ko‘rinadiki,  xona  elementi  o‘rni  bilan  so‘z  bo‘lib  ham 

qo‘llaniladi, affiks bo‘lib ham. U bir o‘rinda o‘zak morfema boshqa o‘rinda-ergash 

morfema vazifasida keladi: molxona, muzxona kabi.(22;205) 

O‘zbek  tilida  affiksoidlar  (ular  so‘z-affikslar  deb  ham  yuritiladi)  kam 

uchraydi.Quyida  biz    so‘z  yasashda  muammoli  bo‘lgan  bir  nechta  affiksoidlarga 

izoh berib o‘tamiz. 

Ulardan  biri  –xo‘r(tojikcha  xo‘rdan  –  “yemoq”  fe’lidan)  qo‘shimchasi 

bo‘lib,u  o‘zi  qo‘shilgan  so‘z  anglatgan  yegulik,  ichimlik  turlarini  doim  iste’mol 

qiluvchi  yoki  dam-badam  iste’mol  qilishni  yaxshi  ko‘ruvchi  shaxs  oti  yasaydi: 



norin + xo‘r, araq + xo‘r, may + xo‘r, choy + xo‘r, qatiq + xo‘r kabi. Nafaqaxo‘r, 

poraxo‘r, g‘amxo‘r, qonxo‘r, tekinxo‘r, ziyofatxo‘r, so‘zlari ham –xo‘r affiksining 

xuddi shu ma’nosi asosida yasalgan: Aziz mehmonlar! Kaklikxo‘rlar- kaklikdan, 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin