Reja: Google vositalari



Yüklə 285,21 Kb.
tarix20.12.2022
ölçüsü285,21 Kb.
#76743
Google xizmatlari


Ta’limga oid Google xizmatlari
Reja:
1.Google vositalari.
2.Google qidiruv tizimi.
3.Elektron ta’lim texnologiyalari.
Mustaqil O‘zbekistonda me’yoriy, texnika va texnologiylarni qo‘llashning asosiy hujjatlarida axborot kommunikatsion texnologiyalarini qo‘llashni rivojlantirish global masalalardan hisoblanib kelgan. Ma’lumki, hozirgi kunda ta’lim jaryoniga yangi texnologiyalarni qo‘llash eng zaruriy vazifalardan biri hisoblanadi, ta’lim jarayonida yangi avlod texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir, misol uchun berilanlarni Google Diskda saqlash, Google ilovalarida online hujjatlar, taqdimot va eleKtron jadvallar yaratish, aqillik kartalarini internet ilovalarida yaratish maqsadga muvofiqdir.


Yangi Texnika va texnologiyalariga mos ta’limga kirib kelgan simsiz texnologiyalar tufayli, WiFi tufayli onlayn ta’lim resurslarini Google Apps tenologiyalarida, Google kompaniyasining ilovalarida yaratish zaruriyatini davr o‘zi taqdim qilmoqda. Eng qiziqarlisi guruhda ishlab, bu yaratilgan yangi avlod resurslarini foydalanuvchilar bir birlariga uzatishlari va ko‘rishlari mumkin, guruhda ishlash imkoniga ega bo‘ladilar, bu esa dars jarayoniga yangicha yondoshishni talab etadi, yangicha ko‘rinishni hosil qilishga erishiladi. WiFi texnologiyasini ta’lim jarayonida qo‘llanilishi esa Google ilovalarini va Google Apps Cloud platformlarida ishlash va ularni ta’lim jarayonida qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Tanlangan 4 mavzuimizning eng zaruriy masalalarni ko‘rib chiqilayotgani esa ushbu dalillardan ma’lum bo‘lib chiqadi Bulutli texnologiyalarni ta'lim jarayonida qo‘llashga misol sifatida elektron kundalik va jurnallarni, talabalar va o‘qituvchilar uchun o‘quv xonalarini, interaktiv qabul xonasini va boshqalarni nomlash mumkin. Bu talabalar ma'lumot almashishi mumkin bo‘lgan tematik forumlar. Bu, shuningdek, o‘qituvchi yo‘qligida yoki uning rahbarligi ostida ham o‘quvchilar muayyan ta'lim muammolarini hal qilishlari mumkin bo‘lgan ma'lumot qidirishdir. Buning uchun siz quyidagilarni ishlatishingiz mumkin:
• kompyuter dasturlari;
• elektron darsliklar;
• simulyatorlar;
diagnostika, sinov va o‘qitish tizimlari;
• amaliy va instrumental dasturiy ta'minot;
• laboratoriya majmualari;
• multimedia texnologiyasiga asoslangan tizimlar;
•telekommunikatsiya tizimlari (elektron pochta)telekonferentsiyalar;
• elektron kutubxonalar va boshqalar. Ofis dasturlari bilan ishlashga imkon beradigan ko‘plab ommaviy bulutli xizmatlar mavjud, ammo ularning aksariyati o‘z xodimlari bilan hamkorlik qilish uchun ulardan foydalanishni tanlagan tashkilotlar uchun to‘lanadi. Microsoft-dan bulutli ofis xizmati Office 365 deb nomlanadi va ushbu korporatsiya Windows Azure-ni ham taklif qiladi. Ularning asosiy raqobatchisi Google Docs. Googlekompaniyasi o‘zining ilovalarini taklif etar ekan, ularning hujjatlar, taqdimot va elektron jadvallar yaratadigan ko‘rinishlari ta’lim jarayoniga WiFi texnologiyasi, internet rivojlanishi bilan, mobil texnologiyalarining keng qo‘llanilishi bilan bog‘liq. Shunday ekan, bugungi kunda ta’lim jarayoniga mos Google ilovalaridan foydalanib, onlayn resurslarini yaratish maqsadga muvofiqligini adabiyotlardan, ko‘rib chiqilgan adabiyotlar tahlilidan natija qilish mumkin.Bu esa bizning tadqiqotimiz mavzusini dolzarbligini va ta’lim jarayonida Google ilovalaridan foydalanish zaruriyati mavjudligini isbot qiladi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga oliy o‘quv yurtlariga Google ilovalari internet texnologiyasi asosidagi yangicha elektron ta'limni joriylashtirishni taklif etmoqda. Microsoft kompaniyasining Word, Excel, Power Point, kabi mashxur dasturiy vositalariga bugungi kunda Google kompaniyasinng Google Apps(Disk), Google Hujjatlar, Google electron table, Google Taqdimot kabi ilovalari raqabatdoshlik qilib, ularning ommabopligi o‘sib bormoqda. Shular qatorida biz bulutli texnologiyalarining o‘rnini ham ta’kidlab o‘tishimiz zarur. Google Apps Education Edition va Microsoft Live@edu kabi mashxur bulutli latformalarinin ta’kidlashimiz zarur, undan tashqari bulutli ombor vazifasini ta’minlovchi Microsoft Scive Drive va Apple Cloud ta’kidlashimiz va ularni ta’lim jarayoniga qo‘llashning dolzarb tomonlarini ko‘rib chiqamiz. Ta’lim jarayonida bulutli texnologiyalarini qo‘llashdan maqsad yanada egiluvchan infrostrukturadan foydalanuvchilarni qo‘llashlarini ta’minlash, yanada qo‘llashga qulay bo‘lgan servislardan, electron resurslardan foydalanishni amalga oshirishni maqsad qilib oladi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu jarayonni tashkilotlar uchun, oʻquv maskanlari hamda alohida foydalanuvchilar uchun qo‘llash unumli amalga oshiriladi. Ta’limga “bulutli” texnologiyalarinin qo‘llash, o‘quv maskanlarini umuman ta’lim tizmini local axborot infrastrukturan yaratishdan holis qiladi, hisoblash resurslarining yanada ratsional foydalanishga yo‘naltirilgan, foydalanuvchilar uchun so‘rov asosida kerak bo‘lgan “bulutda” joylashgan hisoblash resurslarini qo‘llash imkoiyatlari va perspektivalarini ochib beradi.

Yuqoridagilardan kelib chiqadigan bo‘lsak, bulutli hisoblash ta'lim, ilmiy tadqiqotlar va amaliy rivojlantirishda, shuningdek mutaxassislar, aspirantlar va talabalar uchun masofaviy o‘qitish uchun keng istiqbollarga ega. Bulutli texnologiyalar nafaqat kelajak, balki ko‘p jihatdan ular allaqachon mavjud bo‘lgan hozir zamon texnologiyalari. Shunday qilib, yangi ta'lim standartlariga o‘tish davrida bulutli texnologiyalar o‘qituvchi va talabaning yangi axborot madaniyatini shakllantirishga yordam beradi va loyiha usullari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini birlashtirish uchun noyob imkoniyat yaratadi. Bulutli texnologiyalarni o‘quv jarayonida qo‘llash ta'lim maydonini ochiq qilish imkonini beradi. Ta'lim uchun Google Apps.
Google har qanday brauzer oynasida (Mozilla Firefox, Google Chrome, Opera, Internet Explorer, Safari va boshqalar) Internetga ulanadigan ko‘plab dasturlar va xizmatlarni ishlab chiqadi va taqdim etadi. Google Apps veb-xizmatlari bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan domen nomidan foydalanish uchun Google tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar - Google Apps alohida o‘rin tutadi. Domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish Google tomonidan vakolatli registrator orqali amalga oshiriladi. Google Apps bepul asosiy va professional paketlar bilan ta'minlangan. Ta'lim maqsadida Google Apps Education Edition ishlab chiqilgan - bu professional to‘plamning barcha xususiyatlarini o‘z ichiga olgan ta'lim muassasalari uchun bepul to‘plam. Google Apps Education Edition - bulutga asoslangan veb-dastur bo‘lib, talabalar va o‘qituvchilarga samarali muloqot qilish va hamkorlik qilishlari uchun kerakli vositalarni taqdim etadi. Ta'lim uchun Google xizmatlari, ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, o‘qituvchilar va talabalar bilan o‘zaro aloqada bo‘lish, o‘qitish va o‘rganish uchun yanada muvaffaqiyatli va samarali ishlashga imkon beradigan bepul (va reklamasiz) vositalar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Google-ning universitetlar uchun onlayn xizmatlari bir qator afzalliklarga ega, bu esa Internet tarmog‘i mavjud bo‘lgan har qanday ta'lim muhitida foydalanish imkoniyatini beradi. Google Apps Education Edition foydalanuvchisi nuqtai nazaridan ta'lim olishda foydalanishning asosiy afzalliklari:
- apparat uchun minimal talablar (zarur shart - bu Internetga kirish imkoniyati);
-bulutli texnologiyalar maxsus dasturiy ta'minotni sotib olish va saqlash xarajatlarini talab qilmaydi (dasturlarga veb-brauzer oynasi orqali kirish mumkin);
- Google Apps talabalar va ta'lim muassasalari foydalanadigan barcha operatsion tizimlar va mijoz dasturlarini qo‘llab-quvvatlaydi;
- Internetda ishlashni qo‘llab-quvvatlaydigan har qanday mobil qurilmadan foydalangan holda hujjatlar bilan ishlash mumkin;
- Barcha Google Apps Education Edition vositalari bepul.
Zamonaviy kompyuter texnologiyalari talabalar va o‘qituvchilarga aloqa va ish uchun bir nechta qurilmalardan: noutbuklar, kompyuterlar, smartfonlar, planshet, kompyuterlar va h.k.lardan foydalanishga imkon beradi. Google Apps vositalari turli xil qurilmalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, shuning uchun ular ta'lim muhitida ishlash uchun umuman mavjud va universal IT texnologiyasidir. Google tomonidan ta'lim muassasalari uchun taqdim etiladigan asosiy onlayn bulutli hisoblash xizmatlarini ko‘rib chiqamiz.
Gmail. Gmail - bu tezkor xabar almashish, ovozli va video suhbat, uyali aloqa va spam va viruslardan himoyalangan to‘liq xususiyatli elektron pochta mijozi. Ushbu pochta xizmatining asosiy xususiyati, Gmail ishlab chiquvchilarining fikriga ko‘ra, kuchli elektron pochta orqali qidirish algoritmidir. Gmail-dagi xabarlarning puxta o‘ylangan ierarxiyasi sizga xabarlarni kontekstda ko‘rish imkonini beradi va agar yuborilgan yoki qabul qilingan xabarlarga javoblar bo‘lsa, GMail tizimi ularni asl xabar bilan birga xronologik tartibda avtomatik ravishda namoyish etadi. Ushbu xabar mavzusi barcha xabarlarni kuzatib borish va munozarani bir joyda davom ettirishga imkon beradi.

Google Drive. Fayllarni saqlash mumkin boʻlgan bulutli xosting.Asosiy funksiyalari: internetda fayllarni saqlash,ularni tahrirlash va koʻchirib olish.Xizmat 15 GB bepul joy taklif etadi

Google Sites. Bu video, rasm, hujjatlarni nashr etish qobiliyatiga ega veb-sayt quruvchisi. Xizmatning maqsadi, ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, "foydalanuvchilar ma'lumot almashadigan yagona Internet maydonini tashkil etish". Google Sites xizmati saytingizga turli xil ma'lumotlarni - kalendar, videofilmlar, rasmlar, hujjatlar va boshqalarni qo‘shish imkonini beradi; saytga kirish parametrlarini aniqlash mumkin bo‘ladi.



Google – qidiruv sistemasiga oid sayt hisoblanadi. Qidiruv sistemasi bu – foydalanuvchilar o‘ziga kerakli bo‘lgan matn(so‘z)ni kiritishadi va shu asosida qidiruv sistemalari foydalanuvchi matni uchragan saytlar ro‘yhatini chiqarib beradi. Bu juda qulay tizim hisoblanib, barcha yoshdagi foydalanuvchilarga tegishli va barcha tilllarda kerakli ma’lumotlarni topishga imkon beradi.
Google – qidiruv sistemasiga oid sayt hisoblanadi. Qidiruv sistemasi bu – foydalanuvchilar o‘ziga kerakli bo‘lgan matn(so‘z)ni kiritishadi va shu asosida qidiruv sistemalari foydalanuvchi matni uchragan saytlar ro‘yhatini chiqarib beradi. Bu juda qulay tizim hisoblanib, barcha yoshdagi foydalanuvchilarga tegishli va barcha tilllarda kerakli ma’lumotlarni topishga imkon beradi.
Qidiruv sistemalari internet tarmog‘iga kiritilgan va qidiruv tizimlari ro‘yhatidan o‘tgan saytlar ichidan kerakli axborotlarni qidiradi. Bu tizimlarga YANDEX, YAHOO, GOOGLE va hakazolarni misol qilish mumkin.
Qidiruv sistemalari internet tarmog‘iga kiritilgan va qidiruv tizimlari ro‘yhatidan o‘tgan saytlar ichidan kerakli axborotlarni qidiradi. Bu tizimlarga YANDEX, YAHOO, GOOGLE va hakazolarni misol qilish mumkin.
Google kompaniyasini asoschilari Larry Page va Sergey Brin hisoblanadi. Google kompaniyasida 3000 ga yaqin ishchi ishlar ekan.Kompaniyaning 450000 ga yaqin serverlari mavjud bo‘lib, ular butun dunyo bo‘ylab tarqalgan ekan. Google saytining oddiyligi(asosan oq fon), dastlab bu korxonada yaxshi dizaynerlar yo‘qligi bilan tushuntirilar ekan.
IE uchun Google Toolbar - ushbu plagin(plugin) Internet Explorer brauzeri uchun qo‘shimcha funksional panel qo‘shadi. Unda qidiruv, veb formalarni to‘ldirish, suzib chiquvchi oynalarni bekor qilish kabi imkoniyatlar mavjud.
Xozirgi vaqtda o‘quv nashrlarining to‘rt xil turdagi nashrlarni o‘z ichiga oluvchi tipologik modeli mavjud bo‘lib, bularga:
Xozirgi vaqtda o‘quv nashrlarining to‘rt xil turdagi nashrlarni o‘z ichiga oluvchi tipologik modeli mavjud bo‘lib, bularga:
Dasturiy-uslubiy (o‘quv rejasi va dasturlari);
O‘quv-uslubiy (uslubiy ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar);
O‘qituvchi (darsliklar,o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari);
Yordamchi (praktikumlar,masala va mashqlar to‘plamlari).
O‘UMning asosini uning interaktiv qismi egallaydi.Ushbu qism faqat kompyuterda realizatsiyalanadi. Unga quyidagilar kiradi:
O‘UMning asosini uning interaktiv qismi egallaydi.Ushbu qism faqat kompyuterda realizatsiyalanadi. Unga quyidagilar kiradi:
-elektron darslik;
- electron ma’lumotnoma;
- trenajerli majmua;
- misol va masalalar to‘plami;
- electron laboratoriya praktikumi;
- kompyuterli test tizimi.
Elektron darslik nazariy materialni mustaqil o‘rganishga mo‘ljallangan bo‘lib, unung gipermatnli tuzilishi individual ta’lim traektoriyasi bilan ishlash imkoniyatini beradi. Elektron darslik nazariy materialni mustaqil o‘rganishga mo‘ljallangan bo‘lib, unung gipermatnli tuzilishi individual ta’lim traektoriyasi bilan ishlash

imkoniyatini beradi.


Elektron ma’lumotnoma foydalanuvchiga zarur vaqtda kerakli axborotni kompakt shaklda tezkor olish imkoniyatini beradi.
Matnli axborot quyidagi formatlarda ifodalanishi mumkin:
htm (html) – gipermatnli xujjatlar tili – Internetda xujjatlarni saqlash va uzatishning eng asosiy usuli.Barcha standart brauzerlar tomonidan o‘qiladi. (Internet Explore, Netscape Navigator, Opera).Xujjatni matn muharrilarida saqlash, tahrirlash mumkin.
txt –standart matnli fayl formati. Barcha standart matn muharrirlari tomonidan o‘qiladi.
doc - MS Word matn muharriri xujjati. MS Windows muhiti standart vositalari yordamida qayta ishlanadi.
pdf - Matni Adobe Acrobat Reader yordamida o‘qish yoki bosmada chiqarish mumkin.
Shuningdek, Google ning yana bir ta’lim sifatini oshirish uchun xizmat qiluvchi ilovasi bu Google Classroom hisoblanadi. Google Classroom (класс) – o‘quv muassasalari uchun bepul Google xizmati. Asosiy maqsadi o‘qituvchilar va o‘quvchi(talabalar) talabalar o‘rtasida fayllar almashinuvini soddalashtirishdir. Google Classroom – Onlayn ta’lim olish uchun eng yaxshi tanlov.

Yüklə 285,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin