R=const bo‘lgandagi issiqlik keltiruvchi Gaz turbina qurilmasining sikli Reja



Yüklə 101,88 Kb.
səhifə1/3
tarix09.06.2023
ölçüsü101,88 Kb.
#127472
  1   2   3
13.R=const bo‘lgandagi issiqlik keltiruvchi Gaz turbina qurilmasining sikli


R=const bo‘lgandagi issiqlik keltiruvchi Gaz turbina qurilmasining sikli

Reja:


  1. Gaz turbina qurilmasi.

  2. Yoqilg’i o’zgarmas bosimda yonadigan GTQ va uning sikli

Gaz turbina qurilmasi. P=const, V=const dagi gaz turbina qurilmalarining sikllari. Bu qurilmalarning F.I.K. va uning oshirish yo‘llari. Bug’ turbina qurilmalarining sikllari.



    1. Asosiy tushunchalar

Porshenli ichki yonuv dvigatellarining asosiy kamchiligi katta quvvatni bitta agregatda to’plash va ishchi jismni atmosfera bosi­migacha adiabatik kengaytirish imkoniyatining bo’lmasligidir. Suyuq yoki gazsimon yoqilg’ining yonish mahsulotlari ishchi jism bo’lgan gaz tur­bina qurilmalarida bunday kamchiliklar bo’lmaydi. Yuqori bosim va temperaturali ishchi jism yonish kamerasidan soploga yo’naltiriladi. Unda kengayib, katta tezlikda gaz turbinasi kuraklariga kiradi va uning kinetik energiyasidan mexanik ish olinadi.
GTQ porshenli dvigatellardan bir muncha avfzalliklarga ega. Ular nisbatan kam massali, kichik o’lchamli, sovitish suyuqligi va moy sarfi kamligi uchun xalq xo’jaligining turli sohalarida keng qo’llanilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda gaz turbinalari aviatsiya, kemasozlik, temir yo’l transportida ishlatiladi va asta-sekin energetikaga joriy etilmokda. Gaz turbinalarini yirik energetik qurilmalarda chekli qo’llanilishiga asosiy sabab shuki, zamonaviy konstruktsion material­larning issiqlikka bardoshligi yetarli bo’lmaganligidan turbina porshenli tipdagi ichki yonuv dvigatellariga qaraganda ancha past temperaturalar sohasida yaxshi ishlay oladi, bu esa qurilmaning termik f.i.k. qiymatining pasayishiga olib keladi. Mustaxkam va issiqqa chidamli yangi materiallar yaratishdagi bundan keyingi yutuklar gaz turbinani ancha yuqori temperaturalar sohasida ishla­shiga imkon beradi. Umuman GTQ istiqbolli dvigateldir va uning qo’llanilishi energetikani rivojlanishiga katta hissa qo’shadi.
Gaz turbinalari ikkita asosiy turga bo’linadi:
yoqilg’i P=const da yonadigan GTQ , yoqilg’i =const da yonadigan GTQ.
Yoqilg’i o’zgarmas bosimda yonadigan GTQ va uning sikli
17.1-rasmda yoqilg’i P = const da yonadigan GTQ sxemasi tasvirlangan. Umumiy valda gaz turbinasi - I, kompressor-2, yonilg’i naso­si- 3 va energiya istehmolchisi - 4 o’rnatilgan. Kompressor atmosfera havosini so’radi, uni kerakli bosimgacha siqadi va yonish kamerasi -5 ga yuboradi. SHu kameraga yonilg’i nasosi vositasida bak-9 dan yoqilg’i beriladi yoqilg’i gazsimon bo’lsa, nasos o’rniga gazaviy kompressor ishlatiladi.
Yoqilg’i yonish kamerasida 1 da yonadi. Yonish mahsulotlari gaz tur­bina soplolari-6 da kengayib, turbina kuraklari-7 ga kiradi, u yerda ish bajaradi va so’ngra chiqarish patrubogi-8 orqali atmosfe­raga chiqarib yuboriladi. Ish bajargan gazlar bosimi atmosfera bo­simidan bir oz yuqori bo’ladi.

17.1 - rasm.
17.2 - va 17.3 - rasmlarda va P- va TS- diagrammalarda GTQ ning P=const da issiqlik berilishi bilan boradigan ideal sikllari tasvirlangan. Bu siklda ishchi jismdan issiqlik olinishi o’zgarmas bosimda amalga oshadi.
P T

3 3
q1



2
P3 2 4

P2
1 4 1
q2
S

Yüklə 101,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin