Reja: Gerontopsixologiya haqida umumiy tushuncha



Yüklə 12,25 Kb.
tarix11.04.2022
ölçüsü12,25 Kb.
#55177
Doston psixologiya mt2
5A140501 – Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha)

Mavzu: Gerontopsixologiya.

Reja:

1. Gerontopsixologiya haqida umumiy tushuncha.

2. Biologik keksayish.

3. Keksayish davridagi shaxs psixologiyasi.

4. Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari.

5. Uzoq umr ko‘ruvchilarning psixologik xususiyatlari



Bajardi:Abdullayev Doston

Gerontopsixologiya (yunoncha geron —qari, keksa va psixologiya) —gerontologiya va yosh psixologiyasi sohasi. Umumiy psixologiya vositalari hamda usullaridan foydalanib, keksalar ruhiyati va feʼlining oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganadi. Garchi olimlar kishilarda keksayish tufayli paydo boʻladigan ruhiy xususiyat va oʻzgarishlarga avvaldan qiziqib kelsalarda, Gerontopsixologiya alohida fan sohasi sifatida 20-asrning ll yarmidagina shakllana boshladi. Gerontopsixologiya psixologiya fanining tarkibiy qismi ekanini ilmiy jihatdan Stenli Xoll asoslagan bo‘lsada, lekin bu yo‘nalishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida Mark Tulliy Sitseron ("Keksayish haqida" asarida), I.I.Mechnikov ("Optimizm etyudlari" kitobida), O‘rta Osiyo allomalari donolik, donishmandlik haqidagi durdonalarida falsafiy fikr va mulohazalarni bildirganlar. Amerikalik psixolog Stenli Xoll (1846— 1924) "Keksayish" monografiyasida amaliy va metodologak ahamiyatga molik qator g‘oyalarni ilgari surgan. O‘sha asar keng ilm ahli ichiga tez yoyilishiga qaramay, uning izdoshlari birdaniga ko‘paymadi. XX asrning 30-yillaridan boshlab keksalik davriga oid tibbiy-biologik tadqiqotlarning ko‘payishi, Shuningdek, inson kamolotiga shaxs sifatida yondashishning paydo bo‘lishi psixogerontologiyaning rivojlanishiga birmuncha ta’sir ko‘rsatdi. Ana shu tariqa keksayishga tibbiy, ijtimoiy jihatdan yondashish bilan bir qatorda psixologik jabha jihatidan yondashish ham vujudga keldi va psixogerontologiyaning tadqiqot sohasi kengayib bordi, shu soha bo‘yicha ingliz tilida maxsus jurnallar chiqa boshladi. Ilmiy izlanishlarning aksariyati keksayish davridagi odamlar shaxsining xususiyatlari, diqqati, xotirasi, tafakkuri, aql-zakovatiga bag‘ishlangan bo‘lib, boshqa psixik holatlar, jarayonlar juda kam tadqiq qilingan. Hozir keksayish psixologiyasi ham gerontologiyaga, ham ongogenez psixologiyasi sohasiga taalluqli degan ikki xil ilmiy nazariya mavjud, vaholanki, ular o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bir-birini doimo ilmiy axborot va ma’lumotlar bilan boyitib turadi. Psixogerontologiya fanida gerontologiya, involyusiya, geriatriya, gerogigiena, geteroxronlik kabi ilmiy tushunchalar mavjud. Gerontologiya — grekcha so‘z bo‘lib, keksayishning, keksalikning kelib chiqishi demakdir. Geriatriya so‘zi keksaygan inson shaxsini davolashni bildiradi. Involyusiya tushunchasi evolyusiyaning teskarisi bo‘lib, o‘sishdan orqaga qaytishni ifodalaydi. Gerogigiena — keksaygan odamning salomatligini saqlash va mustahkamlash sohasidir. Gerogigiena keksa odamlarda asab, ruhiy kasalliklarning oldini olish uchun xizmat qiladi. Geteroxronlik bir xil Yoshdagi odamlarda ruhiy jarayonlarning turlicha (har xil vaqt va muddatda) namoyon bo‘lishidir. Psixogerontologiya fanida gerontogenezning evolyusion omillari qatoriga I.V.Davidovskiy nasliy, ekologik, biologik, ijtimoiy alomatlarni kiritadi. D.Bromley insonning qidirish sikli uchta bosqichdan iborat bo‘lishini ta’kidlaydi: 1) "ishdan, xizmatdan uzoqlashish" (iste’fo) — 66-70 Yosh; 2) keksalik (70 va undan katta Yosh), 3) munkillagan keksalik (hasta keksalik va o‘lim) — maksimum 110 Yosh. SHu bilan birga (keksayishning qonuniyatlari ham kashf qilingan, ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin). 1) geteroxronlik (har xil vaqtlilik) qonuni; 2) o‘ziga xoslik qonuni; 3) xilma-xillik qonuni.I.V.Davidovskiy "Keksayish nima?" nomli asarida ta’kidlaganidek, inson 50—60 Yoshga to‘lganda yoki undan oshgan chog‘ida yetuklikning kechikkan davriga kirib keladi. SHu Yoshdagi odamlarning o‘limini XVIII asrdagi tengdoshlari bilan taqqoslansa, ularning yashash va mehnat qilish imkoniyati 75 Yoshgacha uzayishi mumkin. CHunki hozirgi kunda nafaqani belgilash haqiqiy biologik qarish Yoshidan 15—20 yil ilgarilab ketgan. Bu hol aqliy mehnat bilan shug‘ullangan ziyoli odamlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. I.V.Davidovskiyning fikricha, uzoq umr ko‘ruvchilar asosan ozish, faol, harakatchan odamlar bo‘lib, havodan erkin nafas olishni juda yoqtiradilar, organizm faoliyatiga daxldor tinka quritar kasalliklardan holi bo‘ladilar. Tadqiqotchi P.P.Lazerev 1928- yilda umr o‘tishi bilan ko‘ruv apparati markaziy etnologiyasining xiralashuvini aytgan edi. Keyinchalik, 1967- yilda amerikalik psixolog Gregori bu fikrni tajribadan o‘tkazdi va inson keksayishi bilan retseptor apparatining optik funksiyasi zaiflashadi, ko‘ruv sezgasi va idrokini xiralashtiradi. Ko‘zning rangni sezishi Yoshi ulg‘ayishi bilan o‘zgarib boradi, hatto, rangni ajratish qobiliyati sezilarli darajada pasayadi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, rang ajratish, spektr nurlarining yoyilishi Ibn Sino tomonidan tushuntirib berilgan, fan olamida esa bu kashfiyot Gel’mgolsga qiyos beriladi. Ko‘rishning pasayishi geteroxron xususiyat kasb etib, spektrning qisqa va to‘kis qismida (ko‘k va qizil rangda) aniqroq aks etadi. Psixogerontologik nuqtai nazardan sezish vaqtini rad qilgan E.N.Sokolov, E.I.Boyko, A.R.Luriya sezish vaqti Yosh davrining informatsion stimul funksiyasidan boshqa narsa emas, deya xulosa chiqaradilar. Ular sezish vaqgining egri chiziqli ko‘rsatkichlarini sxema tarzida ishlab chiqib, keksalik davriga xos ikkita xususiyatni chuqur tahlil qildilar. Xuddi shunga o‘xshash ma’lumotlar D.Birron, D.Botvinnik tajribalarida ham olingan. Psixogerontologiyada keksa erkak va ayollarning psixologak xususiyatlarini o‘rganishda ko‘proq test (sinov) dan foydalaniladi. Testlar o‘z maqsadi, mohiyati hamda tizimiga binoan bir nechta ko‘rinishga ega: 1) maqsadga yo‘naltirilgan, bilim hajmini aniqlovchi standart testlar — imtihon — sinov varaqasi; 2) insonning aql-zakovatini o‘lchashga moslashtirilgan aql testlari; 3) inson shaxsining fazilatlarini tekshirishga mo‘ljallangan testlar; 4) inson iste’dodi, iqtidori hamda qobiliyatining darajasini aniqlashga qaratilgan testlar. Keksayish davrida odamlar psixologiyasini o‘rganish testlar yordamida amalga oshirilishi sinaluvchilarda irodaviy kuch-quvvat sarflash, aqliy zo‘riqish, asabiy tanglik holatlarini kamaytirish uchun xizmat qiladi, tajribada vaqtdan tejamli foydalanish imkoniyatini yaratadi. SHu bilan birga testlar kishilarda (rang-barangligi uchun) qiziqish, tabiiy mayl, shug‘ullanish his-tuyg‘usini uyg‘otadi. Testlar bilan ishlashda vaqt cheklanganligi sababli ayrim nuqsonlarga yo‘l qo‘yiladi, lekin ularni aynan o‘sha sinaluvchilarda muayyan vaqt o‘tgandan keyin takror o‘tkazilsa, kamchiliklar barham topishi mumkin. Keksalar psixologiyasini tadqiq qilishga oid tajribalarda psixogerontologiyaning ayrim usullaridan keng foydalanilmoqda. Nafaqa Yoshiga to‘lgan kishilarning ishni davom ettirish islash va ulardan foydalanish ehtiyoji tibbiyot va ruhiyat ilmi oldiga bir qancha talablar qo‘yadi. Bu talablar M.D.Aleksandrova va uning shogirdlari ta’kiddaganidek, 60 Yoshdan oshgan odamlarning somatik jihatliligi ularning ishlab chiqarishda qatnashishiga qanchalik imkon berishini, insonning ruhiy salomatligi ishlashda qay darajada yordamlashishini, sog‘lom keksa odamning psixofiziologik funksiyalari, psixik jarayonlari, shaxsiy xususiyat- lari va kasb-korlik uchun zarur talablarga mos kelish-kelmasligini aniqlashdan iboratdir. SHularning so‘nggi qismini tadqiq qilish bevosita psixologlarning zimmasida bo‘lib, Yosh ulg‘ayib borishiga qarab fiziologik funksiyalarning o‘zgarishi psixometriya ma’lumotlariga tayanib muayyan usulda o‘rganilishi lozim. Bu usulda bir qancha elat, jamoa hududning xuddi shu Yoshdagi aholisi bilan solishtiriladi. Tadqiqotning bu usuli ayrim ruhiy jarayonlarning Yosh dinamikasini aniqlashga xizmat qiladi. Asab sistemasining qarishi V.D.Mixaylova-Lukasheva, M.M.Aleksandrovskaya kabi olimlarning fiziologak va gistologak tadqiqotlarida keksalarning asab sistemasi, bosh miya tuzilishi o‘zgarishi o‘rganilgan bo‘lib, bu hol makroskopiya va mikroskopiya ma’lumotlari asosida ifodalangan. Makroskopiya ma’lumotlariga ko‘ra: a) keksalik davrida miyaning og‘irliga 20-30% egallashadi: b) bir davrning o‘zida miya bilan kalla suyagining hajmi o‘rtasida disproporsiya kuchayadi; v) keksayish davrida miya burmalari kamayadi va ariqchalari kengayishi kuzatiladi, bular ayniqsa miya qobig‘ining peshona qismida yaqqol ko‘rinadi va etuk Yoshdagi odamlarga qaraganda 3—4 ta yo‘l qisqaradi; g) miyaning zichligi ortadi. Mikroskopiyaning natijalariga binoan: 1) nerv hujayra- larining umumiy miqsori kamayadi, bu o‘zgarish qobig‘ining III-V zonalarida aniq bilinadi; 2) Purkine hujayralarining mikdori keskin kamayadi, hujayralarning yo‘qolishi etuk kyshilart nisbatan 25 % ko‘p bo‘ladi; 3) nerv hujayralari ajinlashadi: yadro esa noto‘g‘ri ko‘rinishga ega bo‘la boshlaydi; 4) nerv tolalari yo‘g‘on- lashadi; 5) xabar olib boruvchi yo‘lda mielin tolalarining miqdori ozayadi. Keksayish davri 61 yoshdan 74 yoshgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu yoshdagi kishilar shaxslararo munosabatlarda boshqa yoshdagi kishilardan ajralib turadi. Ularni shartli ravishda ikki guruhga bo`lish mumkin: 1) mutlaqo istefoga chiqqan, ijtimoiy faol bo`lmagan erkak va ayollar; 2) nafaqaga chiqqan erkak va ayollar, lekin ijtimoiy hayotning turli sohalarida faoliyat ko`rsatayotgan keksalar. Keksalik davri 75 -90 davrlarni o`z ichiga oladi. Keksalar jismoniy va aqliy faollikka moyil hamda passiv turmush tarziga ko`nikkan qariyalar guruhiga ajratish mumkin. Biologik qarish, psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar va xatti-harakatlarda keskin o`zgarishlarni vujudga keltiradi. Sezgi organlari zaiflashadi, asab tizimi kuchsizlanadi. Ma`lumotlarni qabul qilish, ularni qayta ishlash, mohiyatini anglash hamda ongni biror bir obyektda uzoq muddat ushlab turish qiyinlashadi. Grekov so`z metodi assotsiyasi asosida xotira jarayonining xususiyatlarini o`rgangan. Uning ma`lumotlari quyidagicha: 1. 70 dan 80 gacha bo`lgan keksalarda xotira ( mexanik xotira) zaiflashadi; 2. 70 dan 80 gacha bo`lgan keksalarda mantiqiy-ma`noli xotirada miqdorning ahamiyati saqlanadi; 3. obrazli xotira zaiflashadi; 4. 70 -89 gacha yoshlarda xotiraning barqarorlik negizida ma`noning ichki aloqadorligi yotadi; 5. uzoq muddatli xotira kuchsizlanadi; 6. 90 yoshda nutqning ichki bog`lanishi buziladi; 7. xotiraning obrazli-hissiy turlari nutqning tuzilishiga bo`ysunmay qoladi. Xulosa:

Gerontopsixologiyaning asosiy vazifasi - kishilarning qariganda ham bardam , tetik yashashiga yordam beradigan vositalarni izlab topishdir. Inson qarigan paytida aqlan zaiflik va organizmning ba'zi a'zolarining ishlash faoliyatida sustlik hamda harakatlanishda sustlik kuzatiladi.
Yüklə 12,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə