Reja: Arxiv atamasi



Yüklə 26,89 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü26,89 Kb.
#39734
1960-1970 yillarda o'zbekistonda arxiv ishi tarixi


1960-1970 yillarda o'zbekistonda arxiv ishi tarixi

Reja:


  1. Arxiv atamasi.

  2. Arxiv hujjati tushunchasi.

  3. Arxiv hujjatlar tarixi

. 1. Arxiv atamasi. Arxiv hujjati tushunchasi. Mustaqillikka erishganimizning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizning ilmiy-tarixiy va o‘tmishini xolis yoritishga asoslangan manbalarni tadqiq etish borasida tizimli ishlar belgilab berildi. Istiqlol yillarida jamiyat hayotining barcha sohalari singari, tarix fani sohasiga ham tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Xolislik qoidasi – tarixiy voqe’a, hodisalarni o‘rganayotganda ular bilan bog‘liq bo‘lgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmui bilan birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanishini talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda o‘rganishda va haqqoniy yoritishda arxiv hujjatlarining o‘rni beqiyosdir. Shu maqsadda bugungi kunda arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadda foydalanishga keng yo‘l ochib berilgan. Arxiv atamasi – lotincha “arxivium” so‘zidan olingan bo‘lib, hukumat binosi degan ma’noni anglatadi. Lekin arxiv atamasining hozirgi qo‘llanishi ma’nosi butunlay boshqacha. Chunonchi, arxiv – bu idoralar, korxona va tashkilotlar, shuningdek, tarixiy shaxslar faoliyatiga oid hujjatlar saqlanadigan joy. Xorijlik arxivshunos olim Craig Robertson muallifligidagi (Media History and the Archive. – New York. Routledge, 2011) asarning birinchi paragrafi arxiv haqidagi fikrlar va tarix haqida chizgilar deb nomlanadi. Muallif ushbu asarda arxiv tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi. “Arxiv tushunchasi yaqin yillar ichida arxivshunos bo‘lmagan insonlarning ham ilmiy tahlillari uchun doimiy mavzuga aylandi. Albatta buning hayron qoladigan eri yo‘q. Chunki, olimlar o‘z izlanishlarida arxivga doimiy manba, fan sifatida qarashlari boshlandi” (Craig Robertson. Media History and the Archive.– New York. Routledge, 2011.– B.8.). Ba’zi muarrixlar hatto butun bir bo‘limni shu mavzuga bag‘ishlab yozishgan. Masalan, arxivshunos olim Hemilton arxiv haqida quyidagi fikrni bildirgan. “Bugungi kunda olimlar katta e’tibor berib qaraydigan bu jarayon shunday yuzaga 7 keladi. Har qanday ilova yoki ma’lumot oldin yoziladi, keyinchalik ishlab chiqiladi va shu ikkala jarayon arxivga kiritiladi. Natijada bular arxiv ma’lumotlarining bir qismiga aylanadi” (Craig Robertson. Media History and the Archive. – New York. Routledge, 2011.– B.8.). Boshqa bir arxivshunos olim o‘zining tadqiqotida arxiv tushunchasiga tanqidiy yondashib, quyidagicha fikrlarni keltiradi: “Arxiv shunday joyki undan foydalanuvchi har qanday kishi o‘zi uchun kerakli ma’lumotlarni qiyinchiliksiz topishi, shu ma’lumotlarning aniqligi, tarixi va foydalanuvchilarga tasirini kafolatlaydigan holatda bo‘lishi kerak (Antonina Burton. Archive Stories (facts, fictions and the writing of history). – London. 2005.6-bet). Graig Roberson yana bir arxivshunos olimning arxiv tushunchasiga bergan ta’rifini keltiradi. Uning fikricha arxiv “haqiqiy hujjatlar uyi” deb fikr bildirladi. (Antonina Burton. Archive Stories (facts, fictions and the writing of history). – London. 2005.7-bet). Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek arxivda xolisona, haqiqiy, aniq bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlar kiritilishi hamda saqlanishi lozim. Haqiqatdan sodir bo‘lgan voqealarni qanday va qaysi holatlarda yuzaga kelishini bilib olish uchun nima qilish kerak. Bu haqda Charlin Stidman shunday deydi: - berilgan ma’lumotlar iqtibos (snoska) lar bilan bo‘lishi; - bayon etilgan voqe’a hodisalarga muallif bevosita ishtirok etishi; - ma’lumotlar telefon orqali, og‘zaki yoki tashlab ketilgan har qanday xatlar orqali emas, aynan arxiv xodimi tomonidan foydalanuvchining o‘zigagina taqdim etilgan bo‘lishi lozim. O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 15 iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasida arxiv atamasiga quyidagicha izoh beriladi. Arxiv – arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi muassasa hisoblanadi. Vatanimiz tarixini o‘rganishda arxeologiya, etnografiya, toponimika va moddiy madaniyat yodgarliklari bilan bir qatorda arxivshunoslik ya’ni arxiv hujjatlaridan foydalanishning ahamiyati benihoya kattadir. Arxiv hujjatlarini qidirib 8 topish, ular ustida ishlash va olingan ma’lumotlarni hayotga tadbiq qilish juda murakkab ish hisoblanadi. Arxivda tashkilotlar, muassasalar, korxonalar va ayrim shaxslarning ko‘p yillik faoliyatlari haqidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar saqlanadi. Arxiv hujjati tushunchasi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli ekspertiza asosida arxiv ahamiyatiga molik deb topilgan matnli, qo‘lyozma va mashinada o‘qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, vidioyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek, boshqa moddiy ashyolardagi yozuvlar – arxiv hujjatlari deyiladi. Mustaqillik yillarida qabul qilingan bir qator huquqiy-me’yoriy hujjatlarda arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan faydalanish tizimi xususida keltirilib o‘tiladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 15- iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonunning 5-bobi, 20-26 moddalarida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5- apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan “Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda o‘z ifodasini topgan. Davlat arxivlari davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarning faoliyati natijasida yaratilgan arxiv hujjatlari, shuningdek ular tomonidan olingan yoki ularga nodavlat korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar topshirgan arxiv hujjatlari bilan jamlanadi. 2. Fanning ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalari. O‘zbekiston hududida istiqomad qilayotgan xalqlarning tarixi qadim o‘tmishga borib taqaladi. Yashab turgan hududimiz umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganligini aniqlashda arxeologik qazishmalardan topilgan eksponatlar bilan bir qatorda arxiv hujjatlarining o‘rni ham beqiyosdir. Fanning dolzarbligi shundan iboratki, talaba yoshlarning O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi fani bo‘yicha bilim va dunyoqarashni boyitish, ularda noyob hujjatlarga nisbatan qiziqishni uyg‘otish, fanning tarixiy va nazariy xususiyatlarini jamiyatimizda olib borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilganligi bilan belgilanadi. 9 Fanning ahamiyati. O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi fani yoshlarga xalqimizning o‘tmishini aks ettiruvchi qadimgi va bugungi arxivlar tarixi haqida bilim berish bilan chegaralanib qolmaydi. Ushbu fan yoshlarni moddiy va ma’naviy merosni asrab-avaylaydigan vatanparvar, ma’naviy jihatdan komil fuqaro yetib tarbiyalashga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti ta’kidlab o‘tganidek “Ma’naviyatni tiklash, tug‘ilib o‘sgan yurtida o‘zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko‘tarib yurishi uchun insonga, albatta tarixiy xotira kerak. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday insonlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi ( Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. – T.: “Sharq”, 1998. – B. 8-9). O‘zbekistonning arxiv ishi tarixifani orqali arxivlarning davlat va jamiyat ravnaqidagi qadrini talabalarga tushuntirish, ularni arxiv hujjatlarini chuqur tushunishi, tahlil va tadqiq etish malakasini hosil etish va jamoatchilikni arxiv ishi tarixi, mavzu va g‘oyaning mohiyati bilan tanishtirishga ko‘maklashishdan iborat. Shuningdek, jamiyatning ma’naviy manzarasini arxiv hujjatlaridagi manbalar bo‘yicha boyitish, bozor iqtisodiyoti sharoitida tarixiy xotiramizni aks ettiruvchi arxivlarni mablag‘ va qiymat keltiruvchi hodisaga aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun amaliy ko‘rsatmalar beradi. Fanning ob’ekti va pretmeti. O‘zbekistonning arxiv ishi tarixi fani tadqiqot ob’ektiga yurtimizdan topilgan yog‘och, suyak, teri, xum sirtiga va qog‘ozga yozilgan ilk arxiv hujjatlari, o‘rta asr kutubxona-arxivlar haqida ma’lumot beruvchi manbalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondini tashkil etuvchi arxiv hujjatlari, ilmiy-texnikaviy, tibbiyot va kino, surat, ovozli hujjatlar, mikrofilm va boshqa manbalar kiradi. O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi fani davlat taraqqiyoti va inqirozining faqat bir tomoninigina emas, balki jamiyatning hamma tomonlarini uzviy o‘zaro bog‘liqlikda bir butunlikda arxiv hujjatlari asosida o‘rganadi. U O‘zbekistonning o‘tmishidagi va hozirgi hududida eng qadimgi davrdan to hozirgacha kechgan voqeliklar, insoniyat hayoti, tabiyat va jamiyat taraqqiyoti hamda tanazzulini tahlil qiladi. Uning 10 o‘rganish pretmetiga esa, manashu makondagi jamiki xilma-xil voqea hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar hodisasi hamda jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyati kiradi. Fanning maqsadi. Ma’lumki, tariximiz juda qadim va katta davrni hamda juda keng geografik mintaqani, shuningdek, tub burilish, yuksalish va inqiroz bosqichlarini ham o‘z ichiga oladi. U xilma-xil ijtimoiy voqea va hodisalarga, har xil diniy va madaniy qatlam, g‘oyaviy dunyoqarash, falsafiy oqimlarga boy, jahon sivilizatsiyasining eng qadimiy va navqiron o‘choqlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonning arxiv ishi tarixi fanining maqsadi ham tariximizni yoritish, jamiyat hayotidagi o‘rnini ko‘rsatib berish, talabalarning tarixiy tafakkurini yuksaltirish, arxiv ishi tarixi hamda tarixiy taraqqiyotini ilmiy-nazariy tahlil etish, arxivlarning ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi o‘rni hamda arxivlarga nisbatan maqsadli yo‘naltirilgan jamoatchilik fikrini shakllantirishdan iborat. Fanning vazifalari: O‘zbekistonda arxiv ishi tarixini milliy va ma’naviy jihatlarini ilmiy tahlil etish; arxiv va arxiv hujjatlarining davlat hamda jamiyat ravnaqidagi o‘rnini talabalarga tushuntirish; talabalarda arxiv va arxiv ishi tarixi haqidagi tushuncha va ko‘nikmalarni hosil qilish; O‘zbekistonda arxiv ishi tarixining ilmiy asoslarini o‘rganish; tarixiy dunyoqarashni arxiv hujjatlari asosida rivojlantirish; bozor iqtisodiyoti sharoitida arxivlar faoliyatini jamoatchilik fikrigi tayangan holda taraqqiy ettirish; arxiv ishi tarixi va arxiv hujjatlarining ilmiy jamoatchilik tomonidan qabul qilinishi hamda xalqning tarixiy dunyoqarashini yuksaltirishdagi rolini tahlil etishdan iborat. O‘rta Osiyo sivilizasiyasining namunasi bo‘lgan ilk yozuv va arxiv xujjatlarining topilishi. Yozuv ilk sivilizatsiyaning asosiy belgisi hisoblanadi. Insoniyat tarixida harflarga asoslangan yozuvga mil.av. II ming yillik oxirida finikiyaliklar asos solgan. Shu yozuv asosida oromiy, grek alfavitlari paydo bo‘lgan. Turon zaminda yashagan xalqlar ham, shu jumladan, o‘zbek xalqi behad ko‘hna yozuv madaniyatiga ega. Ular qadimda turli yozuvlardan foydalanib kelganlar. Bu yozuvlar o‘z sistemasiga ko‘ra, asosan, fonografik – harf-tovush yozuvidan iborat bo‘lgan. O‘rta Osiyoda ham arab yozuviga qadar yunon, oromiy yozuvi asosida paydo bo‘lgan qadimgi baqtriya, xorazmiy, so‘g‘diy yozuvlari bo‘lganligi arxeologik manbalar asosida o‘z isbotini topmoqda. Oromiy yozuvi qadimgi som (finikiy) yozuvi asosida paydo bo‘lgan konsonant (undosh) deb atalmish yozuv turidir. U mil.av. 1-ming yillik boshida yuzaga kelgan. Oromiy alifbosi faqat undoshlarni ifodalovchi 22 harfdan tashkil topgan. Oromiy yozuvida so‘zlar bir tik chiziq yoki nuqta bilan ajratib yozilgan. Keyinchalik esa so‘zlar o‘rtasida bo‘sh joy qoldirish yo‘li bilan ajratilgan. O‘rta Osiyoda oromiy xatining eng qadimgi namunasi mil.av V-IV asrga oid. Sopol idish – xum sirtiga bitilgan bu yozuv arxeolog olim M.Mambetullaev tomonidan Katta Oybuyirqal’a shahrini o‘rganish davomida topilgan. Mutaxassislar fikricha, bu xat bo‘lagi xorazm yozuvida emas, balki oromiyda bo‘lgan. Garchand shunday bo‘lsada, bu xat oromiy yozuvining Oks va Yaksart oralig‘idagi sarhadda tarqala boshlaganligining ilk namunasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘rta Osiyoda oromiy yozuvi namunasida vujudga kelgan yozuvlardan yana biri baqtriya yozuvidir. Baqtriya yozuvi va tilining tarix, tilshunoslik va sharqshunoslik fanlariga kiritilishi bevosita mashhur olmon olimi V.Xenning nomi 14 bilan bog‘liq. 1957 yilda shimoliy Afg‘onistonning Bog‘lon hududidagi Surxko‘tal deb nomlangan, Kushon podsholari sharafiga bitilgan mahobatli xatning topilishi fanga baqtriya yozuvining o‘rganilish tarixini boshlab bergan edi. O‘zbekiston hududidagi eng dastlabki baqtriya yozuvlari 1962 yilda arxeolog B.Ya. Staviskiy rahbarligida Eski Termizning Qoratepa manzilgohidan topilgan. Baqtriya yozuvi 25 ta harfdan iborat bo‘lib, chapdan o‘nga qarab o‘qiladi. Eng qadimgi baqtriya yozuvlari qayd etilgan yodgorliklar sirasiga Mirzaqultepa, Fayoztepa, Kampirtepa, Qoratepa, Ayritom, Zartepa, Dalvarzintepa, Xotinrabot, Xayitobodtepa kiradi. Bu manzilgohlardan topilgan yozuv namunalari Baqtriya arxivi deb ataladi. Bu arxiv hujjatlari namunalari devorga, toshga, qayin po‘stlog‘iga, sopolga, yog‘ochga, haykallarga va boshqa narsalarga yozilgan. Mintaqamizda mavjud bo‘lgan qadimgi yozuvlardan yana biri xorazm yozuvidir. Olimlar xorazm tilini osetin va sug‘d tillari bilan birgalikda hind-evropa tillarining qadimgi massaget va skiff (sak) tillari chatishishi natijasida vujudga kelgan “shimoliy eron” deb ataluvchi sak-sarmat guruhiga kiritishadi. Qadimgi xorazm tilini rus olimi V.A.Livshits sug‘d va shimoliy-sharqiy eron tillari oralig‘idagi o‘ziga xos til bo‘lib, uning Parfiya, Osetin va “Avesto” tillari bilan o‘zaro umumiyligi bor deb hisoblangan. Xorazm hududlari (quyi Amudaryo havzasi) da 1937-yildan boshlangan arxeologik qazishmalar davomida ko‘plab moddiy madaniyat yodgorliklari topilgan bo‘lsada, biroq xorazm tili va yozuvini o‘zida aks ettiruvchi topilmalar miloddan avvalgi I-ming yillikning o‘rtalarigacha bo‘lgan madaniy qatlamlarda arxeologlar tomonidan hanuzgacha qayd qilinmagan. O‘rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi yozuvi bu humning sirtiga tushirilgan xorazm tilidagi qisqa yozuvdir. Bu yozuv namunasi Katta Oybo‘yir qal’a shahar harobasidan topilgan bo‘lib, u miloddan avvalgi V-IV asrlarga tegishlidir. Miloddan avvalgi IV milodiy I asrlarga taalluqli Qo‘yqirilganqal’a yodgorligidan hum sirtiga bitilgan yozuv na’munasi topilib, u oromiycha osonlikcha o‘qiladigan xat bilan o‘yib yozilgan edi. Yozuv “Aspabarak” yoki “ Aspabadak” deb o‘qiladi. Shubhasiz bu so‘z eronchadir. So‘zning ot o‘zagi ham, fe’l o‘zagi ham, 15 uning ohiridagi affiks ham eronchadir. So‘zni “otda ketayotgan” yoki “otda minib turgan” (chavandoz) deb tarjima qilish mumkin. Umuman Qo‘yqirilganqal’a yozuvlarining xronologik chegarasi miloddan avvalgi III-asrga, eng so‘ngilari miloddan avvalgi II-asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Qadimgi Xorazm yozuvi yodgorliklari bizning davrimizga qadar numizmatik materiallarda, qadimgi xo‘jalik buyumlarida (kumush piyola va kosalarda) saqlanib kelgan. Shuningdek, arxeologik izlanishlar jarayonida Tuproqqal’a, To‘qqal’a va Misdaxkon shahar-qal’alaridan ham juda ko‘plab yozuv namunalari arxivi topilganki, qo‘lga kiritilgan boy yozuv yodgorliklari qadimgi Xorazmning arab istilosiga qadar bo‘lgan siyosiy, moddiy va ma’naviy hamda xo‘jalik munosabatlari tarixini yanada teranroq idrok etishga yordam beradi. Sug‘d yozuvi oromiy yozuvi asosida shakllangan harf-tovush yozuvidir. Bu yozuv qariyb ming yil davomida hozirgi O‘zbekiston va qisman Tojikiston yerlarida (Zarafshon vodiysi) joylashgan qadimgi Sug‘diyonada qo‘llanilgan. Sug‘d yozuvining mil. boshlariga oid eng qadimgi namunasi O‘zbekistonda Samarqand yaqinidagi Taliborzu tepaligidan topilgan. Sug‘d yozuvi somiy alifbolari kabi konsonant yozuv bo‘lgan, ya’ni harflar, asosan, undosh tovushlarni ifoda etgan. VII –VIII asrlarda sug‘dlar o‘z alifbolarini 23 harfdan iborat deb hisoblaganlar, ya’ni 22 harf oromiy asliga borib taqalgan va alifboga oromiy alifbosidagi tartibda joylashgan. Bitta qo‘shimcha 23-harf esa 12- harfning takroridan iborat bo‘lgan. IV asrning boshlarida ayrim harflar chiqib ketgan, ayrim harflar esa bir-biriga o‘xshash shaklda yozila borishi natijasida bir harfga kelib qolgan. Ana shu tariqa sug‘d alifbosi 17 harfdan iborat bo‘lib qolgan. Umuman olganda, O‘rta Osiyo xalqlari to‘g‘risidagi ilk yozma hujjatli ma’lumotlar majmuasini, ya’ni arxiv hujjatlari kolleksiyasiga: qadimgi Nisadagi Parfiya arxivi, Xorazmdagi Tuproqqal’a arxivi, Mug‘ qal’asi xarobalaridan topilgan Divashtich arxivi kiradi. 2. Parfiya va Tuproqqal’a arxivining topilishi hamda o‘rganilishi. Markaziy Osiyoda yozuv paydo bo‘lishi bilan muhim voqea-hodisalarni qandaydir qattiq narsalarga-devor, tosh, sopol buyumlar, metal taxtacha, yog‘och va yog‘och 16 taxtachalarga qayd qilib borish an’analari paydo bo‘ldi. Shunday qilib, muhim voqealar hujjatlashtirilib borilgan va hujjatlarni saqlash an’anasi paydo bo‘lgan. Shunga qadar Markaziy Osiyoda arxivchilik an’anasining paydo bo‘lganligi va rivojlanganligini tasdiqlaydigan arxivlar topilgan. Qadimgi Nisadan topilgan Parfiya ish yuritish hujjatlari podshohning sharob saqlanuvchi omborxonasidan topilgan 2700 dan ortiq ostrakon (sopol taxtacha)lardan iborat bo‘lib, kimga, qancha yoki kim, qaerdan vino olib kelganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Mazkur ostrakonlar hisob hujjatlari vazifasini o‘tagan. Hujjatlar oromiy alifbosiga asoslangan parfiya tilida yozilgan. Hujjatlar tasodifiy ravishda bir joyda to‘plangan bo‘lib, miloddan avvalgi I asr va milodiy II-III asrlarni o‘z ichiga oladi. Hujjatlardagi ma’lumotlar cheklangan bo‘lishiga qaramay, umumiy holda ular Parfiya jamiyati hayotining turli tomonlari to‘g‘risida axborot beradi. Ular yordamida podshohlik xo‘jaligining ayrim jihatlarini o‘rganish mumkin. Xususan ular Parfiya podshohligining ma’muriy-huquqiy tuzilishi, boshqaruv tizimi, ijtimoiy qatlami to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga yordam beradi. 1945-1950-yillarda S.P.Tolstov tomonidan Qorakalpog‘istonning Elliqqal’a tumanida joylashgan Tuproqqal’a harobalaridan Xorazm hujjatlari sanalgan ulkan arxivining topilishi fanga katta ma’lumotlarni olib kirdi. Tarix fanida bu arxiv joy nomi bilan “Tuproqqal’a arxivi” deb yuritiladi. Hujjatlardan ma’lumki, Xorazmda devonxona ish yuritish va arxivlashtirish ishlari juda yaxshi rivojlangan. Ayniqsa, ma’muriy-xo‘jalik tizimi turkumiga kirgan arxiv xujjatlarining topilishi Xorazm davlatidagi ish yuritish an’anasi uzoq davrlardan buyon davom etib kelayotganligini bildiradi. Eramizning boshlari va milodiy II–III asrlarda, Tuproqqal’ada Xorazm shohlarining qarorgohini o‘rganish davomida to‘plangan ashyoviy manbalarda, ayniqsa, haykaltaroshlik namunalarida Kushon podsholigi davri madaniyatining ta’siri yaqqol seziladi. Xorazmda yozuv o‘z yo‘nalishida davom etgan va oromiy alifbosi asosida qadimgi xorazm yozuvi shakllangan. Qadimgi Xorazm davlati poytaxti – Tuproqqal’a arki-a’losidagi podsho qarorgohi bo‘lib xizmat qilgan saroy 17 majmuini o‘rganish jarayonida III asrga oid Xorazm podsholari arxivi topilgan. Tuproqqal’a saroyidagi podsho arxivida 1947–1949 yillarda S.P. Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi a’zolari qadimgi xorazmliklarning teri va yog‘ochga yozilgan 140 ta hujjatini topishdi. Shundan 122 tasi teriga yozilgan bo‘lib, ularning ko‘pi chirib ketgan. Teriga yozilgan hujjatlardan 18 tasi, taxtaga yozilganlardan esa 8 tasi yaxshi saqlangan. Bu hujjatlarning asosiy qismi ma’muriy-xo‘jalik masalalariga doir bo‘lib, oromiy tipidagi alifboda yozilgan. Hujjatlarning tili A.A. Freyman va boshqa tilshunoslar tekshirgan Xorazmning XIII – XIV asrlardagi o‘ziga xos eroniy (forsiy) tiliga o‘xshaydi. Ayrim hujjatlarning yili ham ko‘rsatilgan. Ular teriga yozilgan bo‘lib, noma’lum davr sanalari – 207, 231 va 232 yillar bilan belgilangan. Hujjatlar topilgan madaniy qatlam Xorazm tarixining kushon-afrig‘iylar davri oralig‘i, ya’ni III-IV asrlarga oiddir. Tuproqqal’a hujjatlari Mug‘ qal’asidan topilgan Panjikent hokimi Devashtich arxivi kabi O‘rta Osiyoning qadimgi davriga xos ijtimoiy munasabatlarni o‘rganishda beqiyos muhim manba hisoblanadi. Ilk o‘rta asrlarga oid teriga bitilgan boshqa bir Xorazm hujjati Yakkaporson ko‘shkida, 1959 yilda Xorazm arxeologiketnografik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan topilgan. 3. Tuproqqal’a arxivi hujjatlari tasnifi. Tuproqqal’ada shoh saroyida joylashgan markaziy massivning janubi-sharqiy tomonidagi pastgi qavatning 4 ta xonasida xorazm hujjatlari topilgan. Bu xonalar shartli ravishda 89(232), 90(231), 93(239), 91(YUR) raqamlari bilan belgilangan. Bu hujjatlar Afrig‘iy Xorazmshohlar davriga oid bo‘lib, charm va yog‘ochga-taxtacha va tayoqqa yozilgan. Ularning umumiy soni 140 ta bo‘lib, shulardan 122 tasi charmga, qolganlari yog‘och taxtacha va cho‘plarga yozilgan. Yozuvlar tush (qorasiyoh) bilan oromiy xat asosida shakllangan ilk xorazm kursiv usulida yozilgan. Mazkur arxiv hujjatlarini tahlil qilish jarayonida yog‘ochga yozilgan hujjatlarni uch guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga katta oilalar tarkibiga kirgan ozod va qul erkaklar (VDn) ro‘yxati kiradi. Bu hujjatlar “uylar ro‘yhati” nomi bilan yuritiladi. Bunday to‘liq ro‘yhatlar 5 ta bo‘lib, shartli ravishda I-Vhujjatlar va bular Tuproqqal’a hujjatlari orasida butun holatda saqlanib qolgan 18 yagona hujjatlardir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ўзбекистон Республикасининг “Архив иши тўғрисида” ги Қонуни. //Халқ сўзи. 2010. 16 июн, 119-сони.

2. Алимов И., Эргашев Ф., Бутаев А. Архившунослик. / Ўқув қўлланма – Т.: Шарқ, 1997.

3. Алимов И.А. Архившунослик. / Ўқув қўлланма – Андижон. АДУ, 2005.

4. Исакова М, Иофе В. Архившунослик. / Ўқув қўлланма. – Тошкент: Чўлпон, 2007.

5. Исакова М. Становление и развитие архивного дела в Узбекистане. – Тошкент: Университет, 2012.-C.204.

6. Isakova M., Xaydarov M. Boshqaruvni axborot (hujjatlar) bilan ta’minlash. / O‘quv qo‘llanma. – T.,2012.



7. O‘zarxiv agentligi rasmiy sayti. www.archiv.uz.
Yüklə 26,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin