Real sektorda servis tizimi xizmatlarinig sifati va samaradorligi



Yüklə 41,19 Kb.
səhifə1/4
tarix19.03.2023
ölçüsü41,19 Kb.
#88794
  1   2   3   4


Mavzu: Xizmatlar sohasini davlat tomonidan tartibga solish: maqsadlar, asosiy yunalishlar, muammolar
Kirish
Reja:
1. Real sektorda servis tizimi xizmatlarining sifati
2. Real sektorda xizmat ko’rsatish sifati ko’rsatkichlari tizimini takomillashtirish.
3. Servis korxona va tashkilotlarida ishlab chiqarishni hamda marketing xizmatlarini rejalashtirish
4. Real sektordagi servis korxonalarida mehnatning mohiyati, mehnat munosabatlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Iste’molchining xizmatdan qoniqish darajasi xizmat sifati, bajarilishi va xizmat natijasiga bog’liq bo’ladi. Xizmat sifati – bu, iste’molchining belgilangan va ko’zda tutilayotgan ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini aniqlovchi xizmatlarning tavsiflari yig’indisidir. Xizmat sifati ko’pchilik holatlarda iste’molchilarga xizmat ko’rsatish sifatiga bog’liq. Xizmat ko’rsatish sifati – bu, iste’molchining belgilangan va ko’zda tutilayotgan ehtiyojlarining qondirilishini ta’minlaydigan jarayon va xizmat ko’rsatish sharoitlarining tavsiflari yig’indisidir. Xizmatlar iste’molchiga xizmatning bajaruvchisi va iste’molchisi o’rtasida tuziladigan pudrat shartnomasi (moddiy xizmatlar uchun) va xizmat ko’rsatish shartnomasi (ijtimoiy-madaniy xizmatlar uchun) asosida taqdim qilinadi. Xizmatlar sifatiga shartnoma shartlariga rioya qilish (bajarilgan ishlar nomenklaturasi, muddatlar, ishlar sifatiga talablar) orqali baho berish mumkin. Barcha taqdim etilayotgan xizmatlar normativ talablarga mos kelishi lozim. Xizmatlar bajaruvchisi davlat standartlari texnologik reglamentlar, sanitar, yong’inga qarshi qoidalar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan xizmatlar sifati ularning hayot, insonlar sog’lig’i, atrof-muhit va mulkka xatarsizligi bo’yicha majburiy talablarga rioya qilishi shart. Xizmatlar sifati ularning iste’mol xususiyatlari orqali aniqlanadi va tovarlar sifatiga qaraganda qiyin kategoriya bo’lib hisoblanadi, chunki iste’molchi nafaqat xizmat natijasini o’zlashtiradi, balki qator holatlarda uni ko’rsatish ishtirokchisi bo’lib ham hisoblanadi.
Undan tashqari, ko’pchilik tovarlar bir andozada va iste’molning standart sharoitlariga mo’ljallangan hisoblanadi, xizmatlar esa iste’molchining shaxsiy holatini inobatga olgan xolda yakka tartibda ko’rsatiladi. Xizmat (xizmat ko’rsatish) xususiyatlari – bu, xizmatning (xizmat ko’rsatishning) ob’ektiv xususiyatlaridir. U uni ko’rsatish va iste’molida (xizmat ko’rsatishni amalga oshirishda) namoyon bo’ladi. Xizmatlar va xizmatning ko’rsatkichlari sifati, sifat ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi.
Xizmat (xizmat ko’rsatish) sifat ko’rsatkichi – bu, ularning sifatini tashkil etuvchi xizmatning (xizmat ko’rsatishning) bir yoki bir necha xususiyatlarining son tavsifidir.



Yüklə 41,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin