Raqamli iqtisodiyotning qishloq xo’jaligiga tatbig’I



Yüklə 23,11 Kb.
səhifə1/2
tarix08.04.2022
ölçüsü23,11 Kb.
#54994
  1   2
Холмуродом М секция-8


RAQAMLI IQTISODIYOTNING QISHLOQ XO’JALIGIGA TATBIG’I

Axmedov A.

“TIQXMMI”MTU dotsenti

Xolmurodov M.

“TIQXMMI”MTU 1-kurs magistranti

Annotatsiya: Ushbu maqola raqamli iqtisodiyotdagi xavflar, muammolar va ularni bartaraf etishga qaratilgan hamda qishloq xo’jaligida raqamli iqtisodiyotni qo’llashning muvaffaqiyati to’g’risida.

Kalit so’zlar: raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, kibr hujum, qishloq xo’jaligi
Kirish. Hozirgi kunda yurtimizda “raqamli iqtisodiyot” degan jumlaga ko’p duch kelyabmiz. Buning ma’nosini chuqurroq anglashimiz uchun uning nazariy jihatdan ta’rifi bilan tanishsak. Raqamli iqtisodiyot - bu xo'jalik faoliyatini yuritish jarayoni bo'lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinshidagi ma'lumotlar hisoblanib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko'rsatish, elektron to’lovlarni amalga oshirish, internet savdo va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir.

Hozirgi kunni innovatsion texnologiyalar davri desak xato bo’lmaydi. Qaysi sohaga qaramasak axborot texnologiyalarga muhtojlikni sezamiz. Chunki ularning mavjudligi ishning unumini samarasini beradi.

Raqamli iqtisodiyot hamda axborot texnologiyalari bir biri bilan chambarchars bog’liq. Chunki axborot texnologiyalari raqamli iqtisodiyot negizidir.

Albatta, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, zamonaviy texnologiyalarning hayotimizga tadbiq etilishi har bir inson hayotida ko'plab ijobiy imkoniyatlar berishi mumkin. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi ortidan inson, unga kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi, internet orqali o'ziga kerakli mahsulotlarni arzon sotib olish bilan ko'plab pul mablag'larini tejashi mumkin. Masalan biron bir kitobning elektron ko'rinishda sotib olish Sizga, shu kitobni chop etilgan ko'rinishini sotib olish ancha arzonga tushishi mumkin. Yoki bo'lmasa oddiy iste'molchi o'zi ham tadbirkor bo'lishi, uyidan chiqmagan holda onlayn savdo-sotiq bilan shug'ullanishi mumkin.

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini boshqa afzalliklari quyidagicha bo'lishi mumkin:


  • ishlab chiqarishda mehnat samadorligini oshishi;

  • kompaniyalarning raqobatbardoshligini o'sishi;

  • ishlab chiqarishdagi harajatlarning kamayishi;

  • yangi ish o'rinlari yaratilinishi;

  • yangi zamonaviy kasblar paydo bo'lishi;

  • kambag'allikni yengish va ijtimoiy tengisizlikni yuqolishi.

Hamma narsani yaxshi tomoni bo’lganidek raqamli iqtisodiyotning ham kamchiligi bor. Bular:

-Kiber hujum xavfi;



-ishsizlikni oshishi kabilardir.

"Raqamli" davlatlar bugungi kunda Norvegiya, Shvetsiya va Shvetsariya hisoblanishadi. Raqamli iqtisodiyot rivojlangan 10 ta davlatlar qatoriga AQSH, Buyuk Britaniya, Daniya, Finlandiya, Singapur, Janubiy Koreya va Gonkong kiradi.

Savol tug’ilishi mumkin raqamli iqtisodiyotning qishloq xo’jaligiga nima aloqasi bor deb. Masalan axborot texnologiyalarini dexqonchilikda qo’llasak bizga foyda bermaydimi? Masalan sarf xarajatlarni, olingan foydani, ko’rilgan zararlarni o’zida ifoda etadigan bir baza bo’lsa ish unumi, topgan daromadimiz oshishiga xizmat qilmaydimi? Agar barcha ma’lumotlarni bir joyga yi’ga oladigan baza bo’lsa qidirilayotgan raqamlar tez topiladi. Olingan daromad to’g’ri hisoblanadi. Ko’rilgan foyda va zararlardan kelib chiqib ishlash texnologiyasiga o’zgartirishlar kiritiladi yoki yangilanadi.

Dunyo tajribasini o'rganish natijasida shu narsa aniq bo'ldiki, raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotda davlat(hukumat) bozor "o'yin" qoidalarini o'yinning barcha ishtirokchilari uchun belgilaydi va bunda davlatning eng muhim vazifasi sifatida o'yin ishtirokchilari uchun bir xil, teng huquqli va imkoniyatli sharoit yaratib berish hisoblanadi. Ya'ni, bozorda katta kompaniya bo'ladimi yoki kichik biznes, ular teng huquqli hisoblanadi. Ularga bir xil imkoniyatlar beriladi. Davlat qoidalarga amal qilinishi va oxir oqibatda oddiy iste'molchi sifatli, zamonaviy xizmat yoki mahsulot olishi ta'minlanadi. Demak, raqamli iqtisodiyot rivojlanishi uchun davlat hamma uchun teng sharoit yaratib berishi, iloji boricha bozor qoidalari, qonunlar, shartnomalar shaffof bo'lishi, qonunlar bozor talabidan kelib chiqqan holda(ya'ni bozordagi rivojlanish tendensiyalarini oldindan aniqlay olishi va kerakli normativ hujjatlarni qabul qilishi) o'yin ishtirokchilari uchun erkinlik berishi zarur.

Ta’kidlash joizki, yurtimizda raqamli iqtisodiyot rivojlanishi sustroq. Bunga ko’p omillar misol bo’la oladi. Ulardan biri kadrlarning malakasidir. Yurtimizda imkoniyat mavjud lekn undan foydalanish uchun malakali mutaxassislar yetishmayabti. Yana bir omil internet tezligi pastligi hamda narxdagi muammolar. Haligacha yurtimizning barcha joylarida internet bilan muammolar bog’liq. Aksariyat qishloq xo’jaligi esa yurtimizning chet joylarida tashkil etilgan. Axborot texnologiyalari xavfsizligi yaxshi emasligi ham bir omildir. Hozirgi kunda hakerlarning yoki qo’shtirnoq ichidagi firibgarlarning hujumi ko’oayib ketgan. Bu esa raqamli iqtisodiyotning eng katta xavflaridan biridir. Demak raqamli iqtisodiyotni qo’llash uchun yuqorida aytilgan omilarni yechimini topsak qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun yo’l ochiladi. Masalan: internet tezligi uchun qurilmalarni yaxshilasak, kadrlarni tayyorlash uchun chet ellik malakali IT mutaxassislari bilan shartnoma tuzib ularni o’qitish tizimini joriy etsak, axborot xavfsizligi uchun qo’shimcha himoyani kuchaytirsak maqsadga muvofiq bo’lar edi.

Shuni yodda tutishimiz joizki, raqamli iqtisodiyot rivojlanishi uchun davlat hamma uchun teng sharoit yaratib berishi, iloji boricha bozor qoidalari, qonunlar, shartnomalar shaffof bo'lishi, qonunlar bozor talabidan kelib chiqqan holda(ya'ni bozordagi rivojlanish tendensiyalarini oldindan aniqlay olishi va kerakli normativ hujjatlarni qabul qilishi) o'yin ishtirokchilari uchun erkinlik berishi zarur.

O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotga kirish uchun 2021-yil 15-iyunda Vazirlar Maxkamasi tomonidan qabul qilingan “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish” deb nomlangan qarorni misol qilishimiz mumkin. Shu o’rinda reyting baholashga ta’rif bersak.
Yüklə 23,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə