Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Sirtqi bo’lim
Ro’yxatga olishdi
Yuriprudentsiya ta’lim yo’nalishi
2-kurs talabasi
Shokirov Islomning
Jinoyat huquqi fanidan
“Yarashilganlik munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish”
mavzusidan yozilgan
REFERATI
Mavzu:“Yarashilganlik munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish”
Reja
1.Jinoiy javobgarlikka tortish
2. Yarashilganlik munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish
3.Xulosa
4.Foydalanilgan adabiyotlar
Jinoiy javobgarlikka tortish
Milliy qonunchilikka yarashuv instituti kiritilganiga ham yigirma yilga yaqinlashdi. Oʻtgan yillar mobaynida mazkur institut fuqarolar manfaatlariga xizmat qilib kelmoqda. Shu bilan birga, uning samarali jihatlari inobatga olinib, taʼsir doirasi kengaytirilmoqda.
2001-yil 29-avgustdagi “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun bilan Jinoyat kodeksi 66-1-modda bilan toʻldirilib, yarashganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish instituti joriy etildi.
Yarashuvni birinchi marta jinoyat sodir qilgan shaxslarga qoʻllash mumkin edi. 2004-yilda esa yarashuv instituti rivojlantirilib, “birinchi marta”, degan soʻzlar qonundan chiqarib tashlandi. Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishni qoʻllash mumkin boʻlgan jinoyatlarning doirasi yana-da kengaytirildi.
Yarashuv instituti shartiga koʻra, jinoyat sodir etgan shaxs, agar u oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. Bunda, eng muhimi, aybdor bilan jabrlanuvchining yarashganligidir. Yarashish toʻgʻrisidagi tashabbus aybdor yoki jabrlanuvchi tomonidan boʻlganining ahamiyati yoʻq.
Shuningdek, qonunda yarashuvni qoʻllashni istisno etuvchi qoida ham mavjud boʻlib, ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.Yarashuv instituti joriy qilinganidan hozirgi kunga qadar yarashganlik munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilishni qoʻllash mumkin boʻlgan jinoyatlar doirasi kengayib bordi, institutning mohiyati esa oʻzgarmay keldi. Yaʼni shaxsning harakatlari surishtiruv yoki tergov organi tomonidan Jinoyat kodeksi 66-1-moddasida nazarda tutilgan moddalar bilan kvalifikatsiya qilingandagina shaxs birinchi instansiya sudining ajrimiga asosan yarashganlik munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. Amaldagi qonunchilikka koʻra, shaxsning harakatlari tergov organi yoki birinchi bosqich sudi tomonidan notoʻgʻri kvalifikatsiya qilinib, bu xato birinchi bosqich yoxud yuqori instansiya sudi tomonidan toʻgʻrilanishi oqibatida shaxsning harakatlari yarashuvni qoʻllash mumkin boʻlgan moddalar doirasiga tushadigan boʻlsa, shuningdek, yuqori instansiyada taraflar yarashuvga rozi boʻlsa, yarashuv institutini qoʻllab, shaxsni javobgarlikdan ozod qilish imkoni mavjud emas. Qonundagi bu boʻshliq oʻz-oʻzidan shaxsning yarashuvga boʻlgan huquqi cheklanishiga sabab boʻlmoqda.
Prezidentimizning 2020-yil 10-avgustdagi “Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yana-da kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida yarashuv institutini takomillashtirish, qonunchilik va amaliyotdagi muammolar oʻz yechimini topishiga xizmat qiladigan konseptual yoʻnalishlar belgilab berildi.Farmonda shaxsga eʼlon qilingan ayblov, jinoyat ishi sudning qaysi instansiyasida koʻrilayotganidan qatʼi nazar, yarashuv instituti doirasiga tushadigan Jinoyat kodeksi Maxsus qismining moddasi yoki qismiga oʻzgartirilgan hollarda yarashuv institutini qoʻllash tartibini joriy qilish belgilandi.Bu sudlarga istalgan instansiyada shaxsni yarashganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish imkonini berishi bilan birga, fuqarolarning sudlanganlik tamgʻasidan xalos boʻlishiga imkon beradi. Shuningdek, farmonga muvofiq, ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilmasligiga oid qoida voyaga yetmaganlar, birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, ayollar, oltmish yoshdan oshgan erkaklar va ehtiyotsizlik qilib jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmasligi ham nazarda tutildi. Demak, endilikda voyaga yetmaganlar, birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, ayollar, oltmish yoshdan oshgan erkaklar, shuningdek, ehtiyotsizlik tufayli jinoyat sodir etgan shaxslarning har qanday holatda ham yarashuvga boʻlgan huquqi taʼminlanadi. Yarashuv institutini takomillashtirish borasidagi bunday muhim oʻzgarish insonparvarlik va ijtimoiy adolat tamoyillari kuchayganidan dalolatdir.
Yarashilganlik munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish
Jinoyat ishlarini sudda koʻrish jarayonida sudlanuvchini ayblovini ogʻirogʻgʻiga oʻtkazish yoki boshqa shaxsni javobgarlikka tortish lozimligi aniqlangan taqdirda ish boʻyicha davlat ayblovini quvvatlayotgan prokuror, jabrlanuvchi yoki uning vakilini iltimosiga koʻra ishni prokurorga yuborish belgilangan boʻilb, bu holat ayrim taraflarning, manfaatdor shaxslarning haqli eʼtirozlariga sababchi boʻlayotgan edi. Endilikda, qayd etilgan holatlar yuzaga kelganda sudga iltimosnoma kiritish huquqini ishdagi barcha taraflarga berilayotgani norozigarchiliklarga barham beradi. Jinoyat qonunchiligida yarashuv institutining joriy etilishi jinoiy-huquqiy munosabatlarni erkinlashtirishda samarali vosita sifatida jabrlanuvchilarning huquqlarini ishonchli himoya qilish, sudlanganlik holatini kamaytirish, jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning kengroq qoʻllanilishiga imkon yaratadi.Shunday boʻlsa-da, yarashuv institutini qoʻllashni faqatgina birinchi instansiya sudlariga berilishi, shu bilan birgalikda shaxsning harakatlarini u ayblanib sudga berilgan Jinoyat kodeksi moddasidan yarashuv instituti doirasiga tushadigan moddasiga, qismiga qayta kvalifikatsiya qilgan holda yarashuv institutini qoʻllash mumkin emasligi yarashuvga boʻlgan huquqni cheklab turgan edi. Bundan tashqari, ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlangan holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan barcha toifadagi shaxslarni yarashganlik munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish mumkin emasligi belgilangan edi. Farmon orqali jinoyat ishi sudning qaysi instansiyasida koʻrilayotganidan qatʼi nazar shaxsga eʼlon qilingan ayblovni yarashuv instituti doirasiga tushadigan Jinoyat kodeksi Maxsus qismining moddasiga yoki qismiga qayta kvalifikatsiya qilib, yarashuv institutini qoʻllash tartibini joriy etilishi, shuningdek, ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashgani munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilmasligiga oid qoidaning voyaga yetmaganlar, birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, ayollar, otmish yoshdan oshgan erkaklar va ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmasligini belgilanishi oʻzbek xalqining ezgulik, kechirimlilik kabi koʻp asrlik anʼanalariga mos boʻlib, inson manfaatlari hamma narsadan ustunligi haqidagi gʻoyani chin maʼnoda taʼminlab, fuqarolarning odil sudlovga boʻlgan ishonchini yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi. Farmonda, shaxs oqlangan taqdirda ushbu jinoyatni haqiqatda sodir etgan shaxsni aniqlash va uni ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilish uchun jinoyat ishini prokurorga yuborish tartibini oʻrnatilishi belgilanayotgani qonunchilikdagi ushbu kamchilikni bartaraf etib, Jinoyat kodeksidagi qonuniylik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi prinsiplarini taʼminlaydi.Farmonda belgilangan vazifalarni hayotga tadbiq etilishi jamiyatda adolat va qonun ustivorligini taʼminlab, shaxsning tergov va sud harakatlari jarayonidagi huquq va erkinliklarini kafolatlashga, ularning odil sudlovga boʻlgan ishonchini oshirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, jinoyat huquqi tushunchasi o‘quv intizomi sifatida qo‘llanilib, u yuridik o‘quv yurtlaridagi jinoyat huquqi bo‘yicha o‘quv materiallari va mavzu rejalarini o‘z ichiga oladi. Demak, jinoyat huquqi tushunchasi: huquq tarmog‘i, qonunchilik sohasi, yuridik fan va o‘quv intizomi sifatida qo‘llanilishi mumkin. Jinoyat huquqi huquq tarmog‘i sifatida umummajburiylik va mustaqillik xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi.1 Jinoyat huquqining umummajburiylik xususiyati shunda namoyon bo‘ladiki, shaxs jinoiy qilmish sodir etdimi – u javobgarlikka tortilishi kerak. Jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxsni javobgarlikka tortish esa davlat tomonidan majburlov choralari (kuchi)ni qo‘llash orqali ta’minlanadi. Jinoyat huquqining bunday xususiyatga egaligi ushbu huquq sohasi normalarining imperativligini bildiradi. Jinoyat huquqining umummajburiylik xususiyati quyidagi ikki omil bilan belgilanadi: – birinchidan, jabrlanuvchini himoya qilish, uning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini tiklash hamda jinoiy qilmish natijasida yetkazilgan zararni qoplash; – ikkinchidan, jinoiy qilmish sodir etgan shaxsni tarbiyalash, uni jinoiy javobgarlikka tortish, jinoiy oqibatni, ya’ni jinoyat tufayli yetkazilgan zararni bartaraf etishga majburlash.2 Boshqacha qilib aytganda, jinoyat huquqining umummajburiylik xususiyati jamiyat manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan himoya qilishning jinoyat-huquqiy mexanizmi hisoblanib, jamiyatdagi har bir shaxsning xavfsizligini ta’minlovchi shart-sharoitlarni ifodalaydi. Bunday shart-sharoitlarning yetarli darajada bo‘lishi davlatning huquqiy tartibga solish funksiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, jinoyat huquqining ijtimoiy tartibga solish funksiyasini hamda mavqeini belgilab beradi. Jinoyat huquqining mustaqillik xususiyati uning boshqa ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq sohalaridan ajratilganligini bildirmaydi, balki jinoyat huquqining mustaqilligi uning huquq sohasi sifatida davlat va jamiyat manfaatlari, xavfsizligi va normal rivojla- nishiga tajovuz qiluvchi qilmishlarni jinoyat deb topish uchun asos bo‘luvchi belgilar doirasini mustaqil o‘rnata olishida ifodalanadi. Huquq sohasi va o‘quv intizomi sifatida jinoyat huquqining mustaqilligi quyidagi ikki belgi orqali namoyon bo‘ladi: 1) tartibga solish predmeti, ya’ni jinoiy qilmish sodir etilganidan keyin jinoyat sodir etgan shaxs va maxsus vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlar orqali davlat o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar; 2) tartibga solish metodi (uslubi), ya’ni huquqbuzarliklarga olib keluvchi qilmishlarni ma’lum bir shaklda jinoyat-huquqiy taqiqlash, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish va jazo tayinlashni belgilash. Bir so‘z bilan aytganda, jinoyat huquqining tartibga solish metodi-jinoyat huquqi predmeti hisoblangan ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etish usullari va vositalari yig‘indisidan iborat. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib xulosa qilib aytganda, jinoyat huquqi – qilmishning jinoiyligini, jinoiy javobgarlikka tortish asoslari va prinsiplarini, jazo tayinlash, jazo turlari va hajmini, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qiluvchi holatlarni belgilovchi oliy davlat hokimiyati organi tomonidan o‘rnatilgan huquq normalari majmuidan iborat huquq tizimidagi mustaqil huquq sohasidir
Xulosa
Jamiyatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining tarkibiy qismi bo‘lgan jinoiy jazolarning liberallashtirilayotganligi jinoyat huquqi fani va jinoyat qonunlarining yanada chuqurroq o‘rganilishini taqozo etadi. Ushbu darslik ham talabalarga jinoyat huquqi «Umumiy» qismidan keng, batafsil bilim berishga mo‘ljallangan. Darslikdagi mavzular Jinoyat kodeksining 2005-yil 1-avgustgacha kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda yoritilgan. Xususan, jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan jinoyatlarning tasnifi, yarashilganligi munosabati jinoiy javobgarlikdan ozod qilish, jazo tizimini liberallashtirish masalalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumi qarorlarini, sud-tergov amaliyotini tahlil etish asosida yoritib berilgan. Huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurishning zaruriy sharti – bu qonunlarning so‘zsiz bajarilishidir. Qonunlarning bir xilda va so‘z-siz bajarilishi bo‘lajak huquqshunoslarimizning o‘z vazifasiga munosabati va zimmasidagi mas’uliyatni his qilishiga bog‘liqdir. Ayniqsa, jinoyatchilikka qarshi kurash olib boruvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning bo‘lajak xodimlari, huquqshunoslarga jinoyat tarkibiy elementlari, jinoyatlar tasnifi, javobgarlik asoslari, qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar, jazo tushunchasi, turlari, jazo tayinlash, javobgarlik va jazodan ozod qilish, sudlanganlik, voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari kabi mavzular talabalarga tushunarli, sodda va ravon tilda bayon qilib berilgan. Qonun buyurganini qilish adolat hisoblanadi (agar adolatli qonun bo‘lsa). Qonun odamlardan mard, oqil va fozil bo‘lishni talab qiladi. Shuning uchun ham odillik eng mukammal fazilat1 , deydi Arastu. Darslik adolatli, odil, fozil huquqshunoslarni tarbiyalashga o‘z hissasini qo‘shadi, degan umiddamiz. Ushbu darslik muallifning qator darsliklar, monografiyalarni tayyorlash jarayonida orttirgan tajribasi, chet ellik olimlarning mazkur sohada erishgan yutuqlari, sud-tergov amaliyotiga asoslanib yozilgan. Darslikning yana bir qulay jihati shundaki, u O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining «Umumiy» qismi bo‘lim va boblari bo‘yicha yozilgan, har bir mavzudan keyin talabalarning olgan bilimlarini sinab ko‘rishlari uchun mavzuga doir savollar berilgan. Shuni ta’kidlash joizki, ilm-fan, qonunlar doimo rivojlanishda, shu sababdan kelajakda yanada mukammal darslik, o‘quv adabiyotlari yaratilishini nazarda tutib, muallif har qanday taklif va mulohazalarni minnatdorchilik bilan qabul qiladi. Mustaqil huquq tarmog‘i hisoblangan jinoyat huquqidan farqli ravishda jinoyat huquqi fani davlatning jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi siyosati hamda jinoyat huquqining tarixiy taraqqiyot bosqichlari bo‘yicha qarashlar, g‘oyalar va fikrlar tizimini, shuningdek, jinoyat huquqining o‘rganish predmeti, metodlari, vazifalari, tizimi va shu kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bu fan jinoyat huquqi normalarining majmui sifatida uning tarixini, qo‘llash amaliyotini o‘rganadi hamda bu borada turli xil ilmiy-qiyosiy tadqiqotlar olib borilishini taqozo etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ahrorov B.J., Bakunov P. Qalbaki pul yoki qimmatbaho qog‘ozlar yasash ularni o‘tkazish uchun jinoiy javobgarlik va unga qarshi kurash muammolari. // O‘zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish masalalari. Ilmiy amaliy konferensiya materiallari. –T.: TDYI, 2003. -B. 116-122. 525
2. Bakunov P.B. Jinoyat qonunida o‘g‘rilik uchun jazoning odillashtirish mezonlari. // Sud-huquq islohoti: nazariya va amaliyot, konferensiya materiallari. -T.: TDYI, 2001. -B. 28-31.
3. Zokirova O.G‘. Rashk motivi bilan sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurash muammolari. – T.: TDYI, 2004.
4. Zufarov R.A. Uyushgan jinoiy guruh va korrupsiya. //J. Davlat va huquq. –2000.-2-son.
5. Ismatullaeva Sh.S. Jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar bo‘yicha ayrim mulohazalar. //J. Hayot va qonun. - 2003. - 2-son. -B. 92.
6. Кабулов Р. Понятие и значение состава преступления по уголовному праву Республики Узбекистан. // Ж. Ҳуқуқ-ПравоLaw. – 2002. –№ 5. – С. 25-26.
7. Каюмов А.С. Добровольный отказ от совершения преступлений и деятельное раскаяние. – Т.: Адолат, 2000.
8. Krutko O. Qasddan odam o‘ldirish. //J. Hayot va qonun. – 2004. –№ 5 (98). –B.42-43.
9. Крутько О. Объект убийства. //Ж. Давлат ва ҳуқуқ. – 2003. – № 4 (16). –С.41-44.
10. Niyozova S. Jinoyat ishtirokchilari va ularning turlari va jinoiy javobgarliklari. // J. Hayot va qonun. -2004 .-3-son. -B. 42-44.
11. Payzullaev Q.P., Salaev N.S., Bobokeldiev B.A. O‘lim jazosi: o‘tmishda, hozirda va kelajakda. – T.: Turon-Iqbol, 2005
12. Рустамбаев М.Х. Расулев А.К. Ответственность за совершение компьютерных преступлений по законодательству зарубежных стран. // Ж. Давлат ва ҳуқуқ. –2001.– №3. –С. 46-50.
13. Рустамбаев М.Х. //К вопросу об отмене смертной казни. -Народное слово.- №151 (3768). - 9 августа. -2005 .
14. Рустамбаев М.Х. Пайзуллаев К. Особенности добровольного отказа в насильственных преступлениях против личности. // В сборнике «Конституция - ҳуқуқий давлат курашнинг асоси. Тез.докл.конф. -Т.: Адолат, - 1996. -С. 28-32.
15. Рустамбaев А.М. Социальной обусловленность противоправности и наказуемости сексуального насилия и его виды.// Yosh olimlar ilmiy maqolalar to‘plami. –2004. –№ 6. -С. 88-96.
16. Tohirov F. Ayrim horijiy mamlakatlarda jinsiy jinoyatlar uchun javobgarlik.//J. Davlat va huquq.–2001.– 3-son. – B. 71-74.
Dostları ilə paylaş: |