Elektromagnitik to’lqinlar shkalasi juda uzun elektromagnitik radioto’lqinlardan tortib uzunligi angstremning mingdan bir ulushlari bilan o’lchanadigan to’lqinlargacha bo’lgan uzluksiz ravishda to’ldirilgan gradatsiyadan iborat.Yanada qisqa to’lqinlar bo’lishi mumkinligi inkor etilmaydi. Masalan, yorug’lik tezligiga yaqin tezlik bilan harakatlanuvchi korpuskulyar oqimidan iborat bo’lgan kosmik nurlar o’tganda to’lqin uzunligi juda qisqa bo’lgan lar xosil bo’ladi.