Rajabov Ibratjon Mavzu: Mustaqillik yillarida O’zbekiston arxeologiyasi reja



Yüklə 233,12 Kb.
səhifə1/3
tarix29.11.2022
ölçüsü233,12 Kb.
#71109
  1   2   3
Mustaqillik yillarida O’zbekiston arxeologiyasi


Rajabov Ibratjon
Mavzu: Mustaqillik yillarida O’zbekiston arxeologiyasi
REJA :
1 .O’zbekistonda arxeologiya fanining paydo bo’lishi va taraqqiyot bosqichlari.
2. O’zbekistonda arxeologiya faniga hissa qo’shgan olimlar .
  • Shaharlarning yubiley tantanalari .
  • Hozirgi bosqichda O’zbekiston arxeologiyasi
  • Arxeologiya sohasia e’tirof

Tarix taqozosi shunday bo’ldiki , O’rta Osiyo mintaqasida markaziy o’rinni egallovchi O’zbekiston hududi qadim zamonlardan boshlab , o’troq dehqonchilik va ularning chorvador ko’chmanchilar madaniyati bilan o’zaro tasirga kirishi jarayoni yuz bergan makonga aylandi . Mazkur sivilizatsiyasining moddiy yodgorliklarini o’zbek tuprog’i o’z bag’rida saqlab kelyapti .
O’zbekiston arxeologiyasini o’rganish davri 3 ga bo’linadi .
1 . Rossiya mustamlakasi davri .
2 . Sovet hukmronligi davri .
3 . O’zbekiston mustaqilligi davri . Rossiya mustamlakasi davrining I bosqichi 1819 – yilda kapitan Muravyov boshchiligidagi arxeologik ekspeditsiyaning yuborilishi bilan bog’liq . Bu ekspeditsiya Xiva xonligi hududidagi turli xil arxeologik yodgorliklarni ro’yxatga oladi . U o’zining ilmiy xulosalarini fransuz , ingliz va nemis tillariga tarjima qilib , bu ilmiy xulosalarga tayangan holda 1 – bo’lib O’zbekiston hududida ibtidoiy odamlar yashaganligi haqida fikr yuritadi .
2). Ikkinchi bosqichda O’zbekiston hududida arxeologik tadqiqotlar anchagina rivojlandi . Unda sobiq SSR fanlar akademiyasining O’rta Osiyo respublikalaridagi filiallari , Lelingrad va Moskvadagi ilmiy tashkilotlar , moddiy madaniyat tarixi akademiyasi , sharq madaniyati muzeyi kabi tashkilotlar O’zbekiston hududida arxeologik tadqiqotlarni olib bora boshladi . 1939 – yildan boshlab fanlar akademiyasi tashkil topgan .
3). Uchinchi bosqich 1945 – yildan keyingi davrlarni o’z ichiga oladi . Bu davrda yuqoridagi ekspeditsiyalar tarkibiga o’zgartirish kiritildi . Yettisuv eksoeditsiyasina - 1944 – 1949 – yillarda Tyanshan Oliy ekspeditsiyasi , 1951 – 1955 – yillarda esa Qirg’iziston arxeologik etnografik ekspeditsiyasi davom ettiradi . 1946 – 1952 – yillarda Farg’ona arxeologiyasini Bernshtant rahbarligida Pomir oloy va Pomir Farg’ona ekspeditsiyalarini o’rgandi 1970 – yilda Farg’ona ekspeditsiysi tashkiletildi O’zbekistonda arxeologiya fani eng yosh ilmiy sohalardan biridir . Shuni qayd etish lozimki , o’lkani tadqiq etishga oid birinchi qadamlar XIX asrning oxiridan boshlab qo’yilgan edi . Avval bu ish bilan havaskor o’lkashunoslar va kalleksionerlar shug’ullanganlar . Faqat 1 marta , 1884-yilda bu yerda markazdan arxeolog olim N . I . Veselovskiy boshchiligidagi arxeologiya hay’ati yuborilgan edi .
O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Akademigi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, Abu Rayhon Berniy nomidagi davlat mukofotining laurenti, tarix fanlari doktori, taniqli tarixchi arxeolog olim, arxeologiya fanining chuqur bilimdoni, tashkilotchi rahbar, ezgulik yo’lini o’zining hayot tamoyili qilib olgan ustoz va bag’ri keng inson, professor Ahmadali Asqarov bu yili 70 ga to’ldi.
Ahmadali maktabda o’qib yurgan kezlaridayoq o’qimishli , hayot achchiq – chuchuklarini tatigan , ustozlari o’gitini olishga intilar , maktab ustozlari tomonidan tavsiya etilga ilmiy va badiiy adabiyotlarni qunt bilan o’qir , ustozlariga chuqur hurmat esa uning hayot tamoyiliga aylangan edi. Maktab kutubxonasidan boshlangan , ilm xazinasi – kutubxonalarga bo’lgan intilish , Ahmadalining bir umrlik turmush tarziga aylandi , uni manaviy kamolotga yetakladi.
Talabalik yillaridayoq o’zbek arxeologiyasining otasi , taniqli olim akademik Yahyo G’ulomovning ilmiy maruzalari va u kishi bo’lgan muloqtlar yosh Ahmadali Asqarovning keyingi hayot yo’lini belgilab berdi. Chunki , ustoz Yahyo G’ulomov institutda O’zbekistonda arxeologiyasidan maxsus kurs o’qitdilar. Talabalik yillarida boshlangan ustoz – shogirdga xos ilk munosabatlar uzoq davom etib , o’zining samarali mahsulini berdi. Bir necha o’n yillar o’tgach , olim o’z hayotida iz qoldirgan ustozi haqida xotirlab shunday yozadi : “Men o’z G’ulomov va Gryaznovlardan saboq olgan bo’lsam , rahbarlik ish faoliyati sirlarini yana bir akademik ustoz Mo’minovdan o’rgandim)”(A.Asqarov) .
Yosh mutaxassisdagi tashkilotchilik qobiliyati , arxeologiya faniga bo’lgan fidoyilik , o’ziga va atrofdagilarga nisbatan talabchanlik , hayotda va ilmdagi prinsipiallik , halol poklik o’sha paytdayoq O’zbekiston FA rahbariyati etiborini o’ziga tortdi. Nihoyat , Ahmadali Asqarov 1970 – yili yangi tashkil etilgan Arxeologiya institutining direktori etib tayinlandi.
Endi Ahmadali Asqarov zimmasida hukumat qarori bilan tashkil etilgan ilm dargohi O’zbekiston FA Arxeologiya ilmiy tadqiqot institutini ilmiy tashkiliy jihatdan uyushtirishdek og’ir va mas’uliyatli vazifa turardi.
Mustaqillik yillarida Ahmadali Asqarov ko’tarib chiqqan masalalardan yana biri bu o’zbek milliy kurashi tarixidir. O’zbek milliy kurashi tarixi juda qadimiydir. Ammo uning ustida sovet hokimiyati davrida hech kim maxsus tadqiqot olib bormadi. Uning turkiy aholi orasida keng tarqalgan juda qadimiy sport o’yinlaridan ekanigiga etibor berilmadi. Xalqimiz to’y – tomoshalarida “farg’ona” va “buxorocha” nomlari bilan keng tarqalgan o’zbek milliy kurashi tarixi bilan qiziqish mustaqillik mafkurasi tufayli kun tartibiga qo’yildi.
Yozma manbalarda o’zbek milliy kurashi tarixi haqida talay malumotlar bor. Ahmadali Asqarov fikricha o’zbek milliy kurashi haqida arxeologik manbalardan tegishli malumotlarni topsa bo’ladi. U mavzuga doir arxeologik materiallarni qidirish maqsadida ko’plab maxsus adabiyotlarni , arxeologik kolleksiyalarni yana bir bor ko’zdan kechirib chiqadi. Izlanishlar davomida bevosita mavzuga tegishli materiallarni monumental devoriy suratlardan va amaliy san’at namunalardan topadi.
Hozirgi kunda ustoz ixtiyorida o’z ilmiy tahlilini kutayotgan 7 ta arxeologik topilma bor.
Nikshapa (Naxshab) – Nasaf – Qarshi . Bu kichik bir vohada necha bor vayron bo’lib , yana qayta tiklangan qadimgi o’rta asr shahrining 3 nomi . Qarshi , shubhasiz , O’rat Osiyoning Buxoro , Samarqand , Termiz , Toshkent va Xiva kabi uzoq qadimda barpo bo’lib , hozirga qadar yashab kelayotgan kam sonli shaharlar sirasiga kiradi .
Sug’diyona Ahamoniylar davridayoq (Miloddan avvalgi IX – VIII asrlarda ) o’ziga xos davlat uyushmasidan iborat bo’lgan . U 3 ta asosiy qismdan – bosh markazi Maroqanda (Samarqand) bo’lgan Sug’dning o’zi , Nikshapa – Yerqo’rg’on hamda asosiy markazi Keshning Uzunqir ko’hna shahriga (hozirgi Shahrisabz) mos keluvchi Nautakadan tarkib topgan .

Yüklə 233,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin