Radioaktiv moddalar bilan zararlanganukni ekspertiza qilish



Yüklə 13,75 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü13,75 Kb.
#46907
Sardor1


Mavzu:Omaviy qirg'in qurollari qo'llanilganda suvning zararli moddalar va radiotsion moddalar bulan zarar oanganligini ekspertiza qilish.

RADIOAKTIV MODDALAR BILAN ZARARLANGANUKNI EKSPERTIZA QILISH

Yadroviy portlash mahsulotlari bilan suv va ovqat mahsulotlarining zararlanganligi ekspertiza qilish brigada zvenosida DP-5A (B, V, M) asbobi yordamida amalga oshiriladi.

Rentgenometr DP-5A (B.V,M) asbobining uzatgichi qaysi nuqtaga o'matilgan bo'lsa, shu yerdagi gamma-radiatsiyani miqdor quwatini R/ soat va mR/soatlarda o'lchash uchun mo'ljallangan. Bundan tashqari asbob yordamida beta-nurlanishni aniqlash imkoniyati ham bor.Ommaviy qirg'in qurollari bilan suv va ovqat mahsulotlarining zararlanganligini aniqlash uchun namunalar soldatlaming kostryulkasiga (tayyor ovqatlar, to'kiluvchi mahsulotlar), chelakka suv yoki mahsulotlarning katta bo'laklari (so'yilgan hayvonlaming tanalari, yarim tanasi, bir nechta namunadagi baliq mahsulotlari) olinishi mumkin.

Zararlanganlik darajasini o'lchashdan oldin asbobning sozligini tekshirish kerak: asbob va telefonni yoqish, ish tartibi burchagini “rejim” holatiga qo'yish, asbob strelkasini masxus joyga keltirish. Asbobning qopqog'iga joylashtirilgan nazorat manbaini ochish va uning tepasiga asbobning zondini qo'yish. Burchagini ketma-ket 10000, 1000, 100, 10,1, 0,1 holatlariga qo'yish. Birinchi diapozonda asbobning strelkasi qimirlamasligi mumkin (nazorat manbaining kam aktivligi tufayli), ikkinchi diapozonda asbob strelkasi shkala doirasida tebranishi mumkin,3, 4, 5 diapazonlarda strelka qattiq tebranadi.

Yadroviy portlash mahsulotlaridagi gamma-nurlanish bo'yicha zararlanganlik darajasini o'lchash. Namunalami o'lchashdan oldin o'lchashlarni o'tkazish joyidagi gamma-fonni o'lchash talab etiladi. So'ngra tekshiriluvchi namuna olib, uning ustiga 0,5-2 sm uzoqlikda asbob zondini ushlab turiladi. Ish tartibi burchagini shunday holatga burash kerakki, bunda asbob strelkasi shkala chegarasida bo'lsin. Asbob shkalasidagi qiymatni yozib olib, burchagining qaysi diapazonda turganligiga qarab o‘sha qiymatga ko'paytiriladi. 1,10, lOOdiapazonlarda 0,05 dan 50 mR/soatgacha bo'lgan miqdor quvvatlari, 1000, 10000 diapozonlarda esa 50 mR/soatdan 5 R/soatgacha, 200 diapozonida esa 5 dan 200 R/soatgacha bo'lgan miqdor quvvatlar oichanishi mumkin. Haqiqiy zararlanish darajasini oichash uchun olingan natijalardan gamma-fon qiymatini ayirib tashlash kerak.

Suvda ovqat mahsulotlarining yadroviy portlash mahsulotlari (YaPM) bilan zararlanganligi haqidagi xulosani berishda yadroviy portlash mahsulotlarining yoshi inobatga olinadi. Agar portlash vaqti aniqlanmagan bo‘lsa, u holda taxminiy portlash muddatmi zararlangan namunalami orasi 12 soatdan boigan ikki martalik oichash orqali aniqlash mumkin. Olingan natijalar bo'yicha K koeffitsiyenti hisoblab topiladi.

V =D . D


IV 1 o-lchash • 2o‘lchuh

Agar K ning qiymati 1,6 yoki undan ortiq boisa, yadroviy portlash mahsulotlarining (YaPM) yoshi 1 kun. Agar K-ning qiymati 1,6 kam boisa, u holda 10 kundan ortiq boiadi.Tekshirilgan namunalardagi gamma-nurlarining miqdor quwatlarini oichash natijalari bo‘yicha vrach zararlangan suv va ovqat mahsulotlarining odam organizmi uchun zararli oqibatlari boiishi mumkinligini hisobga olib, ulardan foydalanish mumkinligi haqidagi savolni hal qilishi kerak. Bunday xulosani berish uchun portlash sodir boigan hududda qoilash va maxsus direktiv hujjat asosida tuzilgan maxsus nomogrammalar va graflklardan foydalanish mumkin. Bunda topilgan miqdor quwati bo‘yicha awal №1 grafik bo'yicha namunaning taxminiy aktivligi topiladi (K yoki Bk litr yoki kg), keyin boshqa №2 grafik bo'yicha harbiy qismdagi jangchilarga berilishi kerak boigan suv va ovqat mahsulotlarining miqdoriga qarab yadroviy portlash mahsulotlari miqdori aniqlanadi. Har bir mahsulot bo‘yicha yadroviy portlash mahsulotlarining aktivlik qiymati jamlanadi va yadroviy portlash mahsulotlarining bir kecha-kunduz davomida 1 harbiy xizmatchi organizmiga tushishi mumkin boigan umumiy miqdori topiladi. Keyin №3 nomogrammasi bo‘yicha u yoki bu muddat davomida iste’mol qilinishi mumkin boigan suv va ovqat mahsulotlaridan kelib chiqishi mumkin boigan oqibatlar aniqlanadi.

Masalan: 8 soat davomida katta yoshdagi odam organizmiga kunlik ovqat ratsioni bilan yadroviy portlash mahsulotlari tushishi oqibatini aniqlash lozim va bunda agar kunlik ovqat ratsioni tarkibiga quyidagi mahsulotlar kirsa:

- guruch-120 g

- non-850 g

- go‘sht-150 g

- 2,5 1 suv yadroviy portlash mahsulotining yoshi-10 kun

DPM-5A (B, M, V) bo'yicha o'lchangan gamma nurlanishlarining miqdor quwati quyidagicha bo'lsa:

- guruch (kotelok)10 mR/soat

- non (buxanka)-3 mR/soat

- go'sht (qora mol tanasi)-20 mR/soat

- suv (kotelok)-15 mR/soat

№1 grafik bo'yicha ko'rsatilgan miqdor quwatlari quyidagi solishtirma aktivlik qiymatlariga muvofiq keladi:

- guruch-0,15m Ki/kg:

- non-0,04m Ki/ kg:

- go'sht-0,02m Ki/kg:

- suv-0,08m Ki/ kg:

№2 grafik bo'yicha kunlik ovqat ratsioni tarkibidagi mahsulotlardagi yadroviy portlash mahsulotlarning miqdori quyidagicha bo'ladi:

- 120 g guruchda-0,017m Ki:

- 850 g nonda-0,032m Ki:

- 150 g go'shtda-0,003m Ki:

- 2,5 1 suvda-0,19m Ki.

Olingan natijalami qo'shiladi va kunlik ovqat ratsionidagi yadroviy portlash mahsulotlarning umumiy miqdori topiladi:

0,17+0,032+0,003=0,24mKi.

Nomogramma bo'yicha agar organizmda kun davomida 0,24mKi miqdorida yadroviy portlash mahsulotlari tushsa, nur bilan jarohatlanishni keltirib chiqarmaydi, xizmatchilarning jangovarlik holatini pasaytirmaydi, boshqa holatlami og'irlashtirmaydi, ammo bunday mahsulotlami iste’mol qilish davomiyligi 10 kundan oshmasligi lozim.Zararlangan suvda ovqat mahsulotlarining solishtirma aktivligi haqidagi aniq ma’lumotlami olish uchun (1 litrga yoki 1kg uchun ) olingan namunalar tarkibida RLU (maxsus yashiklarga joylashtirilgan radiologik laboratoriya) bo'lgan markaziy sanitariya-epidemiologiya laboratoriyasiga (MSEL) jo'natiladi. RLU ning hamma jihozlari va anjomlari 5 ta maxsus yashiklarga joylashtirilishi mumkin va ular yordamida laboratoriya jihozlanishi mumkin.

Laboratoriyani tashkil qilishda 3 ta ish joyi tayyorlanadi: 1-laborantpreaparator, uning vazifasiga harbiy qismlar va bo'linmalardan keltirilgan namunalami qabul qilish, qayd qilish, DP-SA asbobi yordamida namunalami birlamchi nazoratdan o'tkazish va keyingi tekshirishlar uchun namunalami tayyorlash (maydalash, tortish, namunalar solingan kuvetalami tayyorlash) ishlari kiradi.

2-texnik dozimetrist, tekshiriladigan namunalaming aktivligini DP- 100 asbobi yordamida o'lchaydi. Lozim bo'lganda u namunalami tekshirishga tayyorlash uchun preparatorga yordam beradi. Ayrim turdagi ovqat mahsulotlari (non, go'sht va boshqa)ni tekshirishda kam deganda2 ta preparat tayyorlash uchun keltirilgan namunalaming umumiy miqdoridan va namunaning ustki qismidan namuna tayyorlanadi, bundan maqsad suv yoki oziq-ovqat mahsulotlari hajmiy yoki yuzaki zararlanganligi haqida xulosa olishdir.

3-RLU boshlig'i-vrachning ish joyi bo'lib, unga RLU ishini umumiy nazorat qilish tekshirish natijalari bo'yicha solishtirma aktivlikni hisoblash, zararlangan suv yoki ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish va iste’mol qilish muddatlari haqida xulosa chiqarish hamda mahsulotlar yuzaki zararlangan bo'lsa, ulami dezaktivatsiya qilish haqida xulosa berish vazifasi yuklatiladi.

- suyuq moddalar maxsus idish (likopcha)ga solinadi;

- 1-2 mm dan katta bo'lmagan to'kiluvchi va sochiluvchi mahsulotlar maxsus idish to'lguncha solinib, so'ngra zichlagich yordamida zichlashtiriladi;

- zarrachalaming kattaligi 2 mm dan katta bo'lsa, uni oldin havonchada yanchib olinadi;

- qattiq yog'lar idishni to'ldirishdan oldin aralashtiriladi yoki eritiladi;

- go'sht, baliq, sabzavotlar qaychi yordamida maydalanadi, so'ngra yanchiladi;

- donali mahsulotlar (non, pishloq va boshqa) shablon yordamida kesiladi.

Idishga solinadigan mahsulotlarning qaliniigi 100 mm bo'lishi kerak. Mahsulotlami zichlashtirishda zichlagichning ifloslanib qolmasligi uchun u bilan mahsulot orasiga kalka qog'ozi qo'yiladi.

NAMUNA AKTIVLIGINI TEZKOR USULDA ANIQLASH

Bu usuldan juda katta miqdordagi namunalaming aktivligi aniqlanishi kerak bo'lgan vaziyatlarda foydalanish tavsiya etiladi. Bu usulda donali mahsulotlami maydalash talab etilmaydi va filtrlar ishlatilmaydi.

Hisoblash quyidagi formula yordamida amalga oshiriladi.

ZAHARLOVCHI MODDALAR BILAN ZARARLANGANLIKNI EKSPERTIZA QILISH

Brigada zvenosida suv, ovqat mahsulotlarini zaharlovchi moddalar bilan ifloslanganligini ekspertiza qilish o‘z ichiga quyidagilami oladi:

1. Joy suv manbalarini va ovqat mahsulotlarini zaharlovchi moddalar bilan zararlanganligining tashqi belgilarini aniqlash uchun ko'zdan kechiriladi (shubha tug‘diradigan tashqi hidlar, shubhali tomchilar, yosimon dogiar, hayvonlaming o‘limtiklari, oigan baliqlar va boshqa).

2. Namunalami olish qoidalari quyidagicha:

a) №1-namuna olish: shubhali dogiar, tomchilar, tuproq, suv yuzasidagi yog‘ izlaridan tampon orqali namuna olish. Olingan namuna og‘zi buralib berkiladigan idishga solinadi. Bu namuna ifloslanishni tasdiqlovchi sinama sifatida boiadi.

b) ovqat mahsulotlaridan namuna olishda namuna mahsulotning idishga tegib turgan yuza qismidan hamda ifloslanish shubha qilingan joylaridan olinadi. Suyuq mahsulotlardan ular yaxshilab aralashtirilgandan so‘ng olinadi. Namunalar polietilen qopchalarga yoki og'zi zich yopiladigan shisha bankalarga 0,5- lkg miqdorda olinadi.

c) suv namunasini olish: namuna manbadagi suv va tubidan batometr yordamida 2 1 miqdorida shisha idishlarga olinadi.

3. Suv va ovqat mahsulotlarida ZM lami aniqlash.

Brigada zvenosida ZM indikatsiya qilish PXR-MV-tibbiy va veterinariya xizmati kimyoviy razvedka asbobi yordamida o'tkaziladi. Asbob bilan tekshiriluvchi namuna tarkibidagi zarin, zoman, iprit, uchxloretilamin, sinil kislotasi, o'zida mishyak tutuvchi ZM, alkaloidlar, og‘ir metall tuzlari, fosgen, difosgen kabi moddalami aniqlash imkoniyatlari bor. Asbob tarkibiga nasos, indikator naychalari boigan qog‘ozli kassetalar, reaktivlari boigan matoli kassetalar, probirkalar, tomizgichlar, qisqich, qaychi, dreksel, qopqoqli shisha sklyankalar kiradi. Shisha sklyanka ichiga reaktiv kukunlari solinib, unga suv yoki ovqat mahsulotlarining sinamalari solinsa va sinama tarkibida shubha tug'diradigan ZM boisa, indikator kukunining rangi o'zgaradi. Har bir ZM ni indikatsiya qilish maxsus ko‘rsatmaga muvofiq o'tkaziladi va bu ko'rsatma asbob tarkibida boiadi.

ZM bilan zararlanganlik haqida to‘liq ma’lumot kerak bo'lganda yoki noma’lum ZM bilan zaharlanish bo'lgan, degan shubha tug'ilganda, namunaning bir qismi MSEL ga jo'natiladi. Chunki MSEL tarkibida MPXL-tibbiy dala kimyoviy laboratoriya bo'lib, turli sinamalardan 120 ta analiz o'tkazish uchun mo'ljallangan. MPXL joylangan idish o'zidan chang va tomchilami o'tkazmaydigan qilib ishlangan va o'z tarkibida barcha zaruriy laboratoriya jihozlariga ega. Uning yordamida quyidagi tekshirishlar bajarilishi kerak:

- : uv, ovqat mahsulotlari, xashak va medikamentlar tarkibidagi ZM ning sifatini aniqlash;

- suvda ZM ning miqdorini aniqlash;

- noma’lum moddalar bilan zararlanganlikni aniqlash (biologik namuna qo'yish orqali);

- degazatsiyaning to'liqligini nazorat qilish.

MPXL ga ximiklar xizmat ko'rsatadi. Barcha tekshirishlar qo'llanmalarga muvofiq bajariladi.

Tekshirish natijalariga ko'ra vrach suv yoki ovqat mahsulotlarini iste’mol uchun yaroqli ekanligi yoki uni degazatsiya qilish lozimligi haqida xulosa chiqaradi. Foydalanish uchun faqat zararlanmagan yoki samarali degazatsiyadan o'tkazilgan suv va ovqat mahsulotlariga ruxsat beriladi.

SUV VA OVQAT MAHSULOTLARINI TO'LIQ DEGAZATSIYA VA DEZAKTIVATSIYA QILINISHLNENG NAZORATI

Dushman tomonidan ommaviy qirg'in qurollari qo'llanilgan sharoitlarida suv va ovqat mahsulotlarining RM, ZM va BV bilan zararlanganlik xavfi yuqori bo'ladi. Zararlangan suv va ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish qism jangchilarining salomatligi va jangovarlik holatlariga jiddiy ta'sir etishi va yo'qotishlarga sabab bo'lishi mumkin. Bunday holatning oldini olish uchun zaruriyat tug'ilganda suv va ovqat mahsulotlarini masxus ishlovdan o'tkazish talab etiladi.

O'zR ning Ichki Xizmat Nizomi va O'zR MV №54-95 Buyrug'iga

muvofiq ommaviy qirg'in qurollari qo'llanilgan sharoitlarda suv va ovqat mahsulotlarini maxsus ishlovdan to'g'ri va to'liq o'tkazilishini nazorat qilish tibbiy xizmat xodimlarining muhim vazifasi hisoblanadi. Shuning uchun vrach maxsus ishlov berish usullari va qoidalarini bilishi, suv va ovqat mahsulotlarini shunday ishlovdan o'tkazilganda, ulaming sifatini nazorat qila olishi va ulardan foydalanish mumkinligi haqida xulosa bera olishi kerak.



Zararlangan suv va ovqat mahsulotlaridan foydalanish mumkinligi haqidagi masalani hal qilish ularni shunga muvofiq ekspertizadan o'tkazilish natijalari asosida bo'ladi. Suv va ovqat mahsulotlariningzararlanmagan qismi bo'lmasa, bu mahsulotlami yo'qotish yoki ularni maxsus ishlovlardan o'tkazish kerak degan masala qo'yiladi. Maxsus ishlov (MI) deb suv va ovqat mahsulotlarini zararsizlantirish uchun qo'llanadigan tadbirlar tushuniladi. Suv va ovqat mahsulotlarini RM dan tozalashga dezaktivatsiya, ZM dan tozalash degazatsiya va bakterial vositalardan xoli qilishga zararsizlantirish deyiladi. Suvni maxsus ishlovdan o'tkazish STP da, ovqat mahsulotlarini maxsus ishlovdan o'tkazish uchun esa maxsus maydonchalar tashkil etiladi. Bunday sharoitda tibbiy xizmat xodimining vazifasiga maxsus ishlov berish usullarining to'g'ri tanlanganligi va maxsus ishlovdan o'tkazishning samarasini baholash kiradi.
Yüklə 13,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin