Reja: Hujjatlar va ular haqida tushuncha



Yüklə 117,05 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü117,05 Kb.
#185771
Hujjatlashtirish va inventarizatsiya-fayllar.org (1)


Hujjatlashtirish va inventarizatsiya

HUJJATLASHTIRISH VA INVENTARIZATSIYA


Reja:
1. Hujjatlar va ular haqida tushuncha.

2. Hujjatlarning turlari.


3.Hujjatlardagi rekvizitlar va hujjatlarni rasmiylashtirish
4. Hujjatlarning aylanishi.
5. Inventarizatsiya haqida tushuncha, uning ahamiyati va turlari.
6. Inventarizatsiya o‘tkazish va natijasini rasmiylashtirish.
Tayanch iboralar: Hujjat, hujjat aylanishi, rekvizit, blanka, arxiv, dastlabki va yig‘ma, farmoyish, tasdiqlovchi, inventarizatsiya, to‘liq va qisman,
inventarizatsiya yozuvi, inventarizatsiya ro‘yxati.
1. Hujjatlar va ular haqida tushuncha.

Buxgalteriya hisobi usuli elementlaridan biri hujjatlashtirish bo‘lib, uning ahamiyati xo‘jalikni yuritishda, boshqaruvni oqilona tashkil etishda, shuningdek hisob ishlarini yuritish oldiga qo‘yilgan vazifa hamda talablarga javob berishda zaruriydir.


Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi statistika tashkiloti ishlab chiqqan va tasdiqlagan maxsus blankalarga ro‘y bergan yoki sodir etilishi kerak bo‘lgan xo‘jalik jarayonlarini hamma rekvizitlarni aks ettirilgan holda tuziladi. Bundan tashqari korxona maxsuslashtirib ishlab chiqqan blanka shakllari ham qo‘llaniladi, ushbu hollarda ishlab chiqilgan blankalar shakli moliya tashkilotlari tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Blankalarni eskirganlarini, hamda andozaga javob bermaydigan shakllarini ishlatish ta’kiklanadi.
Hozirgi davrda korxonalar o‘z buxgalteriya hisobini yuritishda zamonaviy texnika vositalaridan keng foydalanmoqdalar. Bunda korxonalarga birlamchi hujjatlarni hamma standartlar talabiga rioya etgan holda, hisoblash texnikalari orqali ishlab chiqarishga ruxsat etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi o‘rnatgan qonunchiligida belgilangan hollarda ba’zi hujjatlar qat’iy hisobda olib boriladi. Bunday blankalardan foydalanish va ular asosida hisob yuritish tartibi hamda ulardan foydalanuvchi korxonalar doirasi moliya vazirligi va tegishli boshqarmalari tomonidan belgilanadi.
Qat’iy hisobda turgan blankalar o‘rnatilgan tartibda tartib raqami bilan belgilanadi, albatta korxona muhri, ma’sul xodimi imzo bilan ham tasdiqlanishi zarur.
Blankalarga ma’lumotlar aks ettirilish ahamiyati shundaki, avvalambor xo‘jalik jarayoni isbotini bersa, ikkinchidan mulkchilik saqlanishini ta’minlaydi va yana korxona ichki boshqaruvi uchun hamda yuqori boshqaruvi, audit nazorati, tekshiruvi uchun ham xizmat qiladi. hujjatdagi ma’lumotlardan foydalanib korxona, muassasalar, tashkilotlar faoliyati o‘rganiladi, tahlil qilinadi, baho beriladi va tegishli xulosalar chiqarilib ular asosida chora-tadbirlari belgilanadi, tegishli qonun qoidalar qabul qilinadi va hayotga tadbiq etiladi.
Qat’iy hisobda turgan blankalar o‘rnatilgan tartibda tartib raqami bilan belgilanadi, albatta korxona muhri, ma’sul xodimi imzo bilan ham tasdiqlanishi zarur.
Qat’iy hisobda turgan blankalar o‘rnatilgan tartibda tartib raqami bilan belgilanadi, albatta korxona muhri, ma’sul xodimi imzo bilan ham tasdiqlanishi zarur.
2. Hujjatlarni turlari.

Xo‘jalik jarayonlari turli-tumanligi ularning aks ettiruvchi hujjatlarni ham turli bo‘lishiga sabab bo‘lishi tabiiydir. Hujjatlar bir necha xususiyatlarga kura turkumlarga ajratiladi, bunday guruhlashga sabab, hujjatlashtirish ishlarini, ulardan hisob ishlarida foydalanishni hamda ular aylanishini, saklashini osonlashtirishdir.


Hujjatlar tuzilishi tartibiga, vazifasiga, xo‘jalik jarayonini aks ettirishiga, qaerda tuzilishi xususiyatlariga ko‘ra turkumlarga ajratiladi.
Tuzilish tartibiga ko‘ra, dastlabki va yig‘ma hujjatlarga bo‘linadiki, buni qo‘yidagicha izohlash mumkin.
Xo‘jalik jarayoni ro‘y berganda albatta hujjatlashtirilishi shart, masalan, tovar keltirish uchun asos bo‘lgan TTN (Tovar transport nakladnoyi), kassa kirimi va chiqim orderlari va hokazo. Bular bir xo‘jalik jarayonini o‘zida aks ettiradi, hamda dastlabki hujjatlarga misol bo‘ladi.
SHu dastlabki hujjatlar tekshirilib, ular asosida yigmahujjatlar tuziladi va bu hujjatlar ma’lum bir davr ichida ro‘y bergan jarayonlar hisobot ma’lumotlar beradi.
Yigma hujjatlarga tovar hisoboti, kassir hisobotini misol tariqasida keltirish mumkin.
Hujjatlar yana ularni vazifasiga kura 5 turga ajratiladi.
Farmoyish beruvchi hujjatlar.
Tasdiklovchi hujjatlar.
Farmoyish-tasdiqlovchi hujjatlar.
Ramiylashtirish hujjatlari.
Axborot hujjatlari.
1.Biror xo‘jalik jarayonini bajarish uchun albatta ma’sul xodimlar tomonidan buyruq beriladi yoki jamoa qaror qabul qiladi. Unda jarayonni bajaruvchi shaxslar, hamda jarayonlar bajarilishi muddati ko‘rsatilgan bo‘ladi. SHunday qilib biror xo‘jalik jarayonini bajarilishiga farmon beruvchi hujjatlar, farmoyish hujjatlari deyiladi. Ular asosida buxgalteriya provodkalari bajarilmaydi, balki korxona boshqaruvini xodimlari ishlar yuzasidan nazoratni o‘rnatish uchun xizmat qiladi.
2. Xodim, ma’sul shaxsni biror xo‘jalik jarayonini bajarganini tasdiqlovchi hujjatlar ham amalda qo‘llaniladi. Masalan, asosiy vositalarni qabul qilish, topshirish akti asosiy vositalarni qabul qilinganini, to‘lov qaydnomalari mehnat haqi berilganini (deponentlashtirilganligini) isbotlaydi. SHuning uchun ham bunday hujjatlar tasdiqlovchi hujjatlar deyiladi.
3. Korxonalar buxgalteriya hisobini yuritishda shunday hujjatlar ham mavjudki, ularda bir vaqtning o‘zida jarayon bajarilishiga farmon berilishi bilan birga, jarayon bajarilganligini tasdiqlash xususiyati ham mujassamlashtirilgandir. Masalan, to‘lov topshiriqnomasi korxonaning bankdagi «hisoblashish» schetidan to‘lov o‘tkazilishiga buyruq berilishi bilan birga schetdan pul o‘tkazilganligini ham isbotlaydi. Bunday hujjatlarga to‘lov talabnomasi, kassa chiqim orderlarini ham misol tariqasida keltirish mumkin. Ularda 2 xususiyat mujassamlashtirilganligi sababli, farmoyish tasdiqlovchi hujjatlar deb ataladi.
4. Buxgalteriya hisobi yuritishda xo‘jalik jarayonlari ro‘y berishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan, ammo hisob ishlarida ahamiyatli hujjatlar ham borki, ular rasmiylashtirish hujjatlar deb ataladi. Masalan, korxonada mavjud bo‘lgan asosiy vositalarga eskirish summasini hisoblash qaydnomalari, buxgalteriya ma’lumotnomalari, sotilgan tovarlarga doir o‘rtacha savdo ustamasini hisoblash jadvali, sotilgan tovarlarga tegishli transport xarajatlarini hisoblash jadvali va xokazo. Ulardan buxgalteriya hisobi registrlariga tegishli yozuvlarni aks ettirishda foydalaniladi.
5. Korxonada ro‘y bergan xo‘jalik jarayonlarini asosi hisoblangan uni moliyaviy holati, tovar moddiy boyliklari zahiralari hisobot axborot beruvchi hujjatlar, ichki boshqaruv va yuqori tashkilot va muassasalari, davlat soliq nazorati, kreditorlar, hissadorlar, ta’sischilar, tashqi auditorlarga zaruriy vaqtlarda tegishli axborotlar olishda xizmat qiladi. Bunday axborot hujjatlarga mol etkazib beruvchilar, pudratchilar bilan tuzilgan shartnomalar, bank muassasalari bilan tuzilgan shartnomalar tovar moddiy boyliklari zahiralari, tabiiy kamayish me’yorlari misol bo‘la oladi.
Hujjatlar qaerda tuzilishiga ko‘ra ikki to‘rga bo‘linadi.
Korxona o‘zida tuzilgan hujjatlar
Boshqa korxonalarda tuzilgan hujjatlar.
Korxonada sodir etilgan jarayonlar uchun asos bo‘lgan va uni o‘zida tuzilgan hujjatlarga hisobdor shaxs avans hisoboti, hisob-to‘lov vedomosti, kassa kirim va chiqim orderlari, hisobotlar misol bo‘ladi.
Korxona buxgalteriyasidagi schetlarda tegishli ma’lumotlarni aks ettirishda boshqa korxonalarda rasmiylashtirilgan hujjatlar ham asos bo‘ladiki, ularga hisob-kitob schetidan ko‘chirma, unga ilova qilingan to‘lov talabnomalarini, mol etkazib beruvchi tashkilot yuborgan tovar(mahsulot) uchun asos bo‘luvchi TTN, yuk kvitansiyalari va boshqalar misol bo‘ladi.
Hujjatlar maxsus blankalarga xo‘jalik jarayonlarini aks ettirish orqali olinar ekan, xo‘jalik jarayonlari turliligi ular aks ettirilgan hujjatlarda rekvizitlar turlicha bo‘lishiga olib keladi. hujjatlardagi rekvizitlar hisobot so‘z yuritishdan oldin, blankalardagi rekvizitlarni bilib olmoq maqsadga muvofikdir. CHunki, ma’lumotlar har tomonlama talabga javob beruvchi blankalarda aks ettirilishi lozim:
blankalarda statistika qo‘mitasi belgilangan shakl kodi bo‘lishi;
xo‘jalik jarayonini aks ettirish uchun maxsus qatorlar bo‘lishi;
ma’sul xodimlar imzosi va muhr uchun o‘rin ajratilishi va xokazo.
3. Hujjatlardagi rekvizitlar va hujjatlarni rasmiylashtirish.

Dastlabki hujjatlar huquqiy kuchga ega bo‘lishi uchun qo‘yidagi majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi zarur:


hujjat (shakl) nomi, shakl kodi;
tuzilgan muddati;
xo‘jalik jarayonini mazmuni;
xo‘jalik jarayoni summasi (so‘zda va sonda);
xo‘jalik jarayoni uchun ma’sul shaxslar nomi,
hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga javobgar shaxs nomi va imzosi.
Har bir hujjat shunday rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerakki, unda amalga oshirilgan muomalalar haqida to‘la - to‘kis fikrga ega bo‘lish va uning isbotlovchi kuchini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlar mavjud bo‘lsin. Hujjatlarning tarkibiy unsurlari hisoblangan bu ma’lumotlar uning REKVIZITLARI deb nomlanadi. Rekvizit (lotincha reqnisitum) - bu kerakli, talab qilinadigan degan ma’noni anglatadi.
O‘z xususiyatiga ko‘ra rekvizitlar har xil bo‘ladi. Ular o‘zlarida aks ettirilgan hujjatlarning vazifalari va muomalalarning mazmuniga bog‘liq. Mutlaqo aniqki, masalan, ishchiga ish haqi hisoblashni rasmiylashtiradigan hujjat (ishbay ishiga naryad)ning rikvizitlari, to‘lov talabnomasi (tovarlarning sotilishini qayd etilgan hujjat)ning rekvizitlaridan, albatta farqlanadi.
Lekin har xil hujjatlarning mazmunidagi katta farqlarga qaramasdan, har qanday muomalani buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun zarur bo‘lgan rekvizitlar mavjud bo‘lishi kerak
Zaruriy xollarda hujjatlarda qo‘shimcha rekvizitlar ham aks ettirilishi mumkin. Masalan, hujjat tartib raqami, korxona nomi va manzili, jarayonni sodir etilishi uchun asos, hujjatlashtirilayotgan jarayonni aniqlashga mo‘ljallangan boshqa rekvizitlar.
Buxgalteriya hisobi avtomatlashtirilgan sharoitlarda hujjatlar rekvizitlari kod ko‘rinishida aks ettirilishi mumkin.
Hujjatlardagi rekvizitlar aniq va to‘g‘ri holda, kimeviy qalamda, sharikli, siyohli ruchkada, yozuv mashinalari orqali aks ettirilishi mumkin. hujjatlardagi yozuvlarni oddiy qalamda yozishga ruxsat etilmasligiga sabab, hujjatlarni arxivlarda uzoq saklanishi davomida yozuvlarni to‘liq saklanishini ta’minlashdir. hujjat davomida blankalardagi maxsus qatorlarda bo‘sh qolgan qatorlarga albatta chiziq tortilishi kerak, bu bilan mumkin bo‘lmagan yozuvlar oldi olinadi.
Hujjatlarda albatta, ulardagi yozuvlar xaqiqiyligini tasdiqlash huquqiga ega shaxslar bo‘lib, ular soni, ro‘yxati korxona raxbari tomonidan tasdiqlanadi. Qimmat va juda kamyob moddiy boyliklar berilishi rasmiylashtiriladigan hujjatlarga imzo chekish huquqiga ega shaxslar chegaralangan bo‘lishi kerak.
Hujjatlarda o‘chirib yozishlar bo‘lishi mumkin emas, zaruriyat tug‘ilib qolganda esa, tuzatish imzo va so‘z bilan tasdiqlab qo‘yilishi shart. hujjatlarda bo‘yab, noaniq yozuvlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
Kassa jarayonlari aks ettirilgan hujjatlarga tuzatishlar kiritish mumkin emas.
4. Hujjatlarning aylanishi.
Xo‘jalik jarayoni sodir etilganini isbotlovchi yoki jarayon sodir etilishiga asos bo‘luvchi hujjatlar bir necha ma’sul shaxslarda, bo‘limlarda, korxonalarda xarakatda bo‘ladi va o‘z mo‘ljali bo‘yicha xizmat qilib bo‘lganidan so‘ng, belgilangan tartibda arxivga topshiriladi, ya’ni hujjat aylanishi sodir bo‘ladi. Demak, hujjat aylanishi-birlamchi hujjatlarni tuzilib, ularni qayta ishlab va umumlashtirib, guruhlashdan so‘ng, arxivga topshirilguncha xarakatidir.
Buxgalteriyaga kelib tushgan hujjatlar majburiy tekshiruvdan o‘tishi kerak. Hujjatni tekshirishda qo‘yidagilarni e’tiborga olish kerak bo‘ladi:
SHakl nuktai nazaridan (hujjat to‘g‘ri to‘ldirilganligi, hamma rekvizitlar mavjudligi, to‘liqligi).
Mazmun tuktai nazaridan (hujjatlashtirilayotgan jarayon qonuniyligi, iqtisodiy mazmunga ega ekanligi alohida ko‘rsatkichlar mantiqiy bog‘liqligi, arifmetik xatolar yo‘qligi).
Iktisodiy mantiqsiz, qonunga xilof hujjat jarayonlari aks ettirilgan hujjatlar rasmiylashtirishga va jarayonni bajarilishiga qabul qilinmaydi. Bunday hujjatlar tegishli qaror qabul qilish uchun korxona boshqarma buxgalteriyalariga topshirilishi shart.
Kayta ishlangan hujjatlarga albatta tegishli belgi qo‘yilishi lozim. Bu bilan hujjatni yana qayta ishlash oldi olinadi. Agar hujjat qo‘lda qayta ishlansa, hisob registriga yozilgan muddati, agar qayta ishlash hisoblash qurilmasi orqali amalga oshirilsa, ularni qayta ishlashga javobgar nazoratchi shtamp orqali belgi qo‘yadi.
Kassa jarayonlariga asos bo‘luvchi kassa kirim va chiqim orderlariga, to‘lov vedomotslariga jarayon amalga oshirilgan zahoti qo‘lda e shtampda «olindi» yoki «to‘landi» degan so‘zlar muddatni (kun, oy, yil) ko‘rsatilib aks ettirilish shart.
Buxgalteriya hisobida hujjatlar xarakati, ya’ni tashkil etish yoki boshqa korxonalar, tashkilotlar, muassasalardan hisobga, qayta ishlashga, arxivga uzatish uchun olinishi ro‘yxat bilan tartibga solinadi.
Hujjat aylanishi ro‘yxatini tuzish ishlarini bosh buxgalter tashkil etadi va hujjat aylanishi ro‘yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Eldon S. Hendrikson Michael F. Van Breda. Accounting theory asarida quyidagi fikrlarni bildirishgan:
Ro‘yxatni tuzishdan maqsad, hisob ishlarini osonlashtirish, hujjat aylanishini oqilona tashkil etishdan iborat. hujjat aylanishi ro‘yxati sxema ko‘rinishida rasmiylashtirilishi mumkin. YOki jadval ko‘rinishida bo‘lib, qo‘yidagi rekvizitlarga ega bo‘ladi: hujjat nomi, hujjatni tuzish (nusxa soni, rasmiylashtiruvchi ma’sul, bajarilishga ma’sul, bajarilish muddati) hujjatni tekshirish (tekshirishga ma’sul, kim keltirishi, keltirish tartibi, keltirish muddati), hujjatni qayta ishlash (kim bajarishi, qayta ishlash muddati) arxivga berish (kim beradi, berish muddati), hamda ro‘yxatni tasdiqlash buyrig‘i tartib raqami va muddati, korxona muhri, korxona bosh buxgalteri va rahbari imzosi .
Korxona xodimlari hujjat aylanishi ro‘yxatiga asosan, ular faoliyatiga taalluqli hujjatlarni tuzadi va takdim etadi. hujjatni o‘z vaqtida to‘g‘ri to‘ldirilishi, belgilangan, muddatda takdim etilishi , ulardagi ma’lumotlar ishonchliligiga javobgarlik shu hujjatni tuzgan va imzo chekkan shaxsga yuklatiladi.
“The purpose of the list is to simplify accountancy, to make a reasonable circulation of documents. The document list can be checked as schema. In the form of the table, it has the following requisites: document name, document creation (number of copies, authorizing officer, execution of execution, expiration date) document verification (responsible for verification) , order of delivery, term of delivery), document processing (who, who will perform, processing time) to archive (who gives, duration of issuance), number and duration of order of the order confirmation, enterprise seal, chief accountant and head of the enterprise Signature.
Corporate staff builds and presents documents related to their activities, based on their list of documents. the right to timely, correct, timely submission of the document, the responsibility for the reliability of the information contained therein, shall be entrusted to the person who signed and signed this document.”1
Korxona bo‘yicha hujjat aylanishi ro‘yxati bo‘yicha ishlar o‘z vaqtida bajarilishini bosh buxgalter nazorat etib boradi.
Dastlabki hujjatlar, hisob qaydnomalari, buxgalteriya hisobotlari va balanslari arxivga topshirilishi majburiydir.
Hujjatlar arxivga topshirilgunga kadar buxgalteriyada maxsus binoda yoki korxona raxbari tayinlagan moddiy javobgar shaxs ma’sulligida bekitiladigan shkaflarda saqlanadi.
Qat’iy hisobdagi blankalar esa , ular saqlanishini ta’minlaydigan seyflarda, metall shkaflarda, maxsus binolarda saklanadi. Aniq bir, hisob vedomostiga taalluqli, joriy oyda qayta ishlangan dastlabki hujjatlar xronologik tartibda yig‘ilib arxivga ma’lumotnoma bilan uzatiladi.
Kassa orderlari, hisobdorlik hisobotlari, bank ko‘chirmalari ular ilovalari bilan birga xronologik tartibda yig‘iladi va taxtlanadi. Ba’zi bir hujjatlar taxtlanmasligi mumkin, ammo ular yo‘qotilishi yoki suyiste’mollikni oldini olish maqsadida tikib qo‘yiladi.
Korxona arxivida dastlabki hujjatlar, hisob registrlarini, hisobotlarni saqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi arxivi bosh boshqarmasini materiallarini saklash ko‘rsatmasiga kura, o‘rnatiladi.
Hujjatlarni buxgalteriyadan va arxivdan boshqa tarmoq xoimlariga berilishi korxona bosh buxgaletriya ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Korxonadan hujjatlarni faqat aniqlash dastlabki tergov, prokuratura va sud tashkilotlari tomonidan amaldagi qonunchilikga javob bergan xollardagi qarorlariga asosan olinishi mumkin. hujjat olinishi bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, uni bir nusxasi korxona tegishli ma’sul xodimiga imzo bilan beriladi. hujjat olgan tashkilot ruxsati va vakili ishtirokida, tegishli ma’sul xodim olingan hujjatdan nusxa olishi mumkin va unda asosni ko‘rsatilishi va olingan muddati ko‘rsatilishi kerak.

5. Inventarizatsiya haqida tushuncha, uni ahamiyati va turlari.


Korxonada mavjud bo‘lgan mulkliklar saqlanishini ta’minlash, ular nazoratini yaxshilash maqsadida, yuritilayotgan hisob ma’lumotlari nechog‘lik xaqikiyligi, to‘g‘riligini tekshirish maqsadida inventarizatsiya o‘tkaziladi. Korxonadagi mulklar deganda, asosiy vositalar, nomoddiy, aktivlar, ishlab chiqarish zahiralari, tayyor mahsulot, tovar, pul mablag‘lari va boshqa moliyaviy aktivlar tushuniladi. Korxonaning moliyaviy majburiyatlari ham inventarizatsiya qilinib, bunday majburiyatlarga kreditorlik qarzlari, bank kreditlari, olingan qarzlar tushuniladi.
Korxonalarda yillik hisobot tuzilib, bundagi ma’lumotlar albatta, xaqikiy ma’lumotlar asosida bo‘lmog‘i lozim. Bu shart bajarilishi uchun ham korxona inventarizatsiyasi o‘tkazilmog‘i shartdir.
Yo‘qlama qilishning utkazilish tartibiga karab rejali va tusatdan amalga oshirilgan yo‘qlama qilishlarga bo‘linadi.Buxgalteriya hisoboti va balanslari to‘g‘risidagi nizomga kura korxona yo‘qlama qilishni kuyidagi muddatlarda utkazishi shart:
asosiy vositalarni xar yili eng kamida bir marta yillik hisobot va balans to‘zish oldidan,ammo hisobot yilining 1 noyabridan avval emas;
kapital sarflarni xar yili eng kamida bir marta yillik hisobot va balans to‘zish oldidan,ammo hisobot yilining 1 dekabridan avval emas;
tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonaning o‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayer mahsulotlari yillik hisobot to‘zishdan oldin,ammo hisobot yilining 1 oktyabridan avval emas;
tugallanmagan to‘zatish va kelgusi davr xarajatlarini xar yili kamida 1 marta;
esh xayvon,bokuvdagi xayvon,kush,kuen,yirtkich xayvon va asalari oilalari xamda tajriba ostidagi xayvonlarni – xar chorakda eng kamida bir marta;
omborlardagi tayer mahsulotlari – xar yili eng kamida bir marta yillik hisobot va balans to‘zish oldidan,ammo hisobot yilining 1 oktyabridan avval emas;
sanoat molari saklanadigan ombor va bazalardagi mollarni – xar yili eng kamida bir marta;
ozik-ovkat mollari saklanadigan ombor va bazalardagi tovarlarni – xar yili eng kamida ikki marta;
chakana savdo magazinlaridagi va uning boshqa korxonalaridagi mol va idishlarni - xar yili eng kamida ikki marta;
kitob magazinlaridagi mollarni – xar yili eng kamida bir marta;
kam baxoli va tez ishdan chikadigan buyumlarni – xar yili eng kamida bir marta;
neft va neft mahsulotlarini - xar oyi eng kamida ikki marta;
kimmatbaxoli metalla va olmoslarni xar yili eng kamida ikki marta;
kutubxona fondalarini - tegishli vazirliklar tomonidan o‘rna-tilgan tartibda;
xom-ashe va xar xil moddiy qiymatliklarni – xar yili eng kamida bir marta, yillik hisobot va balans to‘zish oldidan, ammo hisobot yilining birinchi oktyabridan avval emas;
pul mablag‘lari, pul xujjatlari, kimmatli va kat’iy hisobotdagi ish kogoz (blank)larni – xar oyda kamida bir marta;
blanklar bilan hisob-kitoblarni (hisob-kitob va boshqa schyotlar, ssudalar, byudjetdan olingan mablag‘lar va boshqalar buyicha) banklarining kuchirmalarini olish bilanok, bankka inkassaga berilgan hisob-kitob xujjatlari buyicha esa xar oyning birinsi sanasiga;
byudjetga tulovlar buyicha hisob-kitoblarni – xar chorakda eng kamida bir marta;
korxonalarning o‘zlarini aloxida balansiga utkazilgan ishlab chiqarish bulinmalari, ishlab chiqarishlari va xo‘jaliklar bilan xamda yukori tashkilotlari bilan hisob-kitoblarini - xar oyning birinchi sanasiga;
debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni - xar yili eng kamida ikki marta.
Yuqorida ko‘rsatilgan yo‘qlama qilish muddatlariga karab korxonada bir yilda utkaziladigan yuklama qilishlar rejasi to‘ziladi. SHu rejaga asosan korxonaga tegishli barcha qiymatliklar, yo‘qlama qilinadi va bu ma’lumotlar hisob ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Ana shu yul bilan hisob ma’lumotlarining realligi ta’minlanib boriladi. Moddiy javobgar shaxslar almashgan vaqtda almashinish kuni yo‘qlama utkazilishi shart. Rejali yo‘qlama qilishni utkazish uchun bir kancha tadbir-choralar amalga oshiriladi.
Rejali yo‘qlama qilishdan tashkari, korxonalarda tusatdan xam yo‘qlama qilish utkaziladi. Bunday yo‘qlama qilishlar korxona raxbariga yoki yukori tashkilot va idoralarga tegishli ob’ektdagi javobgar shaxsning nojuya xarakatlari xaqda biror xabar kelganda, korxona faoliyati taftish qilinishi davrida, ut olish, suv tashish va boshqa ba’zi sabablarga kura amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya - korxona mablag‘ini tekshirib, ro‘yxatga olish va olingan ma’lumotlarni hisob ma’lumotlari bilan solishtirish demakdir.
Korxonalarda asosan, 1 oktyabrdan keyin inventarizatsiya o‘tkaziladi, bunga sabab yillik balans ma’lumotlarini xaqiqiyligini ta’minlashdir. Ammo qo‘yidagi holatlarga ham e’tiborni qaratmoq zarur: kutubxona fondlari 5 yilda bir, yirik asosiy vositalarni 3 yilda bir, oziq-ovqat tovarlarini bir yilda 2 marta, kassadagi naqd pullar esa har oyda nventarizatsiya qilinadi.
Hozirgi davrda korxonalarga berilgan mustaqillik ularning hamma faoliyatlarida o‘z aksini topmoqda. SHular jumlasidan, inventarizatsiya o‘tkazish muddati va ob’ekti ko‘rsatilgan ro‘yxat ham, korxona rahbariyati tomonidan mustaqil ravishda yil boshiga tuziladi. Bu ro‘yxatga binoan, korxonada doimo amaliyotda bo‘ladigan inventarizatsiya komissiya a’zolari tarkibi ham tuzilgan bo‘ladi. Bularni hammasi korxona rahbari tasdiqlaydi. Inventarizatsiya o‘tkazish hisobotgi ro‘yxat bo‘yicha amalga oshiriladigan inventarizatsiya rejali hisoblanadi.
Rejasiz inventarizatsiya esa, qo‘yidagi hollarda o‘tkaziladi:
moddiy javobgar shaxs o‘zgarganda;
moddiy javobgarlikning brigada usulida:
a) 50 % brigada a’zolari o‘zgarganida;
b) brigada boshligi o‘zgarganida;
yong‘in, tabiiy ofatlar ro‘y berganda, ular tugatilgan zahoti;
o‘g‘irlik hisobot ma’lumot olingan zahoti;
mulkchilik shakli o‘zgarganda;
inventarizatsiya o‘tkazilishi hisobot moddiy javobgarlik brigada a’zolaridan ariza olinganda;
boyliklar buzilishi aniqlanganda;
boyliklar qayta baholanishi amalga oshirilganda;
asosiy vositalar ijarasi ro‘y berganda (asosiy vositalar inventarizatsiyasi);
korxona tugatilayotganda
Inventarizatsiyani yuqoridagi, o‘tkazish tartibiga ko‘ra turga bo‘lishdan tashqari, qo‘yidagi xususiyatiga qarab ham turga ajratish mumkin. Mablag‘lar qancha qismini inventarizatsiya qilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
To‘lik;
Qisman.
To‘lik inventarizatsiyada korxona mulklarining barchasi inventarizatsiya qilinadi. Bunday inventarizatsiya 1 yilda bir bor o‘tkazilishi shart. (yillik hisobot tuzilishidan oldin).
Qisman inventarizatsiya korxona mulklarining ma’lum bir qismigina inventarizatsiya ob’ekti bo‘lishi bilan xususiyatlidir.
6. Inventarizatsiya o‘tkazish va natijasini rasmiylashtirish.

Inventarizatsiyaning qanday turi o‘tkazilayotganligidan qat’iy nazar, uni o‘tkazish hisobot korxona rahbari buyrug‘i tuzilishi shart. Bu buyruqda quyidagi rekvizitlar aks ettirilgan bo‘lishi lozim: buyruq tartib raqami, korxona nomi, buyruq yozilgan muddat, inventarizatsiya o‘tkazilishi lozim bo‘lgan bo‘lim, inventarizatsiya ob’ekti (moddiy boylik va moliyaviy majburiyatlar), inventarizatsiya boshlash va tugatish muddatlari, inventarizatsiya utkazish sababi, inventarizatsiya hujjatlarini buxgalteriyaga topshirish muddati, raxbar ismi va imzosi, korxona muhri.


Korxonalarda inventarizatsiya o‘tkazish hisobotgi buyruqlar bajarilishi ustidan nazorat ta’minlash maqsadida, ro‘yxat kitobi yuritilib, uni nomi «Inventarizatsiya utkazish hisobot buyruqlar bajarilish nazorat kitobi». Undagi rekvizitlar quyidagilardan iborat: korxona nomi, inventarizatsiya boshlanishi muddati, tugatish muddati, inventarizatsiya o‘tkaziladigan korxona, ombor, sex, bo‘lim nomi va hokazo, moddiy javobgar shaxs familiyasi, buyruq (tartib raqami, muddati), inventarizatsiya komissiyasi a’zolari, buyruqni olinganligini tasdiqlovchi imzo, inventarizatsiya etiladigan boylik nomi, inventarizatsiya o‘tkazish muddati (buyruqga ko‘ra, haqiqatda) tugatilishi muddati (buyruqga ko‘ra, haqiqatda), inventarizatsiya qatnashchilari hisobot belgi dastlabki natija (muddat, etishmovchilik, ortiqcha summalar), so‘nggi natijalar (muddat, etishmovchilik ortiqcha summalar), natijalarni tasdiqlangan muddati, etishmovchilik bo‘yicha qabul qilingan tadbir muddati, etishmovchilikni qoplash ishni tergov organlariga berish, belgi qo‘yish qatori.
Buyruqni olib, uni olinganligi hisobot ro‘yxatga imzo chekkan komissiya a’zolari, belgilangan ob’ektga borganlaridan so‘ng, inventarizatsiya boshlashdan oldin inventarizatsiya muddatiga, kirim va chiqim hujjatlarini yoki moddiy boyliklar va pul mablag‘larini harakati hisobot hisobotlarni oxirgilarini olishlari shart.
Inventarizatsiya komissiyasi rahbari hisob reestrlariga (hisobtlariga) ilova qilingan hamma kirim va chiqim hujjatlariga imzo qo‘yadi. Bu hujjatlar buxgalteriyada, inventarizatsiya boshlangunga qadar hisob bo‘yicha moddiy boyliklar qoldig‘ini hisoblashga asos bo‘ladi. Inventarizatsiya qilinayotgan boylikni keltirish bo‘yicha hisobdorlik summalariga ega yoki uni qabul qilishga ishnochnomaga ega bo‘lgan shaxslardan ham tilxat olinishi lozim.
Moddiy boyliklar va hisoblangan moliyaviy majburiyatlar haqiqiy holati hisobotgi ma’lumotlar inventarizatsiya yozuvi yoki inventarizatsiya dalolatnomalariga ikki nusxadan kam bo‘lmagan miqdorda rasmiylashtiriladi.
Inventarizatsiya komissiya a’zolari inventarizatsiya ob’ektlari oxirgi qoldiqlarini to‘liq va aniq aks ettirishlari, inventarizatsiya ma’lumotlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirishlari lozim.
Korxonada inventarizatsiya etilayotgan mulklar haqiqiy qoldig‘i o‘lchash, tortish, sanash orqali aniqlanadi. SHuning uchun ham korxona rahbari inventarizatsiya belgilangan muddatda boshlanishini va oqilona tashkil etilishini ta’minlash shart-sharoitlarini yaratmog‘i zarur. Bunday shart-sharoitlarga bilan yordamchi ish kuchlari bilan, xo‘jalik, tortish asboblari, va ular texnik sozligini ta’minlashlari misol bo‘ladi.
Korxona tovarlar va boshqa moddiy zahiralari inventarizatsiya qilinayotganda, ular mol etkazib beruvchilar o‘rovlarida saqlanayotgan bo‘lsa, tanlov usulida tekshirish ishlari olib borilishi mumkin. Tanlov usulida boyliklarni ba’zi birlarigina o‘lchanishi, sanalishi mumkin, agar hisobdagilardan farqlar aniqlansa, moddiy boylikning hammasi inventarizatsiyadan o‘tkazishi shart bo‘ladi. Ko‘p miqdorda tortiladigan tovarlar inventarizatsiyasi olib borilayotganda, inventarizatsiya komissiya a’zolaridan biri moddiy javobgar shaxs bilan tortish qaydnomalariga ma’lumotlarini aks ettirib boradi. Kun oxiri yoki o‘lchash oxiriga borganda ushbu qaydnomalar ma’lumotlari umumlashtirilib, jami ko‘rsatkichlar inventarizatsiya ro‘yxatida aks ettiriladi.
O‘lchash dalolatnomalari, texnik hisoblashish va tortish qaydnomalari inventarizatsiya ro‘yxatiga ilova qilinishi shart.
Korxona mulklari haqiqiy miqdori inventarizatsiya orqali aniqlanayotganda, moddiy javobgar shaxs qatnashmogi lozimdir.
Inventarizatsiya dalolatnomalari va inventarizatsiya ro‘yxatlari yozma ravishda, shuningdek, hisoblash texnikasi va yozuv mashinalari orqali to‘ldirilishi mumkin. Ushbu hujjatlarni to‘ldirishda o‘chirib yozishlar va bo‘yashlarga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Inventarizatsiya qilinayotgan tovar moddiy boyliklari va boshqa ob’ektlari inventarizatsiya yozuvlariga aks ettiriladi. Inventarizatsiya ob’ektlari ular analitik hisobi ro‘yxati bo‘yicha inventarizatsiya ro‘yxatiga tartib raqami, o‘lchov birligi, miqdori aks ettirilib boriladi.
Agar xatolik bilan aks ettirilgan yozuvlar aniqlansa, ustidan chizib, to‘g‘ri yozuv aks ettiriladi va bu komissiya a’zolari hamda moddiy javobgar shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi.
Agarda inventarizatsiya yozuv va ro‘yxatlarida, solishtirma qaydnomalarida bo‘sh qatorlar bo‘lsa, chiziq tortilishi kerakki, bu bilan qo‘shimcha yozuvlar orqali inventarizatsiya ma’lumotlarini haqiqatdan chetlanishi oldi olingan bo‘ladi.
Inventarizatsiyani rasmiylashtirilishi bilan bog‘liq inventarizatsiya dalolatnomasi va inventarizatsiya ro‘yxatini inventarizatsiya komissiya a’zolarining barchalari va moddiy javobgar shaxs imzolari bilan tasdiqlashlari kerak.
Hisob va inventarizatsiya ma’lumotlari solishtirma qaydnomalarida solishtiriladi. Ortiqcha yoki etishmovchiliklarni miqdor va qiymat ko‘rinishida aks ettirish shu solishtirma qaydnomalarida amalga oshiriladi.
Korxona mulklari inventarizatsiyasida qo‘llaniladigan hujjatlar ro‘yxati qo‘yidagilardan iborat:
№ inv. 1 shakl. Asosiy vositalar inventarizatsiya yozuvi - korxona assosiy vositalar inventarizatsiya ma’lumotlarini rasmiylashtirishda qo‘llaniladi. Aktivlar joylashgan o‘rni, hamda saqlanishiga moddiy javobgar mahsulotlar bo‘yicha alohida bir nusxada to‘ldirilib, komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolanadi, so‘ngra buxgalteriyaga topshiriladi.
№ inv 2. SHakl. Inventarizatsiya yorligi. Ushbu hujjat ishlab chiqarish sharoitlariga ko‘ra inventarizatsiya komissiya a’zolari korxona omborlaridagi xom ashe, tayyor mahsulot, tovar va boshqa moddiy boyliklarni darxol sanab chiqa olmaganlarida va inventarizatsiya ro‘yxatida aks ettira olmaganlarida qo‘llaniladi. Inventarizatsiya yorligi komissiya a’zolari tomonidan to‘ldirilib, hisoblangan tovar moddiy boyliklari bilan birga ular joylashgan erida saqlanadi.
№ inv 3. SHakl. Tovar moddiy boyliklari inventarizatsiya ro‘yxati. Korxonadagi xom ashelar, materiallar, tayyor mahsulotlar, tovarlar va boshqalarni xaqikatdagi qoldig‘ini aks ettirishda qo‘llanilib, moddiy boyliklar joylashgan o‘rni, o‘rnatilgan moddiy javobgarligi bo‘yicha alohida tuziladi. Inventarizatsiya ro‘yxati komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs imzo chekkanlaridan so‘ng, solishtirma vedomostini tuzish uchun buxgalteriyaga yuboriladi.
№ inv 4 SHakl. Jo‘natilgan tovarlar inventarizatsiya dalolatnomasi. Ushbu dalolatnoma korxonalarga jo‘natilgan tovarlar xaqikiy qiymatini aniqlashda qo‘llaniladi. To‘lash muddati o‘tib ketgan va to‘lash muddati etmagan jo‘natilgan tovarlar bo‘yicha alohida bir nusxadan to‘ldirilib, komissiya a’zolari imzolab, buxgalteriyaga topshiridilar.
№ inv. 5. SHakl. Ma’sul saqlashga qabul qilingan (berilgan) tovar moddiy boyliklar inventarizatsiya ro‘yxati. Ushbu inventarizatsiya ro‘yxati ma’sul saqlashga olingan (berilgan) tovar. moddiy boyliklar xaqikiy qiymatini aniqlashda qo‘llaniladi. Inventarizatsiya ro‘yxati bir nusxada to‘ldirilib komissiya a’zolari moddiy javobgar shaxs imzo chekkanlaridan so‘ng, solishtirma vedomostini tuzish uchun buxgalteriyaga yuboriladi.
№ inv. 6. SHakl. Yuldagi materiallar va tovarlar inventarizatsiya dalolatnomasi. Ushbu dalolatnoma inventarizatsiya mobaynida yo‘lda bo‘lgan mahsulotlar va tovarlar haqiqiy miqdori va qiymatini aniqlashda foydalaniladi. Material va tovarlar yo‘lda ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida dalolatnoma bir nusxada to‘ldirilib, komissiya a’zolari tomonidan imzo bilan tasdiqlanib korxona buxgalteriyasiga topshiriladi.
Inv - 4, inv- 5, inv - 6 , inventarizatsiya dalolatnomalari ro‘yxatlari o‘rniga buxgalteriya jurnal order qaydnomalari shaklida qo‘llanilishi mumkin.
№ inv. 10 SHakl. Asosiy vositalar tugallanmagan ta’mirlash ishlari inventarizatsiya dalolatnomasi. Ushbu dalolatnoma bino, inshoat, texnik-ta’minot vositalari, asbob uskunalar va boshqa asosiy vositalar ob’ektlarini tugallanmagan kapital ta’mirlash ishlari inventarizasini o‘tkazishda qo‘llaniladi. Bajarilgan ishlar holati tekshiruvi asosida bir nusxada to‘ldirilib , komissiya a’zolari, moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi va buxgalteriyaga topshiriladi.
№ inv 11 SHakl. Kelgusi davr xarajatlarini inventarizatsiya dalolatnomasi. Korxonalar kelgusi davr xarajatlari hisobi yuritiladigan schet ma’lumotlarini tekshirish asosida tuzilib, imzolanadi va buxgalteriyaga topshiriladi.
№ 15 Inventarizatsiya. Pul mablag‘lari inventarizatsiya dalolatnomasi.
Kassadagi naqd pullar xaqikiy miqdorini aniqlash maqsadida o‘tkazilayotgan inventarizatsiya ma’lumotlarini aks ettirishda qo‘llanildi.
Komissiya a’zolari qimmatbaho qog‘ozlar, limitlashtirilgan chek daftarchalari, naqd pullar miqdorini sanash orqali aniqlab, dalolatnomani ikki nusxada to‘ldiradilar. Ushbu dalolatnomaga komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs imzo chekadi va bir nusxasi buxgalteriyaga topshiriladi, ikkinchi nusxasi esa moddiy javobgar shaxsda qoladi.
Moddiy javobgar shaxs o‘zgarayotganda o‘tkaziladigan inventarizatsiya № 15 inventarizatsiya shakli 3 nusxada to‘ldiriladi. Biri buxgalteriya, ikkinchi, uchinchi nusxalari esa moddiy javobgarlikni topshirayotgan va qabul qilib olayotgan shaxslarga beriladi.
№ 16 inventarizatsiya yozuvi. Ushbu hujjat qimmatbaho qog‘ozlar va qat’iy hisobdagi hujjatlar xaqikiy miqdorini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan inventarizatsiya ma’lumotlarini rasmiylashtirishda qo‘llaniladi.
Qat’iy hisobdagi hujjat blankalariga benzin talonlari, yo‘l chiptalari va boshqalar misol bo‘ladi.
Inventarizatsiya yozuvi ikki nusxada to‘ldirilib, biri buxgalteriyaga, ikkinchisi esa qimmatbaho qog‘ozlarni qat’iy hisobdagi blankalarni moddiy javobgarlikka olayotgan shaxsda qoladi.
№ 17 inv. Xaridorlar bilan hisoblashish inventarizatsiya dalolatnomasi xaridorlar mol etkazib beruvchilar va boshqa turli debitorlar hamda kreditorlar bilan hisoblashish inventarizatsiya ma’lumotlarinii rasmiylashtirishda qo‘llaniladi. Dalolatnoma bir nusxada, tegishli schet ma’lumotnomalari asosida aniqlangan qoldiq summalari aks ettirilgan holda rasmiylashtirilib, komissiya a’zolari tomonidan imzo bilan tasdiqlanib, buxgalteriyaga topshiriladi.
Hisoblashish inventarizatsiya dalolatnomasida aks ettirilgan majburiyatlar turlari bo‘yicha ma’lumotnoma (spravka) (inv – 17 shaklga ilova), ilova qilinishi shart. Inv – 17 dalolatnomasi shu ilova ma’lumotnoma asosida to‘ldiriladi.
Ma’lumotnoma buxgalteriya hisobi sintetik schetlariga alohida rasmiylashtiriladi. Ushbu ma’lumotnoma korxonadagi debetorlik va kreditorlik qarzlari yuzasidan hisoblashishda bo‘lgan turli korxonalar, tashkilotlardan olinadi.
Buxgalteriya debetorlik, kreditorlik qarzlari qoldiq summalari, olingan ma’lumotnoma (spravka)lar ko‘rsatkichlari bilan solishtirilgan holda № 17 inv. dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
№ 18 inv. Solishtirma qaydnoma asosiy vositalar inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirishda qo‘llanib, bir nusxada to‘ldiriladi va buxgalteriyada belgilangan muddatgacha saklanadi.
№ 19. Inv. Solishtirma qaydnoma hisob ma’lumotlaridan chetlashishlar aniqlangan tovar moddiy boyliklar inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish uchun qo‘llaniladi. Ushbu solishtirma qaydnoma ham bir nusxada rasmiylashtirilib, buxgalteriyada belgilangan muddatgacha saklanadi.
Korxona xo‘jalik mulklari inventarizatsiya ma’lumotlari va aniqlangan natijalari yuqoridagi hujjatlarda rasmiylashtirilgach, korxona raxbari tasdig‘idan so‘ng, buxgalteriya schetlarida tegishli yozuvlar amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya natijasida qo‘yidagilar aniqlanadi:
Hisob va inventarizatsiya ma’lumotlari teng:
Hisob ma’lumotlaridan inventarizatsiya natijasida aniqlangan ma’lumotlar yuqoriligi (ortiqcha xo‘jalik mablag‘lari aniqlanishi).
Hisob ma’lumotlari ko‘rsatkichlari yuqoriligi: (xo‘jalik mulklari etishmovchiligi aniqlanishi).
6- MAVZU. Buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari.

Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha, ularning ahamiyati.


Buxgalteriya hisobi registrlarining turlari, ularni yuritish tartibi.
Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi.
Buxgalteriya hisobi shakllari
Tayanch iboralar: Registrlar, kartochkalar, vedomostlar, «qizil qalam», «Qo‘shimcha yozuv», «Memorial-order», «Bosh kitob», «Jurnal-order», «Elektronavtomatlash-tirilgan», BAT, AIJ, EHM, sintetik hisob registri, xronologik hisob registrlari, tizimli hisob registrlari, kombinatsiya- lashgan registrlar.
1. Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha, ular ahamiyati.

Hisob registrlari «registratsiya» so‘zidan olingan bo‘lib, buxgalteriya hisobi yozuvlarini ro‘yxatga oluvchi hujjatlar degan ma’noni anglatadi.


Buxgalteriya hisobi korxonalar faoliyatini yoppasiga, uzluksiz hisobini olib borar ekan, bunda hujjatlashtirish ahamiyati yuqoridir.
Kuzatish natijasida olingan ma’lumotlar dastlabki hujjatlarda aks ettirilib boriladi, so‘nggra shu dastlabki hujjatlar xar tomonlama tekshirilib, buxgalteriyaga qabul qilib olinadi.
Tekshirib qabul qilib olingan dastlabki hujjatlar asosida buxgalteriya provodkalari amalga oshiriladi. Tabiiyki, bu buxgalteriya provodkadari ham hujjatlashtirilishi shart. Buning uchun buxgalteriya hisobi registrlaridan foydalaniladi.
Demak, buxgalteriya hisobi registrlari – hisob yozuvlarini (buxgalteriya provodkalarini) aks ettirishga mo‘ljallangan jadvallardir.
Buxgalteriya hisobi registrlari - jurnallar, qaydnomalar, kitoblar, tasdiqlangan blankalardir. Hisob registrlarining ahamiyati shundaki, ularga schetlarga tegishli ko‘rsatkichlar aks ettiriladi, umumlashtiriladi, oy oxiriga qoldiqlar aniqlanadi va umuman, xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalari bilan bog‘liq ma’lumotlar aks ettirib boriladi.
Hisob registrlari ma’lumotlari oy oxirida umumlashtirilib, korxona balans va hisobotlarini tuzishda asos hisoblanadi. Demak, hisob registrlaridagi ma’lumotlarning nechoglik o‘z vaqidada to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirilishi nafaqat korxonaning o‘ziuchun, balki uning balans va hisobotlaridan foydalanuvchilar uchun ham ahamiyatli ekan.
Korxonalar buxgalteriya balans va hisobotlaridan esa qo‘yidagilar foydalaniladilar:
Korxonaning ichki boshqaruvi;
Bank muassasi;
Solik inspeksiyasi;
YUqori tashkilot;
Kreditorlar;
Aksiyadorlar va boshqalar.
2. Buxgalteriya hisobi registrlarining turlari, ularni yuritish tartibi.

Buxgalteriya yozuvlarining turliligi, xajmi xar xilligidan kelib chikib, ular aks ettiriladigan hisob registrlari ham turlichadir.


Hisob registrlari turlari o‘rganilayotganda, ularni qo‘yidagi xususiyatlariga e’tibor bermok kerak:
Tashqi ko‘rinish.
Ularda aks etiriladigan yozuvlarning turliligi.
Ma’lumotlarning xajmi.
Hisob registrlari tashqi ko‘rinishi xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha turkumlanadi:
daftarlar (kassa daftari, «bosh daftar»).
Kartochkalar.
Varaklar (qaydnomalar).
Kartochkalar, asosan xo‘jalik mablag‘lari analitik hisobi uchun qo‘llaniladi. Kartochkalarning kontokorrekt, kup ustunli va boshqa turlari mavjud.
Kontokorrekt kartochka shakli pul o‘lchovida (qiymatda) hisobi yuritiladigan xo‘jalik jarayonlarini xar bir schetning debet va kredit tomonlarida aks ettirilishida foydalaniladi va xar bir oy oxiridja schetlar bo‘yicha oborotlarni aniqlashda asos bo‘ladi.
Quyida kartochka hisob registrlarini kontokorrekt shakliga misol keltiramiz.
«Hisobdor shaxslar bilan hisoblashish» - Salimov M.K.

Jarayon muddati


Jarayon
Raqami


Jarayonlarning mazmuni


Debet

Kredit

Summa





1 Dekabrga qoldiq






-

8/XII

1

Tovarlar olib kelish uchun naqd pul berildi.

4430

5010

100.000

11/XII

2

Olib kelingan tovarlar chakana savdoga qabul qilindi.

2910

4430

80.000

13/XII

3

Ishlatilmay qolgan pul mablag‘lari qaytarildi.

5010

4430

20.000





Dekabr oyi bo‘yicha jami


100.000

100.000







1 YAnvarga qoldiq


-

-

-

Asosiy vositalar hisobi inventar kartochkasi
(NOC-6 shakl)
_______________________________________________________
(obekt to‘liq nomi va atalishi)
_______________________________________________________
(tayyorlovchi -zavod nomi)
__ _____________________________________________________
(model, toifa, rusum)

Pasport, loyixa raqami, rusum, toifa


Zavod raqami ishlab chiqilgan yil


Foydalan-ishga berilgan xarajatdagi dalolatnoma raqami va muddat.


Inventar


Tartib raqami.

Sex bo‘limi


sintetik schet


Anali
tik hisob shifri


1

2

3

4

5

6

7

















Bosh langich qiymat


Amortizatsiya ajratma me’yori


Izox

____ga qayta baholash ma’lumoti bo‘yicha eskirish summasi .
200_ y yoki sotib olish hujjatlari bo‘yicha

Obekt kirimi hisobot belgi buxgalteriya yozuvi.










Muddat

Tartib rakam

8

9

10

11

12

13















Qimmat baho metallar




CHikishi (berildi)




Nomi

Turi

Massasi

Buxgalteriya yozuvi (dalolatnoma nakladnoyi)

CHikarilish (joylashtirish) sababi








Muddat

Tartib raqami



14

15

16

17

18

19
















NOC 6 SHakli orka tomoni


Kurish, kurollantirishni oxirga etkazish, qayta kurish , takomillashish


(buxgalteriya yozuvi)

Ta’mirlash


(buxgalteriya yozuvi)

muddat

tartib rakam

Inventar tartib rakam


Summa

Muddat

Tartib rakam


Inventar tartib rakam


Summa

Mud
dat

Tartib rakam


Inventar tartib rakam


Summa


























Obektni qisqacha individual tavsifnomasi.


Obektni xarakterlovchi ixtirovchilik elementlari va boshqa belgilar nomi


Asosiy obekt


Asosiy obektga taalukli muxum moslamalar, qurilmalar nomi.


1

2

3

4

5

6


Kartochkani to‘ldirdi _________(lavozim)_____(imzo)_________

________________________________________________________


(Ismi sharfi)
«___»______________200__y.
________________________________________________________
YUqorida «Hisobdor shaxslar bilan hisob kitob» va «Asosiy vositalar» analitik hisoblari uchun qo‘llanadigan kartochkalarni ko‘rib chiqdik. Ushbu kartochkalar ma’lumoti analitik hisob hisobotgi ma’lumotlarda keng yoritilgan.
Ko‘p ustunli kartochkalarning yana biri sifatida «Asosiy ishlab chiqarish» xarajatlari hisobi uchun yuritiladigan kartochkani misol sifatida keltirish mumkin.
Kartochkalar maxsus kartotekalarda saqlanadi. Kartotekaga kartochkalar joylashtirilayotganda moddiy javobgarligi joylangan o‘rni va boshqa xususiyatlariga ahamiyat berib, guruhlarga ajratilgan holda qo‘yiladi.
Buxgalteriya hisobi registrlari yozuv turlariga ko‘ra 3 xil bo‘ladi:
1. Xronologik hisob registrlari.
2. Tizimli hisob registrlari.
3. Kombinatsiyalashgan registrlar.
Xronologik hisob registrlarini o‘ziga xos xususiyati shundaki,, undagi yozuvlar xronologik tartibda aks ettirilib boriladi. Bu yozuvlar orqali jarayonning qisqacha mazmuni, sodir bo‘lgan muddati va summasini xronologik tartib aks ettirib boriladi. Masalan, «Jarayonlarni ro‘yxat qilish jurnali» xronologik hisob registriga misol bo‘lib, u hisobning memorial-order shaklida qo‘llaniladi.
Tizimli hisob registrlari jarayonlarni ma’lum bir belgilari bo‘yicha tizimlashgan (guruhlashgan) holda aks ettirilishi bilan xususiyatlidir. «Bosh daftar» tizimli hisob registrlariga misol bo‘ladi.
Ushbu registrdan XV asr oxirlarida ikki yoqlamayozuv usuli vujudga kelganidan boshlab foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.
Buxgalteriya daftarlari bir yilga mo‘ljallangan bo‘lib, hamma betlari raqamlanadi, bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanadi.
Oxirgi varaqning orqasida bosh buxgalterning imzosi bilan tasdiqlangan holda qo‘yidagi yozuv aks ettirilgan bo‘lishi zarur.
Buxgalteriya daftarida korxona xo‘jalik mulklarini aks ettiradigan schetlar uchun betlar ajratiladi. Sintetik schetlar uchun tegishli analitik schetlar ochilgan bo‘lsa, bosh daftarda betlar ajratilayotganda e’tiborga olmoq zarur.
Masalan, savdo korxonasini chakana savdodagi tovarlari 2920 sintetik schetida yuritiladi. Aytaylik, shu savdo korxonasiga qarashli 3 ta magazin mavjud. Bunday holatda bosh daftarda xar bir moddiy javobgar shaxs uchun alohida varaqlar qoldirilishi va umumiy tovarlar hisobi aks ettirilishi uchun ham varaqlar ajratilgan bo‘lishi zarur.
Buxgalteriya daftarida mundarija ham bo‘lib, unda hisobi yuritiladigan schetlarning aks ettiriladigan varaqlari tartib raqami ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Buxgalteriya hisob registri daftarning boshqa registrlardan afzalligi qo‘yidagilardan iborat:
Hisob ma’lumotlarining bir registrda mujassamlashganligi;
Hisob ma’lumotlari saklanishi mustahkam ta’minlanganligi.
Buxgalteriya daftarining kamchiliklari ham bo‘lib, ular qo‘yidagilardan iborat:
Buxgalteriya xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga xalaqit beradi, sababi, daftarda korxonada hisobi yuritiladigan hamma schetlar joylashgan. Buxgalteriya xodimlari o‘zlariga biriktirilgan schetga tegishli ma’lumotlarni aks ettirish uchun daftar bo‘shashini ko‘tishi kerak bo‘ladi.
Buxgalteriya daftaridan hisob registri sifatida foydalanganda, hisob ishlarini mexanizatsiyalashtirish imkoniyatlari kamayadi.
Buxgalteriya xodimlari mehnat unumdorligini oshishiga halaqit beradi.
Birinchidan, daftardan galma-galdan foydalanish natijasida vaqt yo‘qotiladi: ikkinchidan, buxgalteriya daftarining xajmi katta bo‘lib, tegishli varaqni topib, undan foydalanishni sekinlashtiradi.
Buxgalteriya daftarlarining hamma varaqlari ham hamma vaqt foydalanilaverilmaydi. Tuldirilmagan varaqlar esa kelgusi hisobot davri uchun foydalanilmaydi va hisob registrlari bilan bog‘liq xarajatlarni oshishiga olib keladi.
Buxgalteriya daftarlari bir hisobot yili uchun mo‘ljallangan.
Buxgalteriya registrlari ulardagi yozuv turiga ko‘ra, kombinatsiyalashgan shaklda ham bo‘ladi.
Kombinatsiyalashgan buxgalteriya registrlarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularda xronologik va tizimli yozuvlar birgalikda aks ettiriladi. Bunday registrlarning afzalligi qo‘yidagilardan iborat:
Hisob ishlari ixchamlanadi.
Buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladigan registrlar miqdorini qisqartiradi.
Xronologik va tizimli yozuvlar umumlashtirilgan va kombinatsiyalashtirilgan hisob registrlariga jurnal-order misol bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobi registrlari ularda aks ettiriladigan ma’lumotlar xajmiga ikki turga ajratiladi.
1.Sintetik registrlar.
2. Analitik registrlar.
Sintetik registrlar sintetik hisob ma’lumotlarini aks ettirishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularga bosh daftar, jarayonlarni ro‘yxat qilish jurnali, jurnal-orderlar va boshqalar misol bo‘ladi.
Analitik registrlar analitik hisob ma’lumotlarini rasmiylashtirishda qo‘llanilib, ularga «Materiallar», «Asosiy vositalar», «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar mashinalar va boshqa mulklar hisobi bo‘yicha yuritiladigan kartochkalar misol bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar dastlabki xujjatlarda rasmiylashtiriladi. Ushbu boshlang‘ich xujjat ham shaklan, ham mazmunan xar tomonlama tekshirilgandan so‘ng, qayta ishlanadi. Dastlabki xujjat ma’lumotlari asosida, buxgalteriya registrlari to‘ldiriladi.
Ba’zi vaqtlarda buxgalteriya registrlari ijroiya varaqlari asosida ham rasmiylashtiriladi. Bunday holatlarga da’vogar yuzasidan hisoblashish, xodimdan aliment summasini ushlab qolishlar, xodimni bankdan olgan kreditlari yuzasidan ushlovlar uchun asos bo‘ladigan qonuniy kuchga ega bo‘lgan sud qarorlari, bank bilan xodim o‘rtasida tuzilgan shartnomlar misol bo‘ladi.
Buxgalteriya registrlari qanday dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtirilmasin qo‘yidagi talablarga rioya etish zarurdir:
dastlabki hujjatlarni tegishli blankaga rasmiylashtirilganligi:
dastlabki xujjat hamma rekvizitlari andozaga javob berishi:
ko‘rsatkichlar arifmetik to‘g‘ri hisoblangani:
dastlabki xujjatlarda rasmiylashtirilgan xo‘jalik jarayonlari iqtisodiy mazmunligi va qonuniyligi:
tekshirib, qayta ishlangan dastlabki hujjatlar asosida buxgalteriya registrlarini o‘z vaqidada va to‘g‘ri rasmiylashtirish:
buxgalteriya registrlari ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansi va hisobotni tegishli ko‘rsatmalarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqidada tuzish:
hamma talabga javob beradigan balans va hisobot boshqa shakllarini o‘rnatilgan muddatda tegishli joylarga topshirish.
YUqorida keltirilgan talablardan ko‘rinib turibdiki, buxgalteriya hisobi hisob ishlarini hamma bosqichlari bir-biriga uzviy bog‘liqdir.
Dastlabki hujjatlarni naqadar to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, buxgalteriya registrlari ma’lumotlarini ham to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga asos bo‘ladi. o‘z navbatida buxgalteriya registrlari moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri ma’lumotlar asosida rasmiylashtirilishiga xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, moliyaviy hisobot shakllari qo‘yidagilardan iborat:
1. Buxgalteriya balansi - 1 shakl
2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot - 2 shakl
3. Asosiy vositalar xarakati to‘g‘risida hisobot - 3 shakl
Pul oqimi to‘g‘risida hisobot - 4 shakl
Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot - 5 shakl
YUqorida keltirib o‘tilgan moliyaviy hisobot hamma shakllari ham korxonalar faoliyatini xar tomonlama o‘rganish, tahlil qilish, nazorat etish, hamda boshqarish uchun xizmat qiladi.
Demak, korxona faoliyati hisobot to‘g‘ri xulosaga kelish uchun moliyaviy hisobot ma’lumotlari xaqqoniy aks ettirilgan bo‘lmog‘i zarur ekan.
Buxgalteriya registrlarini ulardagi ma’lumotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirishini ahamiyati ham shundadir.
Buxgalteriya registrlariga tegishli ma’lumotlarni aks ettirishni oldiga qo‘yilgan talablarni sanab utdik. SHu talablarga javob berish uchun esa qo‘yidagi vazifalar bajarilmogi kerak.
1. Dastlabki hujjatlarni xar tomonlama tekshirish.
2. Buxgalteriya registrlari bilan to‘liq ta’minlanish.
3.Buxgalteriya registrlariga hisobot davri boshlang‘ich qoldiqlarini to‘g‘ri aks ettirib chiqish.
4. Buxgalteriya provodkalarini hisob registlariga tegishli tartibda o‘z vaqtida yozish.
Buxgalteriya registrlariga hisobot davri boshida boshlang‘ich qoldiqlar aks ettirilganda, oldingi hisobot davri uchun ohirgi qoldiq ko‘rsatkichlari olinadi. Ushbu boshlang‘ich qoldiq summalari tegishli buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirilayotganda, ularning tagiga chiziq chiziladi. Bunday chiziq tortilishiga sabab, hisobot davri davomida aks ettirilgan oborot summalari bilan boshlang‘ich qoldiq summasini xatolik bilan qo‘shib yuborilmaslik.
Buxgalteriya registrlarida yozuvlar aks ettirilayotganda, xuddi dastlabki hujjatlarga qo‘yilgan talablarga rioya etish zarur. YOzuvlarni aks ettirish talablari shundaki, siyohli, ruchkalardan, kimeviy qalamlardan, yozuv mashinkalardan foydalanish zarur.
Oddiy rangli qalamlardan foydalanish esa, ta’qiqlanadi bu bilan yozuvlarni o‘zgartirish oldi olinadi, yozuvlarni uzoq vaqt saqlanishi ta’minlanadi.
YOzuvlarni buxgalteriya registrlarida qanday usulda aks ettirishga ko‘ra, mashinada yozish va qo‘lda yozishga bo‘lish mumkin.
Mashinada yozish deganda, yozuv mashinalari, elektron hisoblash mashinalari yordamida buxgalteriya registrlarini rasmiylashtirish tushuniladi.
Buxgalteriya registrlaridagi yozuvlar ulardan necha nusxadan rasmiylashtirilishi ko‘ra, bir va bir necha nusxali bo‘ladi.
Bir necha nusxada buxgalteriya hisobi registrlari rasmiylashtirilishida, ularni xar bir nusxasi alohida-alohida rasmiylashtirilishi yoki ko‘chirish qog‘ozlaridan (kopirovka) foydalangan holda rasmiylashtirilishi mumkin.
Bir necha nusxada yoziladigan hujjatlar, asosan, dastlabki hujjatlar bo‘lib, ularga dalolatnomalar, TTN (tovar-transport nakladnoy)larni, schet-fakturalarni, nakladnoylarni, to‘lov talabnomasi, to‘lov topshiriqnomalarini, shartnomalarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Ko‘chirish qog‘ozlari yordamida yozuvlarni aks ettirish orqali xato yozuvlar kamayishiga, hisob ishlarini tezlashishiga va oqibat natijasida buxgalteriya xodimlari mehnat unumdorligi oshishiga erishiladi.
3. Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi.
Buxgalteriya hisob registrlariga ko‘rsatkichlar aks ettirilayotganda, e’tiborsizlik, ma’suliyatsizlik, tajribasizlik oqibatida xato yozuvlar yozilishi mumkin.
Xato yozuvlar aks ettirilgani qo‘yidagi holatlarda aniqlanishi mumkin.
Xato yozuv faqat bir registrlarda aks ettirilgan.
Xato yozuv noto‘g‘ri buxgalteriya provodkasi natijasida vujudga kelgan.
Buxgalteriya provodkasi to‘g‘ri, ammo aks ettirilgan summa ko‘p yoki kam yozilgan.
Xato yozuvni yuqorida keltirilgan qaysi holatlardan birida aniqlanganiga ko‘ra tuzatish yozuvlari amalga oshiriladi.
Xatoni tuzatishni quyidagi usullari mavjud:
1. «Korrektura» usuli.
2. «Qizil qalam» usuli.
3. «Qo‘shimcha yozuv» usuli.
«Korrektura» usulidan xato yozuv faqat bir hisob registrida mavjudligi aniqlangan holatda foydalaniladi.
«Korrektura» usulini mohiyati shundaki, xato yozuv ustidan ingichka chiziq tortilib, uni yoniga to‘g‘ri yozuv yoziladi, hamda bu xaqda xato yozuvni to‘g‘rilagan javobgar shaxs yoki bosh buxgalter muddatni ko‘rsatib, imzo qo‘yadi.
Masalan: «Materiallar» hisob schetini debeti bilan buxgalteriya xisob reestriga 40050 so‘m o‘rniga, 40000 so‘m yozilgan
40000 (14.03.05) «to‘g‘rilanganligiga ishonilsin» (imzo).
«Qizil qalam» usulidan buxgalteriya provodkasi noto‘g‘ri berilganida, yoki ko‘p summa aks ettirilganida foydalaniladi.
«qizil qalam usuli yordamida xato yozuv qizil rangli siyoh orqali to‘g‘rilanadi. YA’ni qizil rangda yozilgan raqam, shu raqam yozilgan oborot jami summasidan ayirilishi kerak.
Qizil siyohdagi yozuv aks ettirib, xato yozuv to‘g‘rilanganidan so‘ngra, to‘g‘ri buxgalteriya provodkasi hisob registrlariga yozib qo‘yiladi.
«Qizil qalam» usuliga misolni keltirish orqali talabalarni, ushbu usul mohiyati bilan yaqindan tanishtiramiz.
Masalan: «Asosiy ishlab chiqarish» uchun ombordan material berildi 60000 sum. Ushbu jarayon uchun buxgalteriya provodkasi qo‘yidagicha bo‘ladi:
Debet «Asosiy ishlab chiqarish» 60 000
Kredit «Materiallar» 60 000 sum
Buxgalteriya xodimi tomonidan esa, hisob registrlariga 600 000 so‘m aks ettirilgani aniqlandi.
Xato yozuvni bir «O» raqamini o‘chirish orqali to‘g‘rilash mumkin emas. Demak, «qizil qalam» usulidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
600 000 –540 000 = 60 000
Buxgalteriya hisob registrlariga 540 000 so‘m ortiqcha yozilganligi sababli, 600 000 dan 540 000 ayirilishi shart. Sxema ko‘rinishida sintetik schetlarga taalluqli buxgalteriya hisob registrlaridagi yozuvlar qo‘yidagicha aks ettiriladi.

D+ Materiallar K - D+ Asosiy ishlab chikarish K-


600 000 600 000
540 000 540 000
Aksincha, yozilishi kerak bo‘lgan summadan kam summa yozilgani aniqlansa, «qo‘shimcha yozuv» usulidan foydalaniladi.

Masalan, xodimlarga hisoblangan ish hisobotn daromad solig‘i ushlab qolindi 170 000


Xo‘jalik jarayoni buxgalteriya hisob registrida qo‘yidagi buxgalteriya provodkasi asosida aks ettiriladi:
Debet «Xodimlar bilan mehnat haqi « yuzasidan hisob-kitob.
Kredit «Byudjet bilan hisob-kitob»
Xato yozuv orqali yuqoridagi schetlar uchun yuritiladigan buxgalteriya hisob registriga 170 000 soni o‘rniga 120 000 soni yozilgani aniqlandi.
170 000 – 120 000 = 50 000
Xato yozuv to‘g‘rilanishi uchun 50 000 qo‘shimcha yozuv aks ettirilishi kerak.
Materiallar qiymatida farqlar ijobiy yoki salbiy bo‘lishiga ko‘ra tegishli schetlarga «qo‘shimcha yozuv» yoki «kizil yozuv» usuli orqali aks ettiriladi.
4. Buxgalteriya hisobi shakllari.

Korxonalar faoliyati hisobi yuritilar ekan, bunda bir necha buxgalteriya hisob shakllaridan foydalanadi. Korxonada qo‘llaniladigan hisob shakllarini tanlash qo‘yidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi:


korxona hisob ishlarini hajmi ko‘p yoki kamligiga;
korxona buxgalteriya xodimlarining malaka va tajribalariga va xakozo.
Korxonada qaysi hisob shakli qo‘llanilishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga to‘liq amal qilinishi shart.
Buxgalteriya hisobi shakllari qo‘yidagi turlarga bo‘linadi:
memorial order shakli
bosh davtar shakli
jurnal order shakli
elektron-avtomatlashtirilgan shakl
Buxgalteriya hisobi shakllari bir biridan qo‘yidagi xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi:
SHakldagi registrlarning soni, vazifasiga ko‘ra.
Registrlar tashqi ko‘rinishiga ko‘ra.
Registrlarda xronologik va tizimli yozuvlar aks ettirilishiga ko‘ra.
Sintetik va analitik hisob ma’lumotlarini birgalikda yozish tartibiga ko‘ra.
Ezuvlarni yozish tartibi va texnika vositalarning qo‘llash tartibiga ko‘ra.
Quyidagi buxgalteriya hisobi shakllarini alohida, alohida ko‘rib o‘tish orqali ular xususiyatlariga to‘xtab o‘tamiz.

Memorial - order shakli.


Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli hozirgi vaqtda kam foydalanib asosan, kichik korxonalarda va davlat muassasalarida qo‘llaniladi. «Memorial» so‘zining ma’nosi «xotira yoki esdalik» demakdir. Memorial - order shakli asosida yuritiladigan buxgalteriya hisobi shaklida hujjatlar qayta ishlanishi va hisob registirlarida aks ettirilishi ketma ketligi keltirilgan.
Ushbu buxgalteriya hisob shaklini o‘ziga xos xususiyati shundaki, xo‘jalik jarayonlarning yozish uchun sintetik va analitik hisob uchun maxsus jamg‘arma aylanma qaydnomalardan foydalanadi.
Buxgalteriyaga topshirilgan dastlabki hujjatlar xar tomonlama tekshirilgach, sintetik va analitik hisob maxsus aylanma qaydnomalari to‘ldiriladi: bunday jamg‘arma aylanma qaydnomalari asosiy vositalar , asosiy vositalarning; pul mablag‘lari va qo‘yilmalar, ishlab chiqarish zahiralari va tayyor mahsulot; ishlab chiqarish xarajatlari, mol etkazib beruvchilar bilan hisoblashish, mehnat haqi yuzasidan hisob kitoblar, byudjet bilan, ijtimoiy sug‘urta tashkilotlari bilan hisob kitoblar, mahsulot(ish, xizmat) sotish va boshqa schetlar uchun tashkil etiladi.
YUqorida keltirilgan qaydnomalar va sintetik hisob registrlari asosida memorial orderlar tuziladi.
Memorial - orderda yozilgan ma’lumotlar xar oyda « bosh kitob jurnaliga» tarqatiladi. o‘z navbatida «bosh kitob» jurnali asosida oborot va qoldiq summalar aniqlanadi, shundan so‘ng, schetlardagi qoldiq summalari tegishli tartibda hisobot boshqa shakllarida yoziladi. « bosh kitob» dagi schetlar debet oborotlari yig‘indisi, ular kredit oborotlari yig‘indisi bilan shuningdek , «order bo‘yicha summalar» qatori jami bilan teng bo‘lmogi zarur.
Memorial -order buxgalteriya hisob shaklini qo‘yidagi afzalliklari mavjud:
hisob jarayonlarini qat’iy ketma-ketligi
Registrlar andozaviy shakllaridan foydalanishni imkoniyati mavjudligi.
hisob texnikasini oddiyligi va tushunarligi
Buxgalteriya xodimlari malakasiga ko‘ra, hisob ishlarini taqsimlash imkoniyatini mavjudligi.
Memorial-order shakli yuqoridagi afzalliklarga ega bo‘lishi bilan birga, ba’zi bir kamchiliklarga egadir:
hisob ishlarini ko‘p mehnatliligi;
Analitik va sintetik hisobni alohida yuritilishi, ya’ni hisobni alohida yuritilishi natijasida sintetik hisobdan analitik hisobni orqada qolishi vujudga keladi;
Turli hisob registirlarda bitta xo‘jalik jarayonini qayta, qayta yozilishi.
Quyida memorial-order shaklida ishlatiladigan hisob registrlarini keltirib o‘tamiz:
Memorial - order 1 «Kassa»

2005 yil oktyabr oyiga.


N

Jaraen sodir bo‘lgan vaqt

Jaraen mazmuni


Korrespondent schet


Summa







Debet

Kredit



1

02.10.05

hisobdor shaxsdan ishlatilmay qolgan xizmat qilgan safari summalari qabul qilindi.


5010

4220

10 000



2

04.10.05

Xodimni korxonaga etkizgan zarar summalari qabul qilindi.


5010

4730

12 000

3

17.10.05


Mehnat haqi berish uchun hisoblashish schetidan pul olindi.


5010

5110

780 000

4

18.10.05


Tovarlarni naqd pulga sotishdan tushumlar qabul qilindi.


5010

9020

540000

5

20.10.05


Inventarizatsiya natijasida aniqlangan pul mablag‘i kirim qilindi.


5010

9390

1000




schet debeti oborot jami




1343 000


6

05.10.05

Boshqa pul mablag‘lari hisoblashish hisob schetiga qaytarild


5110

5010

25 000

7

17.10.05


Xodimlarga mehnat haqi berildi


6710

5010

730 000

8

18.10.05


Tovarlarni sotishdan olingan saldo tushumi inkassatorga berildi


5710

5010

540 000













9

20.10.05

Olinmagan ish xaklari bankka qaytarildi.


5110

5010

50 000



schet kredit oborot jami


1343 000


Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shakli.


Buxgalteriya hisobi shakllari vujudga kelishi, qo‘llanishi, hisob ishlarini xajmidan, hisob xodimlarini malakasidan kelib chiqadi. Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklini vujudga kelishi XIX asr boshlariga to‘g‘ri keldi va hozirgi davrda ham kichik firma va korxonalarda qo‘llanilmoqda. Buxgalteriya hisobining ushbu shakli sintetik schetlar ham qo‘llaniladigan buxgalteriyalarga xosdir. Tabiiyki, kichik firma va korxonalar faoliyati doirasi katta bo‘lmaganligi sababli, qo‘llaniladigan sintetik schetlar miqdori ham kam bo‘ladi.
Kichik firmalar, ular mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, o‘rtacha yillik ishchilar soni ishlab chiqarish tarmog‘ida 10 kishigacha savdo, xizmat va boshqa noishlab chiqarish sohalarida esa 5 kishigacha bo‘lgan korxonalar hisoblanadi.
Kichik korxonalar esa mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, o‘rtacha yillik xodimlar soni sanoat tarixida 40 kishigacha, qurilish, qishloq xo‘jalik va boshqa ishlab chiqarish sohalarida 20 kishigacha, fan, ilmiy xizmat qilish, chakana savdo va boshqa noishlab chiqarish sohalarida 10 kishigacha korxonalar hisoblanadi.
Kichik korxonalar mustaqil ravishda ishlab chiqarish va boshqaruv, hamda xodimlar soni va faoliyatidan kelib chiqib, tegishli organlar tasdiqlagan buxgalteriya hisobi shakllaridan birini tanlaydilar.
Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklini bir oyda xo‘jalik jarayonlari 100 tadan oshmagan xollarda qo‘llash maqsadga muvofikdir.
Buxgalteriya hisobining ushbu shaklida dastlabki xujjat ma’lumotlari Bosh daftar deb ataladigan sintetik registrda yuritiladi. Bosh daftarda xronologik va tizimli yozuvlar birgalikda olib boriladi, shuning uchun ham kombinatsiyalashgan registr hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklida hisob ishlarida qulaylik yaratish maqsadida oy davomidagi xo‘jalik jarayonlari reestrini ham yuritish mumkin. Xo‘jalik jarayonlari reestri asosida esa Bosh daftar to‘ldiriladi
Xo‘jalik jarayonlari reestri

«____»_____________200__y.


P\r

Muddat

Boshl.xo‘jalik nomi va №


Xo‘jalik jarayoni mazmuni


Summa (sum)












































































Demak, Bosh daftar shaklda ikki turdagi hisob registrlaridan foydalanish mumkin:


Bosh daftar.
Hisob ob’ektlari hisob vedomosti.
Qaydnomalarlar analitik hisob registlari hisoblanadi.
Agar korxona hisob ob’ektlari hisob qaydnomalarini ham yuritsa, u holda Bosh daftarga ma’lumotlar ham dastlabki xujjatlar, hamda qaydnomalar ma’lumotlari asosida yozib boriladi.
Bosh daftarning varaqlarida xo‘jalik jarayoninning bo‘lgan vaqtida, dastlabki xujjat tartib raqami, jarayon mazmuni, summasi, korrespondensiyalanuvchi schetlar ko‘rsatiladi.
Bu daftar registri asosida yuritiladigan ushbu shaklning qo‘layliklari qo‘yidagilardan iborat.
yozuvlar aniqligi hisob ishlarini tekshirishni osonlashtiradi;
hisob ishlari kamayadi;
qo‘llaniladigan registrlar miqdori kamayadi;
Sintetik schetlar bo‘yicha aylanma qaydnoma tuzilishiga zaruriyat yuqoladi;
hisob xodimlari ortiqcha mehnati qisqaradi.
YUqorida keltirib o‘tilgan afzalliklar bilan birga buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklini qo‘llashda ba’zi bir kamchiliklar vujudga kelib, ular qo‘yidagilardan iborat.
Korxona katta bo‘lsa, hisob ishlarini oqilona tashkil etish mumkin bo‘lmay qoladi;
Kullaniladigan schetlar miqdori kupayishi, xato yozuvlar aks ettirilishi extimolini oshiradi;
hisob xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini oqilona tashkil etilishini ta’minlamaydi.
Ammo, yuqorida ta’kidlaganidek, buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklidan kichik korxonalar foydalanishi u erdagi hisob ishlarini yaxshi olib borilishiga xizmat qiladi
Bosh daftarda yil boshiga xar bir mablag‘ va ular bo‘yicha qoldiqlar aks ettirib chiqiladi. Keyin, jarayon mazmuni qatorida oy davomida xronologik tartibda xar bir dastlabki xujjat asosida xo‘jalik jarayonlari yozib boriladi. Bunda, sodir bo‘lgan jarayonga taaluqli summa, ikki yoqlama yozuv usuliga ko‘ra, korrespondensiyalangan schetlar debeti va kreditida yoziladi.
Oy ohirida xar bir schet bo‘yicha debet va kredit oborotlari aniqlanadi va jami debet va kredit oborotlari jamlanib, ular tengliligi taqqoslash orqali tekshiriladi. Debet va kredit oborotlar yig‘indisi tengligi xisob ishlari to‘g‘ri aks ettirilganligini bildiradi. Debet va kredit oborotlarda aniqlangan summa o‘zaro teng bo‘lishi bilan birga «Tekshiruv summasi» qatoridagi jami summaga ham teng bo‘lishi kerak.
SHundan so‘ng, xar bir schet bo‘yicha oy ohiriga qoldiq hisoblab chiqiladi. Oy ohiriga aniqlangan qoldiq summalar aktiv schetlarda debet tomonida, passiv schetlarda kredit tomonida aks ettirilib, ularning o‘zaro teng bo‘lishi shartdir.
So‘nggra, ushbu aniqlangan qoldiq summalar asosida korxona hisoboti tuziladi.
YUqorida keltirib o‘tilgan, Bosh daftar schetini jadval ko‘rinishini, kompyuter sabog‘ini yaxshi egallagan hisobchi jadvalli protsessor «EXCEL»da samarali qo‘llashi mumkin.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli.

Buxgalteriya hisobini memorial-order shaklida mavjud bo‘lgan kamchiliklar, hisob shaklini takomillashtirishni talab etardi. 1940 yillarda buxgalteriya hisobi shaklini talab drajasiga ko‘tarish maqsadida olib borilgan ishlar natijasida takomillashgan jurnal-order shakli vujudga keldi. 1949 yilda esa, sobiq SSSR Moliya Vazirligi ilg‘or korxonalar buxgalteriya hisobida tajribadan o‘tgan buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklining me’yoriy hisob registrlarini ishlab chiqdi. SHu hisob registrini jurnal-order deb atalishi, ular asosida yuritiladigan hisob shaklining ham jurnal-order shakli deb atalishiga asos bo‘ldi.


1960 yil 1 yanvardan qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobining yagona schetlar rejasiga muvofiq ravishda buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli namunali ravishda ishlab chiqildi. Buning natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar buxgalteriya hisobi prinsiplariga o‘zgarishlar kiritildi. Jurnal-order shakliga qadar buxgalteriya hisobining memorial-order shakli qo‘llanilib kelardi.
Buxgalteriya hisobining Jurnal – order shakli boshlang‘ich xo‘jalik ma’lumotlarini guruhlab jamlash prinsipiga asoslangan. Bu jamlashda buxgalteriya hisobi hamma bo‘limlari bo‘yicha xo‘jalik mulklari va jarayonlarini sintetik va analitik hisobi ta’minlanadi.
Hisobot oyidagi dastlabki xujjat ma’lumotlarini tizimlash va jamlash hisobga olinishi kerak bo‘lgan mablag‘ va xo‘jalik jarayonlarini ular foydalanishi bo‘yicha aks ettirish imkoniyatini beruvchi hisob registrlarida olib boriladi. Demak, memorial-orderlarni tuzish zaruriyati kolmaydi. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida boshlang‘ich xo‘jalik ma’lumotlari to‘g‘ridan to‘g‘ri jurnal-order va yordamchi qaydnomalarda aks ettirilib boriladi.
Jurnal-order hisob registri yozuvlarni xronologik va tizimli aks ettirib borishga mo‘ljallangan. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ba’zilarida bir turdagi xo‘jalik jarayonlarining ko‘p sodir bo‘lishi yordamchi qaydnomalardan foydalanish zaruriyatini tug‘diradi. Oy davomidagi bir xil xo‘jalik jarayoni ko‘p sodir bo‘lganligi sababli yordamchi qaydnomada aks ettirilib boriladi, oy oxirida esa, jamlangan ma’lumotlar jurnal-order hisob registriga ko‘chiriladi. YOrdamchi qaydnomalar bir vaqtda ikki vazifani bajaradi. Birinchidan, jurnal-orderga ma’lumotlar aks ettrilishiga xizmat qilsa, ikkinchidan, analitik hisob registr sifatida ham foydalaniladi.
YOrdamchi qaydnomalar buxgalteriya hisob ob’ektlarini guruhlashda ham ahamiyatlidir. Masalan, muomala xarajatlarini (savdo korxonalarida), umum ishlab chiqarish xarajatlarini (ishlab chiqarish korxonalarida) guruhlash zaruriyatida ham yordamchi qaydnomalardan foydalaniladi, ularda tegishli ma’lumotlar jamlanadi va oy ohirida jurnal-orderda aks ettiriladi. Boshlang‘ich xo‘jalik ma’lumotlarini jurnal-orderlarda to‘g‘ri guruhlashni ta’minlash maqsadida schetlar krediti bo‘yicha korrespondensiyalari jurnal-order hisob registrida to‘g‘ri yoritilishini ko‘zda to‘tilgan holda maxsus qator ajratish orqali ko‘rsatib o‘tilgan.
Jurnal-order hisob registrlarida schetlar bo‘yicha oylik, choraklik va yillik hisobotlar uchun zarur ko‘rsatkichlar ro‘yxati uchun maxsus qatorlar ajratilgan.
Buxgalteriya hisobini jurnal-order shakli qo‘yidagi asosiy prinsiplarga asoslangan:
jurnal orderda xo‘jalik jarayonlari aks ettirilayotganda tegishli schet krediti bo‘yicha debetlanuvchi schetlar ko‘rsatilgan holda yoziladi;
Iktisodiy va hisob yuritish jihatidan bir-biri bilan bog‘liq schetlar bo‘yicha jurnal-orderlar mujassamlashgan holda qo‘llaniladi;
Sintetik va analitik hisob yozuvlari birgalikda olib boriladi:
Buxgalteriya hisobi xo‘jalik jarayonlarini;
Nazoratni olib borish va oylik, choraklik, yillik hisobotlarni tuzishda kerakli ko‘rsatkichlarga ajratib aks ettirish;
Korresondensiyalanuvchi schetlar oldindan ko‘rsatilgan hisob registrlari (jurnal-order, yordamchi qaydnomalar)da aks ettiriladi.
hisob registrlari bir oy uchun qo‘llaniladi.
Jurnal-order shakl qo‘llanishi natijasida qo‘yidagi imkoniyatlarga aga bo‘linadi:
hisob ishlari osonlashadi;
xo‘jalik aylanishi tezlashadi;
hisob ishlarini buxgalteriya xodimlari o‘rtasida taqsilanishi oqilona tashkil etiladi va oqibat natijasida hisob ishlari unumdorligi oshadi;
hisob ishlari xarajatlari kamayadi;
sintetik va analitik hisob yozuvlari birgalikda olib boriladi;
hisobot tuzishga tayyorgarlik ishlari engillashadi.
Buxgalteriya hisobining Jurnal-order shaklida sintetik va analitik hisob yozuvlari birgalikda olib boriladi deb ta’kidlandi. Ba’zi hisob ob’ektlari bo‘yicha analitik hisob uchun analitik kartochkalar yuritiladi. Analitik kartochkalar hisob ob’ektlari miqdori ko‘p bo‘lganda qo‘llaniladi. Masalan, Asosiy vositalar analitik hisobi uchun № OS – 6a «Asosiy vositalar inv. kartochlari « yuritiladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini aniqlash maqsadida xarajatlar hisobi uchun kartochkalar yoki yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, guruhlovchi qaydnomalar ham yuritiladi. Ushbu analitik hisob kartochkalari yuritilganda, ular ma’lumotlari asosida aylanma qaydnomalar tuziladi.
Buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklida qo‘llaniladigan ikki x’isob registri (jurnal-order, yordamchi qaydnoma) dan tashqari zaruriyat bo‘lsa, yana yordamchi xujjat sifatida maxsus ishlab chiqilgan jadvallardan ham foydalaniladi.
Sintetik hisob registri – Bosh kitob va boshqa registrlar asosida balans va hisobot boshqa shakllari tuziladi.
Bosh kitobda xar bir schet bo‘yicha varaq ajratilib, unda schetga taalluqli boshlang‘ich qoldiq, debet oborotlari xar bir mos ravishdagi kreditlanuvchi schetlar bilan birga, hamda kredit oborot umumiy summasi, oy ohiriga qoldiq summasi ko‘rsatiladi.
Bosh kitobda aks ettiriladigan schetlar bo‘yicha ma’lumotlar tegishli
jurnal-order, yordamchi qaydnomalardan olinadi.
Demak, jurnal-order ma’lumotlari naqadar to‘g‘ri va aniqligi hisobot tuzish uchun asos hisoblanuvchi. Bosh kitob ma’lumotlarini ham to‘g‘riligini ta’minlaydi.
Jurnal-orderlar xo‘jalik jarayonlarini sintetik hisobini yuritishga mo‘ljallangan bo‘lib, bir schet kreditda va boshqa schetlar debetlanishi sifatida shaxmat yozuvidan foydalangan holda yuritiladi. Ba’zi schetlar, masalan, «Kassa», «hisoblashish» schetlarini kredit oborotlarini hisobini yuritishga mo‘ljallangan jurnal-orderlardan tashqari, shu schetlarning debet oborotlarini hisobga olib boruvchi yordamchi qaydnomalar ham yuritiladi. Savdo korxonalarida tovarlar hisobini yuritishga mo‘ljallangan «Tovarlar» scheti bo‘yicha ham xuddi shunday, kredit oboroti hisobi uchun jurnal-order, debet oboroti hisobi uchun yordamchi qaydnomalardan foydalaniladi.
schetlar debet oboroti uchun mo‘ljallangan yordamchi qaydnomalardagi yozuvlar ham kreditlanuvchi schetlar bilan aks ettiriladi, ya’ni shaxmat yozuvi usulida yoziladi.
SHaxmat yozuvi usulini xususiyati shundaki, yozuv bir marta aks ettiriladi.
Ba’zi schetlar ular iqtisodiy mazmuni jihatidan bir-biriga o‘xshash bo‘lganligi sababli, ular hisobi uchun bitta jurnal-order mo‘ljallangan.
Masalan, «Asosiy vositalar», «Asosiy vositalar eskirishi», schetlari iqtisodiy mazmuni jihatidan bir-biriga o‘xshash bo‘lganligi sababli 13-jurnal-orderdan foydalanilgan holda hisob yuritiladi.
Bosh daftarga esa, xar bir schet bo‘yicha ajratilgan varaqlarga tegishli ma’lumotlar umumiy yuritilgan jurnal-orderdan olib yoziladi. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida qo‘llaniladigan Bosh daftarning xususiyati shundaki, unda schet ma’lumotlarini bir oyligi emas, balki, bir yil davomida yozib boriladi.
Bosh kitob jurnal-order ma’lumotlarini umumlashtirish, hisobot shakllarini tuzish uchun xar bir schetlar bo‘yicha yozuvlarni to‘g‘riligini tekshirish uchun mo‘ljallangan.

Moddiy boyliklarni miqdor-qiymat hisob kitobi


schet ____________________________________________

Muddat

M/O

Jarayen mazmuni


Baxosi

Debet


Kredit

Koldik











miqdor

summa

miqdor

summa

miqdor

summa




































































Buxgalteriya hisobining jadval – avtomatlashtirilgan shakli.

Buxgalteriya hisobining ushbu shakli elektron hisoblash mashinalarini qo‘llashga asoslangan.


Hisoblash texnikalarining rivojlanishi, ularni xalq xo‘jaligining hamma sohalarda keng qo‘llanilishi iqtisodiy samaradorlikga erishishning asosiy omillaridan biridir.
Buxgalteriya hisob ishlarini takomillashuviga erishish, ular samaradorligini oshirish maqsadida ishlarini mexanizatsiyalashtirish natijasida Buxgalteriya hisobining jadval – avtomatlashtirilgan shakli vujudga keldi.
Hisob ishlarida EXM laridan foydalanish yordamchi qo‘yidagi imkoniyatlarni yaratiladi:
hisob ishlari bilan band bo‘lgan xodimlar soni qisqaradi.
hisob xodimlari mehnat unumdorligi oshishiga erishiladi.
hisob ma’lumotlari qayta ishlanishi tezlashadi.
hisob ma’lumotlaridan foydalanishni operativligini ta’minlanadi.
moddiy javobgarlik ustidan nazoratni kuchaytirilishiga erishiladi.
korxonalar mulkchilik saqlanishi ustidan nazorat kuchaytiriladi:
hisob ishlari bilan bog‘liq xarajatlar kamayishiga erishiladi.
Buxgalteriya hisobining jadval-avtomatlashtirilgan shakli asosida buxgalteriya hisobi usuli asosiy elementidan hujjatlashtirish yotadi. Ammo, shunga ahamiyat berish zarurki, hujjatlardagi ma’lumotlarni guruhlash, umumlashtirish hisoblash mashinalari yoki kompyuterlar yordamida amalga oshiriladi.
Hisob ishlari kompyuterlarda amalga oshiriladigan korxonalarda hisob ma’lumotlari hisob registrlarida yoki hisoblash mashinalarini ma’lumot tashuvchilarida saqlanadi, ya’ni masalan, disketlarda.
Buxgalter ish joylarini kompyuter bilan ta’minlanishi avtomatlashtirilgan ish joylari (ARM)ni yaratilishiga asos bo‘ladi.
EXMlardan hisob ishlarida foydalanish iqtisodiy samaralar bilan birga korxonalarda boshqarishning avtomatik tizimini yaratilishi bilan birga olib boriladi.
Boshqarishning avtomatik tizimi korxonalar xo‘jalik faoliyatini boshqarishdagi vazifalar kompyuterlarni qo‘llash yordamida bajariladi.
Boshqarishning avtomatik tizimi (ASUP) korxona xo‘jalik faoliyati davomida yuzaga keladigan muammolar, vazifalarni operativ ham etishni tegishli chora-tadbirlar belgilanishini, qarorlar qabul qilinishini ta’minlaydi. SHuningdek, chora-tadbirlarni amalga oshirilishi, qarorlar bajarilishi ustidan nazoratni operativligi ham ASUP tizimi yordamida ta’minlanadi.
Eldon S. Hendrikson Michael F. Van Breda. Accounting theory asarida quyidagi fikrlarni bildirishgan:
Buxgalteriya hisobida hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish, natijasida vujudga kelgan, buxgalteriya hisobining jadval – avtomatlashtirilgan shakli kompyuter dasturlari dan foydalanishga asoslangan.
Kompyuterlarni hisob ishlariga mo‘ljallangan dasturlari hisob registrlarini avtomatlashtirilgan tarzda tuzishga imkoniyat yaratadi.
Buxgalteriya hisobining takomillashgan avtomatlashtirilgan shaklida asosiy boskich buxgalteriya ma’lumotlarini qayta ishlashdir.
Ma’lumotlar qayta ishlash uchun kompyuterga kiritilishidan oldin, ma’lumotlar qayta ishlashga moslashtirilishi lozim.
Avtomatlashtirilgan hisob shaklida xujjatlar aylanishi ham shu shaklga moslashgan holda tuzilishi lozim. Ma’lumotlarni qayta ishlashag mo‘ljallangan dasturlarni tayyorlash, ularni qo‘llashga doir texnologik va qo‘llash ko‘rsatmalari ham ushbu shakldagi boskichlardan hisoblanadi.
“The use of computing tools as a result of a tablet-automated form of accounting is based on use of computer programs.
Computer-assisted programs allow you to automate your account registries.
The main step in the advanced automated form of accounting is the processing of accounting information.
Data must be adapted for data processing before it can be processed for computer processing.
Documentation in the form of automated accounting should also be made in accordance with this form. The technology and application guidelines for the preparation of data processing programs are also considered to be one of these steps.”2
Ishlab chiqilgan dasturga ko‘ra, ma’lumotlar hisoblash markazi (XM) yoki avtomatlashtirilgan ish joyi (ARM)da buxgalteriya xodimi turli mazmundagi hisob registrlarini oladi. Dasturda ishlab chiqilganiga ko‘ra, bu hisob registrlari jurnal-orderlar, qaydnomalar, kitoblar, kartochkalar va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar buxgalteriya hisobi qaysi shaklidan foydalanishni mustaqil ravishda belgilaydilar va bunda ular xisob-kitob ishlarini hajmi, hisob xodimlarini soni, malakasi va boshqa omillarni e’tiborga oladilar.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar xo‘jalik faoliyatlari hisobini yuritishda buxgalteriya hisobining qaysi shakllaridan foydalanishlaridan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarga va ko‘rsatmalariga rioya etishlari shart.

1 Eldon S. Hendrikson Michael F. Van Breda. Accounting theory. Пер. С анг./под ред. Проф. Я.В. Соколова.-М: Финансы и статистика, 2011. -576с


2 Eldon S. Hendrikson Michael F. Van Breda. Accounting theory. Пер. С анг./под ред. Проф. Я.В. Соколова.-М: Финансы и статистика, 2011.




http://fayllar.org
Yüklə 117,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin