Referat mavzu: Suyuqlik va gazning harakati Tayyorladi: suyuqlik



Yüklə 238,26 Kb.
səhifə1/4
tarix12.06.2023
ölçüsü238,26 Kb.
#128736
növüReferat
  1   2   3   4
Suyuqlik va gazning harakati


NAVOIY SHAHAR KASB HUNAR MAKTABI 11 OTSI 3 GURUH


REFERAT

Mavzu: Suyuqlik va gazning harakati



Tayyorladi: _____________________________


SUYUQLIK VA GAZNING HARAKATI
Reja:
1.Suyuqliklar harakatini xarakterlovchi kattaliklar.
2.Bernulli qonuni.
3.Ichki ishqalanish (yopishqoqlik).

1.Suyuqliklar harakatini xarakterlovchi kattaliklar. Suyuqlik (yoki gaz) qatlamlarining nisbiy harakatida bu qatlamlar orasida biror katlamlarning harakatini sekinlashtiruvchi va boshqa biror qatlamlarning harakatini tezlashtiruvchi kuchlar hosil bo`ladi. Suyuqlikning bir qatlami ikkinchisiga tasir qiladigan kuch ichki ishqalanish kuchi yoki yopishqoqlik kuchi deyiladi. Ichki ishqalanish kuchining kattaligiga qarab moddalar yopishqoq va yopishqoqmas moddalarga bo`linadi. Suyuqlik (gaz) unda jismlarning harakatlanishiga to`sqinlik qiluvchi kuch qarshilik kuchi deyiladi. Qarshilik kuchi jismning shakliga, ko`ndalang kesimining yuzasiga, jism harakatlanaiotgan suyuqlikning (gazning) harakat tezligiga va jinsi turiga bogliq bo`ladi. Jumladan, havodagi qarshilik kuchini aerodinamik qarshilik deyiladi.
Ma’lum tezlikkacha (kritik tezlik deiiladigan tezlikkacha) suyuqliklarning qatlamlari bir–biriga nisbatan sirpanadi, yani oquvchi suyuqlik (gaz) qatlamlarining nisbii harakati buzilmaydi. Bunday oqim qatlamli yoki laminar oqim deyiladi. Oqim tezligi kritik tezlikdan ortib ketganda sirpanayotgan qatlamlarning o`zaro tasiri suyuqlik (gaz) zarralarining nisbiy joylashishini o`zgartiradi, uyurmalar hosil bo`ladi. Bunday harakat uyurmali yoki turbulent harakat deyiladi.
Agar suyuqlik oqayotgan trubaning tarmoqlari bo`lmasa, u holda trubaning ihtiyoriy kesimidan o`tayotgan suyuqlik miqdori bir hil bo`ladi; aks holda uzoq muddat suyuqlik oqqanda bazi joylarda suyuqlik to`planib qolgan, bazi joylarda esa oqim uzilgan bo`ladi. Shunga muvofiq, ishqalanish bo`lmaganda vaqt birligi ichida bir joydan oqayotgan suyuqlik hajmi  vaqt birligi ichida ikkinchi joyda oqayotgan  suyuqlik hajmiga teng bo`ladi, yani  . Bunday shartni qanoatlantiradigan oqim stasionar oqim deiiladi. Bundan stasionar oqimda suyuqlikning harakatlanayotgan zarralarining tezligi truba kesimining yuziga teskari proporsional bo`lishi kelib chiqadi.


Yüklə 238,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin