Ravish so’z turkumi va uning o’rgalinish tarixi. Umumiy xususiyatlari



Yüklə 39 Kb.
tarix15.06.2023
ölçüsü39 Kb.
#130857
33-mavzu


Ravish so’z turkumi va uning o’rgalinish tarixi .Umumiy xususiyatlari
Harakat yoki holatning belgisini ifoda qiluvchi mustaqil so'zlar turkumiga ravish deyiladi. Ravishlar asosan fe'lga bog'lanib keladi. Ular harakat holatning bajarilish tarzini (tez ishladi, sekin ishladi) harakatning miqdoriy belgisi (ko'p yurdi, oz yurdi, oz so'zladi), harakatning payti (tunov kun keldi, ertalab ketdi), harakatning o'rni (allaqayoqdan qo'ng'iroq qildi), harakatning sababi (noiloj rozi bo'ldi), harakatning maqsadi (atayin aytmadi) kabilarni ifoda etadi.
Shuning uchun ular gapda hol vazifasini bajaradi. Ravishlar ba'zan otga bog'lanib keladi. Bu vaqtda u gapda sifatlovchi vazifasini bajaradi.
Ravishlar daraja ifodalash xususiyatiga ega (kam gapirdi- oddiy daraja), kamroq so'radi (qiyosiy daraja), juda ko'p biladi (orttirma daraja).
Ravishlar maxsus yasovchi qo'shimchalarga ham ega: ruh (ot), ruhan (ravish), yangi (sifat), yangicha (ravish).

  1. Ravishlarning ma'no va grammatik jihatdan turlari.

Ravishlar ma'no va grammatik jihatdan olti guruhga bo'linadi: 1) holat ravishi; 2) miqdor ravish va daraja ravish; 3) payt ravish; 4) o'rin ravish; 5) sabab ravish; 6) maqsad ravish.
Holat ravishi ish-harakatning qanday holatda va qanday kimga va nimaga o'xshatib bajarilishini ifodalaydi.
U qanday? qanday qilib? kimdan? nimadan? so'roqlarga javob bo'ladi: asta, sekin, jim, yayov, piyoda, ochin-to'kin, xomligicha, darhol, birdan, qo'qisdan, majburan, tasodifan, yaqqol, qahramonlarcha, yangicha, qatorasiga, yonma-yon, bittalab, qushday kabi.
Holat ravishlari asosan uch vazifada -hol, aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi.
Masalan: Mirza ota sovib qolgan choyni birdan shimirdi. Xona jim-jit, hamma unga qarar.
Miqdor va daraja ravishlari ish-harakat yoki belgining miqdorini, kuchini shuningdek, predmetning noaniq miqdorini anglatadi. Miqdor va daraja ravishlari qancha? qay daraja? kabi so'roqlarga javob bo'ladi. Miqdor va daraja ravishlari ma'noga ko'ra yo miqdor tushunchasini ifodalaydi, yoki boshqa so'zning faqat ma'nosini kuchaytiradi. Shunga ko'ra bu gurux ikkiga bo'linadi:
1) Miqdor ravishi; 2) Daraja ravishi.
Miqdor ravish harakat yoki predmetning noaniq miqdorini anglatadi: ko'p, oz, kam, bir oz, sal, picha, qitak, xayol kabi.
Daraja ravishi harakat yoki belgi ma'nosini kuchaytiradi: juda, g'oyat, nihoyatda, har qancha, oz-muncha, sira, aslo, kabi.
Miqdor va daraja ravishlari gapda ko'pincha hol vazifasini bajaradi:
O'rmonjon akamning bir gaplari sira-sira esimdan chiqmaydi.
Miqdor va daraja ravishlari gapda ot bilan bog'lanib, uning aniqlovchisi bo'ladi. Bu vazifa holga nisbatan kamroq uchraydi: Ko'p gap quloqqa ёqmas.
Miqdor-daraja ravishlari gapning kesimi vazifasini bajarishi mumkin: Viloyatimizda bu yil paxtadan mo'l hosil olgan brigadalar ko'p.
Bu kabi ravishlar otlashganda esa to'ldiruvchi va qaratqich vazifasini ham bajaradi. Masalan: Ko'pdan quyon qochib qutilmas (Maqol) kabi.
Payt ravishi. Ish-harakatning bajarilish paytini anglatadi. Payt ma'nosidagi ot ham harakatning bajarilish paytini ifodalaydi, ammo ot orqali ifodalangan payt ma'nosi konkret, ravish orqali ifodalangan payt ma'nosi esa abstrakt bo'ladi. Shuning uchun nutqda ish-harakatning sodir bo'lgan payti ravish bilan ifodalangandan so'ng, bu ma'no ot orqali izohlanishi, konkretlashtirilishi mumkin.
Masalan: Bugun 25 may kuni, to'garak a'zolarining yig'ilishi bo'ladi.
Payt ravishlariga: tunov, kun, xanuz, hali, so'ngra, butun, avval, oldin, kechasi, tezda, yaqinda, yiliga, hech qachon, har kuni, ko'pi bilan, erta-indin, qishin- yozin kabi so'zlar kiradi.
Payt ravishi hol yoki kesim vazifasini bajaradi.
O'rin ravishi. Ish-harakatning bajarilish o'rnini anglatadi.
O'rin ravishining ma'nosi o'rin ma'nosini ifodalaydigan otning ma'nosiga nisbatan abstrakt, umumiy bo'ladi. O'rin ravishlariga: nari, beri, unda-bunda, allaqayerdan, buyoqqa, u ёqqa! kabi so'zlar kiradi.
Yüklə 39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin