Referat mavzu: Umum taʼlim maktablarida tasviriy sanʼat fanini oʻrganish Qabul qildi : Karimov A



Yüklə 157,5 Kb.
səhifə1/4
tarix10.11.2022
ölçüsü157,5 Kb.
#68452
növüReferat
  1   2   3   4
Umum taʼlim maktablarida tasviriy sanʼat fanini oʻrganish



Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti
3-bosqich S 0801-20 guruh talabasi Normatova Barchinning "Tasviriy sanʼatni oʻqitish metodikasi" fanidan
REFERAT
Mavzu: Umum taʼlim maktablarida tasviriy sanʼat fanini oʻrganish


Qabul qildi : Karimov A.
Topshirdi : Normatova B.
Umum taʼlim maktablarida tasviriy sanʼat fanini oʻrganish

Reja:
1. Tasviriy san’at mashg’ulotlari mazmunini davlat ta’lim standarti bilan bog’liqligi.
2. Maktablarda tasviriy san’at darslarining mazmuni.
3. Maktabda tasviriy san’at mashg’ulotlarining turlari.
4. Mashg’ulot turlarining vazifalari.
5. 1-4 sinflarda tasviriy san’at mashg’ulotlari mazmunining o’ziga xos xususiyatlari.
Tayanch so’z va iboralar: Umumiy o’rta maktab, tasviriy san’at, mashg’ulotlar, mashg’ulotlar maqsadi, ta’limiy maqsad, tarbiyaviy maqsad, rivojlantiruvchi maqsad, mashg’ulot turlari, ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar, boshlang’ich sinflar.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at o’quv predmetining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan va ta’limning davlat standartlariga asoslangan holda ta’lim mazmuni aniqlanadi. Tasviriy san’at dasturida uning quyidagi besh turi belgilangan:
1. Borliqni idrok etish (1-4 sinflarda). 2. Badiiy qurish-yasash (1-4 sinflarda). 3. San’atshunoslik asoslari (5-7 sinflarda). 4. Naturaga qarab tasvirlash (1-7 sinflarda). 5. Kompozitsion faoliyat (1-7 sinflarda).
Borliqni idrok etish o’quvchilarning estetik idroki, didi, mazkur sohaga doir tushunchalari, tasavvur va xotiralarni o’stirishda muhim rolь o’ynaydi. Borliqni idrok etish mashg’ulotlari odatda mavzuli kompozitsiyalarni bajarishdan oldin o’tkazilib, unda tabiatdagi va tevarak-atrofdagi nafislik va go’zallikni ko’ra bilish, idrok etish natijasida olingan tassurotlardan amaliy badiiy-ijodiy faoliyatlarda foydalanish nazarda tutiladi. SHuningdek, tabiatga qilingan sayohat jarayonida zarur hollarda ayrim ob’ekt va hodisalarni qalam, bo’yoq va boshqa badiiy materiallar yordamida xomaki rasmlari ham ishlanadi.
Bunday darslarda bolalar sinf va sinfdan tashqarida o’simliklar, hayvonlar, qushlar, baliqlarni kuzatadilar, tabiatning turli fasllardagi ko’rinishlari, kafiyati (quvonchli, g’amgin, o’ychan va hokazo) haqida tasavvurga ega bo’ladilar. Boshlang’ich sinflarda borliqni kuzatish va ular haqidagi suhbatlar o’quvchilarga hayotdagi ba’zi bir hodisalarni kengroq bilib olishga yordam beradi. U narsalarning shakli, tuzilishi, rangi kabilarni ma’lum miqdorda tahlil qilish va umumlashtirishdek muhim sifatlarni o’stirishga ham imkon beradi.
Tabiat va borliqni kuzatish jarayonida bolalarni uni sevishga, asrashga o’rgatiladi. Tabiatga qilingan sayohatlarda ularning ayrim jihatlari fasllarga bog’liq holda o’zgarib turishligi bolalarga tushuntiriladi. SHuningdek, bunda bolalarni fazoziy tasavvurlari ham o’stiriladi va planlik, chiziqli va havo perspektivasiga qam e’tibor beriladi. Borliqni kuzatish bevosita tasviriy ijodiy faoliyat bilan bog’liq ekanligi, borliqni bilmasdan turib sifatli tasviriy ishlarni bajarish mumkin emasligi bolalar ongigi yetkaziladi.
Borliqni idrok etish mashg’ulotlarini vazifalariga rioya qilgan holda quyidagi mazmunda mashg’ulotlar o’tkazish nazarda tutiladi: 1. Kuz, qish, bahor fasllarida tabiatni o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish; 2. Gullar, hashoratlar, dekorativ baliq va qushlarni kuzatish: 3. Tabiat mo’’jizalari, bahorgi va kuzgi ishlar bilan tanishish v.b.
Yuqorida qayd qilinganidek, bunday mashg’ulotlardan maqsad bolalarni borliqni bilish, undagi narsa va hodisalarni o’ziga xos xususiyatlarini, ayniqsa, tuzilishi, shakli, rangi, o’lchovlari, o’lchov nisbatlari, fazoviy holatlari, ularni yil fasllariga qarab o’zgarishlarini anglab yetishlariga erishishdan iboratdir. O’rganish zarur bo’lgan ob’ektlarni naturadan kuzatishning imkon bo’lmagan taqdirda o’qituvchi darsda bolalarni san’at asarlarining reproduktsiyalari, slaydlari, foto nushalarini namoyish etish orqali o’z maqsadiga erishadi.
Boshlang’ich sinf tasviriy san’at darslarida o’quvchilarning qiziqishlari va ijodkorliklarini oshirish va rassomchilikda ishlatiladigan turli materiallar bilan kengroq tanishtirish maqsadida badiiy qurish-yasash ishlari ham olib boriladi.
Tasviriy faoliyatning bu qiziqarli turi uchun dasturda alohida soatlar ajratilgan bo’lib, ular mashg’ulotlar mazmunini yanada boyitadi. Qurish-yasash uchun asosan uch xil materiallardan foydalanish nazarda tutiladi:
1.Badiiy materiallar (rangli qog’ozlar, folьga, gulqog’ozlar, plastilin, loy v.b.).
2.Tabiiy materiallar (daraxt barglari, shoxlari, ildizlari, po’stlog’lari, meva va sabzavotlarning urug’lari, rangli toshchalar, bug’doy va arpa poyalari v.b.).
3.Tashlandiq materiallar (ichimlik va dori darmondan bo’shagan sintetik idishlar, gugurt qutichalar, po’kak, penoplast, idish qopqoqlari) v.b.
Badiiy qurish-yasash mashg’ulotlarida bolalarni qaychi bilan ishlash, kley yordamida yelimlash, qog’ozlarni narsalar shakliga mos holda buklash, o’rash, ayrim badiiy tashlandiq va tabiiy materiallarni bir-birlariga yaqinlashtirish, qo’shish orqali tasvir yaratish kabi malakalar hosil qilinadi. Bu malakalarni hosil qilish boshlang’ich sinflar dasturida bir qator topshiriqlarni bajarishni nazarda tutadi. Ular quyidagilardan iborat:
Turli shakldagi qalamdon, quticha, havo shari, bayroqcha, choynak, lagan, mashina, samolyot, raketa va shu kabi narsalarni rangli qog’oz va kartondan tasvirini yasash; hashoratlar - tilla qo’ng’iz, ninachi, kapalak v.b.larni rangli qog’ozlarni qirqish orqali hosil qilish; rangli qog’ozlarni qirqish, buklash va yelimlash yo’li bilan osma o’yinchoqlar tayyorlash; tabiiy materiallar yordamida baliq, hashorat, qush, hayvonlarning tasvirlarini hosil qilish; rangli qog’oz, badiiy va tashlandiq materiallardan applikatsiya, kollaj, papьe-mashьe, aralash usulda mazmunli kompozitsiyalar (masalan, "Ko’chada", "Kosmodromda",) ishlash; tashlandiq materiallar - sim, ip, kanop, gazlama parchalari, plasmass idishlar, gugurt qutichalari, po’kak, penoplast, idish qopqoqlari yordamida uncha murakkab bo’lmagan transport (qayiqcha, pirpirak, mashina, traktor v.b.), qushlar (qaldirg’och, to’ti, g’oz, chumchuq, laylak, o’rdak, sa’va v.b.), hayvonlar (tulki, bo’ri, quyon, ayiq, yo’lbars, it, sher v.b.) ning o’yinchoq tasvirlarini ishlash; quritilgan barglar, rangli qog’ozlar, shoxlar yordamida ochilgan gul, gullagan daraxt shoxchasi tasvirini tayyorlash v.b.
Badiiy qurish-yasash ishlarida eng muhim vazifalardan biri badiiy, tashlandiq materiallarning o’ziga xos jihatlarini (qattiq, yumshoq, mo’rt, egiluvchan, og’ir, yengil, och, to’q, v.b.) bilish hamda ular bilan ishlaganda o’lchov va o’lchov nisbatlarini, tuzilishi, shakli ranglarini to’g’ri belgilash talab etiladi.
SHuningdek, qurish-yasash ishlarida qo’llanadigan o’quv qurollari va materiallarni bilish, tabiiy, badiiy, tashlandiq materiallarni bir-birlaridan farqlay olish ham talab etiladi.
Narsalar shaklini ko’ra olish ham badiiy faoliyatning bu turi vazifasiga kiradi. Bunday ishlarni bajarganda ish joyini ozoda batartib tuta bilishga ham o’rgatiladi.

Yüklə 157,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin