Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism



Yüklə 334,98 Kb.
səhifə1/3
tarix20.12.2022
ölçüsü334,98 Kb.
#76783
  1   2   3
elektronika

Reja:

I.Kirish.

II.Asosiy qism

1.Bipolar tranzistorlarning ulanish sxemasi


2. Umumiy emitterli sxemaning sharhi.
3. Umumiy kollektorli sxema sharhi.
4. Tranzistorlarning ulanish sxemasidagi asosiy ko‘rsatkichlari
III.Xulosa

Bipolar tranzistorlarning ulanish sxemasi
Bipolar tranzistorlarning qanday struktura sxemasiga ega bo‘lishidan qat’i nazar ularni uch elektrodli asbob deyiladi. Tranzistorni kuchaytirgich sifatida foydalanishda ular tok, kuchlanish va signali bo‘yicha kuchaytiradi. Ulanish sxemasi umumiy emitterli, umumiy kollektorli, umumiy bazali deyiladi. Ulanish sxemasini aniqlash uchun unga uzatilayotgan kirish va kuchaytirilayotgan chiqishiga qarab aniqlanadi. Kirish va chiqishda ikkita elektrod ishtirok etsa, ishtirok etmagan elektrod umumiy hisoblanadi.
Tranzistor emitteridagi ko‘rsatkich (strelka) tok oqimini ko‘rsatadi, demak, p-n-p tipidagi transistor emitteriga + oziqlanish, kuchlanish uzatiladi, kollektordan olinadi, n-p-n tipidagi tranzistorga esa kollektoriga oziqlanish kuchlanishi uzatiladi, emitterdan olinadi. Bu tok oqib o‘tishi uchun bazaga kirish signali uzatilishi tranzistordan tok oqib o‘tadi, tranzistor bazasi 0,1 mv ochila boshlaydi. Bazaga kirish kuchlanishi ko‘payib borsa, undan oqib o‘tayotgan tok ham ortib boradi.
Ulanish sxemalari kirish qarshiligi va chiqish qarshiligiga bog‘liq bo‘lib, uning kirishiga ekvivalent rezistor ulab kirish signalining qarshiligini, emitter rezistor orqali baza bilan bog‘lanadi. Bu holatda kirish kuchlanishli signal uzatilganda baza orqali chiqishidagi signal, kirish signaliga qarama-qarshi fazada bo‘ladi.
Umumiy emitterli sxemaning sharhi.

Umumiy emitterli sxema Um E sxemada tok va signal oqimi
(qizil – tok, yashil – signal oqimi)
KT1 tranzistorining emitteriga ta’minotning musbat qutbi, kollektorga R2 kaskad yuklamasi orqali ta’minotning manfiy qutbi uzatiladi, kirish signali C1 ajratuvchi kondensatori orqali KT1 tranzistorining bazasiga uzatilgan kirish signali va tuzilish sxemasi p-n-p bo‘lgan tranzistorlar uchun bazaga manfiy kuchlanish uzatiladi. Bu kuchlanishning qiymati 01 V bo‘lsa, kifoya qiladi. Bunday vazifa R1 orqali amalga oshiriladi. Bazaga uzatilgan signal kollektordan kuchaytirilib olinadi. Emitter kirish va chiqish signali uchun umumiy hisoblanadi.
Umumiy emitterli sxemada yig‘ilgan kuchaytirgichlar universal kuchaytirgich bo‘lib, ulardan faza inventor kaskadlarida foydalaniladi. Kirish qarshiligi 200–2000 Ω
Chiqish qarshiligi 10–100 k Ω
Signalni: tok bo‘yicha 200 karra, kuchlanish bo‘yicha 100 karra, quvvat bo‘yicha 1000 karra kuchaytiradi.
Chiqish signali, kirish signaliga teskari faza holatiga kuchaytiradi.

Yüklə 334,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin